3. PH ni aniqlash
PH ni aniqlash uchun Mixayelis shkalasidan foydalaniladi va 6 xonali
komparator ishlatiladi (quyidagi sxema asosida)
6 5 4
1 2 3
Tekshirish texnikasi
Huddi yangi go’shtdagi kabi aniqlanadi. PH: yangi go’shtda 5,8-6,0 qisman
o’zgargan go’shtda 6,4-6,6, yomon go’shtda 6,7-7,0.
4. Peroksidazani aniqlash
Xuddi yangi go’shtlardagidek aniqlanadi.
5. Oksidlanish va kislotalilik koeffisentini aniqlash
Huddi yangi go’shtlardagidek aniqlanadi.
6. Patologik sariqlikni aniqlash uchun bilirubinga reaksiya (aks ta’sir)
Tekshirish uchun 1-5 gramm yog’ yoki ilik mag’zi olinib, maydalanadi va
qopqoqli shisha bankaga joylashtiriladi. Ustiga 10 hajm xloroform solinib, 15-
30 daqiqa tindiriladi. Probirkaga 1 ml xloroformli yekstrakt solinib, ustiga 1-2
tomchi konsentrlangan uchxlorsirka kislotasi va 12 tomchi konsentrlangan temir
xlori tomiziladi. Probirka chayqaladi. Agar ekstraktda bilirubin bo’lsa, u ko’k
rangga yoki ochiq ko’k rangga kiradi, bilirubin bo’lmasa, rangi o’zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |