1.2. Tadqiqot ob’ekti va predmetining belgilanishi;
Samarqand shaxri dehqon bozorlari temir yo‘l dehqon bozorlari, siyob,
marmar bozorlarida vetsanekspertiza laboratoriyalarida shu bilan birgalikda
Samarqand qishlok xo‘jalik instituti Hayvonlar kasalliklari va parazitologiya
kafedrasidagi
vetsanekspertiza
laboratoriyasida
barcha
olingan
go‘sht
namunalari vetsanekspertiza tekshirishidan o‘tkaziladi va tajriba o‘tkazilib
o‘rganildi.
1.3. Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
Asosiy maqsad va vazifalarga go‘shtni qattiq xolatdan yumshoq xolatga
o‘tishi bu o‘tish jarayonida to‘qimalar tarkibida kechadigan biokimyoviy
jarayonlar xisoblanib bu jarayonlarni qanday omillar bilan bog‘likligini xam
o‘rganish amaliy jixatdan muhim axamiyatga ega. Bizga ma’lumki ya’ni
go‘shtni etilishi faqatgina sog‘lom hayvonlardan olingan go‘shtda normal
xolatda kechadi. Hayvonlarga “ stress “ faktorlar tasir qilganda, kasal hayvonlar
go‘shtida charchash, fiziologik xolati o‘zgargan hayvonlar go‘shtida
biokimyoviy etilish jarayonlari kechmaydi. SHuning uchun ham bunday
go‘shtlarni pishirganda yaxshi pishmaydi. Bunday go‘sht odamlar tomonidan
istemol qilinganda go‘sht to‘qimalari oshqozonda yaxshi hazm bo‘lmaydi,
natijada odam organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Go‘sht tarkibidagi bunday
murakkab jarayonlarni o‘rganish o‘tkazilayotgan tajribalarni asosiy maqsadini
va vazifalarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |