Zokirjon saidboboyev tarixiy geografiya
Amir Temiir va temuriylar davlati
Download 1.43 Mb.
|
Zokirjon saidboboyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Temur Movarounnahr hukmdori
9. Amir Temiir va temuriylar davlati tarixiy geografiyasi
Chiatoy ulusi davrida Movarounnahrdagi zaro nizolar va tarqoqlikni tugatish maqsadida Amir Temur kurash boshlaydi. 1365 yilda Movarounnahr hukmdori deb tayinlangan Ilyosxoja qshinlari bilan Temur va Husaynning ittifoqchi qshinlari rtasida Chirchiq daryosi bylarida blib tgan jangda Ilyosxoja qshinlarining qli baland keladi va u Xjand, Jizzax shaharlarini egallab, Samarqandga yurish qiladi. Sa-marqandda bu paytda sarbadorlar harakati maydonga chiqib, mullarning qshiniga qarshi qaqshatqich zarba beradi. Ilyosxoja avval Samarqandni, sngra esa butun Movaroun-nahrni tashlab chiqib ketishga majbur bladi. Bundan xabar topgan Amir Temur va Amir Husayn Samarqandga keladilar. Ammo kp vaqt tmay Amir Temur va Amir Husayn 120 rtasidagi munosabat keskinlashib, nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganidan xavfsiragan Amir Husayn Balxga qaytib, uning qal'a devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. 1370 yilda Amir Temur Balxga yurish qilib, Amir Husaynni taslim qiladi. 1370 yilning 10 aprelida Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb e'lon qilinadi. Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori blib olgach, z davlatini siyosiy va iqtisodiyjihatdan mustahkamlashga kirishadi. Awalo 1370 yilning may oyida Samarqandga qaytib shaharni tiklaydi. Maxsus qshin tuzib, davlat chegaralarini kengaytirishga kirishadi. Awal u Amudaryo va Sirdaryo oraliidagi yerlarni birlashtirib, ziga bysundiradi. Mullar davrida Xorazm ikki qismga ajralib, markazi Urganch shahri blgan shimoliy Xorazm Oltin rdaga, markazi Kat blgan janubiy Xorazm esa Chiatoy ulusiga bysungan. 1371 yilda Amir Temur Xorazmga yurish qilib, uni egallaydi. Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda feodal tarqoqlik hamda zaro nizolarga barham berib, Sirdaryo vohasidan to Orol dengizigacha blgan yerlarda yashovchi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlashtiradi. Keyinroq Shibiron viloyati, Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oladilar. Yigirma yil (1371-1390 yillar) mobaynida Amir Temur Mulistonga yetti marta yurish qilib, mul hukmdorlari ustidan alaba qozondi. 1395 yilda Shimoliy Kavkazning Tarak daryosi byida Amir Temur va Oltin rda xoni Txtamishxon qshini rtasidagi jangda Amir Temur alaba qozonadi va Oltin rda hokimiyatiga chek qyiladi. 1381 yilda Hirot, Saraxs, Jom shaharlari, keyinroq esa Eron-ning katta qismi Amir Temur hokimiyatiga bysundiriladi. Uch yillik (1386-1388 yillar) harbiy yurishlar natijasida Janubiy Ozar-bayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi 121 yerlar egallanadi. 1392-1396 yillardagi besh yillik urush davomida Amir Temur arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi. 1398-1399 yillarda Amir Temur Hindistonga yurish qilib, bu hududni ham z tasarrufiga kiritadi. 1399-1404 yillardagi yetti yillik urush davrida esa Shomning Xalab, Kumis, Baalbek, Damashq kabi shaharlari, Badod hamda Turkiyaning katta qismi egallanadi. 1402 yilda Anqara yaqinidagi jangda Boyazid Yildirim qshini yakson qilingach, Kichik Osiyo ham Temur hokimiyatini tan oladi. 1405 yili Amir Temur vafotidan keyin temuriy shahzodalar rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Amir Temurning bu kurashda olib chiqqan li Shohruh Samarqand taxtini egaUadi va 1409 yilda li Ulubekni Samarqand taxtiga tqazib, Movaroun-nahr hukmdori etib tayinladi. Ulubek davrida (1409-1449 yillar) mamlakatda hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi. Ammo Mirzo Ulubek ldirilganidan keyin taxt uchun kurashlar yana avj oldi. 1451 yili Samarqand taxtini Mironshohning nabirasi Abu Said Mirzo egalladi. Uning vafotidan (1469 yil) keyin hoki-miyat uchun kurashlar yana avj oldi, feodal tarqoqlik kuchaydi. Dashti Qipchoqda yashagan Shayboniyxon qshinlari Movaroun-nahrga yurish boshladilar. Bu vaqtda, ya'ni 1500 yili Andijon hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur Samarqand taxtini egallab, uni mustahkamlay boshladi. Biroq 1501 yili Shayboniyxon bilan tqnashuvda yengilib, Hindistonga ketishga majbur bldi. Shunday qilib qudratli temuriylar saltanati inqirozga uchradi. Amur Temur davlatining siyosiy tuzumi haqida gapiradigan blsak, u z davlatini barpo qilishda tmishda mavjud siyosiy boshqaruv tajribalaridan keng foydalandi. Mazkur davlat z tarkibiy tuzilishiga kra kpincha harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Qudratli hukmdor tarix faniga ixlos qyganidan blsa kerak, qadimgi va rta asr Sharq mamlakatlaridagi turli davlatlar va ularning siyosiy hamda ma'muriy usuli, boshqaruv tizimlari haqida keng tasavvurga ega edi. Biroq uning davlat boshqaruv tizimi ql ostidagi butun hududda yagona markaz- 122 lashgan siyosiy tartib asosiga qurilgan bhb, bu sohadagi tajnbalar rta asrlardagi rta Osiyo davlatlarida keng qllanilgan idora usullari tajribasi bilan boyitilgan edi. Boshqaruv ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat blgan. Dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faohyatini boshqarish, uning devonlar, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bolanib turish ishlari Oliy devon zimmasida blgan. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling