Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Hasharotlar (Insecta) sinfi qorin bo‘limi


Download 464.85 Kb.
bet19/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

29. Hasharotlar (Insecta) sinfi qorin bo‘limi.
Qorin bo`limi 9-11 bo`g`imdan iborat. Chigirtka, chirildoq, tеmirchak va
yaydoqchilar urg`ochisining oxirgi qorin sigmеntida tuxum qo`ygich o`simtasi
bo`ladi. Ayrim hasharotlar qorin bo`limi oxirgi bo`g`imida zahar soluvchi nashtari
bo`ladi. Odatda urg`ochi hasharotlarning qorin bo`limi erkaklarnikiga nisbatan
kеngroq bo`ladi. Qorin bo`limlarining pastki tomonida bir juft nafas olish tеshiklari
bor.
30. Hasharotlar klassefikatsiyasi.
Hasharotlarni sistemaga solish bilan dastlab K.Linney 1953 yilda shugʻullangan va u hasharotlarning qanotini asosiy belgi qilib olgan.
Hasharotlarni sistemaga solish bilan dastlab K.Linney 1953 yilda shugʻullangan va u hasharotlarning qanotini asosiy belgi qilib olgan.
Fabritsiy 1775 yilda oʻz klassifikatsiyasida hasharotlarning ogʻiz organlarini hisobga olgan.
Burmeyster 1835-1838 yillarda hasharotlarning rivojlanish xususiyatlariga koʻra ikki gruppaga: chala metomorfoz va toʻliq metamorfozga ajratgan.
F.Brauer 1885 yilda hasharotlarni tuban yoki birlamchi qanotsizlar va qanotlilarga ajratadi. U qarindosh turkumlarni bosh turkumga birlashtirdi.
1925 yilda A.V.Martinov qanotli hasharotlar kenja sinfini ikkita boʻlimga boldi:
1925 yilda A.V.Martinov qanotli hasharotlar kenja sinfini ikkita boʻlimga boldi:
1.Qadimgi qanotlilar.
2.Yangi qanotlilar.
Umuman hasharotlarni turli sistematiklar turlicha klassifikatsiyalaydilar. Eng soʻnggi klassifikatsiya («Jizn jivotnыx» Tom 3, 1984 yil) bo‘yicha hasharotlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Lekin buni ham so‘nggi klassifikatsiya deb bo‘lmaydi. CHunki har yili minglab yangi-yangi hasharot turlari topilmoqda, yangi-yangi belgilar aniqlanayapti.
Hasharotlar sistematikasini umumiy tarzda quyidagicha tavsiflash mumkin:
Tur (species) → Avlod (genius) → Oila (familia) → Turkum (ordo) → Sinf (classis) → Tip
31. Hayvonlar hayotining asosiy xususiyatlarini ta’riflang
Hayvonlar zamburug'lar va ko'pchilik bakteriyalar singari geterotrof organizmlar bo'lib, tayyor organic moddalar hisobiga oziqlanadi. Ko'pchi Uy hayvonlar faol hayot kechiradi; bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yura oladi va har xil harakatlar qiladi. Ular tanasida moddalar almashinuvi ham faol kechadi. Shuning uchun evolyutsiya jarayonida hayvonlar organizmida turli organlar sistemasi hosil bo'lgan. Ko'p hujayrali yuksak tuzilgan hayvonlar­da ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish, tayanch-harakat, jinsiy va nerv sestemalari rivojlangan. Hayvonlar bilan boshqa tirik mavjudotlar o'rtasidagi tafovutlar ancha murakkab tuzilgan formalar o'rtasida ко'proq yuzaga chiqadi. Sodda tuzilgan organizmlar о 'rtasida esa yuqorida ko'rsatib o'tilgan tafovutlar yaqqol ko'zga tashlanmaydi. Xususan, bir hujayrali hayvonlar (xivchinlilar) orasida o'simlikka o'xshash fotosintez qiluvchi bir qancha avtotrof turlari ham bor. Xuddi shuningdek, bir hujayrali o'simliklar (yashil suv o'tlari) orasida ham faol harakat qiladigan turlari bo'ladi.
Moddalar almashinuvi. Oziqlanish orqali organizmga Oziq moddalar, suv va kislorod o'tadi. Bu moddalardan assimilyatsiya natijasida hayvon­lar hayoti uchun zarur bo'lgan yangi moddalar hosil bo'ladi. Dissimilyatsiya jarayonida hayvonlar tanasidagi organik moddalar (yog'lar. uglevodlar) parchalanib, energiya ajralib chiqadi va organizm uchun keraksiz moddalar (karbonat angidrid gazi, azotli mahsulotlar) hosil bo'ladi. Oziq moddalar, suv va kislorod tananing turli qismlariga yetkazib beriladi, parchalanish mahsulotlari esa tanadan chiqarib tashlanadi. Ko'pchilik tir­ik organizmlarda assimilyatsiya va dissimilyatsiya mahsulotlari suvda erigan holda hujayra qobig'i orqali organizmga o'tadi va chiqarib tashlana­di. Moddalarning organizm orqali bunday harakatlanishi diffuziya deyiladi. Bir hujayrali va tuban ko'p hujayrali hayvonlar tanasida boradigan modda almashinuv jarayonlarida diffuziya asosiy о'rin tutadi.
Hayvonlar tanasining yiriklashuvi va tuzilishining murakkablashuvi bilan organizmda moddalarni tashish funksiyasini bajaruvchi maxsus organlar paydo bo'ladi. Bo'shliqichlilarda bu vazifani tana bo'shlig'i, yassi chuvalchanglarda esa shoxlangan ichaklar, tugarak va halqali chuvalchanglar hamda bo'g'imoyoqlilarda tana suyuqligi bajaradi, Yuksak tuzilgan hayvonlar hayotida moddalar almashinuvi va qon aylanish sistemasi asosiy o'rin tutadi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling