Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes)tipining umumiy xarakteristikasi
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33. Qorinoyoqli Mollyuskalar (Gastropoda) Sinfining ko‘payishi va rivojlanishi.
32. Yassi chuvalchanglar (Plathelminthes)tipining umumiy xarakteristikasi
Yassi chuvalchanglar — tuban chuvalchanglar tipi. Gavdasi 2 tomonlama simmetriyali, choʻziq, koʻpincha orqaqorin yoʻnalishida yassilashgan. Uz. 0,2 mm dan 18 m gacha. Erkin yashovchi turlarining gavda qoplogʻichi — kiprikli epiteliy, parazitlariniki — ichkariga botib kirgan yadrosiz qavat — tegumentdan iborat. Parazit turlari tanasining oldingi, baʼzan keyingi tomonida soʻrgʻichlar, soʻrgʻichli disk, klapanlar va irmoklardan iborat yopishuv organlari boʻladi. Ogʻzi tanasining qorin yoki oldingi tomonida. Halqumi rivojlangan, ichagi toʻgʻri (shoxlanmagan, 2—3 yoki koʻp marta) shoxlangan, baʼzi erkin yashovchi turlarida rivojlangan; tasmasimon chuvalchanglarda ikkilamchi tarzda yoʻq boʻlib ketgan. Ichakning keyingi boʻlimi va anal teshigi boʻlmaydi. Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglar ozigʻi hazm qilish parenximasida hazm boʻladi; tasmasimon chuvalchanglarda va ayrim boshqa guruhlarda oziq butun tana yuzasi orqali shimiladi. Ayirish organi — protonefridiy. Qon aylanish va nafas olish sistemasi yoʻq. Teri orqali nafis oladi. Nerv sistemasi bosh gangliylar, halqumni aylanib oʻtadigan halqa komissuralar va bir juft boʻylama nerv poyalari hamda ularni tutashtirib turadigan nerv tolalaridan iborat. Yassi chuvalchanglarga erkin yashovchi ksenoturbidlar va kiprikli chuvalchanglar, parazit yashovchi aspidagastreylar, trematodalar, monogeniylar, girokotilidlar, amfilinidlar va sestodalar sinflari hamda 12000 tur kiradi. Yassi chuvalchanglar germafrodit, jinsiy sistemasi juda murakkab, baʼzi turlari ayrim jinsli. Koʻpchiligining hayot sikli juda murakkab. Yassi chuvalchanglar orasida odam va hayvonlar uchun xavfli parazitlar ham koʻp uchraydi. 33. Qorinoyoqli Mollyuskalar (Gastropoda) Sinfining ko‘payishi va rivojlanishi. Qorinoyoqli mollyuskalar, shilliq qurtlar— molyuskalar sinfi. Gavdasi asimmetrik tuzilgan; tana (ichki xalta). Oyoq va bosh boʻlimlaridan iborat. Koʻpchilik Qorinoyoqli mollyuskalar tanasi va boshini chigʻanoq ichiga tortib olish xususiyatiga ega. chigʻanogining balandligi 0.5 mm dan 70 sm gacha. Yagona yassi oyogʻi yerdamida tovonidagi ma.xsus bezlar ajratib chiqaradigan shilimshiq modda ustida sirpanib harakatlanadi. Ichki xaltasi chigʻanoq ichida buralib joylashgan boʻlib, mantiya bilan oʻralgan. Boshida 1 juft (quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalarida 2 juft) paylaslagichlari, ular asosida (quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalarida paypaslagichlar uchida) bir juft koʻz va ogʻiz teshigi bor. Chiganogi xilmaxil: konussimon, spiral yoki kosasimon; anri.m Qorinoyoqli mollyuskalar (yalangʻoch shilliqlar) la redukpiyaga uchragan. Ogzida 2 ta dak 17—16 ming tagacha tishchalar bilan qoplangan radula (qirgʻich tilcha) bor. Anal teshigi boshi ostida yoki uning yonida joylashgan. Nafas olish organlari suvda yashovchi Qorinoyoqli mollyuskalarda bitta yoki bir juft patsimon jabra; quruqlik va koʻpchilik chuchuk suv mollyuskalarida — oʻpka. Nerv sistemasi — tarqoqjoylashgan nerv tugunlari. odatda, 5 juft. Muvozanat saqlash (statonistlar) va kimyoviy sezgi orkshi (osfradiylar) bor. Germafrolit ski ayrim jinsli. Uruglanishi ichki, germafrodit Qorinoyoqli mollyuskalar bir-birini uruglantiradi. Chuchuk suv va quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalari oʻzgarishsiz, dengiz Qorinoyoqli mollyuskalari metamorfoz orqali rivojlanadi (tuxumlan plankton veliger lichinka chiqadi). Qorinoyoqli mollyuskalarning 90000 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan. Oʻzbekistop faunasida 100 ga yaqnn t\ri maʼlum. [[Bentosla (qarang [[Bentos) yashaydi; ayri.m turlari suzadi. Yirtqich. oʻsimlikxoʻr yoki paraznt. Bir qancha quruqlik va chuchuk suv Qorinoyoqli mollyuskalar gelmintlarning oraliq xoʻjaynni. Quruqlikda yashovchi bir qancha Qorinoyoqli mollyuskalar madaniy oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Ayrim turlari sanoat miqyosila ovlanadi. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling