Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Taroqlilar (Ctenophora) Tipi sistematikasi
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28. Qorinoyoqli Mollyuskalar (Gastropoda) Sinfining tashqi va ichki tuzilishi.
27. Taroqlilar (Ctenophora) Tipi sistematikasi
Taroqlilar (Ctenophora) — dengiz umurtqasizlari tipi. Tanasi shaffof, dildiroq, oval, tuxumsimon, choʻziq silindrsimon yoki boshqa shaklda. Tanasining bir uchida ogʻiz teshigi, 2uchida muvozanat organi (statotsist) joylashgan. Tana devori boʻshliqichlilar singari ektoderma va entodermadan iborat. Ektoderma bilan entoderma oraligʻida dildiroq mezogliy (strukturasiz qavat) boʻladi. Umumiy tuzilishi radial simmetriyaga moye keladi. Ogʻiz teshigi halqumga ochiladi; halqum oshqozon bilan bogʻlangan. Oshqozondan radial naylar tarqalgan. Bu naylar T. tanasi chetiga kelib tana boʻylab joylashgan 8 qator meridional naylarga ulanib ketadi. Meridional naylar boʻylab qarakat organlari — 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroqsimon plastinka qator boʻlib bir-biriga yopishgan kiprikchalardan iborat. T. germafrodit. Tuxumdan kiprikli lichinka chiqadi. 1 sinf (taroklilar) 2 ta kenja sinf (paypaslagichlilar va paypaslagichsizlar)ni oʻz ichiga oladi. 100 ga yaqin turi maʼlum. Barcha dengizlarda uchraydi; erkin suzib yuruvchi, dengiz tubida oʻrmalovchi yoki oʻtroq yashovchi hayvonlar. Asosan, plankton, baʼzan baliqlar uvildirigʻi va chavoqlari bilan oziqlanadi. Oʻljasini ogʻzi yoki uzun paypaslagichlari bilan yopishtirib oladi. T. treskasi mon baliklar uchun oziq. Keng tarqalgan turi beroyo boshqa T.ni yeydi. 28. Qorinoyoqli Mollyuskalar (Gastropoda) Sinfining tashqi va ichki tuzilishi. Qorinoyoqli mollyuskalar, shilliq qurtlar— molyuskalar sinfi. Gavdasi asimmetrik tuzilgan; tana (ichki xalta). Oyoq va bosh boʻlimlaridan iborat. Koʻpchilik Qorinoyoqli mollyuskalar tanasi va boshini chigʻanoq ichiga tortib olish xususiyatiga ega. chigʻanogining balandligi 0.5 mm dan 70 sm gacha. Yagona yassi oyogʻi yerdamida tovonidagi ma.xsus bezlar ajratib chiqaradigan shilimshiq modda ustida sirpanib harakatlanadi. Ichki xaltasi chigʻanoq ichida buralib joylashgan boʻlib, mantiya bilan oʻralgan. Boshida 1 juft (quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalarida 2 juft) paylaslagichlari, ular asosida (quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalarida paypaslagichlar uchida) bir juft koʻz va ogʻiz teshigi bor. Chiganogi xilmaxil: konussimon, spiral yoki kosasimon; anri.m Qorinoyoqli mollyuskalar (yalangʻoch shilliqlar) la redukpiyaga uchragan. Ogzida 2 ta dak 17—16 ming tagacha tishchalar bilan qoplangan radula (qirgʻich tilcha) bor. Anal teshigi boshi ostida yoki uning yonida joylashgan. Nafas olish organlari suvda yashovchi Qorinoyoqli mollyuskalarda bitta yoki bir juft patsimon jabra; quruqlik va koʻpchilik chuchuk suv mollyuskalarida — oʻpka. Nerv sistemasi — tarqoqjoylashgan nerv tugunlari. odatda, 5 juft. Muvozanat saqlash (statonistlar) va kimyoviy sezgi orkshi (osfradiylar) bor. Germafrolit ski ayrim jinsli. Uruglanishi ichki, germafrodit Qorinoyoqli mollyuskalar bir-birini uruglantiradi. Chuchuk suv va quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalari oʻzgarishsiz, dengiz Qorinoyoqli mollyuskalari metamorfoz orqali rivojlanadi (tuxumlan plankton veliger lichinka chiqadi). Qorinoyoqli mollyuskalarning 90000 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan. Oʻzbekistop faunasida 100 ga yaqnn t\ri maʼlum. [[Bentosla (qarang [[Bentos) yashaydi; ayri.m turlari suzadi. Yirtqich. oʻsimlikxoʻr yoki paraznt. Bir qancha quruqlik va chuchuk suv Qorinoyoqli mollyuskalar gelmintlarning oraliq xoʻjaynni. Quruqlikda yashovchi bir qancha Qorinoyoqli mollyuskalar madaniy oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Ayrim turlari sanoat miqyosila ovlanadi. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling