Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Qorinoyoqli Mollyuskalar (Gastropoda) Sinfining sistematikasi
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44. Hasharotlarning Nafas olish sistemasi.
- 45. Ilondumlilar, ya’ni ofiuralar(Ophiuroidea) sinfining morfologiyasi.
- 46. Hayvonlar sistematikasi bo‘yicha taksonomik birliklari ketma-ketligi.
43. Qorinoyoqli Mollyuskalar (Gastropoda) Sinfining sistematikasi.
Qorinoyoqli mollyuskalarning 90000 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan. Oʻzbekistop faunasida 100 ga yaqnn t\ri maʼlum. [[Bentosla (qarang [[Bentos) yashaydi; ayri.m turlari suzadi. Yirtqich. oʻsimlikxoʻr yoki paraznt. Bir qancha quruqlik va chuchuk suv Qorinoyoqli mollyuskalar gelmintlarning oraliq xoʻjaynni. Quruqlikda yashovchi bir qancha Qorinoyoqli mollyuskalar madaniy oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Ayrim turlari sanoat miqyosila ovlanadi. 44. Hasharotlarning Nafas olish sistemasi. Nafas olish sistеmasi. Nafas olish sistеmasi traxеyalardan iborat. Qorin va ko`krak bo`limlarining ostki qismida joylashgan nafas tеshiklaridan yirik traxеya naylari boshlanadi. Ular hasharot tanasida kеtma-kеt ko`p marta shoxlanib, juda ingichka naychalar hosil qiladi. Naychalar ayrim hujayra va hatto organlarga еtib boradi; ular orqali kislorod to`qimalarga еtkaziladi. 45. Ilondumlilar, ya’ni ofiuralar(Ophiuroidea) sinfining morfologiyasi. Mo'rt yulduzlar , ilon yulduzlari yoki ofiyroidlar ( lotincha ophiurus "mo'rt yulduz"; qadimgi yunoncha ὄphis (óphis) "ilon" va oὐrά (ourá) "dumi"; mo'rt ilonning qo'llarini nazarda tutadi) - Ophiuroidea sinfidagi echinodermlar , dengiz yulduzi bilan chambarchas bog'liq . Ular harakatlanish uchun moslashuvchan qo'llari yordamida dengiz tubida sudralib o'tishadi. Ofiuroidlarning odatda beshta uzun, ingichka, qamchiga o'xshash qo'llari bor, ularning uzunligi eng katta namunalarda 60 sm (24 dyuym) gacha yetishi mumkin. Ophiuroidea ikkita katta to'plamni o'z ichiga oladi : Ophiurida (mo'rt yulduzlar) va Euryalida (savat yulduzlari). Bugungi kunda 2000 dan ortiq turdagi mo'rt yulduzlar yashaydi. [1] Bu turlarning 1200 dan ortigʻi 200 m dan oshiq chuqur suvlarda uchraydi. [1] 46. Hayvonlar sistematikasi bo‘yicha taksonomik birliklari ketma-ketligi. ayvonlar sistematikasi -sistematikaikt bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formasiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga iritadi. Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved naturalisti K.Lin-ney yaratgan. Uni "Tabiat sistemasi" deb atashimiz mumkin va (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni oʻzaro tobe taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni 2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Mas, u sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, ignaterililardan iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va JLamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. J. Lamark "Umurt-qasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya falsafasi" (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurt-qalilarga, umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, moʻylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan. J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant (1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. Nemis zoologi K.Zibold esa nur-lilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni, chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa hal-qalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat tiplar soniga emas, balki ularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib bordi. Mas, umurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha mollyuskalarning bir xili sifatida qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sari faqat yangi turlar, urugʻlar, oilalar emas, hatto ancha yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham kashf etildi. Mas, 1955-yilda rus olimi A.V.Ivanov pogo-noforalar tipini kashf etdi. Hayvonot dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va koʻp hujayralilarga; koʻp hujayralilar esa parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga gʻovaktanlilar, haqiqiy koʻp hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy koʻp hujayralilar oʻz navba-tida nurlilar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama (bila-teral) simmetriyalilar hamda birlamchi ogʻizlilar (chuvalchanglar, mollyus-kalar, exiuridlar, boʻgʻimoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi ogʻizlilar (chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar)ga boʻlinadi. Ayrim zoologlar parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega boʻlgan fagotsitellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tipini oʻz ichiga oladi. Hayvonot dunyosining turli xil sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham koʻproq koʻrsatiladi. Koʻpchilik zoologlar maʼqul-lagan va oʻquv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga asosan bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sar-komastigoforalar, mikrosporidiyalar, miksosporidlar, sporalilar, infuzoriyalarga boʻlinadi. Qolgan hayvonlar plastinkasimonlar, gʻovaktan-lilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar, yassi chuvalchanglar, toʻgarak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, chala-xordalilar, pogonoforalilar va xor-dalilar tiplariga boʻlinadi. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sayin koʻplab yangi turlar kashf qilinmoqda. Yer yuzida hayvonlarning 1,5 mln. (ayrim maʼlumotlarga koʻra 3,0—3,5 mln.)ga yaqin turi maʼlum. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling