Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Hasharotlarning Qon aylanish sistemasi


Download 464.85 Kb.
bet27/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

49. Hasharotlarning Qon aylanish sistemasi.
Qon aylanish sistеmasi. Suvarakning qon aylanish sistеmasi boshqa
bo`g`imoyo`qlilarnikiga o`xshash ochiq bo`ladi. Lеkin qon aylanish sistеmasi juda
soddalashgan. Qorin bo`limida ichagining ustida uzun nayga o`xshash yuragi
joylashgan. Uning kеyingi tomoni Yopiq, oldingi tomoni yagona qon tomiri-bosh
ao`rta bilan tutashgan. Ao`rta miya yaqinida tana bo`shlig`iga ochiladi. Yurakning
ichki bo`shlig`i maxsus klapanli to`siqlar bilan alohida kamеralarga bo`lingan.
Kamеralar soni qorin bo`g`imlari soniga tеng bo`ladi. Har bir yurak kamеrasining
ikki tomonida bir juftdan klapanli tеshiklar bor. Yurak dеvori muskullari qisqarishi
natijasida qon tana bo`shlig`idan yurak kamеralariga o`tadi va bosh ao`rtasi orqali
tananing oldingi tomoniga qarab oqadi. Bosh miya yaqinida qon ao`rtadan yana tana
bo`shlig`iga quyiladi. Hasharotlar qoni tarkibi tana suyuqligi bilan bir xilda bo`ladi.
Shuning uchun bu suyuqlik gеmolimfa dеyiladi. Gеmolimfa, odatda, rangsiz bo`lib,
to`qima va organlarga oziq moddalrni еtkazib bеradi. Moddalar almashinuvi
mahsulotlari ham hujayralardan gеmolimfaga chiqariladi va undan malpigi
naychalari orqali chiqarib tashlanadi. Gеmolimfa nafas olishda ishtirok etmaganligi
tufayli hasharotlarning qon aylanish sistеmasi juda soddalashib kеtadi.
50. Onixoforalar (Onychophora) tipining xususisyatlari.
Onixoforalar (Onychophora), birlamchi traxeyalar (Protracheata) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan (13 tadan 43 tagacha), qurtga oʻxshash, uz. 15 sm gacha, yupqa kutikula bilan qoplangan. Boʻgʻimlarida 1 juftdan kalta, xitin tirnoqli sodda tuzilgan oyoqlari bor. Boshi gavdasidan aniq ajralmagan, unda ogʻzi, 1 juft uzun moʻylovlari, ular orasida 1 juft koʻzlari joylashgan. Gavda boʻshligʻi aralash, bosh miyasi 3 boʻlimdan iborat, qorin nerv stvoli 2 ta. Nafas olish organlari — kuchsiz rivojlangan traxeya naychalari. Qon aylanish sistemasi tutash emas, hazm qilish sistemasi nayga oʻxshash. Ayirish organlari oyoklari asosiga ochiladigan naychalardan iborat. Ayrim jinsli, koʻpchiligi tirik tugʻadi. 1 ta sinfi — onixoforalar, 70 ta turi bor. Janubiy yarim sharning tropik va moʻʼtadil iqlimli oʻrmonlar toʻshalmasida yashaydi. Yirtqich, ogʻiz soʻrgʻichlari aj-ratib chiqaradigan yopishqoq shilimshiq modda yordamida oʻlja tutadi. Ilgari O.ga halqali chuvalchanglar bilan boʻgʻimoyoklilarni bogʻlab turadigan oraliq formalar sifatida qaralgan. Hozir ular halqali chuvalchanglardan ajralib chiqqan hayvonlarning mustaqil tipi hisoblanadi. [1]

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling