Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Paypaslagichlilar (Tentaculata) Tipining morfologiyasi


Download 464.85 Kb.
bet30/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

55. Paypaslagichlilar (Tentaculata) Tipining morfologiyasi.
Paypaslagichlilar (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Selomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. Oʻtroq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; selomik gavda boʻshligʻi uncha aniq boʻlmagan 3 ta segmentga boʻlinadi. Ogʻizoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda ogʻiz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy bezlari selomda joylashgan. Lichinkasi halqali chuvalchanglar troxofarasiga uxshash. Foronidlar, mshankalar va yelkaoyoqlilar sinflariga ajratiladi. 4,5 mingga yaqin turi maʼlum. Koʻpchiligini (4000) mshankalar tashkil etadi. Katta amaliy ahamiyatga ega emas. Baʼzan suv oʻtkazadigan quvurlarni toʻsib qoʻyib, katta zarar keltirishi mumkin.[1]
56. Bir hujayralilar, ya’ni sodda hayvonlar (Protozoa) kenja dunyosiga umumiy xarakteristika bering.
Sodda hayvonlar nihoyatda mayda, mikroskop yordamida arang koʻrinadigan bir hujayrali boʻlib, hozirgi vaqtda ulaming 30000 dan ortiq turi maʼlum. Ulaming koʻpchiligi dengiz va chuchuk suvlarda hamda tuproqda erkin yashaydi.Sodda hayvonlar tipi toʻrtta mustaqil sinfga ajratilgan. Ular orasida parazit turlari ham keng tarqalgan. Parazit turlarining soni bir necha mingdan iborat boʻlib, ular odam va hayvonlarda ogʻir kasalliklami keltirib chiqaradi. Shuning uchun sodda hayvonlarni har tomonlama oʻrganish zoologlardan tashqari,tibbiyot va veterinariya mutaxassislarining ham asosiy obyekti boʻlib hisoblanadi. Parazit sodda hayvonlar morfoanatomik tuzilishlari, rivojlanish sikli, shuningdek, xilma-xil organizmlarda yashashga moslashganligi bilan ham bir-biridan tubdan farqlanadi. Demak, bu parazit sodda hayvonlarning evolutsion taraqqiyoti jarayonida turli geologik davrlarda paydo boʻlganligini bildiradi.
Sodda hayvonlarning tanasi protoplazma va yadrodan tashkil topgan bitta hujayradan iborat. Shuning uchun ular koʻpincha bir hujayrali hayvonlar deb ataladi. Aynan shu bitta hujayra koʻp hujayrali hayvonlar organizmiga xos boʻlgan barcha funksiyalami bajaradi. Koʻpgina sodda hayvonlarning tanasi tashqi tomondan yupqa elastik qobiq — pellikula bilan qoplangan. Protoplazma tiniq va bir xil tuzilishli ektoplazma hamda yarim quyuq donali endoplazmadan iborat. Hayot faoliyatining asosiy qismi endoplazmada kechadi. Chunki endoplazmada Golji apparati, endoplazmatik tur, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma va shunga oʻxshash muhim organoidlar joylashgan. Bundan tashqari, endoplazmada ovqat hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalar hamda shunga oʻxshash organellalar bor. Sodda hayvonlar bir, ikki va koʻp yadroli boʻladi. Yadro ulaming hayot faoliyati jarayonlarini boshqaradi va koʻpayishda hamda irsiy xossalami nasldan naslga oʻtkazishda muhim rol oʻynaydi. Sodda hayvonlar psevdopodiyalari (soxta oyoqlar), xivchinlari va kiprikchalari yordamida harakat qiladi. Koʻpayishi jinssiz va jinsiy yoʻl bilan sodir boʻladi.

Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling