57. Kiprikli chuvalchanglarning kelib chiqishi.
Kiprikli chuvalchanglar, tur bellyariyalar (Turbellaria) — yassi chuvalchanglar sinfi. Tuban tuzilgan ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar. Tanasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ogʻzi tanasining oldingi uchida yoki qorin tomonida. Ichagi xaltasimon, baʼzan yosh shoxchalarga ega, anal teshigi boʻlmaydi. Tuban Kiprikli chuvalchanglarda oziq parenximada hazm boʻladi. Ayirish organi protonefridiylar (tuban tuzilgan Kiprikli chuvalchanglarda boʻlmaydi). Tuban Kiprikli chuvalchanglar nerv sistemasi teri ostida tarqoqjoylashgan nerv hujayralaridan, boshqalarda bosh gangliylar va koʻndalang nerv tolalari bilan oʻzaro bogʻlangan bir necha juft boʻylama nerv stvollaridan iborat. Germafrodit. Kiprikli chuvalchanglar gnatostomulidlar, temnotsefallar, udonellidlar, se-relatlar kabi 11 ta turkumga boʻlinadigan 3000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Koʻpchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz va chuchuk suv havzalarida, koʻpincha, suv tubida uchraydi; ayrim.turlari ignaterililar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Nam tropik oʻrmonlarda quruqlikda yashaydigan turlari ham bor.[1]
58. Plastinkajabralilar (Lamellibranchia), ya’ni ikkipallalilar (Bivalvia) sinfining ekologiyasi va ahamiyati.
Chuchuk suvlarda sadafdorlar, marvariddorlar va baqachanoqlar tarqalgan. Suv tubida yashaydi. Suvni filtrlovchi detritofaglar, plantofaglar, baʼzi turlari yirtqich. Baliqlar va b. dengiz hayvonlariga oziq boʻladi. Ayrim turlari tosh yoki yogʻochni teshish xususiyatiga ega. Bir qancha turlari kemalar korpusi va gidrotexnik qurilmalarga katta ziyon keltiradi. Goʻshti uchun ovlanadi (midiyalar, ustritsalar). Ayrim turlari (marvariddorlar) marvarid olish va goʻsht uchun boqiladi. Baʼzi I.p. suv qushlari parazitlarining oraliq xoʻjayini hisoblanadi. Baqachanoqning lichinkasi chuchuk suv baliklari terisida parazitlik qiladi.
59. Hasharotlarning Nasli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi.
Nasllarga g'amxo'rlik qilish
Ba'zi oq tanlilar nasl haqida aniq xavotirda. Urug'langan urg'ochilar erkaklarning orqa tomoniga tuxum qo'yadi.
Erkak tuxumni taxminan ikki hafta davomida inkubatsiya qiladi. Shu bilan birga, u suv omborining eng tubiga tushmaydi, balki sirtga yaqinroq turadi va orqa oyoqlari yordamida suvning aylanishini ta'minlaydi. kelajak avlodlar havoga kirishlari kerak.
Erkak tuxumni lichinkalar paydo bo'lguncha olib yuradi. Bu davrda u kamroq ovqatlana boshlaydi. orqa tarafdagi tuxum qo'yish uning harakatini cheklaydi. Bunday hasharotlar yirtqichlar uchun oson o'ljaga aylanadi. Shuning uchun, suv havzalarida naslchilik mavsumining oxiriga kelib, urg'ochilar soni erkaklar sonidan oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |