YOrma zavodlarida donlarga gidrotermik ishlov berish usullari
YOrma ekin donlariga gidrotermik ishlov berish donning texnologik xossalarini yo’naltirilgan holda o’zgartirib, donlardan olinadigan yormalarning biologik qimmatini saqlagan holda iste’molboplik ko’rsatkichlarini yaxshilashni ta’minlaydi.
Donning turidan va ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentidan bog’liq holda gidrotermik ishlov berish usullari qo’llanadi.
Hozirgi vaqtda yorma zavodlarida donlarga gidrotermik ishlov berishning asosan ikkita usuli qo’llaniladi. Birinchi usul - donlarni bug’lashdan iborat, yana bug’latilgan donlar qisqa vaqt davomida tindiriladi, kuritiladi va sovutiladi. Bu usul grechixa, suli va no’xat donlarini qayta ishlash texnologiyasida qo’llaniladi (9.4-rasm). Ikkinchi usul - donlarni namlash va tindirish. Bu usul bug’doy va makkajuxori donlaridan yorma olish texnologiyasida qo’llaniladi.
Birinchi usulda donlarni bug’lash, quritish natijasida mag’iz mustahkamligining oshishiga erishiladi, qobiqning mustahkamligi ancha kamayadi va qobiqning mo’rtligi oshadi. CHunki quritish va sovutishda qobiqning namligi ko’proq kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |