Donlarni sovutish. Quritishdan so’ng issiq don maxsus sovutish kolonkalarda yoki yopiq bo’lmagan havo tsiklidagi havoli separatorlarda sovutiladi. Sovutish jarayonida donlarning namliklari qo’shimcha kamayadi.
Ikkinchi usul. Bu usul ikkita jarayonni o’z ichiga oladi: donni namlash va tindirish.
Donlarni namlash. Donlarni namlash namlash apparatlarida amalga oshiriladi. Donlarni namlash jarayoni juda qisqa bo’lib, u bir necha 10 sekundlardan iborat bo’ladi.
Donlarni namlash natajasida uning qobiqlari bir qancha yumshoq bo’ladi. Endospermga tashqi qatlamdan namlikning o’tishi bilan, uning qobiq bilan bog’liqligi bo’shashadi. SHuningdek makkajuxori donlariga gidrotermik ishlov berilganda don murtagini ajratish oson kechadi. Makkajuxori donlarini maydalash jarayonida murtak asosan butun holida qoladi, chunki namlashda murtakning elastikligi oshadi va uning endosperm bilan bog’liqligi ancha sustlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |