Зоология ва экология


Donni jo’vali stanokda maydalash


Download 1.35 Mb.
bet108/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Donni jo’vali stanokda maydalash

Jo’vali stanoklarning ishchi organlari bir-biriga tomon turli aylanma tezlik bilan aylanuvchi riflili yoki g’adir-budir yuzali gorizontal joylashgan ikkita tsilindrik jo’vadan iborat. Maydalanayotgan material turidan bog’liq holda va texnologik sxemaning berilgan maydalash sistemasiga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda jo’valarning turli geometrik, kinematik va yuklama ko’rsatkichlari qo’llaniladi.

Tez va sekin aylanuvchi jo’valar bir xil geometrik tavsifga ega (riflilarning zichligi, riflilarning yonidan ko’rinishi va riflilarning qiyaligi).

Mahsulot jo’vali stanokning juft jo’valari orasidagi oraliq masofani doimiy kamayishi va jo’valar nisbiy tezliklarining farqi asosida hosil bo’lgan ponasimon ko’rinishdagi oraliqda (zazor) maydalanadi.

Un ishlab chiqarishda don va don mahsulotlarining maydalanish dara­jasi umumiy ajratib olish ko’rsatkichi (I) bilan tavsiflanadi va buning qiymatiga nafaqat jo’valarning geometrik tavsifi (diametri, rifli­larning profili va o’zaro joylashishi, ishchi yuzaning g’adir-budurlik darajasi), balki jo’valarning kinematik ko’rstakichlari (jo’valarning aylanma va nisbiy tezligi), jo’valarga tushayotgan solishtirma yuklama kattaligi va boshqa omillar ham ta’sir ko’rsatadi.

Don va uning yanchilgan mahsulotlarini jo’vali stanoklarda maydalash samaradorligiga juda ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarning asosiylariga quyidagilar kiradi: jo’valar orasidagi oraliq masofa; riflilarning qiyaligi; riflilarni o’zaro joylashishi; jo’valarda kesilgan riflilarning zichligi; jo’valarning aylanma va nisbiy tezligi; jo’valarga tushadigan solishtirma yuklama kattaligi.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling