Зоология ва экология


Kungaboqar kunjarasi sifatiga qo’yilgan talablar


Download 1.35 Mb.
bet233/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Kungaboqar kunjarasi sifatiga qo’yilgan talablar.

Rangi-turli tuslanuvchi kulrang. hidi - hech qanday begona hidsiz (dimikkan, mog’or va b.) kunjaraga xos hid. Tozaligi kunjarada begona aralashmalar (pres salfetkasi qoldigi, metal aralashmalar, shisha va b.) bo’lmasligi kerak.

Singani-kunjara pletkalarining mayda bulaklari miqdori (plitkaning choragidan kam) va kunjara changi umumiy partiya og’irligiga nisbatan 5 % dan oshmasligi kerak.
Lavlagi shakari, kraxmal kiyomi va gidroliz

ishlab chikaruvchi sanoat chikindilari.

Lavlagi shakari va ko’pchitish sanoati chiqindilarining namligi yuqori bo’lsa, ular barra hamda mollarga beriladi yoki ishlab chiqarishdan uzoq bo’lmagan joyda silos holida saqlanadi. CHiqindilarning ba’zi qismi quritiladi va shunday holda ratsion tarkibiga yoki ingrediyent sifatida omuxta yemga kiritiladi. Quritilgan chiqindilar to’la transportbop va ishlab chiqarishdan uzoq bo’lgan omuxta yem zavodlariga ham yetkazib beriladi.

SHakar sanoati chikindilari. shakar sanoati shakar lavlagining katta miqdordagi asosini qayta ishlaydi. Turup (jom)-bu shakarlavlagi kirindisidan saxarozani suv bilan ajratib olgandan keyin hosil bo’ladigan qoldiklar. Odatda turup tarkibida bor-yo’g’i 0,3 % gacha shakar mavjud. YAngi olingan turupda 93 % gacha suv bo’ladi. 100 kg turupda 8 ozuqa birligiga teng va unda 900 g hazm buluvchi protein bor. Turup barra va siloslangan holda yirik shoxli hayvonlarni hamda cho’chqalarni bokishda foydalaniladi. 100 kg quruq turup 85 ozuqa birligiga teng va 4 kg hazm bo’luvchi proteinga, 717 g kaltsiy va 307 g fosforga ega. U mollarga berilishdan oldin suvda bevosita ivitiladi yoki omuxta yem tarkibiga kiritiladi.

Melassa yoki ozuqa shinnisi saxaroza kristalllarini tsentrifuga yordamida ajratgandan keyin olingan mahsulot bo’lib, yana 50 % gacha shakar ushlaydi.

Agar bu shakarni eritmadan ajratib bulmasa (eritmada kristallanishga xalaqit beruvchi ko’p modda mavjud), bunda u hayvonlarni boqish uchun mo’ljallangan yemga yoki spirt va achitqi ishlab chiqarishga ishlatiladi. 100 kg ozuqa shinnisi 77 ozuqa birligiga, oqsil bo’lmagan azotli moddalarga, 300 g kaltsiy va 30 g fosforga ega. Ozuqa shinnisi tarkibida shuningdek kerakli mikroelement - kobalt ham mavjud. Melassa shirinta’m achchik-sho’r ta’mga, alohida hidga, qoramtir rangga va cho’ziluvchan konsistentsiyaga ega.

Suvdv eritilgan melassa dagal yemlarni mazzali qilish uchun xizmat qiladi va briket ko’rinishida olinadigan omuxta yem tarkibiga kushiladi.

SHakar zavodlarida turupshinni deb ataluvchi alohida ozuqa ishlab chiqariladi. Turupshinni deb quritilgan shakar lavlagi turupi bilan melassaning 1:1 nisbatda aralashtirilgan, bug’ bilan ishlov berilgan, quritilgan va issiq holida briket ko’rinishida presslangan aralashmaga aytiladi. 100 kg turupshinni 65 ozuqa birligiga teng, 22,5 % dan kam bo’lmagan saxaroza va 15 % dan ko’p bo’lmagan namlikka ega. Turupshinniga tursh va dimikkan hid, ichki va tashqi mogorlash, zararkunandalar bilan zararlanish ruxsat buyerilmaydi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling