Don mahsulotlarining sifatini yomonlashtirmasdan saqlash.
Don mahsulotlarining sifatini yomonlashtirmasdan saqlash -ikkinchi vazifa. Don mahsulotlari va uruglarning sifatini tushiradigan xolatlar saqlash rejimlarining bajarilmasligi,zarur parvarishning yukligi sababli yuzaga kelishi mumkin.
Mahsulot sifatining yomonlashuvi bilan boglik bulgan nobudgarchilik evaziga juda katta zarar kurilishi mumkin. Saqlashda don tetikligining yukolishi (rangi, xidi va mazasining uzgarishi) undan olinadigan yorma, un va non sifatining yomonlashuviga olib keladi, ba’zan esa ularni iste’molga yaroksiz qilib kuyadi.
Don mahsulotlari sifatining pasayishiga olib keladigan boshka bir sabab uning xaddan tashkari uzok muddat saqlanishi bilan boglikdir. Xar kanday mahsulot xatto optimal sharoitda saqlanganda xam ma’lum bir uzok muddatga chidamlilik xususiyatini namoyon qiladi. Kandaydir muddatga saqlanishi muljallanib, undan ortikcha saqlanib eskira boshlagan mahsulotning xaridorgirlik xususiyati yukoladi. Kupgina un va yorma turkumi ikkinchi-uchinchi saqlanish yilida uz sifatini keskin yuqotadi. Ikki-turt yil ichida esa don uruglik xususiyatlarining pasayishi kuzatiladi. Ozik-ovkat va omuxta yem ishlab chikarishga muljallangan boshokli va dukkakli ekin donlari uzok muddatga chidamlirok bulib xisoblanadi. Birok ularda vakt utishi bilan (7...15 yildan keyin) odatda texnologik va ozik-ovkatga yaroklilik xususiyatlarining pasayishi kuzatiladi. SHunday qilib, eskirish xolati saqlanayotgan don mahsulotlari va uruglarning davriy almashinuvi, xamda sifatining sezilarli yomonlashuviga kadar uz vaktida sotilishiga bulgan zarurat mukarrarligiga olib keladi. Sifatini yomonlashtirmasdan saqlash - zaruriy shartdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |