Зоология ва экология
Don massasini sovitilgan holda saqlash
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Don massasini sovitilgan holda saqlash. Bu usul termoanabioz qonuniyatiga asoslangandir. Don tarkibidagi turli xil tirik komponentlar past harorat ta’sirida o’z faoliyatini sekinlashtiradi yoki butunlay to’xtatishi mumkin. Shu bilan birga, donda bo’ladigan bir qator fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning kechishi ham sekinlashadi. Don massasidagi begona aralashmalarnnng ham hayot faoliyati ancha sustlashadi.
Donni sovitilgan holda saqlash uning issiqlikni yomon o’tkazish xossasiga asoslangan bo’lib, mamlakatimizning ko’pgina g’allachilik mintaqalarida donni sovitilgandan keyin bir yil va undan ortiq vaqtgacha saqlash imkoniyatini beradi. Donni sovitilgan holda saqlash uni tabiiy sovitish imkoniyati bor mintaqalarda keng qo’llaniladi. Don partiyasining harorati +10°C dan oshmagan taqdirda sovitilgan hisoblanadi. Don massasining hamma qatlamlarida harorat 0°C dan 10°C gacha bo’lgan holatda birinchi darajali sovitilgan, harorat 0°C dan past bo’lsa ikkinchi darajali sovitilgan hisoblanadi. Agar don massasi uzoq vaqt saqlashga mo’ljallangan bo’lsa hamda don tarkibidagi namlik 12,0-12,5% bazis konditsiyadan past bo’lsa 5-8°C gacha sovitish mumkin. Don massasini qanday haroratgacha sovitishni aniq aytishdan oldin donning turinigina hisobga olmasdan, balki uning tarkibidagi namlik, qanday maqsadlarga ishlatilishi, pishish darajasi va boshqa omillarni ham hisobga olish talab etiladi. Don massasini sovitish ikki usulda o’tkaziladi: passiv sovitish, faol sovitish. Passiv sovitishda don massasini havo salqin paytlari sovuq havo bilan aralashtirish yoki bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish yo’li bilan sovitiladi. Faol sovitish maxsus statsionar yoki ko’chma moslama yordamida don tozalagich mashinalarda, transportlarda yoki siloslarda o’tkaziladi. Don massasini sovitishning ilg’or usuli faol shamollatish hisoblanadi. Donni sovitishda uni namlantirishdan ehtiyot bo’lish lozim. Shu sababli donni sovitishda muntazam ravishda uning namligini aniqlab turiladi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling