Зоология ва экология
Don omborxonalari turlari
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Don omborxonalari turlari. Uzbekistonda asosiy don omborxonalari bir kavatli, yonlama yoki kiyalangan polli ombor va elevatorlardan nborat. Bundan 20—25 yil avval jamoa va davlat xo’jaliklarida kurilgan omborlar sigimi (50; 100; 160; 300 tonna) kichik bo’lib, ko’pchiligi mexanizatsiyalashtirilmagandir. Xozir kurilayotganlarining xajmi 500 dan 5000 tonnagacha don sigadigan omborlar bo’lib, unda tashish, tushirish va boshqa ishlar tula mexanizatsiyalashtirilgan. Yigiluv-temir-beton, gisht, metallardan foydalanib barpo qilingan bunker turidagi omborlar xar xil mexanizmlar bilan jixozlangan. Bulardan tashqari, taralarni aloxida saqlaydigan, donlarni soladigan, uni dorilaydigan va muntazam shamollatish uskunalari urnatilgan bulimlariga ega bo’lgan omborxonalar ham mavjud. Donlarni qayta ishlovchi (tegirmon, yorma va ozuka-em ishlab chikaruvchi zavodlar) korxonalar, davlat karamogidagi non mahsulotlari, don qabul qiluvchi punktlar, katta sigimli omborxonalardan tashqari elevatorlar ham bor. Zamonaviy elevator — bu donlarni qabul qilib, qayta ishlab, saqlab va iste’molchilarga tarkatadigan bakuvvat sanoat korxonasidir. Bunda donlar nste’mol konditsiyasiga yetkazilib, sifati buyicha bir xil turlarga ajratilib, xalq xujaligining yoki bu maksadlariga ishlatish uchun muljallangan.
Elevator asosan ikki kismdan-ichki minora va bir nechta yem (silos) korpuslaridan iborat. Don uyumlari 30 metr va undan baland bo’lgan yem saqlagichlariga solinadi. Elevator sigimi yem miqdori, saqlagichlarning balandligi va kundalang kesimiga boglikdir. Yem saqlagichlar monolit yoki yigma temir-betondan barpo qilinadi. Ular tugri burchakli va tsilindr shaklida bo’ladi. Tsilindr shaklidagi yem saqlagichlarni bir kator qilib joylashtirilganda ularning orasida ko’pincha yulduzchalar deb ataladigan qo’shimcha bo’liqlar hosil bo’ladi. Yem saqlagichlarning sigimi ko’pincha 150 tonnadan 600 tonnagacha boradi. Bunday don uyumlarining tuqiluvchanligi va saqlanish hususiyatlari yaxshi bulishi kerak. Shuning uchun donlarni elevatorlarda saqlashda fakat quruq va biroz kuruk donlar bilan tuldirilishiga e’tiborni karatish kerak. Ishchi minoraning balandligi 50—65 metr bo’lib, uning kavatlarida don tozalagich mashina, aspiratsion moslama, avtomat tarozi, ayrim xollarda kuritgichlar joylashgan bo’ladi. Xar xil maksadlar uchun belgilangan (tayyorlovchi, tegirmonli va boshqa) elevatorlar turli texnologik tizimlarga ega. Elevatordagi donlar xarakatining umumiy jarayonini kuyidagicha tasavvur qilish mumkin: vagonlarda, mashinalarda keltirilgan don uyumlari don qabul qiluvchi punktlarning elevator minorasi tagida joylashgan xandaklarga kelib tushadi. U yerdan katta chumichlarda (xar birining bir soatdagi ish unumi 100—350 tonna) donni elevator mnnorasining yukori kismidagi avtomat tarozilariga kutarib beradi, keyin don uzining xarakati bilan minorani kavatlarda joylashgan don tozalagich mashinalariga kelib tushadi. Shundan sung kerak bo’lsa don uyumlari don kuritgichlariga yullanadi. Xar xil qo’shilmalardan tozalanib va yaxshi kuritilgan don uyumlari yana minoraning yukori kavatlariga iunaltiriladi, u yerda xar tomonga tarkatuvchi moslamalar yordamida yem saqlagichlar ustidagi transportyorlarga yullanadi va uning yordamida don uyumlari aralashtiriladi hamda yem saqlagichlarga solinadi. Yem saqlagichlarning teshigi ochilgandan keyin don massasi transportyorga kelib tushadi. Bu yerdan don uyumlari maxsus junatishga tayyorlangan yem saqlagichlarga va boshqa moslamalarga yunaltiriladi. Ko’p elevatorlarda donlarni aralashtirish uchun mexanik transportyorlardan foydalaniladi. Bundan tashqari, elevatorlar pnevmatik moslamalar bilan ham jixozlangan bo’ladi. Elevatorlardagi jarayonlarni boshqarish uchun markazlashgan boshqaruv joyi bo’lib, unda dispetcher pult yordamida hamma texnologik jarayonlarni boshqaradi. Elevatorlar kaysi maksadlarga muljallanganligi va kurilgan joyiga qarab 25—140 ming tonnagacha don sigadigan xajmda bulishi mumkin. Elevatorlardan omborxonalar bilan birga kompleks ravishda foydalanilsa ancha qulay bo’ladi. Ishlov berilgan donlarni omborxonalarda saqlash elevatorlarda saqlashga nisbatan arzonga tushadi. Shuning uchun, elevator birinchi navbatda donlarga ishlov berishda, don tunlamlarini junatish uchun qulay bo’lgan hamda uzok, muddat saqlash kuzda tutilgan vaktda ishlatilsa maksadga muvofik bo’ladi. Don uyumlari elevatordan qanchalik ko’p utkazilsa uning rentabelligi shuncha yukori bo’ladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling