Don massasini havosiz (germetik) joyda saqlash. Bu usul anoksianabioz qonuniyatiga asoslangan bo’lib, don massasining oralig’ida kislorod bo’lmasligi natijasida don va boshqa har qanday tirik aralashmalarda aerob nafas olish jarayoni susayadi. Don massasi tarkibidagi turli xil aerob mikroorganizmlar hamda zararkunandalarning rivojlanishi uchun imkoniyat bo’lmaydi. Don massasi bu usulda saqlanganda uning barcha sifat ko’rsatkichlari uzoq muddat davomida to’liq saqlanibgina qolmasdan, balki saqlash davrida bo’ladigan nobudgarchilik miqdori ham keskin kamayadi.
Don massasi germetik sharoitda sifatli saqlanishi uchun uning namligi kritik namlikdan kam bo’lishi lozim. Aks holda don qorayadi, ta’mi o’zgaradi va yoqimsiz hidga ega bo’ladi, natijada uning texnologik va ozuqaviylik hususiyatlari birmuncha pasayadi.
Germetik sharoit karbonat angidridning tabiiy to’planishi va tirik organizmlarning nafas olishi natijasida kislorodning kamayishi hisobiga, don massasiga turli xil gazlarni yuborib, don oralig’idagi havoni siqib chiqarib va don massasida vakuum hosil qilish yo’li bilan yaratiladi. Don massasini germetik sharoitda saqlash uchun maxsus germetik omborlar bo’lishi talab qilinadi. Hozir amalda don massasini germetik usulda saqlash uchun qazilgan zovurlardan foydalaniladi. Don saqlanadigan zovurlarning chuqurligi 3,5 m, eni 3 m, uzunligi keragicha bo’lishi mumkin.
O’rta osiyo respublikalarida yem-xashak uchun ajratilgan donlar zovurlarda yaxshi saqlanadi. Don massasini saqlash zovurlarni germetiklashtirish darajasiga bog’liq.
Namligi yuqori bo’lgan don massasini quritmasdan faqat germetik sharoitda sifatli saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |