Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
"kuchli" bug’doy.
Bug’doy donining tasnifiy (spetsifik) ko’rsatkichlari uning shishasimonligi, kleykovina miqdori va sifati ma’lum darajada bug’doyning texnologik qiymatini, a’lo darajadagi non mahsulotlari tayyorlash imkoniyatlarini belgilab beradi. Bu va bunga o’xshash belgilar juda o’zgaruvchan bo’lib, nav xususiyatlari, agrotexnika, tuproq-iqlim sharoitlariga qarab bug’doy donininng nonboplik xususiyatlari ham o’zgarib turadi. Shunga ko’ra turli xil texnologik xususiyatlarga ega bo’lgan yumshoq bug’doy 3 guruhga ajratiladi: "kuchli", "o’rtacha ", "kuchsiz". Jahon amaliyotida tegishli texnologik jarayonlarda undan tayyorlangan hamir o’z shaklini barkaror saqlash oluvchi, yirik hajmli, magzi yaxshi g’ovak non tayyorlash mumkin bo’lgan bug’doy "kuchli" bug’doy deb nomlanadi. "kuchli" bug’doy nonboplik xossasi past bo’lgan partiyalarga kushilganda, nonboplikjihatdan ancha yaxshi bug’doy uni aralashmasi olish imkonini beradi. Demak, birinchi guruhga a’lo sifatli non olinadigan va "kuchsiz" bug’doyni yaxshilash uchun kullanilish mumkin bo’lgan bug’doy navlari kiradi. "o’rtacha " nomini olgan bug’doy esa "kuchli" bug’doy kushmasdan turib me’yordagi non olish mumkin bo’lgan bug’doydir. Ammo "o’rtacha" bug’doy "kuchsiz" bug’doyning nonboplik xususiyatlarini yaxshilash qobiliyatiga ega emas. "kuchsiz" bug’doydan past sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan non olinadi, shu sababli "kuchsiz" bug’doyga "kuchli" bug’doy kushishnatijasida yaxshi non olishga erishish mumkin. Jahon ishlab chiqarishda yumshoq bug’doyning solishtirma og’irligi "kuchli" guruxda 15-20 % "o’rtacha " guruhga 25-30% va "kuchsiz" guruxda 50-55 % ni tashkil qiladi. "kuchli" bug’doy asosan rossiya, kanada, kozogiston, aqsh va argentinada yetishtiriladi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling