Javdarning botanik tavsifi.
Javdar boshoqlilar oilasining seccale turkumiga kiradi. Javdar chetdan changlanuvchi o’simlikdir.
Tupguli boshoq bo’lib, odatda ikki gulli, ayrim hollarda uch va turt gullilar ham uchraydi. Boshoq o’qida birtadan pogonasimon joylashgan. Boshogi qiltiqli va qiltiqsiz bo’lishi mumkin. Javdar bilan birgalikda bu turkumga xos un xil o’simlik turi mavjud.
Ammo, ulardan faqat (seccale cerlale) - madaniy o’simlik sifatida ekiladi. Boshqa turlari esa yovvoyi va begona dala o’tlari hisoblanadi.
Javdarning boshoq shakli, to’liqligi, uzunligi, qiltiqlar miqdori, boshoq rangi (uning o’sib rivojlanishi davomida), donning shakli singari belgilariga ko’ra farq qiluvchi 45 xil turi mavjud ekin maydonlariga ega javdarning faqat bir xil (seccale cereale vulgare) qiltiqli oq boshoqli oddiy javdar turi ekiladi.
Tog’ javdari, ko’prichnov javdari singarilar yovvoyi javdarning ko’p yillik madaniy javdar navlarini olish uchun selektsiya ishlarida keng qo’llaniladigan ko’p yillik turlaridir. Begona dala javdari bug’doy va arpa ekinini ifloslantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |