Зоология ва экология
Arpaning sifat ko’rsatkichlari va standartlari
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Arpaning sifat ko’rsatkichlari va standartlari.
Arpa donidan turli maqsadlarda foydalanish hisobga olib ar- Paga 5 xil standart mavjud: 2) yormabop arpa; 3) unbop arpa; 4) pivobop arpa; 5) spirt ishlab chiqarishga mo’ljallangan arpa. Ozuqabop – “xashakbop arpa” standartidan arpa partiyalarini g’alla qabul qilish korxonalariga qabul qilish va undan chikarib yuborish jarayonlarida foydalaniladi. Shuning uchun barcha ekinlar doni partiyalari umumiy majburiy ko’rsatkichlari, hajmiy og’irlik shuningdek arpani besh sinfga bo’lish (hajmiy og’irlik, aralashmalar miqdori, namlik bo’yicha) uchun don sifatini aniqlash ko’rsatib utilgan. Yetishtiriladigan arpa 2 guruhga bo’linadi: birinchi guruhga asosiy konditsiya talablarini kondiradigan arpa kiradi: ikkinchi guruhga chegaralovchi konditsiya talablarini qondiruvchi arpa kiradi. Standartda aralashmalar tarkibi ham ko’rsatilgan; bunda asosiy donga bug’doy va arpa doni ham kiritilgan. "yormabop arpa" standatida umumiy talablardan tashqari kichik don (5% dan ortiq emas) miqdorining va namlik (14,5 % dan ortiq emas) miqdorining me’yori ko’rsatilgan. Donning yaxshi pishib yetilganligi, yadroning mag’izning yaxshi tulishganligi alohida hisobga olinadi. Shu boisdan uning hajmiy og’irligi 605 g/l dan kam bo’lmasligi kerak. Ifloslanganlikni aniqlashda asosiy donga boshqa ekinlardan faqat bug’doy doni kiritilgan. Unbop arpa standartida namlik miqdorining (15 % gacha) me’yori va gul qobig’i qoraygan yoki chekka uchlari qora arpa doni uchun namlik 25 % gacha miqdordagi namlik holatigacha qabul qilingan. Shuningdek, kichik donlar (10 % gacha) va nish urgan donlar (5 % gacha donli aralashmalar me’yoridan tashqari) miqdorining me’yori ham ko’rsatilgan. Unbop arpada asosiy donga bug’doy va javdar donlari ham kiritilada. "pivobop arpa" standartida talablar miqdori juda ko’p. Pivo chiqimi va sifati faqatgina umumiy sifat ko’rsatkichlari va don navi va uni yetishtirish o’rni katta ahamiyatga ega. Shuning uchun pivosanoati extiyojlariga tavsiya etiladigan arpaning barcha navlari standartda ikki sinfga ajratilgan. Bunda asosiy etibor donning bir tekisligi va o’sish qobiliyati singari sifat ko’rsatkichlariga qaratiladi. Bir tekislik deganda 2,8 x 20 mm va 2,5 x 20 mm mm yoki 2,5 x 20mm va ",2 x 20 mm teshikli ikkita bir-biriga takalgan elak qoldigi umumiy miqdori 60% dan kam bo’lmagan holat tushuniladi. Donning o’sishiga qobiliyati pivo ishlab chiqarish zavodidagi 15-15,5 % dan yuqori bo’lmagan namlik sharoitda beshinchi kunda 90% dan kam bo’lmagan miqdorda o’sishi tushuniladi. Begona va donli aralashmlar bilan ifloslanganlik 5 % dan yuqori bo’lmasligi kerak. Bunda bug’doy, javdar, suli, donli aralashmalarga kiradi, qolgan barcha o’simliklarning urug’ va donlari - begona aralashmalarga kiradi. G’alla qabul qilish muaasasalarida arpani xo’jaliklardan sotib olish jarayonida barcha sifat ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda arpa xarid narxlariga qo’shimcha ravishda ustama haq to’lanadi. Spirt olishga mo’ljallangan arpaning sifat ko’rsatkichlari, ozuqabop va xashakbop don uchun umumiy qabul qilingan sifat ko’rsatkichlari bilan bir xilda me’yorlangan. Ammo bundan tashqari u yaxshi unuvchanlik (92 % dan kam bulmagan) xususiyatiga ega bo’lishi va o’sish energiyasi uchinchi kunda 85 % dan past bo’lmasligi kerak. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling