Зоология ва экология


Sholining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, ekin maydonlari


Download 1.35 Mb.
bet80/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Sholining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, ekin maydonlari.

Sholi (oruza) eng muhim donli ekinlardan biridir. Yer yuzida sholi ekiladigan yer maydonlari kulami jihatidan 3 o’rinda turadi.

Jahon ziroatchiligida yalpi hosil kulami bo’yicha sholi bug’doy bilan 1 o’rinni tang bulishadi yoki u bug’doyni 1 urindan sikib chiqaradi (haqikatda ham, hosildorlik bo’yicha sholi bug’doyda ancha ilgarilab ketgan).

Sholi asosan oziq-ovqat sifatida qo’llanilib, deyarli yer shari axolisi uchun asosiy oziq mahsuloti yoki oziq mahsulotlaridan eng muximi sanaladi.

Sholi donini qayta ishlab quyidagi yormalar olinadi: oklangan sholi, (polirovannыy) yaltiratilgan sholi (shlifovannыy) sillik­langan sholi va boshqalar. Yorma olishda hosil bo’ladigan chiqindilar don siniklari fitin sholi kraxmali, pudralar olishda va yem - xashak maqsadlarida asosiy xom-ashyo sifatida qo’llaniladi. Sholi murtagiyog’ olishda ham ishlatiladi.

Sholi poyasi chorvachilikda xashak sifatida qo’llaniladi, shuning­dek, sholi poyasi yuqori plastiklikka ega bo’lganligi uchun undan xilma-xil to’qima mahsulotlar tayyorlanadi: shlyapalar, sovatchalar va boshqalar sholi poyasi papiros kogozi tayyorlashda ham ishlatiladi.

Sholi - qadimiy o’simlik. Sharkiy va janubiy sharkiy osiyo mamla­katlarida eramizdan bir necha asr ilgari sholi janubiy - sharkiy osiyo hisoblanadi.

Jahon ziroatchiligida sholi ekiladigan maydonlar 120 mln. Ga dan ortikli tashkil etadi. Sholi ekiladigan asosiy maydonlar osiyo­da joylashgan bo’lib, ular sholi ekiladigan barcha maydonlarning 90 % dan ortigini tashkil qiladi. Yer yuzida eng ko’p sholi ekiladigan maydonlar xitoyda (30 mln ga.dan ziyod) , xindistonda (30 mln.ga yaqin), pokistonda (10 mln ga yaqin), yaponiyada (3 mln ga yaqin), indoneziyada (7 mln ga yaqin), tailandda (5 mln ga yaqin), vetnamda, birmoda va boshqa mamlakatlarda joylashgan. Sholi yetish­tirish bilan 60 dan ortiq mamlakatda shugullaniladi, chunonchi ko­reya, aqsh, bolgariya, ruminiya va boshklar shular jumlasiga kiradi.

O’rta osiyo respublikalari, zakavkaze (ozarbaydjon va arma­niston), shimoliy kavkaz (krasnodar ulkasi, stavropol ulka­si), rostov, uzoq sharq (krasnodar ulkasi, xabarovsk ulkasi), uk­rainaning janubiy rayonlarida va povoljeda ham sholi yetishtiri­ladi.

O’rta osiyo respublikalari va zakavkazeda sholi qadimiy davr­laridan boshlab yetishtiriladi.

Sholi - issiksevar va namsevar o’simlik. U asosan yer sharining tropik va substropik iqlim zonalarida ko’p miqdorda yetishtiriladi.

Suvni ko’p talab etishi jihatdan sholi gidrofit (suv o’simlik­lari) larga taaluklidir. Chunki sholi juda ko’p miqdorda namlik bo’lgan yerda, hatto, umuman suv ichida yaxshi rivojlanadi.

O’stirish sharoitiga ko’ra sholi 3 guruhga bo’linadi:

A) o’sish va rivojlanishning barcha davrlarida ekin maydonlari­ning sugorilishini talab etuvchi;

B) ekin maydonlarini davriy sugorishini talab etuvchi (ekin maydoni muayyan davrda suvga to’ldiriladi va yana suv maydondan chiqariladi);

V) ekin maydonlarini sugorish talab etilmaydi, ammo katta miqdorda yog’ingarchilik (500 dan 1300 mm gacha) ka ehtiyoj sezadi­gan- quruqlikda o’suvchi sholi.

Yuqoridagi 2 guruhga xos bo’lgan sholi eng serhosil hisoblana­di. Sholi namlikka extiyojning yuqori bo’lishi uni faqat sugorish ti­zimi kuchli bo’lgan rayonlarda va daryo deltasida ekishni talab etadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling