Зоология ва экология


Makkajuxorining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, ekin maydonlari


Download 1.35 Mb.
bet82/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Makkajuxorining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, ekin maydonlari.

Makkajuxori qadim vaqtlardan buyon ekiladigan madaniy o’simlikdir. Makkajuxorining vatani markaziy va janubiy amerika deb hisoblashadi ko’pgina tadkikotchilar. Chunki yer sharining bu qismida yashovchi tub aholi hisoblangan inditslarga 5 ming yildan ortiq vaqtdan buyon makkajuxori usimligi ma’lum va mashhurdir. Misr eh­romlari (piramidalari) va hindistonda olib borilgan arxeologik kazishmalar shuni ko’rsatadiki, makkajuxori usimligi bundan 4-5 ming yil ilgari afrika va osiyoning ko’pgina mamlakatlarida keng tarqalgan kirib kelishi esa kolumbning amerikaga (kuba oroli) qilgan sayoxatlari bilan bog’liq bo’lib, asta - sekinlik bilan ja­nubiy yevropa mamlakatlarida tarqalgan. Yer yuzida don yetishtirish kulamining oshishi, oziq-ovqat mahsulotlari chorva mollari uchun ozuqa mul-kulchiligini ta’minlashda makkajuxori muhim ahamiyatga ega. Chunki u yirik ahamiyatga molik xashakbop ozuqadir. Makkajuxo­rining donidan tashqari (yakka holda o’zi va omuxta yem tarkibi­da) uning yashil poyasi ham ishlatilib, u yaxshi silos) bo’ladi. Si­los juda yaxshi saqlanadi va qishloq xo’jalik hayvonlari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.

Makkajuxori juda keng ko’lamda qo’llaniladigan texnikaviy o’simlik bo’lib, undan 150 dan ortiq oziq-ovqat va texnikaviy mahsulotlar olinadi. Makkajuxori donidan spirt, kraxmal, yorma, patoki un va bodroq olinadi. So’ta o’qiga maxsus ishlov berish yo’li bilan furfurol, lignin, shakar, ksiloza va boshqa mahsulot­lar olinadi. Makkajuxori poyalaridan tsellyuloza va kogoz ham olish mumkin.

Jahon xo’jaligida makkajuxori doni turli maqsadlarda quyidagi miqdorda ishlatiladi: oziq-ovqat mahsulotlariga 20-25 %; xashakka 55-65 %; texnikaviy maqsadlarda 15-20%.

Ekin maydonlarining ko’lami jihatidan makkajuxori yer yuzida faqat bug’doydan keyingi urinda, ya’ni ikkinchi o’rinda tura­di (130-150 mln. Ga). Ammo hosildorlik bo’yicha u bug’doyni ancha ortda qoldiradi, shuning uchun yer sharida yalpi makkajuxori hosili kulami, yalpi bug’doy hosilidan ancha ko’pdir.

Jaxonda makkajuxori doni yetishtirish bo’yicha aqsh birinchi o’rinni egallaydi. Bu mamlakatda yalpi makkajuxori hosili 80-90 mln. Tonnani tashkil etadi. Ekin maydonlari esa 27-32 mln ga. Brazi­liya, xitoy, meksika, hindiston, junubiy afrika respublikasi, indo­neziya, argentina, filippin, oar-frantsiya va boshqa davlatlarda eng ko’p miqdorda makkajuxori yetishtiriladi.


Takrorlash uchun savollar

  1. Donning nonbop xossalarini baholashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarni izohlang.

  2. Donning unbop va nonbop xossalarini izohlang.

  3. Yormabop donlarni texnologik baholash usullarini izohlang.

  4. Bug’doyning xalq xo’jaligidagi tutgan o’rni va ekin maydonlari haqida ma’lumot bering?

  5. Bug’doy donini standartlashtirish deganda nimani tushunasiz?.

  6. Javdar doni xalq xo’jaligining qaysi tarmoqlarida kullantladi?

    1. Arpaning qanday navlarini bilasiz?

    2. Arpaning sifat ko’rsatkichlari qaysi standartlar asosida aniqlanadi?

    3. Sholi ustirish sharoitiga ko’ra necha turga bo’linadi.

    4. Javdar doni kimyoviy tuzilishi, turlari navlari va standartlari xanida ma’lumot bering.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling