Javdar. Javdarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Javdar-muhim ozuqabop ekin bo’lib, uning doni nonbop un ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Javdar noni qimmatbaho oziq ovqat mahsuloti bo’lib, yuqori kaloriya va ajoyib ta’mga ega. Bu ko’rsatkichlari bo’yicha javdar noni faqat bug’doy nonidan keyingi o’rinda turadi. Javdar doni solod olish maqsadida qo’llaniladi. Mamlakatimizning ayrim rayonlarida javdar yashil ozuqa sifatida ham qo’llaniladi.
Javdarning kishga chidamliligi yuqori, bug’doyga nisbatan parvarishni kam talab etadi.
Jahon ziroatchiligida javdar yetishtirish bo’yicha birinchi o’rinda rossiya turadi, shuningdek polsha, germaniya, chexoslavakiyada ham javdar yetishtirish juda yaxshi yo’lga qo’yilgan va javdar nonini iste’mol qilish keng tarqalgan. Finlandiya, shvetsiya, norvegiya, avstriya, vengriya, frantsiya, aqsh, argentina singari davlatlarda ham javdar yetishtiriladi.
Yuqorida aytib utganimizdek javdar parvarishga va issiqlikka unga muxtoj emas, boshqa g’alla ekinlariga nisbatan past xaroratga uta chidamli. Shu sababli shimoliy mintakalarda joylashgan mamlakatlardagi 69o shimoliy kenglikkacha, ayrim rayonlarda kutb doirasida ham ekiladi. U eng tez yetiluvchi ekin sifatida mashxur bo’lib, shimoliy rayonlarda bu borada arpadan keyingi o’rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |