Зоология ва экология
Bug’doy donini standartlashtirish
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Bug’doy donini standartlashtirish.
Mamlakatimizdagi g’alla qabul qilish korxonalarida qabul qilinayotgan bug’doy doni partiyalari barcha ekinlar doni uchun umumiy va majburiy bo’lgan ko’rsatkichlar, shuningdek hajmiy og’irlikni hisobga olgan holda baholanadi. "kuchli" va qattiq bug’doy doni partiyalari uchun kleykovina miqdori va sifati, shuningdek donning toshbaqa-kanadan zararlanganligi ham aniqlanadi. Barcha bug’doy partiyalarining namunaviy tarkibi aniqlanganda donning shishasimonligi hisobga olinadi. Hozirgi paytda bug’doy doni uchun to’rt xil standart mavjud. Quyida biz ularning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz. Davlat don tayyorlash tizimi tayyorlagan bug’doy doniga standart gost vks-7064-"ozuqabop tayyorlangan bug’doy", davlat don tayyorlash tizimi tomonidan oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chikarilgan bug’doy doniga standart, bug’doyi" to’liq standartlar guruxiga mansub bo’lib, barcha bulimlarda ishtirok qiladi. Standartlarning birinchi bo’limida kursatishiga, oziq-ovqat bug’doyi deganda turli bug’doy donlarining aralashmalar bilan birgalikdagi don umumiy miqdorining 85 % i dan kam bo’lmagan miqdori tushuniladi. Tovar tasnifi bo’limida bug’doy donining turkum va kichik turkumchalariga, donning texnologik qiymatini belgilovchi sifat guruhlariga ajratilishi berilgan. Bug’doyni turkumlarga ajratishda uning quyidagi belgilari asos qilib olinadi: rangi (qizildonli yoki oq donli bug’doy), botanik turi (qattiq yoki yumshoq), biologik shakli (kuzgi yoki bahorgi). Yuqoridagi barcha belgilar bug’doyning texnologik va ozuqaboplik qiymati bilan turli darajada bog’liq bo’ladi. Ular bug’doy doni ko’rsatkichlarini 5 turkumga ajratish imkonini beradi. Bug’doy doni texnologik qiymatining yanada aniqroq tavsifi turkumdan keyingi kichik turkumchada beriladi. Donning kichik turkumchaga ajratishda uning rangi va shishasimonligi asos qilib olinadi. "kuchli" hisoblangan eng yaxshi yumshoq bug’doylar i va iv turkumlarga, 1 va 2 kichik turkumlarga, shuningdek iii turkumning 1-kichik turkumiga kiritiladi. Bug’doy donining turkum va kichik turkumlarga tasniflanishi berilgan. I va iv (bahorgi va kuzgi yumshoq qizil donli bug’doy) turkumlar, ii turkum (bahorgi qattiq bug’doy) ekish va tayyorlashda asosiy turkumlar hisoblanadi. "kuzgi" va qattiq bug’doy doni muayyan turkum va kichik turkumchaga xos bo’lgan hid va rangga ega bo’lishi kerak. I-iii-iv turkumdagi "kuchli" bug’doy tarkibidagi boshqa turkumlar miqdori, shuningdek qattiq bug’doy oziq-ovqat uchun tayyorlanadigan va tarkatiladigan bug’doyning tovar tasnifi bo’limida ko’rsatilgan talablarga javob berishi kerak. G’alla qabul qilish korxonalarida "kuchli" va qattiq bug’doyni topshirishda sinov dalolatnomasi navli ekinlar kaydi dalolatnomasiga asoslangan hujjatdan kuchirma ya’ni novlik hujjati bilan birga topshiriladi. "kuchli" va qattiq bug’doyni saqlash va topshirish ishiga alohida diqqat e’tibor qaratish lozim.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling