Zoologiya yakuniy javoblar Ҳайвонларнинг ҳозирги замон систематикаси


Download 74.76 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi74.76 Kb.
#1176845
1   2   3
Bog'liq
Zoologiya yakuniy javoblar

Tuzilishi. Yashil xivchinlilar hujayrasi duksimon, silindrsimon, sharsimon yoki boshqa 
shaklda bo‘lib, sirtdan kletchatka yoki unga o‘xshash pellikula bilan qoplangan. Usimliksimon xivchinlilar xivchinlari 1/2 tadan bir necha yuz, hatto minggacha bo‘lishi mumkin. 
 Tananing xivchin joylashgan tomoni oldingi qutb hisoblanadi. Xivchinlar uzunligi ham har xil, ba‘zan tanadan ham uzun bo‘lishi mumkin. Xivchinlar suyuq muhitga parmaga o‘xshab
 buralib kirishi natijasida hayvon oldingi tomoni bilan suzadi. Ko‘pchilik turlarida yorug‘likni sezishga yordam beradigan qizil dog‘ ko‘zchasi - stigma ham bor. Chuchuk suvlarda tarqalgan 
yashil plastinkaga o‘xshash gonium (Gonium pektorale) koloniyasi 16 ta yashil ikki
xivchinli hujayralardan iborat. Hujayralar quyuq shilimshiq modda orqali o‘zaro bog‘langan. Gonium xivchinlarning eshkakka o‘xshab/tebranishi tufayli suzib yuradi. 
Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan evdorina (Eudorina elegans) koloniyasi esa 
ko‘pincha 32 (ba‘zan 8 yoki 16) yashil hujayradan tashkil topgan, shar shaklda bo‘ladi. Koloniya 
diametri 50 mkm dan 20 mkm gasha yetadi. Chuchuk suv havzalarida tarqalgan Volvox aureus sharsimon koloniyasi 500/1000, V.globatorniki 20 mingga yaqin hujayralardan iborat . Volvokslar koloniyasining asosiy qismini quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig‘iz po‘sthosil qiladi. Hujayralar koloniyaning chetida bir qator joylashgan.
8.Quyoshsimon va nurlilar kenja sinfi haqida
Quyoshsimonlar kenja sinfiga chuchuk suvlarda va dengizlarda yashaydigan hayvonlar kiradi. Kichik suv havzalarida kattaligi 1 mm. keladigan Actinosphaerium eichhomi (5 rasm) va Actinophres sol ko'p uchraydi. Nurlilardan markaziy kapsulasining bo 'lmasligi bilan farq qiladi. Quyoshsimonlaming yumaloq sharsimon hujayradagi sitoplazmasi kataklarga bo'lingan keng ektoplazma va endoplazma zonalariga ajraladi. Endoplazmadan juda ko'p radial joylashgan aksopodiylar chiqadi. Shuning uchun ulaming yadrosi, chuchuk suvda yashovchi turlarining ektoplazmasida esa ikkita qisqaruvchi vakuoli ham bo‘ladi. Quyoshsimonlar birhujayralilar (infuzoriyalar, xivchinlilar) va mikroskopik mayda ko‘p hujayralilar (og'iz aylangichlilar, kiprikli chuvalchanglar) bilan oziqlanadi. Ozig'ini soxta oyoqlari (aksopoditlar) yordamida yopishtirib oladi va endoplazmasiga o'tkazadi. Oziq endoplazmada hazm bo'ladi. Oziq qoldig'i ektoplazma orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Quyoshsimonlar aksopoditlar yordamida suvda muallaq turadi yoki suv tubida dumalab harakat qiladi. Ko'pchilik turlarining qattiq skleti boimaydi; ayrim turlilarining mayda kremniy ignachalari bo'ladi. Quyoshsimonlar jinssiz hamda jinsiy ko'payadi. Jinssiz ko'payishi ko'pincha ikkiga boiinish yo'li bilan boradi. Jinsiy ko'payish esa o'ziga xos murakkab jarayonni o'z ichiga oladi. Masalan, Actinophres solning dastlab aksopoditlari qisqaradi va tanasi ikkiga boiinadi. Bu ikkala hujayra bitta umumiy sista qobiq hosil qiladi. Har qaysi hujayra sista ichida reduksion boiinish (meyoz) orqali gametaga aylanadi. Gametalar juftlashib, zigotaga aylanadi. Zigota sista qobig'idan chiqib, jinssiz ko'paya boshlaydi. Hosil bo'lgan yosh hujayralaming qo'shilishi bilan boradigan bunday jinsiy ko'payish pedogamiya deb ataladi.
9. Parazit amyobalarning inson organizmiga zararli ta’siri va amyobalarning hayot tarzi
Sodda tuzilgan, qattiq skeletyoki chig'anog'i rivojlanmagan ildizoyoqlilami o'z ichiga oladi. Ko'pchilik turlari chuchuk suvlarda, ayrim vakillari tuproqda va dengiz suvida hayot kechiradi. Bir qancha turlari odam va hayvonlaming ovqat hazm qilish sistemasida parazitlik qiladi. Har xil turlari bir-biridan katta-kichikligi va psevdopodiylarining tuzilishi bilan farq qiladi. Kichik chuchuk suv havzalarining chirindiga boy loyli tubida ancha yirik (0,5 mm) oddiy amyoba uchraydi (2-rasm). Tanasi tiniq sitoplazmadan tashkil topganligi uchun uni oddiy ko'z bilan payqab olish qiyin.
Odam va turli hayvonlaming ichagida parazit amyobalarning bir necha turi topilgan. Ular orasida ichburug' amyobasi Entamoeba histolytica (2-rasm) odamlaming amyobiaz, ya’ni qonli ichburug' bilan og'rishiga sabab bo'ladi. Ichburug' amyobasining kattaligi 20-30 mkm bo'lib, yo'g'on ichakda yashaydi va ichak epiteliysini jarohatlaydi. Ichburug' amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo'lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko'p sonli kalta va yo'g'on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo'ladi. Ichburug' amyobasi juda keng tarqalgan. Yer sharining turli hududlarida amyoba bilan 10 foizdan 30 foizgacha odamlar zararlanishi mumkin. Lekin amyobiaz bilan kasallanish belgilari asosan issiq tropik va subtropik xududlarda yashovchi xalqlar о 'rtasida uchraydi. О 'rta va Shimoliy kengliklarda yashovchi aholi ichagida ham amyoba uchrab tursa-da, kasallanish hollari deyarli kuzatilmaydi.

10.Bir hujayralilar dunyosining sistematikasini chizma shaklida yoritib bering va har bir sinf vakillariga misollar keltiring


11.Infuzoriyalar tipi haqida umumiy ma’lumot, sistematikasi


Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko'pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujayralilar orasida ancha yirik hayvonlar: tanasining kattaligi 30-40 mkm. dan 1 mm. gacha va undan ham yirikroqbo'ladi

Download 74.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling