1 – mavzu. Biofizika faniga muqaddima. Biologik. Jarayonlar termodinamikasi. Ochiq sistemaning entropiyasi. Biologik jarayonlar kinetikasi


Download 21.11 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi21.11 Kb.
#1831461
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 – mavzu (1)

1 – mavzu. BIOFIZIKA FANIGA MUQADDIMA. BIOLOGIK.JARAYONLAR TERMODINAMIKASI. OCHIQ SISTEMANING ENTROPIYASI. BIOLOGIK JARAYONLAR KINETIKASI

REJA:

1. Biofizika predmetining mazmuni, tadqiqot obyektlari.

2. Biofizikaning asosiy bo’limlari, uning shakllanishida boshqa fanlarning roli, ular bilan aloqasi.

3. O’zbekistonda biofizikaning rivojlanishi.

4. Termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonuni. Entropiya.

5. Biologik jarayonlar kinetikasining nazariy asoslari. Gunberg-Vaage qoidasi.

6. Kinetikada birinchi, ikkinchi, uchinchi va nolinchi tartibli reaksiyalar.

7. Reaksiyalar tezligiga temperaturaning ta’siri ,

Biofizikaning prinsiplari

Biofizikaning predmeti va vazifalari.

Biofizika yosh fanlardan bo’lib, akademik Frank so’zi bo’yicha u “barcha biologiya fanlarining nazariy poydevori” dir. Tabiiy fanlarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, bilimlarning yangi sohalarining kelib chiqishi zamonamizning xarakterli xususiyatidir. Fizika va texnika fanlarining taraqqiyoti boshqa fanlar qatori biologiyaga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda. Fizikaviy uslublar va tahlillarni barcha tabiiy fanlarda, shu jumladan biologiyada ham keng miqyosda qo’llanishi natijasida biologik tizimlarda kechadigan fizikaviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni va fizik omillarning ularga ta’sirini o’rganuvchi biofizika fani rivojlandi va u hozirgi vaqtda fundamental biologik fanlarning biri bo’lib hisoblanadi. Biofizika biologik tizimlarda kechadigan va ular faoliyati asosida yotuvchi fizikaviy hamda fizik-kimyoviy jarayonlarni tadqiq etuvchi fandir.

Biofizikaviy tadqiqotlarning predmet

Biofizikaviy tadqiqotlarning predmeti bo’lib biopolimerlarning strukturasi va xossalari, tabiiy va sun’iy membranalar, ion kanallari, murakkab tuzilgan biologik tizimlar hisoblanadi. Biofizika o’z ichiga alohida olingan makromolekulalarning tuzilishi va xossalarini o’rganishdan tortib, biosfera darajasida kechadigan murakkab jarayonlarning mexanizmi va ichki dinamikasigacha bo’lgan muammolarni qamrab oladi. Biologiyadagi ko’p muammolarni tushunishda tabiatdagi qonuniyatlarning o’zaro bog’liqligini bilish, tirik organizmlarga va tizimlarga fizikaviy qonunlarning tatbiq etilishi yordam beradi.


Download 21.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling