1. Abu Nasr Forobiyning jamiyat to‘hrisidagi qarashlari


Download 114.93 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi114.93 Kb.
#1214847
Bog'liq
Sotsiologiya. Javoblar


1.Abu Nasr Forobiyning jamiyat to‘hrisidagi qarashlari.
Abu Nasr Farobiy o’rta asrlar sharoitida birinchi bo’lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratgan. Bu ta’limotda ijtimoiy hayotning ko’plab masalalari ya’ni davlatni boshqarish, ta’lim-tarbiya ahloq, ma’rifat, urush va tinchlik muammolari qamrab olingan. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb - hunarda ozod, hammaga baravar bo’ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi ozod bo’ladilar” - kabi fikrlari Farobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil qilganligidan dalolat beradi.Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al - madaniya” kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o’z fikr va mulohazalarini bayon qilgan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan.
2.An’anaviy jamiyat haqidagi ta’limot.
Анъанавий жамиятда ерга бўлган мулкчилик асосий ўринни эгаллайди. Бойлик ташқи манбалар асосига қурилиб, табиат манбааларини эгаллаш, ўзлаштириш кучаяди.Анъанавий жамиятларда инсоннинг яратувчилик ижодий қобилияти анча чегараланган эди. Чунки, анъанавий жамиятда меҳнатнинг табиий тақсимоти ва ихтисослашуви, шахслараро муносабатларнинг ўта табақалашуви, ўзаро ҳаракатлар ва муносабатларни норасмий мувофиқлашириш, жамият аъзоларининг бир-бирига тобелик, уруғчилик ва қон-қариндошлик муносабатлари билан боғлиқлиги, бошқарувдаги примитив тизимлар имтиёзсиз жамият аъзоларининг фаоллигини чеклаб қўйган бўлиб, бу ҳолат шахснинг ижодий фаолият кўрсатиш ва фикрлаш қобилиятини ривожлантиришга йўл бермас, ўзаро муносабатларнинг эса биқиқ бўлишини тақозо этар эди.

3.Anomiya (qonunsizlik) tushunchasining mohiyati.


Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sotsiologiyada etakchi o’rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulqatvorga quyidagicha ta’rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funktsional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi.Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.1. Bo’ysunish (maqsad va vositalarni qabul qilish).2. Innovatsiya (maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish).3. Ritualizm ( maqsadlarni inkor etish va vositalarini qabul qilish).4. Retretizm, chekinish (maqsad va vositalarni inkor qilish).5. Isyon (maqsad va vositalarni inkor qilib, yangilarini o’rnatish)
4.Anatomiya nazariyasining mohiyati.
Anatomiya (grekcha soʻzdan olingan boʻlib, kesish, kesib ochish degan maʼnolarini bildiradi) biologiyaning boʻlimi boʻlib, odam tanasining qismlarini va joylashishini organadi. Anatomiya ikki asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, Umumiy Anatomiya va Histologiyadan iborat. Umumiy anatomiyada koʻz bilan koʻrib boladigan qismlar oʻrganilinadi, va gistologiyada mikroskop bilan koʻrish kerak boʻlgan qismlar oʻrganilinadi. Umumiy anatomiya yana bir qancha boʻlimlarga boʻlingan: hayvon anatomiyasi, oʻsimlik anatomiyasi va odam anatomiyasi.
5.Antik davr mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari.
Ijtimoiy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganishga qaratilgan ta’limotlar, qarashlar eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari Aflotun (eramizdan avvalgi 427-347 yil) ning “Qonunlar”, “Davlat to’g’risida”, Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yil) ning “Siyosat to’g’risida”, “Metafizika”, “Etika”, Protagorning (eramizdan avvalgi 490-420 yil) “Haqiqat” kabi asarlarida yoritilgan.Antik davrdagi birinchi sotsiologlarni ijtimoiy faylasuflar deyishadi. Ularning orasida ikkita buyuk mutafakkirni ko’rsatib o’tish mumkin - Aflotun (eramizgacha 427-347 y.) va Arastu (eramizgacha 384-322 y.). Ular hozirgi sotsiologlar kabi an’analarni, urf-odatlarni, insonlarning fe’l-atvorlari va o’zaro munosabatlarini o’rganishgan, faktlarni umumlashtirishgan, jamiyatni takomillashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar bilan tugaydigan konseptsiyalarni tuzishgan. Aflotunning “Davlat” asari “Umumiy sotsiologiya” bo’yicha tarixdagi birinchi risola hisoblanadi.
6.Antik davr mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari.
Суқрот (эр.ав 470–399). У ҳакда Афлотунинг «Суқротни алқаб» асари бор, уни фақат шу асар орқали билиш мумкин. Сабаби, Суқрот ёзган асарлар бизга етиб келмаган.У омма орасида ижтимоий фикрлари билан донги кетган, обрў топган мутафаккир ҳисобланади . Суқрот «Ҳусндорлар ўз ҳуснларига доғ туширмаслик учун, хунуклар эса ўз хунуклигини ақл-заковатини тарбиялаш билан безамоқ учун тез-тез кўзгуга қараб турсинлар», дейди. У хотинига «Биз яшамоқ учун еймиз, бойлар эса овқат емоқ учун яшайдилар» дейди. Суқротнинг ижтимоий қарашларини яна қуйидаги фикрлардан билса бўлади: “Ҳар қандай ёмонликнинг илдизи нодонликда», «Ҳақиқатни ўзингдан изла». «Ҳақиқатга баҳс орқали эришиш мумкин».2. Афлотун (эр.ав 427–347). Унинг фалсафий қарашлари «Базм», «Теэтет», «Федон» номли диалогларида, сиёсий қарашлари эса «Давлат», «Қонунлар» номли асарларида баён этилган. Афлотун фикрича оламда «ғоялар дунёси» бирламча бўлиб, моддий дунё эса унинг маҳсули, соясидир. «Ғоялар дунёси» замон ва маконга боғлиқ бўлмай, у мангу ҳаракатсиз ва ўзгармас, ҳақиқий дунёдир. «Ғоялар дунёси»да энг олий ғоя – яхшилик ва бахт ғояси – худодир. Бошқа ғояларнинг ҳаммаси у билан боғлиқ.

7.Aristotelning ijtimoiy siyosiy qarashlari


Арасту (эр.ав. 384–322). Унинг «Метафизика» (ёки «Биринчи фалсафа»), «Физика», «Жон тўғрисида», «Аналитика», «Категориялар», «Сиёсат тўғрисида», «Риторика», «Этика» каби асарлари билан социологик анъаналар ривожига катта ҳисса қўшди. Унинг таълимотича, жамиятнинг қул ва қул эгаларига бўлиниши, қулдорларнинг ҳукмронлиги ва қулларнинг қуллиги табиий ҳолатдир. Ахлоқий фазилатлар фақат эркин кишиларга, қул эгаларига хосдир. У халқни 2 йўл билан: қўрқув уруғини сочиб ҳамда меҳр-муҳаббат қозониб бошқариш мумкин дейди. Платон ва Аристотелдан кейин Т. Гоббс, Ж. Локк, Ж. Милъ, Г. Лейбниц, Т. Кампанелла, Б. Паскалъ, Ш. Монтескъе, Ж.Ж. Руссо, Ф. Гизо, Б. Констан, М. Вебер ва бошқалар жамият ва давлатни бошқаришдаги парламентаризм муаммоларига ўз муносабатларини билдирганлар.» Янги даврнинг машҳур мутафаккири «Ж. Локк ўз давридаёқ фуқаролик жамиятининг хавфсизлиги ва уни муҳофаза қилиш институтлари генезиси хақида фикр юритар экан, халқ қонун чиқарувчи ҳокимият сенат, парламент деб ёки бошқа номда аташ мумкин бўлган муштарак орган қўлига берилмагунча на хавфсизликка, на хотиржамликка эга бўлмаган, на фуқаролик жамиятида яшаяпман деб ҳис эта олмаган» деб ёзган эди.

8.Asosiy sotsiologik kategoriyalar: sotsial harakat, sotsial voqelik, sotsial munosabat, sotsial institut va boshqalar.


Sotsial munosabatlar tushunchasi. Sotsiologiyada ijtimoiy munosabatlar ham alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabatlar - kishilar, ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o’rtasidagi munosabatlar va ularning ichki iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy va madaniy sohalardagi faoliyatinitashkil qiladi. Alohida olingan inson-jamiyatning ijtimoiy munosabatlariningboshlangich unsuri hisoblanadi. o’z mohiyatiga kura ijtimoiy munosabatlar moddiy va ma’naviy, ustkurmaviy mazmunda bo’ladi. Moddiy ijtimoiy munosabatlarga iqtisodiy, ishlab chiqarish munosabatlari kiardi. Ma’naviy munosabatlarga ahloqiy,mafkuraviy, diniy va boshqa munosabatlar o’z aksini topadi. Ustkurmaviy munosabatlar siyosiy, huquqiy munosbatlarni o’z ichiga oladi. Jamiyat rivojlanishi ijtimoiy munosabatlar rivoji bilan belgilanadi.

9.Asosiy sotsiologik tushunchalar


Iqtisodiyot: odamlarning sharoiti, sifati va turmush tarzi, ijtimoiy taranglikning old shartlari, korxona va muassasalarning samaradorligi, ijtimoiy xizmatlar sifati, kommunal xizmatlar faoliyati, marketing tadqiqotlari. Siyosat: kuch va muxolifat, jamiyat va davlat, saylovlarni o'rganish. Ijtimoiy-madaniy soha: millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar, oilaviy farovonlik va tarbiya, oiladagi zo'ravonlik, ajralish sabablari va dinamikasi, ta'lim, yoshlarni kasbga yo'naltirish, sog'liqni saqlash.

10.Sotsiologiyaning ijtimoiy vazifalari


Социологик тадқиқотларнинг кўпчилик қисми амалий муаммоларни ҳал этишга йўналтирилган. Социологиянинг амалий йўналтирилганлиги шунда номоён бўлади-ки, у ижтимоий жараёнларнинг ривожланиши ҳақидаги илмий асосланган маълумотни ишлаб чиқишга қодир. Шу ҳолатда социологиянинг олдиндан айтиб бериш функцияси намоён бўлади.Жамият ҳаётида социологик тадқиқотлардан ижтимоий ҳаётнинг турли соҳаларини ривожлантиришни режалаштиришда фойдаланиш катта аҳамиятга эга. Социал режалаштириш ижтимоий тизим қандай бўлишидан қатъий назар ҳамма мамлакатларда ривожланган.Социология мафкуравий функцияни ҳам бажаради.
У биринчидан, табиий-тарихий жараёнларни англаш, жамият тараққиётининг яқин орадаги мақсадларини ва истиқболларини ишлаб чиқишга қаратилган.Иккинчидан, илмий ва мафкуравий мунозарани бошқа қарашлар тизими орқали олиб бориш.Учинчидан, аҳоли ўртасида илмий ва миллий мафкурани тарқатиш.

11.Asosiy va asosiy bo‘lmagan statuslar.

12.Bandlik sotsiologiyasi
Bandlik – mеhnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mеhnat bilan mash g‘ul bo‘lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bo g‘liq bo‘lgan va qonunga zid kеlmaydigan, mеhnat daromadi bеradigan faoliyati.Bandlik xizmati (aholini ish bilan ta’minlash davlat xizmati) –mamlakat miqyosida aholini ish bilan ta’minlash siyosatini amalga oshirish va fuqarolarga tеgishli kafolatlarni ta’minlab bеrish uchun tashkil etilgan davlat xizmati.

13.Begonalashuv turlari va ularning ijtimoiy oqibatlari.


Sotsiologiya fanining muhim masalalaridan hisoblanib, uni bir qator taniqli sotsiologlar o’z tadqiqotlarida o’rganganlar.Zamonaviy jamiyat hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish mumkin.1.Iqtisodiy2.Siyosiy.3.Madaniy.4.Ijtimoiy.5. psixologik.Ushbu begonalashuv turlari o’zlarining mahlum bir shakllariga egadirlar. Masalan, iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega:1. Faoliyatdan begonalashuv.2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashuv.3.Faoliyat natijalaridan begonalashuv.Siyosiy begonalashuv siyosiy hokimiyatdan; madaniy begonalashuvmahnaviyatdan va madaniyatdan; ijtimoiy begonalashuv muloqotdan, insonlarning bir-biridan; psihologik begonalashuv o’z-o’zidan begonalashuvdan iborat bo’ladi.

14.Begonalashuv va tanazzul.


Begonalashuv va tanazzul. Begonalashuv jarayoni va tanazzul birbirilariga bog’liq, hodisalardir. Agar jamiyatda ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaysa, xo’jalik aloqalari uzilsa, pulning qadri tushib ketib narhlar tez sur’atlarda oshib ketsa, boshqaruv tuzilmalari izdan chiqsa va siyosiy tangliklar vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma sohalari tanazzulga uchragan deb fikr yuritishimiz mumkin.Bu chuqur tanazzul insonlarning kuchli begonalashuv olamiga turtib kirgizishi aniq. O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik kengaysa tanazzul ham chuqurlashib boraveradi. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida mehnatning taqsimlanishi ro’y beradi. Bu esa taraqqiyot uchun qo’yilgan ulkan qadamdir. Lekin shu bilan birgalikda ijtimoiy mulkchilikka asoslangan ijtimoiy munosabatlarning shunday bir turi — ishlab chiqarish munosabatlari shakllanadiki uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalaridan uzoqlashib asta sekinlik bilan o’z mehnatning natijasidan begonalashib boradi. Endi bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig’i yo’q. Marksizm ta’limoti bo’yicha xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach ishlab chiqarish vositalariga endi bevosita ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin ijtimoiy amaliyotda esa buning aksi bo’lib chiqdi.

15.Begonalushuv turlari va guruhlarning ijtimoiy oqibatlari.


Sotsiologiya fanining muhim masalalaridan hisoblanib, uni bir qator taniqli sotsiologlar o’z tadqiqotlarida o’rganganlar.Zamonaviy jamiyat hayotida quyidagi begonalashuv turlarini ajratib ko’rsatish mumkin.1.Iqtisodiy2.Siyosiy3.Madaniy.4.Ijtimoiy.5. psixologik.Ushbu begonalashuv turlari o’zlarining mahlum bir shakllariga egadirlar. Masalan, iqtisodiy begonalashuv uchta shaklga ega:1. Faoliyatdan begonalashuv.2. Faoliyat boshqaruvidan begonalashuv.3.Faoliyat natijalaridan begonalashuv.Siyosiy begonalashuv siyosiy hokimiyatdan; madaniy begonalashuvmahnaviyatdan va madaniyatdan; ijtimoiy begonalashuv muloqotdan, insonlarning bir-biridan; psihologik begonalashuv o’z-o’zidan begonalashuvdan iborat bo’ladi.

16.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida O‘zbekiston aholisining bandligi.


Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida yoshlarni ish bilan ta’minlash muammosi dolzarb masalalaridan biridir. Bu muammoni hal etib borilishi yoshlar bilan bog’liq bo’lgan ko’plab masalalarining echimini topishga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Chunki, turli sabablarga kura yoshlar tarkibida ish bilan bo’lmaganlar ko’pchilikni tashkil kilmoqda. Bular o’rta umumta’lim maktablarini (9 sinfni, 11 sinfni) bitirib o’kishga yoki biror ishga jalb qilinmagan yoshlar, hunar bilim yurtlari, urta maxsus va oliy o’quv yurtlarini bitirib o’z sohalari bo’yicha faoliyat ko’rsata olmayotgan mutaxassislar, harbiy xizmatni tugatib kelganlarning ayrim qismi, ish joylarining qisqarishi sababli ish joylarini vaqtincha yo’qotgan, ishlab chiqarishdagi tangliklar tufayli faoliyat ko’rsata olmayotgan korxonalarda "ishlayotgan" yoshlar, va ish kabilar ishsizlar safini kengayishiga olib kelmoqda. Bir tomondan bu xol bozor munosabatalari amal qilayotgan jamiyatdagi odatiy xususiyatdir. Ikkinchidan sobiq tuzumdan bizga butunlay yangi hisoblangan bozor munosabatlariga utish bunga sabab bo’ldi, chunki sobiq tuzumda ish bilan bandlik masalasi va u bilan shuullanish butunlay davlat zimmasidagi vazifa edi. Endilikda bu xol deyarli o’zgarib ko’pgina illatlardan xoli bulaolmayaptilar. Bu holatlar albatta, utish davrining kusurlaridir. Shunga qaramasdan bu muammo o’z echimini topishi lozim bo’lgan vazifadir.

17.Deviant xulq- atvor sotsilogiyasi.


Deviant xulq-atvor (og’ma xulq-atvor) tushunchasi. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmasdan, balki unga to’siq bo’luvchi me’yordan og’ish holatlari ham mavjud bo’lib, sotsiologiyada bu narsa «Deviantlik holatlari», undan tug’iluvchi xulq atvorni «Deviant xulq-atvor» deb nomlanadi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o’rnatilgan ahloq me’yorlarga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy hodisa bo’lib, yolg’onchilik, dangasalik, o’g’irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o’z joniga qasd qilish va boshqa ko’plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.Deviant xulq-atvor muammosini o’rganish sotsiologiyadagi ilmiy yo’nalish sifatida. Deviant so’zi - lotincha “deviatio” so’zidan olingan bo’lib, chekinish, buzilish degan ma’noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o’rnatilgan ahloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir

18.Deviant xulq-atvor va nazorat.


Sotsial nazorat. Sotsial nazorat - jamiyatning sog’lom ijtimoiy tartibni ta’minlash maqsadida individ hatti-harakati va xulq-atvoriga maqsadli ta’siri, individ ijtimoiylashuvining omili. Ijtimoiy nazorat shakllari: oddiy (majburlovchi) sanktsiyalar (tazyiqlar); jamoatchilik fikri; ijtimoiy institutlar. Ijtimoiy nazorat mexanizmi: 1) jismoniy tazyiqlar (individni guruh me’yorlarini buzganlik uchun jazolash); 2) iqtisodiy tazyiqlar (“qo’rqitish”, “jarima”); 3) ma’muriy tazyiqlar.Sotsial nazorat kishilar hatti-harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida. Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni jamiyatning va atrofdagi odamlarning qat’iy nazorati ostida amalga oshadi. Insonlar bolalarni faqat o’rgatibgina qolmasdan xulq atvor me’yoriy talablarining to’g’ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi.Agar nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu individual tavsifga ega bo’ladi va agar butun bir jamoa, oila, do’stlar, maktab, mahalla tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo’ladi. hamda ijtimoiy nazorat deyiladi.

19.Deviant hulq-atvor sotsiologiyasi – ijtimoiy me’yor va uning xususiyatlari.


Sotsial me’yorlar tasnifi. Jamiyatda insonlar faoliyati hatti-harakatlari va xulq atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor- jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo’lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir.Sotsial me’yor turlari: huquqiy, diniy, an’anaviy va ahloqiy. Ijtimoiy meh’rning xulqiy, ahloqiy, diniy hamda urf odatlariga oid turlari mavjud. Ijtimoiy meh’rning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan moslashtirib borilgan shaxslar ko’pchilik tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi.Ma’lumki, ijtimoiy me’yor va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar insonning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun qoidalaridagi ahloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Ushbu «Qonunlar»da barcha huquqlar insonga xudolar tomonidan beriladi va qonun buzuvchilarni xudolar jazolaydi, deb hisoblangan.

20.Deviant xulq-atvor belgilari, ularning strukturasii


. Deviant xulqatvorni fanda turlarga ajratib o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda ushbu jarayonlarni turlicha tasniflash mavjud bo’lib, shulardan biri ularning ham obyektiv ham subyektiv tomonlari bilan bo liq bo’lgan tasniflashdir. Bunga ko’ra deviant xulq-atvor turlari 2 guruhga bo’linadi;a) tashqi muhitga yo’naltirilgan xulq-atvor (ekstravertiv (masalan, jinoyatchilik));b) shaxsning o’ziga yo’naltirilgan xulq-atvor (intravertiv (masalan, ichkilikbozlik)).

21.Deviant xulq-atvor to‘g‘risidagi nazariyalar.


E.Dyurkgeym, R.Mertonlarning deviant xulq-atvor nazariyalari, Z.Freyd va E.Frommlarning destruktivlik (strukturani buzilishi) nazariyalari. Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sotsiologiyada etakchi o’rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulqatvorga quyidagicha ta’rif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funktsional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi.

22.Deviant hulq-atvor turlari: jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, fohishabozlik, mahalliychilik va boshqalar.


Девиант хулқ-атвор — жамиятда ўрнатилган ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган инсоний фаолият ёки хатти-ҳаракат, ижтимоий ҳодиса бўлиб, ёлғончилик, дангасалик, ўғрилик, ичкиликбозлик, гиёҳвандлик, ўз жонига қасд қилиш ва бошқа кўплаб шу каби ҳолатлар ушбу хулқ-атвор хусусиятлари ҳисобланади.Қуйидагилар девиант хулқ-атворнинг нисбатан кенгроқ тарқалган кўринишларидан ҳисобланади:а) Жиноятчилик. Муайян давлатда ўрнатилган қонун ва меъёрларга нисбатан айрим шахсларнинг салбий муносабати жиноий фаолият, мазкур шахс эса жиноятчи ҳисобланади.б) Ичкиликбозлик. Бу борада илмий адабиётларда бир неча таснифлар мавжуд: 1) Алкоголъни ҳар-ҳар замонда истеъмол килиш. 2) Алкоголъни кўп истеъмол қилиш — спиртли ичимликларни мунтазам, яъни ҳафтада бир мартадан бир неча мартагача ёки, бирваракайига ўртада танаффус билан кўп микдорда (200 мл.дан ошиқ). Бу кўпинча алкоголизмга олиб келади. 3) Алкоголизм — спиртли ичимликларга патологик (муттасил) ўрганиб қолиш билан тавсифланувчи касаллик.

23.Deviant xulq-atvorning asosiy turlari.


Deviant xulq-atvor turlari: qonunni buzish, o’z-o’zini o’ldirish, giyohvandlik, alkogolizm va boshqalar. Deviatsiyaning quyidagi klassifikatsiyasi mavjud: jinoyatchilik, alokogolizm, giyohvandlik, suitsid, fohishabozlik

24.Deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlar.


Deviant xulq atvor - bu muayan jamiyatda qabul qilingan huquq va ahloq me’orlaridan chetga chiqishdir.Delinkvent xulq atvor va kriminal hatti-harakatlar. Delinkvent xulq atvor - deviantlikning ko’rinishlaridan biri bo’lib, bunday hatti-harakat odatda sho’xlik va ko’ngil xushlik harakatlarida namoyon bo’ladi. Masalan, o’smir ko’p qavatli uy balkonifan turib yo’lovchilarga og’ir predmetlarni uloqtirishi va bundan lazzatlanishi mumkin. Bunday hatti-harakatlar bora-bora deviantlikning og’irroq ko’rinishi kriminallikka o’tib ketishi mumkin.Professional jinoyatchilik - jinoiy faoliyat bilan muntazam mashg’ul bo’lish, bu sohada o’ziga yarasha ko’nikmalarni va jinoiy aloqalarni shakllantirish. Bundajinoyat subyekt tomonidan noqonuniy daromadga ega bo’lishning yagona manbai sifatida qaraladi.Uyushgan jinoyatchilik. Uyushgan jinoyatchilik oddiy biznesga o’xshagan

25.Din sotsiomadaniy institut sifatida


Диннинг ижтимоий ҳаётдаги ўрин ва ролини таҳлил қилиш учун, аввало, дин ўзи нима? деган саволга жавоб топиш керак. Бу савол жўнгина туюлса ҳам унга жавоб бериш анча мураккаб. Бу саволга диншунослик, социология ва фалсафадаги турли оқимлар турлича жавоб беради. Бу жавобларнинг аксарияти эса бир-бирига зид ва бир-бирини инкор қиладиСобиқ Шўролар даврида чиқарилган фалсафа ва атеизмга оид адабиётларда дин воқеликнинг кишилар онгидаги фантастик инъикоси, деб таърифланган ва у халқ учун афъюн, деб эълон қилинганди.I. Ибтидоий даврида пайдо бўлган диний тасаввурларнинг тарихий шакллари қуйидагилардан иборат:1. Тотемизм (индеецлар тилида унинг уруғи деган маънони билдиради).2. Анимизм (лот. жон, руҳ деган маънони англатади).3. Фетишизм (португалча ва французчадан олинган бўлиб, сеҳрли нарса).4. Шомонизм (тунгузча сўз бўлиб, ўта ҳаяжонланган, жазавали киши).5. Сеҳргарлик (магия) – одам, ҳайвон, табиатга ғайритабий таъсир ўтказиш.II. Халқ миллий динлари қуйидагилардан иборат:Ҳиндуийлик.Жайнизм васикҳизм.Даосизм.Конфуцийлик.Синтоизм.Иудаизм.Зардуштийлик.Дунёвий (жаҳон) динлари қуйидагилардан иборат:

26.Ekologik madaniyat va uning asosiy elmentlari.


Ekologik madaniyat – bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof–muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va ma’suliyatli yondashuvdir. Ekologik bilim va ekologik madaniyatning tayanch fazilatlari: 1) axloqiy-ekologik onglilik shaxsning muhim madaniyatlilik sifati bo‘lib, uning atrof – muhitni hissiy bilish jarayoni atrof – muhitdagi obyektlar va hodisalarni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, ziyraklik va teranlik asosida tabiat muhofazasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligini nazarda tutadi; 2) ekologik ma’suliyatlilik shaxsda munosabat va ma’sullikni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi, bunday munosabat shaxsning bilib-bilmay, uzoqni o‘ylamay tabiatga ko‘rsatgan salbiy ta’siri oqibatlarini anglash va bunday ta’sirni bartaraf etish istagi natijasidagina shakllanadi; 3) ekologik irodaviylik shaxsning o‘zi va o‘zgalarning atrof – muhitdagi hatti-harakatlarini baholashi va nazorat qilishi shaxsdagi qat’iyatlilik, tejamkorlik, ozodalik va pokizalik bilan bog‘liq. Shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega, ularga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va ongli faollik kabilar kiradi. Masalan, ekologik qadriyatning bir turi, ya’ni global, mintaqaviy va lokal ekologik muammolarni bilish yer, suv, energetik muammolar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, cho‘llanish jarayoni, atmosfera havosining ifloslanishi kabi tushunchalar bilan chambarchas bo‘gliq. Ekologik ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash bog‘chalar, maktablar, lisey, kollejlar, oliygohlarda mutaxassislar tomonidan olib borilishi maqsadga muvofiq.

27.Ekologik ong saviyasi va uni rivojlantirish tendensiyasi.


Ekologik madaniyat ham umumbashariy madaniyatning uzviy bir qismi. Uning shakllanish davri olis zamonlarga borib bog'lanadi. Ekologiya yunoncha so'z bo'lib, «oykos» - uy, «logos» - fan, ya'ni «tabiat uyi» bo'lmish borliqda yashayotgan tirik jonzotlarni o'rganuvchi ilm sohasi deganidir. Biz yurtimiz hududida bundan qariyb uch ming yil oldin zardushtiylik talimoti shakllangani, uning bosh kitobi «Avesto» deb atalishini bilamiz. Bu ta'limotda yerni, suvni asrash, hayvonlarga ozor yetkazmaslik haqida ko'pgina ibratli gaplar aytilgan
28.Ekologiya sotsiologiyasi tushunchasining mazmun-mohiyati.
Sotsiologiya va antropologiya tarixiy jihatdan birgalikda, hamkorlikda rivojlandi, desa bo‘ladi. 1892 yil Chikago universitetida tarixda birinchilardan bo‘lib ochilgan sotsiologiya kafedrasi aslini olganda o‘z tarkibiga antropologiya yo‘nalishini ham olgan60. Uzoq yillar davomida mazkur ikki fan hamkor sifatida qabul qilingan. 1965yilga kelib, antropologiya mustaqil akademik fan maqomini oldi. Angliyada sotsiologiya va antropologiya hamkorlikda rivojlangan A. Radkliff-Braun va B.Malinovskiyning ishlari mazkur ikki fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. Radkliff-Braun antropologiyani qiyosiy sotsiologiya nomi bilan atagan. Bugungi kunda ham antropologiya va sotsial psixologiyani mustaqil fan ekanligini rad etib, sotsiologiyaning qismi sifatida tan oluvchi olimlar bor.
29.Ekologiya sotsiologiyasining asosiy konsepsiyasi
Sotsiologiya va antropologiya tarixiy jihatdan birgalikda, hamkorlikda rivojlandi, desa bo‘ladi. 1892 yil Chikago universitetida tarixda birinchilardan bo‘lib ochilgan sotsiologiya kafedrasi aslini olganda o‘z tarkibiga antropologiya yo‘nalishini ham olgan60. Uzoq yillar davomida mazkur ikki fan hamkor sifatida qabul qilingan. 1965yilga kelib, antropologiya mustaqil akademik fan maqomini oldi. Angliyada sotsiologiya va antropologiya hamkorlikda rivojlangan A. Radkliff-Braun va B.Malinovskiyning ishlari mazkur ikki fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. Radkliff-Braun antropologiyani qiyosiy sotsiologiya nomi bilan atagan. Bugungi kunda ham antropologiya va sotsial psixologiyani mustaqil fan ekanligini rad etib, sotsiologiyaning qismi sifatida tan oluvchi olimlar bor.
30.Emperik sotsiologiyaning bunyod bo‘lishi va uni sotsiologiya nazariyasi rivojiga ta’siri.
Социология фанини эмпирик социологик тадқиқот жараёнисиз тасаввур қилиб бўлмайди. Эмпирик сўзи қадимий юнонча бўлиб, тажриба маъносини англатади. Эмпирик социологик тадқиқот деганда, янги дастур ва услубият билан амалий асосда ижтимоий ҳаёт ҳодиса ва жараёнлар тўғрисида олинган эмпирик маълумотларни таҳлил қилиш, умумлаштириш асосида зарур амалий таклифлар, тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат. Эмпирик социологик тадқиқотда ижтимоий фактларни излаш, тасниф қилиш, тўплаш муҳим аҳамиятга эга. Ижтимоий факт деганда, илмий асосланган, муайян вақт давомида реал ижтимоий воқеликнинг алоҳида жиҳатларини тасниф қилиш орқали олинган маълумотларга айтилади.Ҳозирги бозор муносабатларига ўтиш жараёнида жамиятда рўй бераётган муҳим ўзгаришларни, кишилар ўртасидаги муносабатларни амалий социологик тадқиқотларсиз илмий асосда ўрганиб бўлмайди. Жамиятни илмий бошқариш доимо амалий социологик тадқиқот натижаларига таянмоғи зарур. Мавжуд ижтимоий муаммоларни ҳал этиб боришда, жамиятнинг ижтимоий ривожланишида ва унга режали прогноз бериш билан уни илмий асосда бошқаришда амалий социологик тадқиқот натижалари муҳим вазифаларни бажаради.Социологик тадқиқотларнинг сифат даражасини ва самарадорлигини ошириш учун эмпирик маълумотларнинг ишончли эканлигини, илмий асосланганлигини таъминлаш учун унинг методологик асосига алоҳида эътибор қаратилмоғи лозим.

31.Emperik tadqiqot usullari


Илмий билишнинг методларини фалсафа ва социологияда 3 турга бўлиб ўрганилади:1. Илмий билишнинг энг умумий-илмий методи (онгли амалий ва назарий фаолият).2. Илмий билишнинг эмпирик даражасига оид умумий илмий методлар.3. Илмий билишнинг назарий даражасига оид умумий илмий методлар.Дастур таркиби услубий қисмининг муҳим жиҳати – эмпирик тадқиқот услубияти, техника жараёни ва усулларини асослашдан иборат.Социологик тадқиқот услубияти – хусусий социологик усуллар мажмуи бўлиб, ундан эмпирик материалларни тўплаш ва тизимлаштириш мақсадида фойдаланилади. Метод тушунчаси кенг маънода билимлар тизимини юзага келтириш ва асослаш учун воситачи демакдир. Социологиянинг усул сифатидаги умумсоциологик пиринциплари: ижтимоий воқеаликдаги жараёнлар, ҳодисаларни билишдаги хусусий принциплар ва конкрет усуллар – математик-статистик усуллар, социологик ахборотни йиғиш усуллари: кузатиш, сўроқ, эксперимент ва бошқалардан иборатдир.

32.Etnosotsiologiya mustaqil fan sifatida
Этнос тушунчаси (қадимги юнонча сўз бўлиб “халқ” маъносини англатади) – муайян худудда тарихан таркиб топган, бошқалардан фарқланувчи ўз маданиятига, руҳий уйғунликка ва бошқа умумий хусусиятга эга бўлган кишиларнинг нисбатан барқарор бирлигини англатади. Демак, этносоциологиянинг тадқиқот объекти – энг аввало халқлар, миллатлар, этник гуруҳларнинг ижтимоий таркибини, бошқа этник бирликларидан фарқ қилувчи ўзига хос маданияти, турмуши, урф-одатлари, тили ва бошқа шу каби ўзига хос хусусиятларини ўрганади. Миллат, миллатлараро муносабатлар масаласи социологиядан бошқа ижтиомий-гуманитар фанлар, иқтисодиёт назарияси, сиёсатшунослик, ахлоқ ва нафосатшунослик, тарих, этнография кабиларни ҳам ўрганиш объекти ҳисобланади.

33.Etnosotsiologiyaning predmeti, strukturasi va asosiy tushunchalari.


Собиқ Совет тузуми даврида этносоциология тўлақонли ўз ривожини топмади. Турли миллатлар, элатлар, халқлар ва этник гуруҳларнинг ижтимоий тараққиётига бир томонлама ёндашилди.Таркиб топаётган ижтиомий-иқтисодий муносабатлар асосида этник гуруҳлар ўртасидаги муносабатлар ҳам қайтадан таркиб топмоқда. Шундан келиб чиқиб, кўрсатиб ўтиш жоизки, этносоциологияда ички ва ташқи тадқиқот йўналиши мавжуд.Ички тадқиқот йўналиши – бу айрим этник гуруҳ таркибидаги социологик тадқиқотлардан иборат бўлиб, унинг ички, ўзига хос хусусиятлари, ривожланиш тенденциялари ўрганилади. Ташқи тадқиқот йўналиши эса этник гуруҳлар орасидаги ўзаро муносабатларни, бир этник гуруҳга таъсир кўрсатадиган ташқи омилларни ва уларнинг ижтимоий оқибатлари тадқиқ қилинади. Айниқса, бир мамлакат ҳдудида яшовчи этник гуруҳларнинг ўзаро муносабатларини социологик тадқиқ қилиш жуда муҳимдир

34.Forobiyning sotsiologik qarashlari


. У ўзининг кўплаб ижтимоий фикрлари билан социологик билимлар ривожига катта ҳисса қўшди. Унинг «Фозил шаҳар аҳолиси қарашлари ҳақида китоб», «Сиёсат ал-Мадания» каби асарларида олижаноб жамият, адолатли тузум, одил ҳукмдорлар ҳақидаги фикр-мулоҳазалар баён этилган. У ўзи яшаган даврнинг ижтимоий тизимини, унинг зиддиятлари ва бу зидддятларнинг келиб чиқишидаги муаммоларни назарий жиҳатдан таҳлил қилишга уринган. Форобий социологияга доир қуйидаги ўгитларни ёзиб қолдирган:1) Турли масалалар хусусида фикр юритиш, уларнинг таркиби, фарқи, эҳтимоли ва мутлоқ мулоҳазаларни тиник, пухта таҳлил этиш.2) Кескин ва мутлақ (яъни эътирозга ўрин қолдирмайдиган) мулоҳаза хусусида фикр юритиш.3) Бир-бирига қарама-қарши бўлган ва бўлмаган фарқли мулоҳа-залар хусусида фикрлаш, уларнинг қандай ҳолатларда қарама-қарши кучга айланиб қолишини ўрганиш.4) Бир-бирига қарама-қарши бўлган фикрлар, мулоҳазаларнинг қандай кўринишларга эга эканлигини қайд этиш.5) Ҳақиқий мезон асосида ҳар бир мулоҳазанинг тўғри ёки нотўғри эканлигини текшириш ва уларнинг қандай аҳволдалигини ўйлаб кўриш.6) Ўзгарувчан, ўзгармас ва ўзгарувчи мулоҳозаларнинг ўзгариш маъно ва сабабларини билиб олиш.

35.Fundamental (asosiy) va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi.


Фундамениал социология бошқа элементларидан ўзи ҳал қилаётган муаммолар даражаси, кўлами, аҳамияти билан фарқ қилади. Фундаментал социология абстракциянинг (мавҳумлик) олий даражаси муаммолари билан шуғулланиб, социал олимнинг тараққиёти ва борлиғи учун зарур бўлган умумий қонун ва қонуниятларини излаш билан фаолият кўрсатади. Фундаментал социология кўплаб мактаб ва йўналишга эга. Фаннинг негизини ижодий яратишнинг 3 та асосий аспекти мавжуд:Фундаментал социологиянинг мақсади – бу социал оламнинг тўлиқ тасвирини яратишдир ва бу социал оламнинг тараққиёт манбаи ҳамда шакилларини аниқлашдир. Ёки фундаментал социологиянинг асосий мақсадлари қуйидагилардан иборат:Фан-техника тараққиётининг муҳим қисми бўлган фундаментал фан илмий ривожланишини таъминлашдан иборат.Фан билан ишлаб чиқариш ўртасида узвий алоқа боғлаш, фаннинг ишлаб чиқариш кучига айланишини таъминлаш, фундаментал ғоялар тажрибага, ишлаб чиқаришга қаратилиши лозим.
36.Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi.
Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Huquqlar haqidagi bill (Angliya, 1689 y.; AQSh, 1791 y.) yoki Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi (Frantsiya, 1789 y.)ning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyati – o'z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha taqiqlar va keraksiz ma'muriy tartibga solishdan xoli teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi.XX asrda fuqarolik jamiyati g'oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etdi. Bunga avvalo totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo'lishi va ularga qarshi demokratiya uchun kurash olib borish zaruriyati sabab bo'ldi. Plyuralizm nazariyasi keng tarqaldi. Bu nazariyaga binoan, demokratik jamiyatning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: - fuqarolar totuvligiga erishish yo'llarini izlash; - aholining turli guruhlari manfaatlarini hisobga olish; - qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish. Tabaqaviy imtiyozlarning tugatilishi va fuqarolik huquqlarining paydo bo'lishi fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim omili 16 hisoblanadi. Shaxsning huquq va erkinliklarini ta'minlovchi huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy negizi bo'lib xizmat qiladi.

37.G.Spenserning sotsiologiya faniga qo’shgan hissasi.


. Г. Спенсернинг асосий асари «Синтетик фалсафа тизими» бўлиб, унда табиий ва социал воқеаларнинг тарихий ривожланиши ҳақидаги чуқур қарашларини баён этган. Г. Спенсер социологиядаги организмга оид мактабнинг асосчиси ҳисобланади. У ўзининг организмга оид назариясини ва социал эволюция тушунчасини «Илмий сиёсий ва фалсафий тажрибалар» асарида атрофлича баён этган. Г. Спенсер жамиятга табиий, энг аввало биологик қонунлар асосида ривожланувчи организм сифатида қараган. У жамиятни жонли биологик организмга ўхшатади. Ушбу фикрни асослаш мақсадида у қуйидаги далилларни келтиради:Жонли организм сифатида ҳар қандай жамият ҳам ўсиш ва ривожланиш жараёнида ўз массасида ортиб боради.У ва бошқалари мураккаблашади.Унинг қисмларининг тобора бир-бирига боғлиқлиги кучайиб боради.Уни ташкил этган бирликлар гоҳо пайдо бўлиб ва йўқ бўлиб туришига қарамай,
бир бутун ҳолда яшашни давом эттиради.

38.G’arb sotsiologlarining ijtimoiy qarashlari.


1. Классик социологик, фалсафий қарашлар. Немис классик фасафасида ижтимоий тараққиёт назарияси илгари сурилди. Немис классик фалсафасининг асосчиларидан бири сифатида тан олинган 1) И.Кант (1724–1804) диалектика ғояларини қайта тиклаган мутафаккир. Кант ўзининг табиий-илмий қарашлари билан табиатни метафизик тарзда тушинишга чек қўйди. Фалсафанинг борлиқ, ахлоқ ва дин каби муаммолари билан шуғулланишдан аввал инсоннинг билиш имкониятларини аниқлаб олиш лозим, дейди. Кант кишини ўраб турган ташқи дунёдаги нарсаларни 2 га бўлади: а) ўз-ўзида мавжуд бўлган нарсалар дунёси; б) сезгиларимиз акс эттирган нарсалар, ҳодисалардир. Инсон билиш жараёнида ҳодисалар дунёсига тартиб киритади, уни маълум вақт макон билан боғлаб ўрганади.2) Г.Ф.Гегель (1770–1831). Немис классик фалсафанинг вакили, унинг таълимотича, барча мавжуд нарсаларнииг асосида «мутлоқ ғоя» (руҳ)нинг ривожи ётади. Олдин мутлоқ ғоя «соф борлиқ« сифатида мавжуд бўлади. Кейинчалик у ривожланиб мазмун жиҳатдан биридан бири бой бўлган тушунчаларни вужудга келтиради. Инсон онги ривожланган сари ғоя моддийликдан қутулиб боради. Охири мутлоқ ғоя олдинги ҳолатига қайтади.

39.Gender sotsiologiyasi.


GINDER SOTSIOLOGIYASI, sotsiologiyaning guruhlardagi odamlar o'rtasidagi munosabatlari ularning ma'lum bir jinsga mansubligi bilan qanday bog'liqligini o'rganadigan bo'limi. Shu bilan birga, jins deganda shaxsning biologik xususiyati emas, balki turli madaniyatlarda jinslarga ularning rivojlanishining turli bosqichlarida tegishli bo‘lgan ijtimoiy xususiyatlar majmui tushuniladi (qarang Gender). Gender sotsiologiyasining asosiy nazariy asosi shundan iboratki, gender munosabatlari hokimiyat va ierarxiyaga asoslangan tizim yoki tartibni tashkil qiladi. Gender sotsiologiyasining predmeti - bu gender guruhlari yoki jinslar deb ataladigan turli jinslarning ijtimoiy rollaridagi farqlar, shuningdek, bu rollar bilan bog'liq bo'lgan ma'no va ma'nolar.Gender sotsiologiyasi 1970-yillarda Buyuk Britaniya, AQSH, soʻngra boshqa Gʻarb mamlakatlarida shakllana boshladi. 1980-yillarning oxiri - 1990-yillarning boshlarida u Rossiyaning ilmiy amaliyotiga kirdi. Gender sotsiologiyasining rivojlanishining ijtimoiy sharti 2-to'lqinning feminizmi deb ataladigan ayollar harakatining rivojlanishi edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, gender sotsiologiyasi gendershunoslikning boshqa sohalari qatori huquq va imkoniyatlar tengligi uchun ayollar harakatining kognitiv (kognitiv) amaliyotidir. Shuning uchun ayollar gender sotsiologiyasining dastlabki tahlil predmeti edi.

40.Gender tenglik va inson taraqqiyoti


Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra [1], gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi[2]. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

41.Gendur demografik kategoriya sifatida.


Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra [1], gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi[2]. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.
42.Gerbert Spenserning sotsiologik ta’limoti.
Г. Спенсер (1820-1903) ҳам О. Конт каби ҳам кенг маълумотга эга бўлган олим, ўз даврининг буюк ақл эгаларидан бири ҳисобланади. У фалсафа, социология, психология ва бошқа фанлар бўйича қатор илмий асарлар муаллифидир. Г. Спенсернинг асосий асари «Синтетик фалсафа тизими» бўлиб, унда табиий ва социал воқеаларнинг тарихий ривожланиши ҳақидаги чуқур қарашларини баён этган. Г. Спенсер социологиядаги организмга оид мактабнинг асосчиси ҳисобланади. У ўзининг организмга оид назариясини ва социал эволюция тушунчасини «Илмий сиёсий ва фалсафий тажрибалар» асарида атрофлича баён этган. Г. Спенсер жамиятга табиий, энг аввало биологик қонунлар асосида ривожланувчи организм сифатида қараган. У жамиятни жонли биологик организмга ўхшатади. Ушбу фикрни асослаш мақсадида у қуйидаги далилларни келтиради:

43.Harakatchanlikning demografik omillari.


Sotsial harakatchanlik turlari: gorizontal va vertikal sotsial harakatchanlik. Ijtimoiy o’zgaruvchanlik turli ko’rinishlarda sodir bo’ladi yoki sotsial mobillik tushunchasi bilan bog’liq. Kishilarning ijtimoiy pogonalardan 2 yo’nalishi bo’yicha harakat qilishidir:1) Vertikal (yo’nalish) ijtimoiy o’zgaruvchanlik. Bu bir ijtimoiy tizimda tutgan o’rni, o’zgarishdir. Masalan, shaxs misolida: o’quvchi, ishchi, xizmatchi, olim, kolxozchi, pensioner va hokazo (Yuqori va past darajaga qarab o’zgarib boradi).2) Gorizontal (yo’nalish) ijtimoiy o’zgaruvchanlik. Bir ijtimoiy guruq doirasidagi o’zgarishlar yoki ijtimoiy darajadagi o’zgarishlar. Masalan, ishchi 1-5 razryad, aspirant, kandidat, fan doktori, akademik.Ijtimoiy o’zguruvchanlikning turlari:1. Reproduktiv. Ishlab chiqarish, tuzilishi, ekologik o’zgarishlar.2. Statusli - xizmat pogonasiga ko’tarilish, hayot darajasi va boshqa.3.Territorial - qishlokdan shaharga ko’chish, ishlab chiqarishni ko’chirish, bir davlatdan ikkinchisiga qo’shish va h.k.4. Ma’naviy - manfaatlar, qadriyatlar, fikr, gushunchalar, his-tuygular.5. Siyosiy (sinfiy struktura), hukmronlik shakli.6. Ilmiy-texnikaviy va hokazo.Sotsial mobillikda asosiy va asosiy bo’lmagan, ikkinchi darajali zaruriy va tasodifiy, ommaviy va xususiy kabi ko’rinishlar va yo’nalishlar mavjud.Guruhiy va individual harakatchanlik.Avlod ichidagi va avlodlar o’rtasidagi sotsial harakatchanlik. Bir avlod bo’yicha, ikki ota va bolalar, uch bobo, ota va bolalar, avloddagi ijtimoiy o’zgarishini ifodalaydigan sotsial mobillik ham amal qiladi. To’laqonli demokratiya sharoitdagina soitsal mobillik uchun imkoniyat yaratiladi. Siyosiy istibdodga asoslangan g’arb mamlakatlarida esa sotsial mobillik uchun sharoit bo’lmaydi. AQSH va demokratik tuzumga asoslangan g’arb

44.Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati.


Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilindi.Bugun imzolangan farmonda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 5ta ustuvor yo‘nalishi keltirilgan:- Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish;- Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;- Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;- Ijtimoiy sohani rivojlantirish;- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan.

45.Hozirgi zamon jamiyat tizimida sotsiologiyaning o’rni.

46.Hozirgi zamon sotsiologiyasining yo’nalishlari.(iqtisodiy sotsiologiya, siyosiy sotsologiya).
Iqtisodiy sotsiologiya XX asrning 50-yillarning o‗rtalarida AQShda fan sifatida shakllanib dastlab tor doiradagi olimlarning qiziqtirgan bo‗lsa, endilikda bu fan juda taraqqiy etgan va uning muammolari tadqiqoti bilan ko‗pgina mamlakatlar olimlari jiddiy shug‗ullanadilar. hozirgi davrda bu fan ham G‗arbda, ham Sharqda sotsiologik bilim taraqqiyotining markaziy yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy sotsiologiyaning sobiq SSSR parchalanishi natijasida shakllangan yosh mustaqil davlatlar uchun, ularning ananaviy siyosiy iqtisodga asoslangan. O‗z mentalitetlarini tubdan o‗zgartirishlari uchun nihoyatda zarurligi haqidagi fikr va mulohazalar hech bir shubha uyg‗otmasa kerak. Keyingi vaqtlarda Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa O‘zbekistan ko‘plab iqtisodchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar va jurnalistlar e'tiborini kun sayin o‗ziga ko‗proq qaratayapti. O‗zbekistonga «barqarorlik oroli» sifatida qaralib, u haqida fanlar bildirish diapazoni anchagina kengdir: lol qolib maqtashlardan tortib, to keskin tanqidlargacha.Shu bilan birgalikda bu makonda bo‗layottan jarayonlarni tushunish uchun nafaqat O‗zbekistonning bozor munosabatlarga o‗tishdagi iqtisodiy siyosati mohiyatini tushunishlik, balki individual va ijtimoiy ongning Sharqnint bu mamlakatdagi o‗ziga xos xususiyatlari haqida ham chuqur

47.Hozirgi davr gerontologiyaning asosiy maqsad va vazifalari.


Gerontologiya (yun. geron, gerontos —keksa, kari va ... logiya) —tirik organizmlar, jumladan, odamning qarish jarayonini oʻrganadigan fan; tibbiyot va biol. fanlarining bir boʻlimi. Yoshi kashtan organizm kasalliklarining xususiyatlari haqidagi taʼlimot —geriatriya, keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigiyenasi haqidagi taʼlimot —gerogigiyena, keksalar psixikasi va feʼl-atvorini oʻrganadigan taʼlimot — gerontopsixologiya G.ning asosiy tarkibiy qismidir. Infeksion kasalliklardan nobud boʻlishning hamda bolalar oʻlimining kamayishi va b. omillar umr uzayishiga yordam beradi. Qarish sabablari haqida bir necha nazariya ilgari surildi. I. I. Mechnikov fikricha, ichakda yashaydigan bakteriyalarda moddalar almashinuvi mahsulotlari va organizmning oʻzida azotli moddalar almashinuvining mahsulotlari (siydik kislota) kishi organizmini zaharlab, qarishga sabab boʻladi.
48.Hozirgi jamiyatning turli ko’rinishlari.
Hozirgi kunda jamiyatning quyidagi ko’rinishlari mavjud:1. Farovonlik (mo’l-ko’llik) jamiyati: - (Ko’proq Garbda: Skandinaviya davlatini misol keltirish mumkin).2. Iste’mol qilish jamiyati (AKShda XX asr 40-50-yillarda yuzaga kelganligi bilan harakterlanadi).3. Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq - demokratik jamiyat bo’lib tashqi muhit sharoitlarida oson o’zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o’tmoqqa moslashgan jamiyat. Yopiq jamiyat - dogmatik-avtoritar rejim asosida bo’lib, sehrli (magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi.4 Industrial (sanoat) jamiyati. (XX asr 50-60 -yillarida yuzaga keldi. Bu konseptsiyaga o’z mohiyatiga ko’ra markscha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to’grisidagi ta’limotlarga qarshi qaratilgan.Industrial jamiyat ta’limotiga ko’ra jamiyat turi: texnikaviy, industrialrivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Jamiyat tipini sinfiy strukturadan ajratib olib

49.Hozirgi jamiyatning turlicha tariflari.


Jamiyat - falsafiy tahlilning eng murakkab obyektlaridan biri. Jamiyat nima, uning tarkibiy to’zilishi qanday, jamiyatning nazariy modelini tuzish mumkinmi yoki yo’qmi, jamiyat rivojlanishining ko’rsatkichi bormi, jamiyat tarixining subyekti va harakatlantiruvchi kuchlari faoliyati haqida nimalar deyish mumkin kabi sonsiz savollar faylasuflarning qizg’in bahslari mavzusi bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda. Mazkur savollarning bizning kunlarda yanada faolroq muhokama qilinayotganligi tabiiy. Har qanday normal odam o’zini jamiyatdan, uning buguni va ertasidan ajratib tasavvur qila olmaydi. Bu masalalarni nazariy to’g’ri hal qilish Sizning ertangi kundagi jamiyatdagi faol harakatingizning asosidir.Jamiyatni tahlil etishni "jamiyat" tushunchasini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq."Jamiyat" so’zining lug’aviy ma’nosi arabcha “to’plangan”, “yig’ilgan” demakdir.Jamiyat kategoriyasi falsafada keng va tor ma’nolarda qo’llaniladi
50.Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari.
Jamiyat - falsafiy tahlilning eng murakkab obyektlaridan biri. Jamiyat nima, uning tarkibiy to’zilishi qanday, jamiyatning nazariy modelini tuzish mumkinmi yoki yo’qmi, jamiyat rivojlanishining ko’rsatkichi bormi, jamiyat tarixining subyekti va harakatlantiruvchi kuchlari faoliyati haqida nimalar deyish mumkin kabi sonsiz savollar faylasuflarning qizg’in bahslari mavzusi bo’lib kelgan va bo’lib qolmoqda. Mazkur savollarning bizning kunlarda yanada faolroq muhokama qilinayotganligi tabiiy. Har qanday normal odam o’zini jamiyatdan, uning buguni va ertasidan ajratib tasavvur qila olmaydi. Bu masalalarni nazariy to’g’ri hal qilish Sizning ertangi kundagi jamiyatdagi faol harakatingizning asosidir.Jamiyatni tahlil etishni "jamiyat" tushunchasini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq."Jamiyat" so’zining lug’aviy ma’nosi arabcha “to’plangan”, “yig’ilgan” demakdir.Jamiyat kategoriyasi falsafada keng va tor ma’nolarda qo’llaniladi
51.Huquqiy institutlar.
HUQUQ INSTITUTI - IJTIMOIY MUNOSABATLARNING MA'LUM BIR TURINI (GURUHINI) TARTIBGA SOLUVCHI HUQUQIY NORMALARNING TARTIBLANGAN MAJMUIDIR. YURISPRUDENSIYA TARTIBGA SOLUVCHI HUQUQIY NORMALARNING TARTIBLANGAN MAJMUI
52.Ibn Xoldunning sotsial qarashlari.
Arab donishmandi Ibn Xaldun (1332-1406), kishilik jamiyatining tuzilishini tuzgan holda, odamlarning yirik ijtimoiy guruhlari xatti-harakatini sinchiklab o’rgangan. Ibn Xaldun (Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)) arab tarixchisi va mutafakkiri. U o’zining «Sotsiologiya» (arab.ilm al-ijtimo’) faniga oid dadil fikrlarini o’rtaga tashlagan va Sharqda haqli ravishda shu fan asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning «Kitob ul-Ibar» (1370) ning muqaddima qismida uning tarixiy sotsiologik nazariyasi bayon etilgan. Insoniyat ijtimoiy fikri tarixida birinchi bo’lib, jamiyat, uning ichki rivojlanish qonuniyatlari va taraqqiyot an’analari haqidagi fanni yaratgan. Sharqning yetuk sotsiologi bo’lgan Ibn Xaldun «Muqaddima» (1381) asarining «Kirish» qismidagi dastlabki bo’limni «Kishilarning umumiy ijtimoiy hayoti to’g’risida» deb nomlangan.

53.Ichki va tashqi nazorat.


Ichki va tashqi nazorat. Ijtimoiy faoliyat va ijtimoiy fe’l-atvor mexanizmlari:1) Faoliyat turlari.2) Ehtiyojlar:- tabiiy ehtiyojlar;- biologik ehtiyojlar;- ijtimoiy ehtiyojlar.- ehtiyojlar;- qadriyatlar;- manfaatlar va ularning o’zaro ta’siri;4) Ijtimoiy nazorat.5) Sanktsiyalar.6) Ijtimoiy buyruq.7) O’zo’zini nazorat.8) Tashqi nazorat.9) Jamoatchilik fikri.10) Deviant (jinoiy bo’lmagan) fe’l-atvor.11) Delinkvent. (jinoiy) fe’l-atvor.12) Shaxsning muhim ijtimoiy-psixologik xislati - o’z-o’zini anglash kabilardir

54.Jamoatchilik fikrining jamiyat xayotidagi o’rni.


Жамоатчилик фикри социологияси - ижтимоий гуруҳларнинг мавжуд ижтимиоий воқеликка нисбатан баҳоловчи муносабатининг шаклланиши ва амал қилиш қонуниятларини ўрганувчи фандир.Ўзбекистонда жамоатчилик фикрини ўрганиш илмий ва амалий аҳамиятга эга. Мамлакатимизда 1999 йилдан бошлаб «Ижтимоий фикр» жамоатчилик фикрини ўрганиш маркази фаолият кўрсатмоқда. Бу ўз навбатида социологик тадқиқот марказлари ва хизматларини мувофиқлаштириш имкониятини туғдирди. «Жамоатчилик фикри» атамаси инглизча publik ҳpiniҳn сўз бирикмаларидан олинган бўлиб, у XVII асрда дастлаб Англияда қўлланилган, кейинчалик бошқа мамлакатларга ўтиб, XVIII аср охиридан бошлаб кенг тарқалган.Жамоатчилик фикри ўзи нима? Жамоатчилик фикри - халқ истайдиган нарсани билишнинг ноорганик услубидир (Гегелъ), жамоатчилик фикрида ҳамиша ҳақиқий ва ҳақиқий бўлмаган нарсалар чатишиб кетсада, у ҳар бир даврда катта кучга эга бўлиб келган. Жамоатчилик фикри ижтимоий онг шакллари, айтайлик, фан ёки мафкурадан ноаниқлиги билан фарқ қилади. Чунки фикрнинг ўзида у ёки бу ҳолатга нисбатан тахминий, эҳтимолли бўлгани учун ҳам кўпинча инсонлар онгида вужудга келадиган ўткинчи, ўзгарувчан фикр, мулоҳаза, ҳис - туйғулар йиғиндисидир. Лекин бу жамоатчилик фикри билан ҳисоблашмаслик керак, деган гап эмас. Жамоатчилик фикрини чуқур ўрганган испан мутафаккири Ортега-И-Гассет шундай ёзган эди: «Дунёни жамоатчилик фикри бошқаради, бу шундай асосий кучки, унда кишилар ҳамжамиятидаги ҳукмронлик келиб чиқади».

55.Ichkilikbozlikning salbiy oqibatlari.


Ichkilikbozlik - bayram, tantanali marosimlar, oilaviy tantanalarni o’tkazishda, shuningdek, shaxsiy muammolarni hal etish yo’lida spirtli ichimliklar ichish majburiy bo’lib qolganligi an’anasi insonlar hayotida alkogolni qattiq o’rnashib qolganligiga asos bo’ladi. Lekin bu sotsial-madaniy an’ana jamiyatga qimmatga tushmoqda. Statistikaga ko’ra, sobiq ittifoq davrida mayda bezorilikni 90%, tajavuzkorlikni 90%, boshqa jinoyatlarni qariyib 40% ichkilikbozlik bilan bog’liq
bo’lgan.Tarix guvohlik beradiki, jamiyat alkogolizmga qarshi 2 yo’l bilan kurashgan:1) Spirtli ichimliklarni chegaralash, ularni ishlab chiqarishni va sotishni qisqartirish, narxini oshirish, ta’qiq va chegaralarni buzganligi uchun jazoni kuchaytirish yo’lidir.2) Bu alkogolga ehtiyojni kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish, hayotni sotsial va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, umumiy madaniy va ma’naviyatni o’sishi, alohida alkogolsiz fe’l-atvor stereotiplarini shakllantirish yo’lidir. Ikkinchi yo’l maqsadga muvofiqdir, lekin bu alkogolizmga qarshi kurashni administrativ yo’lini rad etmaydi. Bu 2 yo’lni birga ongli ravishda muvofiqlashtirish lozim

56.Ijtiimoiy tizimning strukturasi.


Ҳозиргача жамият ҳаётини социологик жиҳатдан тадқиқ қилиш асосан, икки йўналишда ривожланиб келди. Биринчи йўналиш: О.Контдан француз социологи Э.Дюркгейм орқали ривожлантирилган элеменлар америкалик олим Т.Парсонларнинг психологик таълимотидир. Бу йўналишда ижтимоий тизим ўзгариши ташқи кучлар таъсири орқали тушунтирилиб, кўпроқ психологик кишиларга эътбор берилган.Иккинчи йўналиш: марксистик социологик таълимот бўлиб, унда ижтимоий тизим ички зиддиятлар асосида, ички куч таъсири орқали тушунтирилиб материалистик моҳиятга эга бўлган моддий муносабатларнинг белгиловчи ролига асосий эътибор қаратилган.Ғарб ва америка социологиясида ижтимоий тизимнинг муҳитидаги «мувозанатини» сақлашга асосий эътибор берилади.

57.Ijtimoiy o’zgarishlar: kecha, bugun va ertaga.


Ижтимоий ўзгарувчанлик тушунчаси: Ижтимоий ўзгарувчанлик социологик тушунча бўлиб, демографик ва ижтимоий фаолиятларда қўлланилади. Шахснинг бир синфдан иккинчи бир синфга, бир ижтимоий гуруҳдан иккинчи бир ижтимоий гуруҳга ўтиши, жамият ижтимоий таркибида тутган ўрнини, ўзгаришини билдиради.

58.Ijtimoiy stratifikasiya va uning tarixiy tiplari.


Ijtimoiy tengsizlikni tushuntirish uchun sotsiologiyada ijtimoiy stra-tifikatsiya atamasi ishlatiladi. Stratifikatsiya so‘zi geologiya sohasidan olingan bo‘lib, «qatlam» ma’nosini anglatadi. Ushbu atamani fanga ame-rikalik sotsiolog Pitirim Sorokin kiritgan.Ijtimoiy stratifikatsiya ijtimoiy qatlamni tartibga solishni va muayyan bir mezon (hokimiyat, boylik, kasbiy, sulolaviy va h.) ga ko‘ra tabaqalash, tasniflashni anglatadi.Jamiyat tarkibida sinflar, ijtimoiy guruhlarning bo‘lishi, turli xil taba-qalar tuzish, millat va toifalarga ajratish hamda shu orqali boshqarish taj-ribasi insoniyat tarixidan ma’lum. Qadim Turonda aholi urug‘-qabilaviy kelib chiqishi, kasbiy mansubligi, diniy e’tiqodiy qarashlari, sulolaviy ke-lib chiqishiga qarab tasnif etilgan. Bu esa har bir ijtimoiy guruhning ijti-moiy-siyosiy o‘rni va rolini obyektiv belgilashga, ulardan samarali foyda-lanishga va
siyosiy boshqarishga imkon bergan.
59.Ijtimoiy guruh va qatlamlar haqida tushuncha.
Ijtimoiy guruhlar - muntazam ravishda bir-birlari bilan oʻzaro muno-sabatga kirishadigan shaxslar guruhi. Turli sinflar, qatlamlar muhim I. g . hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, et-nik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, ayollar, yoshlar va h. k.) ham I. g . ga kiradi, chunki ularning jami-yatdagi mavqei hukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻliqdir. Bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oʻxshash, maqsad va qadriyatlari umumiy boʻlgan kishilar ham alohida I.g . ni tashkil etadi. I. g . katta va kichik (soni boʻyicha), boshlangʻich (guruh aʼzolarining bevosita shaxsiy aloqalari va munosabatlariga asoslangan) va ikkilamchi (guruh aʼzolari oʻrtasida bevosita shaxsiy aloqalar boʻlmagan), rasmiy (tadqiqotchi tomonidan muayyan belgi asosida tashkil qilingan) va norasmiy (obyektiv holda mavjud) guruxlarga boʻlinadi. I. g . ning hajmi, shakli, xususiyatidan qatʼi nazar, ularning muhim belgisi — aʼzolarning bir umumiy guruhga mansub ekanliklarini anglashidir. Odamlar uz hayotining koʻp qismini guruhlardagi muloqotlarda oʻtkazadi.
60.Ijtimoiy me’yorlarning turlari.
Sotsial me’yorlar tasnifi. Jamiyatda insonlar faoliyati hatti-harakatlari va xulq atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor- jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo’lib, shaxs yoki
ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir.Sotsial me’yor turlari: huquqiy, diniy, an’anaviy va ahloqiy. Ijtimoiy meh’rning xulqiy, ahloqiy, diniy hamda urf odatlariga oid turlari mavjud. Ijtimoiy meh’rning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan moslashtirib borilgan shaxslar ko’pchilik tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi.Ma’lumki, ijtimoiy me’yor va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar insonning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun qoidalaridagi ahloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Ushbu «Qonunlar»da barcha huquqlar insonga xudolar tomonidan beriladi va qonun buzuvchilarni xudolar jazolaydi, deb hisoblangan.

61.Ijtimoiy qonunlar


Қонун деганда, одатда аниқ вазиятда умумий, зарурий ва такрорланишга хос бўлган жиддий алоқа ёки муносабатлар тушунилади.Социал қонуният – социал воқелик ва жараёнларнинг жиддий зарурий алоқасини акс эттиради.Социал қонунлар социал муносабатларни ҳам акс эттиради. Булар халқлар, миллатлар, синфлар, социал-касбкорлик гуруҳлари, шаҳар ва қишлоқ, шунингдек, жамият ва оила, жамият билан шахс ўртасидаги муносабатлардир. Социал қонунларни одамлар ўз ҳаётий фаолиятлари учун зарурий бўлган шароит таъсири остида қўллайдилар.Социологик қонунлар 2 турга бўлинади: умумий ва хусусий қонунлар.Умумий социологик қонунлар:а) барча социал системаларнинг ривожланиши давомида амал қилади.б) социал тизимларнинг социал муҳитда амал қилувчи бошқа қонунларининг моҳиятини аниқлаб бериб, фундаментал асосларини акс эттиради

62.Ijtimoiy siyosatni sotsiologik tadbiq etish muammosi.


O'zbekiston 30 yoshgacha bo'lgan aholisi butun aholining 60 foizini tashkil etadigan noyob demografik holatga yuz tutish arafasida. Keyingi yigirma yilda bugungi kundagi katta bolalar va yoshlardan tashkil topgan aholi ishchi kuchiga aylanadi, bu esa O'zbekiston tarixidagi enk kata ishchi kuchi bo`ladi. Bugungi kundagi to'g'ri sarmoyalar bilan, hozirgi yoshlar O'zbekistonni keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'taradigan avlodga aylanishi mumkin
63.Ijtimoiy tizim tushunchasining mohiyati.
Табиатдаги нарсалар, жамиятдаги ҳодиса ва жараёнлар бир бутун тизимни ташкил этади. Тизимли ёндашувнинг асосий вазифаларидан бири объект тўғрисидаги барча билимларни бир бутун системага келтиришдир.Социал тизимлар формацион, маданий, индивидуал-шахсий сифат ва даражаларида кўрилиши мумкин.Формацион ёндашувда жамиятда ишлаб чиқарувчи кучлар, иқтисодий муносабатлар социал, мафкуравий ва сиёсий муносабатлардан иборат табиий-тарихий бир бутун системадир. Социал тизимларнинг мураккаб иерархияси мавжуд. Жамиятнинг ўз бутунлиги энг катта тизим ҳисобланади. Унинг иқтисодий, социал, сиёсий ва мафкуравий каби муҳим ост тизимлари мавжуд. Бошқа ост тизимлар - синфлар, этник тузилма ва ҳоказолардир.

64.Ijtimoiy tizimning tarkibiy qismlari.


Ижтимоий тизимларга тарихийлик хос бўлиб, таркибидаги элемент ва майда тизимларнинг ўзаро алоқадорлиги - уларнинг ривожланиш моҳиятини белгилайди. Ташқи ўзаро алоқадорлик ҳам ижтимоий тизимлараро муносабатлар асосини ташкил қилади.Алоҳида олинган инсон ва жамият ҳаётидаги барча ижтимоий жараёнлар тизими ўртасидаги муносабатлар ўзаро иорархик тузилишга эгадир. Ўзаро иорархик тузилиш уларни бошқариш имконини беради.Ижтимоий тизимлар мақсадга йўналганлиги, мослашуви, ўзини қайта тиклаш, функционал ва ривожланиш каби ўзига хос хусусиятларга эга.Ҳар бир ижтимоий тизим ташқи ижтимоий муҳит билан доимий алоқадорликда бўлади. Кишилар, ижтимоий воқелик, жараёнлар ва ғоялар ижтимоий муҳит элеменлари сифатида номоён бўлади. Ҳозирги ижтимоий янги муносабатларнинг таркиб топиши жараёнида ижтимоий муҳитни социологик жиҳатдан таҳлил қилиш илмий-назарий жиҳатдан муҳим аҳамиятга эгадир.Ижтимоий тизим ўзгаришининг ижтимоий вазифалари, функциялари билан ўзаро фарқ қилади. Улар муайян иқтисодий, сиёсий, ахлоқий ва бошқа қонуниятлар асосида фаолият кўрсатадилар.

65.Ijtimoiy-madaniy oqartuv institutlari..

66.Ijtimoiy-siyosiy tizim funksiyalavri.
Siyosiy tizim - jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalar majmui. Siyosiy tizim ayni vaqtda, turli siyosiy gʻoyalar, qarashlar, tasavvurlarni, siyosiy hayotni tartibga soluvchi va belgilovchi siyosiy normalar, axloqiy tamoyillar, anʼanalarni ham oʻzida ifoda etadi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi).[1]SIYOSIY TIZIM (yunoncha: systema - boʻlakdan iborat tarkib, tuzilma, politike - siyosat) - siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlar, harakatlar, tashkilotlar, me‘yorlar, qadriyatning umumlashgan ifodasidir. Siyosiy tizim sub'ektlarini hokimiyat, davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, shaxs, siyosiy lider kabilar tashkil etadi. Siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat kabi tushunchalar esa siyosiy tizim in‘ikosi hisoblanadi.
67.Ilm-fan institutlari.
О‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tо‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir О‘zbekiston olimlari uzoq о‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol о‘rganib, о‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qо‘shmoqdalar.

IX-X asrlarda О‘rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy akademiyalarga о‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.


68.Industrial va postindustrial jamiyatlar.
Industrial (sanoat) jamiyati. An'anaviy jamiyat kategoriyasidan ajratib turuvchi, g‘arb sotsiologiyasida rivojlangan jamiyatning kelib chiqishi va tabiati to‘g‘risidagi ikki asosiy kategoriyaning biri. Ushbu terminni birinchi bo‘lib Sen-Simon ishlatgan, uni O. Kont, T. Spenser, Dyurkgeym va boshqalar rivojlantirganlar, qaysi jamiyatda sanoat ishlab chiqarish iqtisodiy tashkilotni boshqaruvchi shakli bo‘lsa, bu tashkilot xususiy shaxslar qo‘lida bo‘lsa, bu tadbirkor xususiy boshqaruvchi bo‘ladi, u mehnat jarayoni va ishchilarni boshqarib boradi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarini, menedjer-administratorlar nazorat qiladilar. Sotsiologlar ushbu tamoyil bir necha xilda talqin qiladilar.a) hozirgi davr dunyosining tarixiy o‘zgarishi natijasida, ya'ni «an'anaviy» agrar jamiyatdan «industrial» sanoat jamiyatga o‘tilishi va mashina sanoati, mehnat intizomi, erkin savdoda milliy ho‘jalik sistemasining va umumiy bozorning tashkil etilishi
modernizatsiya nazariyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

69.Inson biologik va sotsial mavjudot.


Inson tabiatan mavjudotdir biososial... U tabiatning bir qismidir va shu bilan birga jamiyat bilan uzviy bog'liqdir. Odamdagi biologik va ijtimoiy narsalar birlashib ketadi va faqat shunday birlikda inson mavjud bo'ladi.Insonning biologik tabiati uning tabiiy sharti, mavjud bo'lish shartidir, ijtimoiylik esa insonning mohiyatidir.Biologik mavjudot sifatida inson eng yuqori sutemizuvchilarga tegishli bo'lib, o'ziga xos turdagi homo sapiensni hosil qiladi. Insonning biologik tabiati uning anatomiyasi va fiziologiyasida namoyon bo'ladi. Odamda qon aylanish, mushak, asab, suyak va boshqa tizimlar mavjud. Ayrim organlarning rivojlanishida hayvonlarga taslim bo'lish, inson o'zining potentsial imkoniyatlari bilan ulardan ustundir. U biologik xususiyatlar qat'iy dasturlashtirilmagan, bu mavjudlikning turli sharoitlariga moslashishga imkon beradi. Odamlarda biologik sof shaklda mavjud emas, u ijtimoiy jihatdan shartlidir. Ijtimoiy ta'sirni inson genetikasi, irsiyat sezadi. Bu, masalan, bolalarning tezlashishi, umr ko'rish davomiyligi, tug'ilish koeffitsientining pasayishi, bolalar o'limi va boshqalarda namoyon bo'ladi.

70 .Inson biologik va sotsial mavjudot.


Inson tabiatan mavjudotdir biososial... U tabiatning bir qismidir va shu bilan birga jamiyat bilan uzviy bog'liqdir. Odamdagi biologik va ijtimoiy narsalar birlashib ketadi va faqat shunday birlikda inson mavjud bo'ladi.Insonning biologik tabiati uning tabiiy sharti, mavjud bo'lish shartidir, ijtimoiylik esa insonning mohiyatidir.Biologik mavjudot sifatida inson eng yuqori sutemizuvchilarga tegishli bo'lib, o'ziga xos turdagi homo sapiensni hosil qiladi. Insonning biologik tabiati uning anatomiyasi va fiziologiyasida namoyon bo'ladi. Odamda qon aylanish, mushak, asab, suyak va boshqa tizimlar mavjud. Ayrim organlarning rivojlanishida hayvonlarga taslim bo'lish, inson o'zining potentsial imkoniyatlari bilan ulardan ustundir. U biologik xususiyatlar qat'iy dasturlashtirilmagan, bu mavjudlikning turli sharoitlariga moslashishga imkon beradi. Odamlarda biologik sof shaklda mavjud emas, u ijtimoiy jihatdan shartlidir. Ijtimoiy ta'sirni inson genetikasi, irsiyat sezadi. Bu, masalan, bolalarning tezlashishi, umr ko'rish davomiyligi, tug'ilish koeffitsientining pasayishi, bolalar o'limi va boshqalarda namoyon bo'ladi.

71.Inson sotsial tizimning tarkibiy qismi sifatida.


72.Iqtisodiy institutlar.


Iqtisodiy institutlar. Boyliklar (farovonlik)ni yaratish, taqsimlash va foydalanish muammolarini qo’yish va hal qilish usullarini belgilovchi me’yorlar majmui.asosiy elementlar (modern): bozor; tovar - buyum, ularning obyektiv xususiyatlari boylik hisoblanadi; taklif; talab; mehnat - muayyan vaqtda, muayyan joyda tashkil etilgan sermahsul faoliyat; raqobat; innovatsiya va boshq.- postmodern davrida virtuallashtirish:- qiymatni virtuallashtirish- innovatsiyalarni simulyatsiya qilish- mehnatni virtuallashtirish («ish vaqti iqtisodiy mazmunga emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega»).Ularning ko’rinishlari va vazifalari. Mulk, ayirboshlash, pullar, banklar, turli tipdagi xo’jalik birlashmalari - iqtisodiy hayotni ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan birlashtirgan holda ijtimoiy boylikni ishlab chiqarish va taqsimlashning butun yig’indisini ta’minlaydi.

73.Jahon hamjamiyatida sotsiologiyaning tutgan o‘rni.


Demak, sotsiologiya katta bir jamiyatni, guruhlarni qamrab oar ekan, sotsiologlarning vazifalari ham kattagina bo'lishi tabiiy. Bu kasb egalari uchun intellektual fikrlash muhimdir, ko'proq ma'lumotlar olish va qayta ishlash bilan shug'ullanishadi. O'z faoliyatlari davomida turli xil sotsiologik tadqiqotlar o'tkazishadi. Anketa, so'roq qilish, hujjatlarni tahlil etish , intervyu kabi usullardan foydalanishadi. Mening nazarimda ham jamoatchilik fikrini o'rganish, ularni muammolariga yechim topish maroqli ish. Bu kasbga bo'lgan talabning ham ortib borishi bejiz emas. Statistik ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak, 2028-yilga kelib sotsiologlarga bo'lgan talab juda yuqori bo'lishi kutilmoqda. Bunday holatda malakali va tajribali fan mutaxassislari uchun katta imkoniyatlar kashf etiladi.
74.Jamiyatni demokratlashtirish va fikrlar xilma-xilligi jarayonida dinga bo’lgan munosabatning o’zgarishi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 2010 yilda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi ilgari surildi. Mazkur Konsepsiyaga asosan 2011 va 2014 yillarda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, boshqa qonun hujjatlariga qator o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Xususan, qonun chiqaruvchi hokimiyatning nazorat vakolatlarini kengaytirish va kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 78-moddasi parlament palatalarining parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini konstitutsiyaviy mustahkamlashga qaratilgan qoidalar bilan to’ldirildi. Bu, o’z navbatida, “Parlament nazorati to’g’risida”gi Qonunni qabul qilish uchun konstitutsiyaviy-huquqiy zamin yaratdi.
75.Yoshlar jamiyatning alohida Sotsial guruhi.
Социологиянинг бу махсус назарияси жамиятнииг барча ижтимоий соҳаларидаги ёшлар билан боғлиқ муаммоларни ўрганади. Жамиятнинг ижтимоий-иқтисодий шарт-шароити ва ёшлар муаммоси; халқ хўжалиги, фан ва маданиятнинг ёш мутахассис кадрларга бўлган эҳтиёжи; таълим тизими ва ёшларни мустақил меҳнат фаолиятига тайёрлаш; демографик жараёнлар ва ёшларни иш билан таъминлаш; ёшларнинг маълумот олиши ва касб танлаши муаммоси; ёшларнинг касб танлаши ва социал мобиллик; ёшларни касб танлашида миллий, ҳудудий ва минтақавий хусусиятлар; ёшларнинг маълумот олиш имкониятларини олдиндан прогноз бериш; ёшларда меҳнат малакасини шакллантириш масалалари; шаҳар ва қишлоқ ёшлари ҳаёти; ёшларнинг турмуш даражаси каби масалалар шулар жумласидандир. Ушбу маълумотлар бўйича эмпирик ва назарий жиҳатдан социологик тадқиқот олиб бориш, уларнинг статик ва динамик хусусиятларини ўрганиш муҳим ҳисобланади.

76.Jamiyat yaxlit tizim sifatida.


Sotsiologik nuqtai-nazardan jamiyat - bu kishilarning, birlikda yashash va o’zaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo’lib, o’z faoliyatlarida bir-biriga ta’sir ko’satuvchi uyushmasidir.Jamiyat tashkil topishi uchun eng kamida ikki kishi bo’lishi kerak, bu jamiyatning oddiy ko’rinishi bo’lib, uning
murakkab shakllarini shakllantirib boradi, ya’ni oilaning qurilishi bu oddiy jamiyat, bu jamiyatda A.Smit ta’rifi bo’yicha jamiyat a’zosi ham o’zi uchun, ham o’zga bir kishilar uchun ishlaydi, murakkab jamiyatning shakllanishiga o’z hissasini o’z oilasi bilan birga qo’shadi. Bu misollarni yana partiyalar tuzilishida, diniy yoki zamonaviy guruhlarning paydo bo’lishida ko’rib borishimiz mumkin, qaysidir bir dinning rivojlanishi natijasida dindorlar jamiyati oddiylikdan murakkablik sari boradi, partiya tashkilotlari va guruhlar tuzilishida ham aynan shunday sotsietal tizim munosabatlarini ko’rib borishimiz mumkin.

77.Sotsiologiyada jamiyat tushunchasi.


Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo’lib, o’z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan konkret shakli sifatida, uning funktsional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo’lakchalarini o’ziga xos tomonlarini, o’zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o’rganib, to’g’ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, o’z vaqtida keyingi oqibati oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotining salbiy oqibatlariga olib keladi.Sotsiologiya tarixida jamiyat - o’z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim kishilarning birligiga emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.

78.Sotsial institutlar va ularning funksiyalari


Sotsial institut (lotinchainstitutum, ruscha lugaviy ma’nosi- ustanovleniya, o’zbekcha ma’nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to’plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi). Sotsial institut - bu inson faoliyatining turli sohalarini tartibga soluvchi va ularni rollar va mavqelar tizimiga kirituvchi rasmiy va norasmiy qoidalar, me’yorlar tamoyillari, yo’l-yo’riqlarning turg’un majmuidir. Sotsial institutning asosiy vazifalari. Har bir sotsial institut:1) o’z faoliyatining ma’lum darajada aniq shakllangan maqsadlariga;2) individlarga belgilangan ijtimoiy mavqe va rollarning to’plamiga;3) individlarning xulq-atvorini nazorat qiladigan sanktsiyalar tizimiga;4) ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan konkret xususiy vazifalarga ega (istalgan sotsial institut bulardan tashqari doim yana bir vazifaga ega bo’ladi - bu harakat qilayotgan individlar o’rtasidagi hamjihatlikni ta’minlash).Institutsional sotsiologiyada sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
79.Jamiyat o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi tizim sifatida.
Jamiyat ({lang-lat|socium — „umumiy“}}) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi
80.Jamiyat taraqqiyotida islohotlarning o‘rni va roli.
So'nggi yillarda ro'y berayotgan global dunyodagi rang-barang o'zgarishlar insoniyat hayotida yangicha qarashlarni vujudga keltirmoqda. Ilm-fan rivoji va innovatsion texnalogiyalar sabab sayyoramiz misli ko'rilmagan o'zgarishlarga yuz tutmoqda. O'zgarishlar dastavval inson tafakkurida, so'ngra esa real voqelikda aks etishini inobatga olsak, kishi o'z aql-zakovati, imon-etiqodi va ijodiy mehnati bilan bevosita real jarayonlarga daxldor hisoblanadi. Inson tabiatiga xos yaratuvchanlik va bunyodkorlik asrlar silsilasida shakllanib, bugungi kunda o'zining yuqori pallasiga chiqib borayotganligini namoyon qilmoqda. Bu esa o'z navbatida inson qadrini ulug'laydigan, uning manfaatlariga xizmat qiladigan odamlarning haq- huquqi va erkinliklarini kafolatlaydigan kuchli fuqarolik jamiyatini barpo qilishni taqqozo etmoqda. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari kabi O'zbekiston ham rivojlanishning innovatsion yo'lidan bormoqda. Milliy taraqqiyottimizning yangi bosqichida jamiyat islohotlar tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.
81.Jamiyat taraqqiyotida mavqelarning va rollarning tutgan o‘rni.
Shaxsning ijtimoiy roli nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o’zaro farqlanadi. Belgilangan mavqe - bu shaxs xizmati va xattiharakatidan qat’iy nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo’yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug’ilgan joyi, oilasi, jinsi va boshqalar shular jumlasidandir. Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o’z xatti-harakati, qabiliyati bilan erishgan mavqei tushuniladi. Masalan, yozuvchi, firma boshligi, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqei ham o’rganiladi. Shaxsning erkak va ayol, bolalik, o’smirlik, yoshlik, o’rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy lavozim mavqei shaxsning ijtimoiy - iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holati (muhandis, temirchi, haydovchi va boshqalar)ni bildiradi.Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret o’rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Bunday shaxs tipiga «yuqori»ga ko’r-ko’rona, so’zsiz bo’ysunish, dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o’z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish yo’lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik kabi xususiyatlarga ega bo’lganlar kiritiladi. Bunday kishilarning shaxs xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Shaxs tipining bunday ko’rinishi hozirda ham ba’zan jamiyat hayotini yangi sharoitda erkin rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda

82.Hozirgi zamonni ijtimoiy bilishda sotsiologiyaning o’rni.

83.Jamiyat taraqqiyotida sotsial institutlarning o‘rni va roli.
Jamiyat hayotida sotsial institutlarning o’rni. Jamiyat taraqqiyotning har bir bosqichi unga mos bo’lgan muayyan sotsial institutlar amal qilishini taqazo etadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo’lgan sotsial institutlar shakllanishi jarayoni ro’y bermoqda. Bular iqtisodiy sohada - bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar, siyosiy sohada - demokratik hokimiyat turli bo’g’inlari faoliyatini ta’minlovchi sotsial institutlar, jamiyat barcha jabhalariga yangi jamiyat tarziga hozirlovchi turli xil sotsial institutlardir. Prezident I.A.Karimov izchil tadbiq qilayotgan konseptsiyaga muvofiq, yangi sotsial institutlar an’anaviy sotsial institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo’yilmasdan, balki jamiyatimizning o’tmishi, hozirgi va kelajagi vorisligini ta’minlashga xizmat qiladigan, jamiyatdan begonalashmagan, mamlakatimiz mintaqasiga mos keladigan sotsial institutlar faoliyatiga yo’l ochib berilmoqda.Sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:a) jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish, qaytadan tiklash;b) sotsializatsiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo’ladigan qadriyat va normalarni etkazishning turli xil shakllar)v) tartibga rioya qilish va ahloqni saqlab turish;

84.Jamiyat va davlatning o‘zaro aloqadorligi.


Jamiyat va davlat. Ba’zan davlat va jamiyat tushunchalari bir ma’noda ishlatiladi. Lekin ular o’rtasida muayyan farqlar mavjud.Jamiyat davlatga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi.Davlat taraqqiyotning mehnat taqsimoti davrida vujudga kelgan, jamiyat hayotini tartibga solish maqsadida paydo bo’lgan, ma’lumkishilardan tashkil topgan katta sotsial guruhdir. K.Marks fikricha, davlatko’pchilikni ozchilikka bo’ysindiruvchi apparatdir.Mamlakat-davlat suverenitetidan foydalanuvchi va hududiy chegaralarga ega bo’lgan dunyoning bir qismi yoki hududi.Davlat-ma’lum mamlakatning aniq siyosiy rejimga asoslangan,boshqaruv bo’g’inlari va hukumat strukturasiga ega xokimiyat.Davlat quyidagi funktsiyalarni bajaradi:1.Iqtisodiy funktsiya.2.Mudofaa funktsiyasi.3.Boshqaruv yoki siyosiy funktsiya.Jamiyatlar asosan 2 sistemaga bo’linadi:1.ochiq sistema.2.yopiq sistema.Yopiq sistemada kishi o’z sotsial holatini o’zgartira olmaydi,o’zgartirsa ham qiyinchilik bilan o’zgartiradi.Bunday sistemalarda belgilanadigan statuslar hukmronlik qiladi.Informatsion filtr kuchli bo’ladi.Ochiq sistemalarda kishi o’z mehnati,harakati,qobiliyati orqali o’z sotsial statusini o’zgartira oladi va ularda demokratiya tamoyillari amal qiladi.

85.Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi.


Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi. Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo’lib, o’z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qladi. Bizning hozirda yashab turgan jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan konkret shakli sifatida, uning funktsional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo’lakchalarini o’ziga xos tomonlarini, o’zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o’rganib, to’g’ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, o’z vaqtida keyingi oqibati oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotining salbiy oqibatlariga olib keladi.Sotsiologiya tarixida jamiyat - o’z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim kishilarning birligiga emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.

86.Jamiyat va tizim tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi.


Жамият - кишилар ҳаётий фаолиятининг тарихий ривожланиш шакли бўлиб, ўз тузилиши жиҳатидан мураккаб тизимни ташкил қилади. Бизнинг ҳозирда яшаб турган жамиятимиз социал тизимининг муайян конкрет шакли сифатида, унинг функционал ва ривожланиш қонуниятини, ҳар бир бўлакчаларнинг ўзига хос томонларини, ўзаро муносабатларини илмий жиҳатдан ўрганиб, тўғри бошқариш муҳим аҳамиятга эгадир.Чунки, ўз вақтида кейинги оқибати ўйланмаган, олдиндан социологик асосда таҳлил қилинмаган ва олди олинмаган нуқсонлар жамият тараққиётида салбий асоратлар қолдиради.Социология тарихда жамият – ўз ижтимоий эҳтиёжларини қондирувчи кишилар бирлиги сифатида тушунилган. Шу билан бирга, жамият айрим ижтимоий бирлигина эмас, балки ижтимоий муносабатлар мажмуаси ҳамдир.Жамият ҳаётининг индустрлашуви объектив равишда, қайси ижтимоий тизимлар бўлишидан қатъий назар, ижтимоий иерархиянинг бир хил (ягона) типига олиб боради» - деган америка социологларининг фикри ҳозирча тарихий ривожланиш амалиётида тасдиқланмоқда.Ижтимоий тизим - ўзаро боғланган индивидлар, ижтимоий гуруҳлар ва институтларни ўз ичига олувчи, мураккаб ташкил бўлган ва тартибланган ижтимоий яхлитлик. Алоҳида шахс ҳам унинг ташқи дунё билан мунособатларининг серқирралиги ва ўз-ўини ташкил қилишининг яхлитлиги нуқтаи назаридан ижтимоий тизим ҳисобланиши мумкин.

87.Jamiyatda korrupsiya muammosi.


Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kеladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. Ma’lumki, bu illatning kеlib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos rеytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l kеladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Shunday ekan, har bir millat mazkur illatga qarshi kurashish stratеgiyasini o‘zi bеlgilaydi.
88.Jamiyatda sotsial harakatchanlik yo‘llari
Jamiyatda sotsial harakatchanlik yo’llari. Sotsial harakatchanlikning demografik omillari. Sottsial mobillilik-bu insonlarning bir sottsial guruhidan va tabaqasidan (strat) boshqalariga o’tishi bo’lishi mumkin bo’lgan sottsial mobillik:> gorizontal-sottsial stratifikatsiyaning osha darajada o’tishi;> vertikal-ierarxik tartibda o’tishi.Mobillilikka quyidagi holatlar ta’sir qiladi:> hayot sharoitlarining o’zgarishi;> inson tomonidan yangi kasbning buyurilishi;> inson faoliyatining to’rini o’zgarishi (masalan, siyosatga o’tib ketishi);> u yoki bu kasblar va faoliyat turlarining afzalliklari haqida ijtimoiy fikr.. Sottsial struktura va mobillilik muammolari grajdanlik jamiyati muammolari bilan bog'liqdir. gegelga ko’ra, grajdanlik jamiyati-xususiy mulkchilikka va huquqqa suyanadigan ijtimoiy munosabatlar sistemasidir.Grajdanlik jamiyatda quyidagi manfaatlar amalga oshadi:

89.Jamoatchilik fikrining jamiyat xayotidagi o’rni.


Жамоатчилик фикри социологияси - ижтимоий гуруҳларнинг мавжуд ижтимиоий воқеликка нисбатан баҳоловчи муносабатининг шаклланиши ва амал қилиш қонуниятларини ўрганувчи фандир.Ўзбекистонда жамоатчилик фикрини ўрганиш илмий ва амалий аҳамиятга эга. Мамлакатимизда 1999 йилдан бошлаб «Ижтимоий фикр» жамоатчилик фикрини ўрганиш маркази фаолият кўрсатмоқда. Бу ўз навбатида социологик тадқиқот марказлари ва хизматларини мувофиқлаштириш имкониятини туғдирди. «Жамоатчилик фикри» атамаси инглизча publik ҳpiniҳn сўз бирикмаларидан олинган бўлиб, у XVII асрда дастлаб Англияда қўлланилган, кейинчалик бошқа мамлакатларга ўтиб, XVIII аср охиридан бошлаб кенг тарқалган.Жамоатчилик фикри ўзи нима? Жамоатчилик фикри - халқ истайдиган нарсани билишнинг ноорганик услубидир (Гегелъ), жамоатчилик фикрида ҳамиша ҳақиқий ва ҳақиқий бўлмаган нарсалар

90.Jamiyatning sotsial strukturasi rivojlanishining zamonaviy kategoriyalari


Ijtimoiy struktura - jamiyatning ijtimoiy asosidir. Sotsiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar 2 xil munosabatda mavjud bo’ladi:1. Sotsietal munosabatlar2. Ijtimoiy munosabatlar1. Sotsietal munosabatlar sistemasiga: jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega. Sotsietal sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. Ya’ni bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo’ladi. Demak: Sotsietal munosabatlar sistemasi tuzilishi:1) iqtisodiy: (asoschisi A.Smit: «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsuli, mehnat taqsimoti natijasida har bir individ o’zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ham ishlashga majbur bo’ladi, u boshqalar uchun ishlaganda o’zi uchun ham ishlaydi);2) ijtimoiy: a) ijtimoiy munosabatlar asosiy elementi ijtimoiy jamoalar tashkil etadi (sinflar, millatlar professional, demografik, hududiy, siyosiy guruhlar); b) elementi kishilar (jamoaga birikadigan insonlar); v) oila tashkil etadi.

91.Jamiyatning sotsial strukturasi.


Sotsial struktura tushunchasiJamiyatning sottsial strukturasi-aloqalar va munosabatlarning majmuasi,uning tarkibiga sottsial guruhlar va ularning hayot faoliyatiga ko’ra insonlar jamoasi kiradi.

92.Jamiyatning turlari.


Tuzilishiga koʻra:Avtoritar jamiyatTotalitar jamiyatDemokratik jamiyat Hozirgi kundaga turlari:Anʼanaviy jamiyatIndustrial jamiyatPostindustrial jamiyatOchiq jamiyatYopiq jamiyat

93.Jamiyatning zamonaviy ko‘rinishlari.


Hozirgi kunda jamiyatning quyidagi ko’rinishlari mavjud:1. Farovonlik (mo’l-ko’llik) jamiyati: - (Ko’proq Garbda: Skandinaviya davlatini misol keltirish mumkin).2. Iste’mol qilish jamiyati (AKShda XX asr 40-50-yillarda yuzaga kelganligi bilan harakterlanadi).3. Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq - demokratik jamiyat bo’lib tashqi muhit sharoitlarida oson o’zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o’tmoqqa moslashgan jamiyat. Yopiq jamiyat - dogmatik-avtoritar rejim asosida bo’lib, sehrli (magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi.4 Industrial (sanoat) jamiyati. (XX asr 50-60 -yillarida yuzaga keldi. Bu konseptsiyaga o’z mohiyatiga ko’ra markscha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to’grisidagi ta’limotlarga qarshi qaratilgan.
94.Jamoatchilik fikri sotsial nazoratning shakli sifatida.
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi - ijtimoiy guruhlarning mavjud voqelikka nisbatan baholovchi munosabatining shakllanishi va amal qilish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.Jamoatchilik fikri o’zi nima?Jamoatchilik fikri - xalq istaydigan narsani bilishning noorganik uslubidir (Gegel), jamoatchilik fikrida hamisha haqiqiy bo’lmagan narsalar chatishib ketsada, u har bir davrda katta kuchga ega bo’lib ketgan. Jamoatchilik fikrini sotsiologik tadqiq etish predmeti - bu jamoatchilik fikrining ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotining turli tomonlariga ta’siri, shakllanishi, ifodalanishi va amal mexanizmlari masalalaridir. Jamiyat hayotiga sotsiologiya fanining kirib kelishi jamoatchilik fikrining ijtimoiy ahamiyatini keskin kuchaytirdi. Jamoatchilik fikri sotsiologiya fanining uzviy tadqiqot obyekti sifatida atroflicha o’rganila boshlandi. Ayni chog’da mazkur muammoni ilmiy ta’riflash hamda yondashishda qator plyuaralistik nuqtai nazaridan ilgari sura boshlandi.

95.Jinoyatchilik fikri sotsial institut sifatida.


Jamoatchilik fikri - ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga boʻlgan yashirin yoki oshkora munosabatlarni oʻz ichiga oluvchi ommaviy ong shakli; muayyan ijtimoiy masalalarni maʼqullash yoki qoralashda namoyon boʻladi, individlar, ijtimoiy guruhlar xatti-harakatini va ijtimoiy munosabatlarda muayyan meʼyorlarni belgilaydi; umuman jamiyat doirasida ham, turli ijtimoiy guruhlar doirasida ham amal qiladi. J. f.ning faolligi va ahamiyati jamiyatning strukturaviy harakteri, ishlab chiqaruvchi kuchlarning , madaniyatning , demokratik huquqiy meʼyorlar va erkinliklarning taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. J. f. hokimiyat organlarini saylashda, ommaviy kommunikatsiya vositalarida, aholi soʻrovlari va b.da oʻz ifodasini topadi.
96.Jinoyatchilikni oshishi va jamiyat kriminallashuvi sabablari va namoyon bo‘lish shakllari.
Jinoyatchilik frankobelgiyalik olim matematik statistik L.A.Ketle o’zining «Sotsial-fizika» (1835 yil) kitobida shunday xulosaga keladiki, har qanday sotsial tuzum o’zining tashkil topishiga ko’ra kelib chiquvchi jinoyatlarning ma’lum bir miqdori va tartibini belgilaydi. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar jinoyatni bir qator obyektiv va subyektiv faktorlardan kelib chiqishidan ko’rsatdi: sotsial o’rin (mavqe), faoliyat turi, ma’lumot darajasi, qoniqtirmaydigan moddiy ahvol, individ va sotsial guruh o’rtasida munosabatlarni pasayishi, madaniy chegaralarning yo’qligi, sotsial nazoratni talabga javob bermasligi. Jahon amaliyoti ko’rsatganidek, bozor munosabatlariga o’tishda, ayniqsa, birinchi davrlarda jinoyatni kuchayishi kuzatiladi. Jinoyatchilikni ahvoliga nosog’lom konkurentsiya, ishga joylashishga qiyinchiliklari, infilyatsiya katta ta’sir ko’rstaadi. Jinoyat bu insoniyatni barcha nuqsonlarini aks ettirishidir. Hech qaysi jamiyat uni yo’q qilishga erishgani yo’q.

97.Kambag‘allik tushunchasi va uning darajalari.


Aholining kambagʻal qatlami mamlakatga xos boʻlgan tezkor iqtisodiy oʻsishdan foyda koʻrish imkoniyatidan mahrum boʻlibgina qolmay, jamiyatning turli sohalarida ishtirok etish imkoniyati cheklanganligi tufayli rivojlanishga ham hissa qoʻsha olmaydi. Davlat bepul oʻrta taʼlimni taʼminlaydi, tibbiy xizmatlarning asosiy paketini kafolatlaydi, “ijtimoiy ahamiyatli va xavfli” sharoitlar uchun parvarish zaif deb tasniflangan guruhlarga ixtisoslashgan yordam va kam taʼminlangan oilalarga imtiyozlar beradi. Ammo, bundan-da koʻpi amalga oshirilishi lozim.Chunki kambagʻallik holatida tushib qolishdan koʻra, undan chiqib ketish koʻp karra qiyinroq. Oʻzi qishloq sharoitida yashovchi kambagʻal odam kasal boʻlib qolgan sharoitda doktorga uchrashish uchun shaharga qatnashiga toʻgʻri keladi. Uning dori-darmon xarajatlariga yoʻl kira ham qoʻshiladi. Kambagʻal oila farzandi pul topish ilinjida taʼlim olish imkoniyatidan mahrum boʻlib qolishi mumkin, bu esa uning kelajakdagi daromadlari darajasiga taʼsir etadi. Shuning uchun ham koʻp hollarda “kambagʻallik” va “kambagʻallik qopqoni” tushunchalari birga ishlatiladi.Kambagʻallik nima?Kambagʻallik tushunchasiga yagona taʼrif mavjud emas. Baʼzilar kambagʻallik deganda insonning birlamchi ehtiyojlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, taʼlim va sogʻliqni-saqlash) qondirishga imkoniyatning mavjud emasligini tushunsa, boshqalar – tanlov erkinligining yetarlicha emasligi yoki kuniga 1,90 dollardan kam miqdorga kun kechirishni, uchinchi tomon esa –insonning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokiga putur yetkazuvchi ijtimoiy, taʼlim va sogʻliqni-saqlash sohasidagi toʻsiqlarning doimiy doirasini tushunishadi. Umumiy qaraganda, kambagʻallikni baholash bir nechta aniq belgilangan koʻnikma va usullarni talab qiladi.

98.Kishining statusi va uni ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni.


Status (lot. status — qolat, vaziyat) — huquq subʼyektlarining huquq va majburiyatlari majmuini ifoda etuvchi, huquq normalari bilan belgilangan

99.Konfiliuktlarni oldini olish va bartaraf etish usullari.


Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. Konflikt epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, dedektiv romanlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Drama konfliktni harakatni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga ega. Konfliktda yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi.
100.Konfliktlarning turlari.
Konflikt - lotincha sonflictus so`zidan olingan bo`lib, toqnashuv demakdir. Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini organuvchi fan Konfliktologiya deb ataladi. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy organish davlat hokimiyati, jamiyat azolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni organishdan boshlangan.

101.Kooperatsiya ijtimoiylikning asosiy belgilari sifatida.


Kooperatsiya (lot. cooperatio — hamkorlik, birgalikda ishlash) — 1) jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvi; 2) ikki yoki bir necha mamlakatlarning xorijiy sheriklar ishtirokida qoʻshma yoki oʻzaro muvofiklashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishining universal shakli. Bunday K. mahsulot ishlab chiqarishni taqsimlashga, kommersiya hamkorligi, xatarlarni oʻzaro kafolatlash, investitsiyalarni va sanoat sirlarini umumiy himoya qilishga asoslanadi. Oʻzbekistonda ishga tushirilgan "SamKochavto", "Kabul-Oʻzbek", "Oʻzdunrobita", "OʻzKeysmash" va boshqa korxonalar K. asosida faoliyat yuritadi (qarang Mehnat kooperatsiyasi, Matlubot kooperatsiyasi, Uy-joy kooperatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi va b.)Ko’pgina G’arb olimlari ijtimoiy mulkka asoslangan kooperatsiyaning sermahsulligini inkor etib keladilar.Ularning fikricha butun jamiyat bilan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishning iloji yo’qdir.

102.Kuzatish metodi.


Социологик тадқиқотларда кузатиш – дастлабки эмпирик маълумотларни йиғиш усули бўлиб, муайян мақсадга қаратилган, олдиндан пухта ўйлаб, мунтазам олиб бориладиган, ҳиссий қабулга асосланган бўлади. Бу усулдан фойдаланишнинг ўзига хос афзаллиги шундаки, тадқиқотчи муайян даражада тадқиқот олиб бораётган объектдан мустақил бўлади ва унга бўйсунмайди. Кузатиш усулидан олинадиган илмий маълумотларда объектив, холис ва ҳаётий бўлиши билан ўзининг илмий қимматига эгадир. Шу билан бирга, кузатиш усулидан олинган илмий маълумотларда субъектив жиҳатлар ҳам бўлиши мумкин. Чунки, социологик тадқиқот тадқиқотчининг ижтимоий воқеликка, жараёнига нисбатан қандай муносабатда бўлиши ва қай йўсинда тавсифлаши асосида боради.

103.Madaniy-oqartuv institutlari.

104.Mahalla instituti.
Маҳалла – (арабча «маҳалла» - жой, ўрин, макон) – Ўзбекистоннинг муайян тарихий шароитларида, асрлар давомида шаклланиб, фаолият кўрсатаётган, аҳоли яшайдиган маъмурий-ҳудадий бирлик, уюшма. Маҳалла ўзини-ўзи бошқарув тизимининг муҳим миллий ижтимоий органи бўлиб, у Ўзбекистондаги ижтимоий ҳаёт тарзининг маҳаллий кўринишдаги шакли ҳамдир.Маҳаллалар 1917 йилгача бўлган даврда жуда кенг иш олиб бориб, маҳаллий аҳолини бирлаштирувчи, уюштирувчи ташкилий тузилма бўлиб келган. Маҳалла ўзбек халқининг кундалик ижтимоий ҳаётини ва турмушини ташкил қилишда излаб топган ва асрлар давомида такомиллаштириб келган ҳаётий амалидир. Аммо шунга қарамасдан, собиқ шўролар даврида ҳукмрон тузум ва мафкура маҳаллаларни расман тан олмади. Бироқ аҳолининг чуқур норозилигига сабаб бўлмаслик учун маҳаллаларни тақиқлаб ҳам қўя олмади, уни жамиятни бошқариш тизимига киритмади. Маҳалла ўз моҳияти, фаолияти мазмуни ва шакллари билан шарқона фикрлаш, иш кўриш тарзи каби халқимизнинг ўзига хос фазилатларини акс эттиради. Маҳаллалар аҳолини аҳил-тотув яшашга, сидқидилдан меҳнат қилишга, касб ўрганишга, шулар орқали ҳаёт кечиришни енгиллаштиришга чақиради.

105.Makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya.


Makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya. Sotsiologlar o’z fani doirasida makro va mikro sotsiologik darajalarini ajratib ko’rsatadilar. Makrosotsiologiya - (yunoncha-katta) - katta ijtimoiy
guruhlar va tizimlardagi hodisa va jarayonlarni tahlil qilishga qaratilgan fandir. Makrosotsiologiya asosan yirik ijtimoiy tizimlar, hamda uzoq davom etadigan ijtimoiy tarixiy jarayonlarni o’rganish bilan shug’ulanadi (masalan, sinflar, ijtimoiy tartibotlar, shaharlar, dinlar va hokazo).Mikrosotsiologiya - (yunoncha kichkina) - nisbatan katta bo’lmagan ijtimoiy siyosiy tizimdagi hodisa va jarayonlarni tahlil qilishga qaratilgan yo’nalish. Mikrosotsiologiya darajasida kishilarning o’zaro kundalik shaxslararo munosabatlari tahlil etiladi (masalan, rahbar-xodim, advokat-mulkdor va hokazo).

106.Maks Veberning sotsialogik qarashlari.


Uning asosiy nazariyalari bugun sotsiologiya fanining poydevorini tashkil etadi: ijtimoiy harakat va motivatsiya, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, begonalashuv, kasbga moyillik haqidagi nazariyalar. U din sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya va mehnat sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasi asoslarini, byurokratiya nazariyasini, ijtimoiy stratifikatsiya va statusli guruhlar konseptsiyasini, siyosatshunoslik va hokimiyat instituti asoslarini, jamiyatning ijtimoiy tarixi va ratsionalizatsiya haqidagi ta’limotni, kapitalizm evolyutsiyasi va mulkchilik instituti to’g’risidagi ta’limotni ishlab chiqdi. M.Veberning yutuqlari shu qadar ulkanki, ularni sanab tugatib bo’lmaydi. Ideal tiplarning kiritilishi uning metodologiya sohasidagi eng asosiy yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda M.Veber sotsiologiyasi haqiqiy uyg’onish davrini boshidan kechirmoqda. Uning falsafiy sotsiologik qarashlarining ko’p tomonlari yangidan qayta anglanmoqda.M.Veber hamda uning hamkasblari F.Tennis (1855-1936) va G.Zimmelning (1858-1918) sharofati bilan nemis sotsiologiya maktabi Birinchi jahon urushiga qadar jahon sotsiologiyasida ustunlik qildi. Angliyada jahon sotsiologiyasi faniga ijtimoiy evolyutsiya haqidagi nazariyani yaratgan va kishilik jamiyatiga tirik organizm sifatida qaragan Gerbert Spenser (1820-1903) ulkan hissa qo’shgan. F.Tennis o’zining«Jamoa va jamiyat» (1887) deb nomlanuvchi bosh asarida keyinchalik klassik tipologiyaga aylangan ijtimoiylik tipologiyasini, ya’ni bevosita shaxsiy va qarindoshchilik munosabatlari hukmron bo’lgan jamoa va formal institutlar ustuvor bo’lgan jamiyatni taklif qiladi

107.Madaniyat sotsial voqelik sifatida.


«Маданият» (арабча «маданият» — мадиналик, шаҳарлик, таълим-тарбия кўрганлик) — кишиларнинг табиатни, борлиқни ўзлаштириш ва ўзгартириш жараёнида яратган моддий, маънавий бойликлар ҳамда бу бойликларни қайта тиклаш ва бунёд этиш йўллари ва усуллари мажмуи. «Мадина» сўзи мусулмонларнинг азиз тутадиган жойи – Мадина шаҳри номидан келиб чиққан, чунки илк мусулмонлар таълим-тарбияни асосан Мадинада олганлар. Маданият моддий ва маънавий ишлаб чиқариш, ижтимоий ва ўзаро муносабатлар, сиёсат, оила, ахлоқ, хулқ, ҳуқуқ, таълим, тарбия, ижод, илм-фан, хизмат кўрсатиш, турмуш тарзи кабилар билан бирга ривожланади, жамиятнинг тараққиёт даражасини акс эттиради.Маданият тушунчаси кенг ва тор маъноларда ишлатилади. Кенг маънода – маданият тушунчаси инсониятнинг бутун тарихий тараққиёт жараёнида яратган барча моддий ва маънавий бойликларининг йиғиндисини акс эттиради. Тор маънода – маданият тушунчаси жамиятнинг маънавий-эстетик турмуши даражасини ифодалаш учун қўлланилади.

108.Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy javrayonlar.


Artyom Ulunyan Markaziy Osiyodagi siyosiy jarayonlarni yaqindan o’rganadigan mutaxassislardan. Uning kitobida nafaqat G’arb tahlilchilarining, shuningdek, Rossiya, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi rasmiy va mustaqil siyosatshunoslarning ham so’nggi 5-6 yil ichida mintaqadagi siyosiy jarayonlar bo’yicha tahlil va xulosalari keltirilgan. Kitobda “Imkoniyat boy berildimi?” degan asosiy savolga Ulunyan shunday javob beradi.“Xulosa shuki, mintaqada demokratik o’zgarishlar uchun hech qachon imkoniyat bo’lmagan ham. Imkoniyat faqatgina 2000 yildan beri Markaziy Osiyo davlatlarida demokratik o’zgarishlar bo’lishini istagan xalqaro ekspertlar xayolida, ssenariylarida bo’lgan.”
109.Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari.
Abu Nasr Farobiy o’zining “Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al - madaniya” kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o’z fikr va mulohazalarini bayon qilgan. U o’zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan.Davlat va jamiyat masalalarida davlatni ijtimoiy tizimni boshqaruvchi tashkilot deb, uni muvaffaqiyatli boshqarish esa ko’p jihatdan davlat boshlig’i, hokimning xarakteriga, fazilatlariga bog’liq deb bilgan. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb - hunarda ozod, hammaga baravar bo’ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi ozod bo’ladilar” - kabi fikrlari Farobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil qilganligidan dalolat beradi.Abu Rayhon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Minerologiya”, “Hindiston” asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan.Mineralogiya” asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy adolat to’g’risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan.

110.Milliy g‘oya milliy mafkurining sotsial munosabatlar tizimidagi o‘rni.


Milliy g’oya va milliy mafkuraning sotsial munosabatlar tizimidagi o’rni. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur qamrab olib, davlatimizni rivojlangan mamlakatlar safidan tezroq o’z munosib o’rnini egallashiga xizmat qilmoqda. Albatta, ushbu ijtimoiy jarayonning bir tekisda kechishi muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mazkur qiyinchiliklar ijtimoiy munosabatlarning alohida turi bo’lgan milliy mafkurani yaratish harakatlarida ko’proq namoyon bo’layotgani biz jamiyatshunoslarni ko’proq tashvishga solmoqda. Chunki, milliy mafkura mustaqil davlatning asosiy ma’naviy poydevorlaridan hisoblanadi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek - Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo’lmasa odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar1. Milliy mafkuramiz esa biror bir siyosiy partiya yoki ijtimoiy harakatlarning emas, balki umumxalq manfaatlarini ifodalashi juda muhimdir. Ushbu mafkuraning mazmuni va mohiyati millatimizning o’ziga xos bo’lgan tafakkur tarziga mos kelishi uni real hayotdan ajralmasligini tahminlaydi. Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga a

111.Mustaqil O’zbekistonda sotsiologiyaning rivojlanishi.


Ўзбекистонда дастлаб 1989 йилда Тошкент давлат университети фалсафа факультети таркибида социология бўлими ва кафедраси ташкил қилинди. Шу йилдан бошлаб социологлар тайёрлана бошланди ва 1994 йили 40 нафар мутахассис битириб чиқди. 1995 йилда 30 нафар, 1996 йилда 21 талаба социолог мутахассислигига эга бўлдилар. Бугунги кунда ҳар йили университетни ўртача 20-25 нафар социолог мутахассислар битириб чиқмоқда. Республикамиздаги 4 та олий ўқув юртида: М.Улуғбек номли ЎзМУ, ФарДУ, СамДУ, БухДУ ларида факультетлар қошида социолог мутахассислар тайёрланаётган бўлимлар мавжуд.ЎзМУнинг Социология кафедрасида 18 та мутахассис, социолог, профессор Н.С.Алиқориев раҳбарлигида фаолият кўрсатмоқда. 1996 йили кафедра доценти А.Ж.Холбековнинг «Шарқ ва Ғарб мутафаккирларининг социологик таълимоти» китоби «Университет» нашриётида 350 нусхада чоп этилди.
.

112.Narkomaning ijtimoiy taraqqiyotga salbiy ta’siri.


Giyohvandlik (narkomaniya). Shaxsga va jamiyatga bugun buzg’unchi ta’sir ko’rsatuvchi, og’ir sotsial oqibatlariga ko’ra giyohvandlik asosiy o’rin tutadi. Sotsiologik tadqiqotlar ko’rsatishicha, odamlar rohat olish, o’tkir hissiyotlarga kirishish uchun giyohvand moddalarga berilib qoladilar. Giyohvandlar asosan yoshlar ichida ko’p uchraydi. Tadqiqotlar yana shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik boshqa odamlar ta’siri ostida, asosan do’stlari, tanishlari orqali giyohvand moddalarga berilib qolmoqdalar. Xavfli tomni shundaki, narkotiklar qabul qilishni boshlanish etaplarida odam hech qanday yomon ta’sir, og’ir sezmaydi, aksincha giyohvand moddani qabul qilganda kayfiyat ko’tariladi. Jism shunday rohat oladiki, buni ko’pchilik sog’liqga yaxshi yordam beradi, tinchlantiradi deb o’ylaydi. Jismoniy va psixik degradatsiya bosqichida esa, ular boshi berk ko’chaga kirib qolganligini anglab etadilar. Lekin bu odatdan vos kechishga kuchlari etmaydi, unga bo’ysunib qoladilar. Giyohvandlik bilan kurashida sotsial, iqtisodiy, madaniy xarakterdagi chora-tadbirlar va shuningdek maxsus meditsinaga oid, huquqiy chora-tadbirlardan foydalaniladi

113.Nazariy va emperik sotsiologiya.


Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi.Sotsiologik tadqiqot ham nazariy, ham empirik bo’lishi mumkin. Ularni chegaralanishi shartli ravishdadir, chunki har qanday fundamental sotsiologiya nazariydir, empirik tadqiqotlar esa nazariya bilan jipslashgan o’zaro aloqalik bilan o’tkaziladi. Lekin hususiyatni ajratish va aniqlash zaruriyatdir. Agarda har qanday fundamental sotsiologiya nazariy hisoblansa, har qanday nazariya fundamental sotsiologiya hisoblanmaydi. Fundamental sotsiologiya distsiplinar muammolarga fanning poydevorining asosini o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, o’z navbatida nazariy sotsiologiyaning o’rganish obyekti sifatida ham umumiy, ham xususiy jarayonlar, jamiyat hayotinnng ayrim sohalari va faoliyatinint biror bir tomoni bo’lishi mumkin. Nazariy va empirik sotsiologik bilimlarni qabul qilish va jamiyatni tahlil qilish darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. «Nazariylashtirishni — deb yozadi taniqli amerikalik sotsiolog Dj. Terner,- shunday vositalarga taalluqli deb xisoblash mumkinki, u orqali fan deb ataladigan tafakkur faoliyati o’zining uchta asosiy maqsadini amalga oshiradi: olamda, shaklanayotgan voqealarni shunday klassifikatsiyalash (tasniflash) va tashkil qilishlikni buning natijasida ularni istiqbolda ko’ra bilishlik; o’tgan voqealarni sabablarini tushuntirish va kelajakda bo’ladigan voqealarni oldindan ko’ra bilish; voqealarni nima uchun va qanday bo’lib o’tishini «tushunishni intuitiv ravishda taklif qilish».

114.Nazariy va imperik sdotsiologiya Anomiya nazariyasining mohiyati..


Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi.Sotsiologik tadqiqot ham nazariy, ham empirik bo’lishi mumkin. Ularni chegaralanishi shartli ravishdadir, chunki har qanday fundamental sotsiologiya nazariydir, empirik tadqiqotlar esa nazariya bilan jipslashgan o’zaro aloqalik bilan o’tkaziladi. Lekin hususiyatni ajratish va aniqlash zaruriyatdir. Agarda har qanday fundamental sotsiologiya nazariy hisoblansa, har qanday nazariya fundamental sotsiologiya hisoblanmaydi. Fundamental sotsiologiya distsiplinar muammolarga fanning poydevorining asosini o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, o’z navbatida nazariy sotsiologiyaning o’rganish obyekti sifatida ham umumiy, ham xususiy jarayonlar, jamiyat hayotinnng ayrim sohalari va faoliyatinint biror bir tomoni bo’lishi mumkin. Nazariy va empirik sotsiologik bilimlarni qabul qilish va jamiyatni tahlil qilish darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. «Nazariylashtirishni — deb yozadi taniqli amerikalik sotsiolog Dj. Terner,- shunday vositalarga taalluqli deb xisoblash mumkinki, u orqali fan deb ataladigan tafakkur faoliyati o’zining uchta asosiy maqsadini amalga oshiradi: olamda, shaklanayotgan voqealarni shunday klassifikatsiyalash (tasniflash) va tashkil qilishlikni buning natijasida ularni istiqbolda ko’ra bilishlik; o’tgan voqealarni sabablarini tushuntirish va kelajakda bo’ladigan voqealarni oldindan ko’ra bilish; voqealarni nima uchun va qanday bo’lib o’tishini «tushunishni intuitiv ravishda taklif qilish».
115.O.Kontning sotsiologiyada qo’shgan hissasi.
Социология XIX аср бошларидан бошлаб ўзига хос илмий методлар асосида фалсафадан ажралиб чиқиш имконига эга бўлди. Шунга кўра социал системанинг тараққиёти ва фаолият кўрсатиш қонуниятлари ҳақидаги мустақил фан сифатида XIX аср 30-йилларида илмий муомалага «Социолгия» атамаси сўзи киритилгандан сўнг шаклланди. Жамият ҳақидаги «позитив фан» (ҳақиқий фан) яратишга уриниш Х1Х аср ўрталарида юзага келди. Социологиянинг асосчиси француз мутафаккири О.Конт социологияни жамият ҳақидаги тажрибага асосланган фан деб ҳисоблайди. Унинг ватандоши Э. Дюркгейм социологиянинг предметини социал далиллар ҳақидаги фан деб атайди.

116.O‘rta sinf tarkibi.


Sinflar, ijtimoiy sinflar — nisbatan barqaror katta ijtimoiy qatlam, guruhlar (masalan, dehqonlar, ishchilar, burjuaziya, oʻrta sinf). "Sinf", "Sinfiy kurash" toʻgʻrisidagi qarashlarning paydo boʻlishi nisbatan uzoq oʻtmishga ega, lekin sinflar konsepsiyasi XIX asrda Yevropada keng yoyilgan (K.A. Sen-Simon, O. Tyerri, F. Gizo va boshqalar). Karl Marks va Fridrix Engels sinflar mavjudligini muayyan ishlab chiqarish usuli, mehnat taqsimoti va xususiy mulk bilan bogʻladi, sinflar kurashini tarixni harakatlantiruvchi kuch deb hisobladi (qarang Marksizm, Sotsializm). Ular jamiyatni mulkdorlar (ekspluatatorlar) va yoʻqsillar (ekspluatatsiya qilinuvchilar) sinfiga ajratib tushuntirgan.
118.O‘smirlar va yoshlar jinoyatchiligi.
Hozirgi kunda o’smirlar orasida deviant fe’l-atvorni o’sishi O’smirlar ko’pincha chetga og’uvchi hatti-harakatlarni ongsiz ravishda, behosdan qiladilar. Shuning uchun ularning ko’pchiligi qilgan ishlarini mohiyatini anglab etmaydi, o’z xatosini, aybini ko’rmaydi. So’rovlar natijasiga ko’ra, o’smirlarni ko’pchiligi o’z jinoiy ishlarini sababini tashqi shart-sharoitlardan qidiradilar, tashqi dunyoni ayblaydilar, so’ralganlarni to’rtdan bir qismi o’xshash vaziyatda har biri shuday hatti-harakat qilishini aytib o’tganlar. O’smirlarni hatti-harakatida chetga og’ish hollarini asosida sotsial-madaniy ehtiyojlarni rivojlanmaganligi, ma’naviy dunyoni etishmovchiligi yotadi. Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, yoshlar deviatsiyasijamiyatdagi sotsial munosabatlarni aks ettishidir. Chetga og’uvchi fe’l-atvor sabablarini topish, sotsial yordam tizimini tashkil qilish, tushuntirish tarbiya ishlarini olib borish bo’yicha yaxshi o’ylangan, maqsadli yo’naltirilgan ishlar qilish kerak. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu - oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishdan sog’lom oila muhitini o’rni kattadir. Qolaversa, inson hatti-harakati va xulq-atvori, faoliyatini ta’lim muassasalari, mahalla, mehnat jamoasi, umumdavlat miqyosida esa qonunni himoya qilish organlari (sud, prokuratura, militsiya) ham nazorat qilib boradi va ushbu shaxsga nisbatan ijtimoiy nazorat institutlari vazifasini bajarishadi

119.O‘zbekistonda diniylik va dunyoviylik munosabatlari.


Ижтимоий ҳаётнинг муҳим жабҳаси бўлган дин ва диний эътиқод масаласи социология фанининг муҳим объеткларидан бири ҳисобланади. Социология жамият ҳаётини ўрганар экан, шу ҳаётнинг муҳим таркибий қисми бўлган ва айни пайтда унга кучли таъсир ўтказувчи омил – дин доимо унинг диққат марказида бўлган. Социология фанининг асосчиси О.Конт жамият тараққиётини даврларга бўлар экан, асосий мезонларидан бири сифатида динга мурожаат қилади. Унинг таснифида инсоният ўз ривожида уч босқични босиб ўтади. Булар қуйидагилар; теологик, метафизик ва илмий босқичлар. Конт фирича, ҳар учала босқичда ҳам дин муайян роль ўйнайди.Диннинг ижтимоий ҳаётдаги ўрин ва ролини таҳлил қилиш учун, аввало, дин ўзи нима? деган саволга жавоб топиш керак. Бу савол жўнгина туюлса ҳам унга жавоб бериш анча мураккаб. Бу саволга диншунослик, социология ва фалсафадаги турли оқимлар турлича жавоб беради. Бу жавобларнинг аксарияти эса бир-бирига зид ва бир-бирини инкор қилади

120.O‘zbekistonda etnosotsiologik bilimlarni vujudga kelishi.


Этнос тушунчаси (қадимги юнонча сўз бўлиб «халқ» маъносини англатади)- муайян ҳудудда тарихан таркиб топган, бошқалардан фарқланувчи ўз маданиятига, руҳий уйғунликка ва бошқа умумий хусусиятга эга бўлган кишиларнинг нисбатан барқарор бирлигини англатади. Демак, этносоциологиянинг тадқиқот объекти - энг аввало халқлар, миллатлар, этник гуруҳларнинг социал таркибини, бошқа этник бирликлардан фарқ қилувчи ўзига хос маданияти, турмуши, урф-одатлари, тили ва бошқа шу каби ўзига хос хусусиятларини ўрганади. Миллат, миллатлараро муносабатлар масаласи социологиядан бошқа ижтимоий-гуманитар фанлар, иқтисодиёт назарияси, политология, ахлоқ ва нафасатшунослик, тарих, этнография кабиларнинг ҳам ўрганиш объекти ҳисобланади.Этносоциологияда эса миллат ва миллий муносабатлар, уларнинг иқтисодий, сиёсий, маданий, маънавий-мафкуравий муносабатлардаги ўзаро узвий алоқадорлиги назарда тутилган ҳолда, конкрет этник муҳит доирасида, ижтимоий жамоалардаги, оиладаги, ҳудудий тартибдаги муносабатларни этник хусусиятлари доирасида олиб қараб ўрганилади. Шунингдек, миллатлараро муносабатларнинг жамият ижтимоий ҳаётига таъсири ва уларнинг социал оқибатлари тадқиқ қилинади. Шу жиҳатдан этносоциологиянинг жамиятни ўрганишдаги аҳамияти каттадир.

121.O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish.

122.Yoshlar jamiyatning alohida sotsial guruhi.


«Фарзандларимиз, ёшларимиз бизнинг нафақат ишончимиз ва келажагимиз, ёшларимиз бугунги ва эртанги кунимизнинг ҳал қилувчи кучидир» (Ислом Каримов. 2007 йил 7 декабрь).Ёшлар социологияси XX асрнинг 20-йилларида Гермонияда, АҚШда ва Францияда шаклланди. 1928 йилда К.Мангеймнинг «Авлод муаммоси» асари босилиб чиқди. Бу асар ёшларнинг социологик муаммолари илмий асосда ўрганилган дастлабки асарлардан эди.XX асрнинг 60-йилларидан ёшлар муаммоларини таҳлил қилишга ва ечишга қаратилган асарлар кўплаб чоп этила бошланди. Гермонияда ёшлар социологияси бўйича Г.Шелъскийнинг «Скептик авлод» (1957), Ф.Тенбрукнинг «Ёшлар ва жамият» (1962); Венадаги социологик институт директори Л.Розенмайрнинг «Эмпирик социал тадқиқот бўйича қўлланма» (1969), Америка социологи Д.Кемпбеллнинг «Социализация бўйича справочник» (1969), Америка социологи С.Эйзенштадтнинг «Авлоддан авлодга» (1966) асарлари ёшлар социологиясининг кенг ривожланишига таъсир кўрсатди.

123.O‘z-o‘zini nazorat qilishning muammosi.


O’z-o’zini nazorat qilish muammosi. Jamoatchilik fikri sotsial nazoratning shakli sifatida. Jamoatchilik fikri tushunchasi ma’no mazmuni nuqtai nazardan “jamoa”, “jamoatchilik”, “fikr” so’zlarining mantiqiy maqsadli uyg’unlashuvi mahsulidir. Jamoatchilik fikrini teran va to’g’ri anglamoq uchun yuqoridagi tarkib yasovchi so’z terminlar mohiyatini avval boshdan anglab olmoq muhimdir. Hozir va o’tmishda, vatanimiz yohud Horijiy mamalakatlar tadqiqotlari bu terminlar mazmuniga turlicha talqin berishib, ularga maqsaddan kelib chiqadigan ma’no yuklatib kelingan. Xususan, aksariyat tadqiqotlarda jamoatchilik fikrining tarkibiy qismi bo’lgan “fikr” tushunchasi “tasavvur”, “muhokama”, “qarashlar”, “mulohazalar”, “ishonch”, “e’tiqod”, “lafz”, “fikr bildirish”, “plyuralizm” va hokazo terminlarga sinonim tushuncha sifatida ham talqin etiladi. Fikr tushunchasining bunday har yoqlama talqini jamoatchilik fikrini tushunishda muayyan murakkabliklar tug’dirishi tabiiydir.

122.O’z joniga qasd qilish –sotsiologik muammo sifatida.


Suitsid (o’z-o’zini o’ldirish). Suitsid bu odamning o’zini-o’zi o’ldirishga harakat qilishdir. Ko’p hollarda suitsid chetga og’uvchi fe’l-atvor sifatida echilishi mumkin bo’magan muammolardan, umuman hayotdan qutulish usuli bo’lib keladi.Bunday hollar kuzatilib, o’rganilib, shunday xulosaga kelindiki, ular ma’lum darajada jins, yosh ma’lumot, sotsial va oiladagi tutgan o’rniga bog’liq holda kelib chiqadi. Suitsidlar, asosan rivojlangan davlatlarda ko’p uchraydi va bugungi kunda ularni ko’payishi kuzatilmoqda. Erkaklar orasida sodir etilayotgan suitsid hollari ayol orasidagiga qaraganda ko’proq og’ir ahvollarga olib keladi. O’z joniga qasd qilish 20 yoshgacha va 55 yoshdan oshganlar ichida uchraydi. Hozirgi o’z-o’zini o’ldirish hollari 10-12 yoshli bolalar ichida ham kuchaymoqda. Jahon statistikasiga ko’ra, suitsid fe’l-atvor ko’pincha shaharlarda, yolg’iz yashovchi odamlar orasida kuzatiladi. O’rta Osiyoda 60-yillardayoq ayollar ichida o’z joniga qasd qilish hollari kuzatilgan. Asosan o’zini yoqish ko’paygan. Buning sotsial sababi ayollarga bo’lgan noto’g’ri munosabatlar, ularga jamiyat tomonidan befarq qaralganligi turmushdagi qiyinchiliklar, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishga, ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etishda zarur shart-sharoitni yaratish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni mahalliy boshqarish organlari tomonlaridan noto’g’ri hal etilganligidir

125.O’zbekistonda barkamol Shaxsni tarbiyalash masalalari.(komil inson, altruist).


Davlatimiz boshlig’i ta’kidlagandek, “Erkin fuqaro Ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak". SHu ma’noda barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyat a’zolarining asosiy maqsadi bo’lib qoladi.
126.O’zbekistonning ijtimoiy taraqqiyot yo’li.
Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
127.OAV va jamoatchilik fikri.
Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. Demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati katta. O’zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, unga to’rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta.
128.Ochiq va yopiq jamiyatlar.
Ochiq va yopiq jamiyat. Ochiq - demokratik jamiyat bo’lib tashqi muhit sharoitlarida oson o’zgaruvchi va moslashuvchi, tanqidni yorib o’tmoqqa moslashgan jamiyat. Yopiq jamiyat - dogmatik-avtoritar rejim asosida bo’lib, sehrli (magik) tafakkur, dogmatizm va kollektivizm tamoyillari bilan harakterlanadi.

129.Ogyust Kont pozitiv sotsiologiyaning asoschisi.


O.Kont - pozitiv sotsiologiyaning asoschisi, uning sotsiologiyani mustaqil fan sifatida yaratishdagi dastlabki rejalari. Sotsiologiya fan sifatida XIX asrning 30-yillarida shakllanib, bu tushuncha fanga frantsuz faylasufi Ogyust Kont tomonidan kiritilgan. Sotsiologiya ijtimoiy falsafaning masalalarini yanada konkretlashtirish, empirik sotsial tadqiqotning rivojlanishi oqibatida shakllandi. Frantsuz faylasufi O. Kont (1798 - 1857) tomonidan 1839 yilda "Pozitiv falsafa kursi" asarining uchinchi tomi chop etilgandan boshlab "sotsiologiya" faniga asos solindi. U o’z asarida birinchi bor jamiyat hayotini o’rganish vazifasini bajaradigan "sotsiologiya" tushunchasini qo’llagan. Shuning uchun O. Kontni sotsiologiyaning asoschisi - «otasi» deb ham atadilar. O. Kont o’z ta’limotini pozitiv, ya’ni ilmiy asoslangan falsafa deb baholaydi.Dastlab pozitiv bilim tabiiy fanlar sohasida qo’llanilgan bo’lib, keynchalik sotsiologiyada qo’llanildi. "Pozitiv usul" bu ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usullari yordamida to’plangan empirik ma’lumotlarni nazariy tahlil qilishdan iboratdir.

130.Oila institutining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni va roli.


Фанда оилага қуйидагича таъриф берилади: «Оила – инсонларнинг табиий биологик, никоҳ, қон-қариндошлик, иқтисодий, ҳуқуқий, маънавият муносабатларига асосланган, турмуш бирлиги ва ўзаро жавобгарлик ҳис-туйғулари орқали боғланган ижтимоий гуруҳдир». Оила – кишилар ҳаётининг энг муҳим қисми, жамиятнинг кичик ҳужайраси, ижтимоий – маданий организм. Оила – кишиларнинг табиий – биологик (жинсий муносабатлар, уй – рўзғорни бошқариш), ҳуқуқий (масалан, никоҳни фуқаролик ҳолатларида қайд этиш), маънавий (эр-хотин, ота-она ва болалар ўртасидаги севги, меҳр-муҳаббат туйғуси ва шу кабилар) муносабатларига асосланган бирлик. Никоҳ ва оила муносабатлари қадимги даврлардан бошлаб илмий тадқиқотлар манбаининг бир йўналишини акс эттириб, социал тизимни ташкил этувчи социал инстиутларнинг алоҳида фукцияга эга бўлган бир бўлаги ҳисобланади.

131.Oilada gender munosabatlari.


Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra [1], gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi[2]. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.
132.Oilaviy va mulkiy munosabatlarda gender tenglikning ta’minlashning huquqiy asoslari.

133.P.A.Sorokinning sotsial stratifikatsiya nazariyasi.


P. Sorokinning sotsial stratifikatsiya to’g’risidagi nazariyasi.Stratifikatsiya asoslari va mezonlari: iqtisodiy xolat, mavqe, ta’lim va hokimiyat. Stratifikatsiya sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi, ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi belgilari tizimini o’zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikatsion yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning asosan mulkka bo’lgan munosabat asosida tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvini inkor etib jamiyat, ma’lumot, ruhiyat, maishiy shart sharoitlar, bandlik darajasi, daromad ko’lamlari va boshqa belgilarga ko’ra tabaqalanishini asoslab beradilar. Ular yuqoridagi belgilarga ko’ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan tashqari, yuqori tabaqa, o’rta tabaqa va quyi tabaqa doimiy amal etishini ta’kidlaydilar. Har bir ijtimoiy guruh, ayrim olingan shaxs ham jamiyat ijtimoiy tarkibida o’z o’rniga ega. Shaxs o’zining jinsi, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, ma’lumoti, mutaxassisligi, oilaviy ahvoli, millati va boshqa shu kabilar bilan muayyan ijtimoiy tarkibga kiradi .Jamiyatning ijtimoiy tarkibi - ijtimoiy guruhlar, ularning ijtimoiy hayotdagi o’z mavqei bilan farq qiluvchi tomonlari majmuidan iborat.

136.Platonning ideal jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari


PLATON (Platon) Afinalik, Aflotun (haqiqiy ismi Aristokl; mil. av. taxminan 427.27.5 — Afina — 347) — yunon faylasufi, platonizm asoschisi.P. qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. P. davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. P. toʻrtta asosiy fazilatni farq kiladi:
135.Qishloq aholisini ish bilan ta’minlashni yaxshilash muammosi.
Бугунги кунда (2009) мамлакатимизда иш билан банд бўлган жами аҳолининг 46 фоиздан кўпроғи айнан кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик соҳасида меҳнат қилаётганлардир. Аҳолини иш билан таъминлаш муаммоларини ҳал қилишда ҳам жиддий сифат ўзгаришлари кўзга ташланмоқда. Биз учун ўта долзарб бўлган бу масалани ечишда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни жадал ривожлантириш билан бирга, хизмат кўрсатиш соҳаси ва касаначиликнинг турли шаклларини кенг жорий этиш, қишлоқ жойларда чорвачиликни ривожлантиришни рағбатлантиришга алоҳида аҳамият берилмоқда. 2008 йил мобайнида юртимизда 661 мингга яқин, жумладан, кичик бизнес соҳасида – 374 мингта, хизмат кўрсатиш ва сервис соҳасида - қарийб 220 мингта, касаначилик ҳисобидан эса – 97 минг 800 та янги иш ўрни яратилди.

136.Qon-qarindoshlikka asoslangan guruhlar: urug‘, qabila, oila, elat, millat.


Qon-qarindoshlikka asoslangan guruhlar: urug’, qabila, qarindoshlar, oila, elat, millat.Urug’ - kishilarning umumiy qon qarindoshligiga asoslangan va muayyan xo’jalik aloqalari bilan bog’langan tarixiy shaklidir. Urug’ ichida ishlab chiqarish qurollari va vositalari umumiy bo’lgan.Qabila - odamlar uyushmasining yuksakroq shakli bo’lib, o’z ichiga ko’p sonli urug’larni kiritadi. Ular o’zining tili yoki shevasi, hududi, rasmiy tashkillashuv shakli (oqsoqol, qabila kengashi) va umumiy marosimlariga ega bo’ladi. A’zolar soni bir necha ming kishigacha etishi mumkin.Oila - kishilarning nikoh va qarindoshchilik munosabatlariga asoslangan eng kichik ijtimoiy guruhi bo’lib, jamiyatda farzandlar tarbiyasi va boshqa ijtimoiy muhim ehtiyojlarni amalga oshiradi. Oilada umumiy xo’jalik yuritilib, yagona byudjet shakllanadi.Elat - ijtimoiy taraqqiyot pillapoyasida qabila va millat orasida turadigan etnik birlik bo’lib asosan quldorlik tuzumi davrida shakllangan va kishilarning til, hudud, iqtisod va madaniyat yaqinligiga asoslanadi. Elatlar son jihatdan qabiladan ancha yirik bo’lib, qon qarindoshlik aloqalari butun elatni qamrab olmaydi.Millat - yagona til, hudud, madaniyat, iqtisodiyot va milliy ruhiyat negizida shakllanadigan kishilarning yirik guruhlari bo’lib, asosan yangi davrda paydo bo’ladi. Bu davrda yuksak siyosiy tashkillashuvga ega bo’lgan sinflar, ichki bozor va yagona xo’jalik aloqalari yuzaga keladi. Milliy adabiyot, san’at, milliy fikrlash tarzi paydo bo’ladi. Millatlar elatlarga qaraganda yanada ko’p sonli kishilar uyushmasi hisoblanadi

137. Qonun ustuvorligi tushunchasi va uni ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri.


Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib,

138.Rasmiy va norasmiy institutlar.


Rasmiy institutlar- bu funktsiyalar doirasi, vositalari va usullari qonunlar yoki boshqa normativ -huquqiy hujjatlar, rasman tasdiqlangan buyruqlar, qoidalar, qoidalar, nizomlar va boshqalar bilan tartibga solinadigan muassasalar.Norasmiy tashkilotlar- bu funktsiyalar, vositalar va faoliyat usullari rasmiy qoidalar bilan belgilanmagan institutlar (ya'ni ular maxsus qonunchilik va boshqa qonun hujjatlarida aniq belgilanmagan va mustahkamlanmagan)

139.Barkamol avlod tarbiyasida oila o’rni va roli.

140.Rol va statusning moss kelishi.
Статус ва роллар ёндашуви асосчиларидан бири Р.Линтон социал статусларни икки ёклама маъно касб этишини курсатади. Унга кура, хар бир инсон узини ураб турган ижтимоий иерархияда муайян статусларни эгаллайди, у бир пайтнинг узида: (рахбар, ота, харидор, сиёсий арбоб) каби бир нечта статусларни амалга оширади. Баъзан индивид узаро зид статусларни хам эгаллайди. Бундай холларда у ушбу статуслардан бирини танлашга мажбур булади.Социал статус индивиднинг ижтимоий тизим доирасида муайян урни, позицияси, макомини англатади. Р.Линтон таъбири билан айтганда, муайян ижтимоий иерархиядаги индивид ёки, гурухларнинг статуси, ушбу ижтимоий тизим: касб, жинс, ёш, ижтимоий келиб чикиш, оилавий шароит, каби социал мезонлар билан шартланганлигини курсатади. Бу маънода статус куп киррали категория сифатида намоён булади. М.Вейбер статусларнинг асосий тавсифи сифатида: турмуш тарзи, касб хдмда машFулот турини курсатади.
141.Saharq jamiyatida sotsial tabaqalanish masalalari.
Ҳозирги пайитда мазкур ижтимоий қатлам вакилларининг сезиларли қисми кичик ва ўрта бизнес билан шуғулланади, технологик замини уларнинг профессионал малакасига мутаносиб бўлмаган кичик корхоналар ва кооперациялар негизида фаолият юритади.Мазкур ижтимоий қатлам, иқтисодда уларнинг ижтимоий мақомини қайта тиклашга қодир янги соҳа юзага чиқиши билан ўзи жамулжам этган профессионал - малака салоҳиятини максимал даражада ишлатишга тайёр туради. Ижтимоий табақалашув турлари. Жамиятнинг иқтисодий тузилиши ва ижтимоий таркиби ўзаро яқиндан боғлиқдир. Иқтисодий муносабатларнинг ўзгариши ижтимоий тартиб ўзгаришсиз содир бўла олмайди. Иқтисодий муносабатларни айри равишда ўзгартиришга уринишлар аҳоли қаршилигига сабаб бўлмаса ҳам, сустлигига дуч келиши мумкин. Жамиятнинг ижтимоий қатламлашуви икки шаклда намоён бўлади: 1. Инсонларнинг профиссионал-таълим савиясига асосланган профиссионал малакали шакл. 2. Даромад даражасига қараб тақсимланишига асосланган иқтисодий шакл.Профиссионал - малакали ижтимоий табақалашув эса ишчи бажараётган шу фаолиятнинг мураккаблиги, ақлий салоҳияти, жамият учун муҳумлиги ва аҳамиятини

142.San’at institutlarning vazifalari.


Sanʼat — ijtimoiy ong va inson faoliyatining oʻziga xos shakli. Sanʼat qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogʻliq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy sanʼatning dastlabki izlari soʻnggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40—20-ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali sanʼat inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki maʼnaviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning oʻsishi natijasida sanʼat alohida soha sifatida asta-sekin ajrala bordi.
143.Begonalashuv muammosi Sotsiologiya fanining muhim masalasi sifatida.
Jamiyat hayotidagi turli xil begonalashuv jarayonlari tezroq ilmiylik va uyg’unlik asosida bartaraf qilinsagina, jamiyat ijtimoiy sog’lom sharoitda taraqqiy etadi va salbiy hodisalarning tahsiri o’z vaqtida bartaraf etiladi. Masalan, mehnatdan begonalashishni bartaraf etish uchun birinchi navbatda insonlarning o’z mehnatlari natijalaridan manfaatdor bo’lishlari va uning oqibatida esa mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirib, ularni qiziqish va kuch g’ayrat bilan ishlashlarini tashkil etish kerak. Ishlab chiqarishni boshqarishdan begonalashuv muammosini bartaraf etish ham juda muhim ma’no kasb etadi. Buning uchun ishlab chiqarish munosabatlarini chuqur demokratiyalashtirish, korxona, tashkilot va muassasalardagi mavjud boshqaruv tizimlarini ijtimoiy adolat me’yorlari bilan takomillashtirish va ishchi xizmatchilarga xo’jalik egasining aniq vazifasi, huquqi hamda mas’uliyatlarini topshirish kerak.Madaniyatdan begonalashuvni bartaraf etish uchun madaniy merosga munosabatni takomillashtirib borish, jamiyatning har bir ahzosi mahnaviy qadriyatlardan yaxshi xabardor bo’lishi va madaniy qurilishga yetarli mablag’ ajratilishini tahminlash zarur. Ijtimoiy begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarni bir-birlari bilan munosabatlari, muammolarini haqiqiy birdamlik va hamkorlik asosida qurish kerakki, shunda har bir inson boshqalar uchun kerakliginichin yurakdan his qilsin. Ruhiy begonalashuvni bartaraf etish choralari ijtimoiy begonalashuvni bartaraf etishning uzviy davomidir. Inson o’zini kimgadir kerakligini ruhan seza olsagina u hech qachon tushkunlikka tushmaydi va yakkalanish, iztirobga tushish xavfidan halos bo’ladi. Oqibatda uni o’z-o’zidan, o’z mohiyatidan begonalashuviga deyarli hech qanday sabab qolmaydi.

144.Sh.Mirziyoyev asarlarida ijtimoiy taraqqiyot masalalari.( Xalq manfaati, ijtimoiy adolat).


Avvalo shuni aytish kerakki, oʻz yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni oʻz oldiga qoʻygan har qanday xalq, har qanday millat ogʻir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtadi.Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan oʻzbek xalqi ham 1991-yil 31-avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritdi.Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan keyin ana shu qutlugʻ sananing 30 yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlaymiz.Bu shonli bayram oldidan mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joylarda keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shiddat bilan olib borilmoqda. Jumladan, poytaxtimizga tutash 100 gektardan ortiq ulkan hududda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal surʼatlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulugʻ, eng aziz bayramimizni mana shu yangi maydonda oʻtkazamiz.
145.Sh.Mirziyoyevning ,,Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz’’ asarining mazmun-mohiyati.

146.Sharq mutafakkirlarining sotsiologik ta’limoti.


Movaraunnahrda tabiat va jamiyatni sotsiologik anglash va o’rganish ulug’ mutafakkir Al-Farobiy tomonidan jiddiy kengaytirildi. U Abu Mansur alMoturidiy tomonidan ilmiy-teologik jihatdan asoslangan inson erki nazariyasini yanada rivojlantirdi. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insonlik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil shaxs voqea va xodisalarning
mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag’ishlashga mas’ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab beradi. Farobiy olamni anglashda vorisiylik omilini juda katta kuchga ega ekanligini alohida qayd etadi. Uning fikriga ko’ra, inson barcha haqiqatlarni o’zining qisqa umri davomida anglashga, tabiat va jamiyatning barcha siru-asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shu boisdan u o’zidan oldinga ajdodlari tomonidan bildirilgan fikr-xulosalarni boricha shubhalanmay o’zlashtirishi zarurligi, ilm-ma’rifat bobida etuk donishmandlar fikrlariga ergashishi lozimligini alohida ta’kidlaydi. Farobiy jamiyatning boobro’ shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlaridir, deb hisoblaydi. Farobiy o’sha paytdayoq ijtimoiy fikrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy sotsiologiyada ko’p qo’llanuvchi ekspertlar, ya’ni o’z davrining yetuk donishmandlari fikrlariga tayanib ish tutish zarurligiga urg’u beradi. «Donishmandlarga ishonib, ularga ergashuvchi odamlar o’sha narsalarni donishmandlar bilganday bilib oladilar. Zero, donishmandlarning bilimlari, eng yaxshi bilimlardur»1.

147.SHarq jamiyatlarida sotsial tabaqalanishi muammolari.


Ҳозирги пайитда мазкур ижтимоий қатлам вакилларининг сезиларли қисми кичик ва ўрта бизнес билан шуғулланади, технологик замини уларнинг профессионал малакасига мутаносиб бўлмаган кичик корхоналар ва кооперациялар негизида фаолият юритади.Мазкур ижтимоий қатлам, иқтисодда уларнинг ижтимоий мақомини қайта тиклашга қодир янги соҳа юзага чиқиши билан ўзи жамулжам этган профессионал - малака салоҳиятини максимал даражада ишлатишга тайёр туради. Ижтимоий табақалашув турлари. Жамиятнинг иқтисодий тузилиши ва ижтимоий таркиби ўзаро яқиндан боғлиқдир. Иқтисодий муносабатларнинг ўзгариши ижтимоий тартиб ўзгаришсиз содир бўла олмайди. Иқтисодий муносабатларни айри равишда ўзгартиришга уринишлар аҳоли қаршилигига сабаб бўлмаса ҳам, сустлигига дуч келиши мумкин. Жамиятнинг ижтимоий қатламлашуви икки шаклда намоён бўлади: 1. Инсонларнинг профиссионал-таълим савиясига асосланган профиссионал малакали шакл. 2. Даромад даражасига қараб тақсимланишига асосланган иқтисодий шакл.

148.Sharq mutafakkirlarining sotsiaologik nazariyalari.


1. Муҳаммад ибн Мусо Хоразмий (783-850) - Марказий Осиёнинг жаҳонга машҳур олимларидан бири. У қомусий олим сифатида дунёга танилади. Кўпроқ Боғдодда яшаган. Халифа Маъмун раҳнамолигида Шарқнинг фанлар академияси – Байтул-ҳикма» («Донишмандлар уйи»)да ишлади. У бу ерда жуда кўплаб математик, астрономик кузатишлар олиб борди. Хоразмий “Илмлар калитлари” асарида илмларни 2 қисмга: 1) анъанавий араб илмлари ва 2) ажам (араб бўлмаган) илмларга ажратган. Хоразмий алгебра фанининг асосчисидир «Алгебра» сўзи у томонидан кашф этилган, тенгламаларни ечиш методи эса «алжабр» билан боғлиқдир.2. Абу Наср Форобий (873–950). У ўзининг кўплаб ижтимоий фикрлари билан социологик билимлар ривожига катта ҳисса қўшди. Унинг «Фозил шаҳар аҳолиси қарашлари ҳақида китоб», «Сиёсат ал-Мадания» каби асарларида олижаноб жамият, адолатли тузум, одил ҳукмдорлар ҳақидаги фикр-мулоҳазалар баён этилган. У ўзи яшаган даврнинг ижтимоий тизимини, унинг зиддиятлари ва бу зидддятларнинг келиб чиқишидаги муаммоларни назарий жиҳатдан таҳлил қилишга уринган. Форобий социологияга доир қуйидаги ўгитларни ёзиб қолдирган:

149.Sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya.


Ijtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy o'rnatilishini kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari ijtimoiy psixologiyada voqeiylik falsafiy nuqtai nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etiologiya, kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos boʻlib xizmat qilgan. 19-asrning 2-yarmida ijtimoiy psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan ijtimoiy psixologiya 1908-yildan fan sifatida tan olingan.
150.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchim asosiy omillar.
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar. Shaxs kishining hayot kechirishi sharoitlarida sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar ta’sirida faoliyat jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanishida guruhlar va jamoalar etakchi rol o’ynaydi. Shaxsning shakllanishi, birinchidan, uning rivojlanish davr va uning natijasi, ikkinchidan, shaxsning maqsadga yo’naltirilgan tarzda tarbiyalanishidan iboratdir. Shaxsning rivojlanishini uning faoliyatida o’zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlarda aniklanadi.Shaxs - o’ziga xos intellektual, emotsional, irodaviy-shaxsiy belgi va sifatlarga ega bo’lgan subyekt. Bu belgi va sifatlar muayyan sotsial-iqtisodiy formatsiyaning mahsulidir. Shaxs o’tmish tarixiy tajribani, o’tmishdagi madaniy boyliklarni o’zida to’playdi. «Shaxs - barcha ijtimoiy munosabatlarning yigindisidir». Jamiyatdan tashqari-dagi shaxs norealdir. Shaxsning shakllanishida:

151.Shaxs sotsial munosabatlar mahsuli sifatida


Shaxs ijtimoiy munosabatlarning mahsuli sifatida. Shaxs ma’lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki sababi hamdir. Jamiyatning tarixiy shakllangan turining iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va sotsial sifatlari o’zgaradi va turlicha namoyon bo’ladi. Har bir shaxsning sotsial sifatlari uning amaliy faoliyatining mazmun va xarakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofidagi muhitning o’ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial xususiyatlar shaxsning ichki holati ta’sirida uning faoliyatida o’rab turgan voqelikka shaxsiy munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Sotsial xususiyatlar bu ma’lum bir muhim sharoitlarda individlar o’rtasidagi o’zaro ta’sirlar jarayonida yuzaga keladigan aloqalar sistemasidir. Shaxsning sotsial xususiyati kishining faoliyati va hatti-harakatida, uning sotsial sifati shaklida namoyon bo’ladi. Shaxsning sotsial sifatida o’zida ma’lum tarzda o’zaro bog’liq va shaxsning boshqa odamlar bilan konkret tarixiy sharoitlarda ma’lum tarzda shartlangan elementlari majmuasini namoyon qiladi. Shaxsning sotsial sifatlarini tashkil qiluvchi elementlarga: shaxs faoliyatining sotsial belgilangan maqsadi; o’z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar; foydalaniladigan belgilar sistemasi; o’z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilishi uchun yordam beruvchi bilimlar majmuasi; bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi kiradi

152.Sotsiologiyaning ijtimoiy vazifalari.


Sotsiologiya fani bugungi kunda muxim va tеzkor rivojlanish bosqichida turibdi. Mazkur fanning turli muommalari faylasuflar, tarixchilar, pеdagoglar, iqtisodchilar va kеng jamoatchilik tomonidan atroflicha o'rganila boshladi. Bunday qiziqish mustaqillikni mustaxkamlashning xozirgi bosqichida turli ijtimoiy siyosiy masalalarni yangicha baholash yuzasidan sotsiologiya fani imkoniyatlariga bolgan ijtimoiy ehtiyojlarning kеskin ortishi bilan izoxlanadi
153.Shaxs sotsiologiyasining o‘ziga xos xususiyatilari.
shaxsining Sotsiologiya - bilan shug'ullanuvchi Sotsiologiya maydoni bo'lgan usullar, o'rganish mexanizmlari, individual o'zaro va jamiyatda munosabatlar strategiyasi. shaxs ijtimoiy olimlar (jamiyat va ijtimoiylashtirish bilan moslashtirish jarayoni bilan bog'liq) butun jamiyat, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni tuzilishini o'rganish. Shuningdek, shaxsi sotsiologiyasi maqsadli ijtimoiy majmui sifatida tushuniladi shaxs nazariyalari (mentalizing, holati-roli, kulturologizirovannye va boshqalar).
154.Shaxs to‘g‘risidagi asosiy sotsiologik nazariyalar.
Социология тарихида ўзининг методологик қурилмаси жиҳатидан фарқ қилувчи шахс тўғрисидаги назариялар ишлаб чиқилган.Карл Маркс ва Ф. Энгелъс томонидан асос солинган шахс ижтимоий фаолият ва муносабат субъекти ва объекти тўғрисидаги назарияси, Ч.Кули, Р.Дарендорф, Р.Милтон, Р.Мертонларнинг шахс роли назарияси ва бошқа шу кабилар.1. Шахс ижтимоий фаолият, муносабат субъекти ва объекти тўғрисидаги марксистик назарияда асосий эътибор шахс ва жамиятнинг ўзаро муносабатига қаратилган. Марксистик социологияда шахснинг моддий фаолияти жараёнида юзага келувчи ва онгининг муайян хусусиятларини акс эттирувчи субъектив жиҳатлари кўпроқ тадқиқ қилинган.2. Америка социологлари: Т.Знанецкий ва Ч.Томаслар асос солган шахс ижтимоий ҳулқини ўз-ўзини бошқаришининг диспозицион назариясида шахс ҳаётидаги дунёқарашлик ва қадрятли - норматив омилларга кўпроқ аҳамият берилади. Бу назарияга кўра, шахс онги унинг ҳаётий ўрнини белгилайди. Шахс дунёқараши, ижтимоий қадрияти, ғоявий ва маънавий нормалар унинг фаолиятини белгиловчи асосий омиллардир. Кўриниб турибдики, шахс тўғрисидаги бу назарияда шахснинг социологик ва ижтимоий психологик хусусиятлари бир қилиб олинган.

155.Shaxs tushunchasining turli fanlardagi ta’siri.


Фалсафа шахсни фаолият субъекти, онг ва ижодиёт сифатида тутган ўрни, нуқтаи-назаридан қараб чиқади. Руҳшунослик - шахсни руҳий жараёнлар, хусусият, қобилият, ирода сифатлари ва бошқа жиҳатлардан барқарор яхлит ҳолда ўрганади.Социологик ёндашув шахснинг социал-типик жиҳатини ажратади. Шахс социологик назариясининг асосий масаласи шахснинг шаклланиш жараёни ва унинг эҳтиёжларини қондириш, социал бирликда ривожланиши ва амал қилиши, жамият билан шахс алоқалари, шахс ва гуруҳлар, шахснинг социал феъл-атворини, тартибга солиш қонуниятларини ўрганиш билан чамбарчас боғланган. Бу ерда, социологияда шахсни ўрганишга айрим умумий тамойилар нуқтаи-назаридан ёндашув ифодаланган.Социология шахсга оид кўпгина назарияларни ўз ичига олган бўлиб, улар бир-бирларидан қатъий методологик кўрсатмалар орқали фарқ қиладилар.

157.Shaxs va jamiyat o‘zaro aloqadorlik.


Ҳозирги даврда жамиятимизда шахснинг қуйидаги белгилари мавжуд:1. Биринчи группа шахс белгиси: жамиятга, сиёсатга муносабати билан боғлиқ (Ватанга садоқат, ўлка бойлиги хўжайини эканлигини англаш, оптимизм, мақсад сари интилиш, интизомлилик, уюшқоқлилик, актив ҳаётий позиция ва бошқа).2. Иккиичи группа шахс белгиси: унинг ўз фаолиятига бўлган муносабати билан ҳарактерланади (Меҳнат қилиш, сўз билан иш бирлиги, билим олишга интилиш, маданиятга интилиш, меҳнатда ташаббускорлиги ва бошқа).3. Учинчи группа шахс белгиси: унинг бошқа кишиларга бўлган муносабати билан боғлиқ (Кишиларни ҳурмат қилиш, қардошлик, туғрилик, ахлоқийлик). Шахснинг асосий хислатлари, булар:- онглилик;- маънавий бойлик;- ижтимоий муносабатлар;- жамиятга нисбатан нисбий мустақиллик;- жавобгарлик.Инсоннинг ижтимоий сифатларини белгиловчи омиллар:1) ижтимоий мақсади:а) эгаллаб турган мақоми;б) бажараётан ижтимоий роли;в) нормалар ва қадриятлар:- маданият;- инсон фойдаланадиган белгилар тизими;- билимлар;- билим ва махсус тайёргарлик даражаси;- ижтимоий-психологик ўзига хосликлар;- ечимни қабул қиладиган мустақиллик;- фаоллик.

158.Shaxs xususiyatlarining shakllanishi.


Бугунги кунда, айниқса Президентимиз Ислом Каримов 2000 йил Олий Мажлис 2-чақириқ 1-сессиясининг 2-йиғилишида (11 февралдаги) раҳбар кадрлар қуйидаги хислатларга эга бўлишини алоҳида таъкидлаган эди:1. Шахсий хислатлар:1) ижтимоий манфатларни уз шахсий манфатидан юқори қўйиши;2) адолатлилик;3) ўз қўл остидагиларга ҳурмат билан қараш;4) меҳнат жамоасида қулай психологик муносабатни вужудга келтириш;5) одамлар билан осонликча тил топиша билиш;6) умумий маданият савиясининг юксаклиги;7) босиқ бўлиш;8) ўзига ишонч ва ҳоказо. 2. Амалий хислати:1) фикрининг тиниқлиги;2) янгиликни қабул қила билиш;3) ташаббускорлик қобилияти;4) ташкилотчилиги;
159.Shaxs, inson va individ tushunchalari.
Шахс»-одамнинг ижтимоий хусусиятларининг яхлит мажмуи бўлиб, ижтимоий тараққиёт ва индивиднинг фаол хатти-ҳаракати ҳамда муомаласи воситасида ижтимоий муносабатлар тизимига қўшилишининг маҳсули ҳисобланади. «Инсон» тушунчаси: Инсон - ўзини англаган, жамиятда яшаш қобилиятига эга бўлган улуғ зотдир. Инсон атамаси умумий, ҳамма учун хос бўлган сифат ва қобилиятини изоҳлаш учун қўлланилади. Бу тушунча дунёда мавжуд бўлган, тарихан ўзига хос шундай ривожланаётган бирликки, инсониятни англатиб, у бошқа ҳамма моддий тизимлардан фарқли ўлароқ ўзига хос ижтимоий фаолият усуллари билан фарқ қилади. Ушбу ҳаётий фаолият усули туфайли инсон тарихий ривожланишнинг ҳамма босқичларида, дунёнинг барча нуқталарида ўзига ўхшаш бўлган антологияга оид ҳолатни сақлаб қолади.

160.Shaxs, inson va individ tushunchalarini o‘zaro aloqadorligi.


Ҳар қандай ижтимоий тизимнинг бўлаклари одамлар ҳисобланади. Одамларнинг жамиятга киришлиги турли бирликлар орқали амалга оширилади. Ҳар бир аниқ шахс социал гуруҳлар, социал институтлар, социал ташкилотлар жамиятда қабул қилинган қоида ва қадриятлар тизими, яъни маданият орқали гавдаланади. Шунга мувофиқ инсон кўп социал тизимларга тортилган бўлиб, уларнинг ҳар бири унга шакллантирувчи таъсир кўрсатади. Шундай қилиб, одам фақат социал тизимнинг бўлаги бўлибгина қолмай, унинг ўзи ҳам мурккаб тузилмали тизимда акс этади. Социология шахсни барча хилма-хилликдаги мажмуида эмас, яъни табиат маҳсули сифатида эмас, балки ижтимоий муносабатлар йиғиндиси, жамият маҳсули сифатида қараб чиқади. «Жамиятни ислоҳ қилиш ва янгилаш бўйича кўп қиррали фаолиятимиз марказида инсон, суверен Ўзбекистоннинг фуқароси туради. Ислоҳотларнинг мазмуни айни ҳар бир фуқаро ўз қобилиятини, ўз истеъдодини намоён этишига, шахс сифатида ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлишига қаратилган».Шахс социал ўзаро таъсир ва муносабатларнинг бирламчи омили бўлиб ҳисобланади. Шу жиҳатдан қараганда шахснинг ўзи нима? Бу саволга жавоб бериш учун, аввало, «одам», «инсон», «индивид», «шахс» тушунчаларини бир-биридан фарқлаб олиш керак

161.Shaxs, jamiyat va davlat sotsiologiyasi


Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Ijtimoiy faoliyatning belgilangan sotsial statusiga ega bo‘lgan, o‘zida ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni aks ettirgan, individual sifatlarga, shaxsning ijtimoiy belgisi, qiziqishlari, qadriyatlar yo‘nalishi, shaxs motivlari va hokazo ega bo‘lgan shaxslar jamiyatning elementi hisoblanadi.Jamiyat umumiy tabiiy-tarixiy tizim sifatida o‘zida ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy munosabatlarning ijtimoiy, mafkuraviy, siyosiy strukturalarining organik birligini tashkil etadi. Kishilarning turli ijtimoiy guruhlarining o‘zaro birligi yoki jamiyat tizimining tabiiy-tarixiy xarakterini belgilashda muhim omil hisoblanadi. Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma’lum bir funksiyalarni bajaradi: iqtisodiy munosabatlar – ijtimoiylashuvini /sotsializatsiya/, siyosiy munosabatlar – ijtimoiy boshqaruvni /elementlar nazorati/, mafkuraviy munosabatlar – ma’naviy ishlab chiqarish funksiyasini va b.
162.Shaxsning o‘z-o‘zini hurmat qilish.
Shaxsning o’z-o’zini hurm at qilishi. Shaxs ijtimoiy mavqei uning tashqi xulqida, tashqi qiyofasida, yurish turishida va hatto muomalasida ham o’z ifodasini topadi.Shaxsning ijtimoiy roli nazariyasida belgilangan va erishilgan ijtimoiy mavqelari o’zaro farqlanadi. Belgilangan mavqe - bu shaxs xizmati va xattiharakatidan qat’iy nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo’yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug’ilgan joyi, oilasi, jinsi va boshqalar shular jumlasidandir. Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o’z xatti-harakati, qabiliyati bilan erishgan mavqei tushuniladi. Masalan, yozuvchi, firma boshligi, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqei ham o’rganiladi. Shaxsning erkak va ayol, bolalik, o’smirlik, yoshlik, o’rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy lavozim mavqei shaxsning ijtimoiy - iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holati (muhandis, temirchi, haydovchi va boshqalar)ni bildiradi.Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret o’rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Bunday shaxs tipiga «yuqori»ga ko’r-ko’rona, so’zsiz bo’ysunish, dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o’z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish yo’lida har qanday qabihlikdan

163.Shaxsning shakllanish jarayonlari.


Шахснинг шаклланишида:1) шахснинг ривожланиш даври ва унинг натижаси.2) шахсни мақсадга йўналтирилган тарзда тарбияланишидан иборатдир. Шахснинг ривожланишини унинг фаолиятида ўзгариб турувчи эҳтиёжлари билан уларни қондиришнинг имкониятлари ўртасидаги зиддиятларда аниқланади.Ҳозирги шароитда инсонга ижтимоий муҳит кўрсатаёган таъсирини қуйидагича тасниф этиш мумкин:Биринчидан, ҳар бир инсонга бўлган глобал таъсир, яъни радио, телевидение, матбуот, кино ва ҳоказолар орқали ахборот алмашинуви.Иккинчидан, мамалкат ва минтақа миқёсидаги ижтимоий таъсир инсонни мавжуд шарт-шароитлар доирасида инсон дунёга келишидан то ҳаётдан кўз юмгунигача ўз орбитасида тутиб туради.Учинчидан, инсонни аввал бошидан ўраб турган микромуҳит – оила, мактаб, кўча ва ҳоказолар ўз таъсирига олади.

164Shaxsning sotsiologik jarayonlari.


165.SHiddatli islothotlarning mazmun-moxiyati.
Islohot — ijtimoiy hayotning biron-bir tomoni (tartiblar, idoralar, muassasalar)ni oʻzgartirish, qaytadan tuzish. Islohot rasman — har qanday mazmundagi yangilikni joriy etish hisoblansada, aslida isolohot deyilganda koʻp yoki oz darajadagi ilgʻor qayta oʻzgartirish nazarda tutiladi. Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy oʻzgarishlarning pirovard maqsadini vaziyatdan kelib chiqqan holda toʻgʻri belgilab olish muhimdir. Islohotlar turli mamlakatlarda ularning geografik joylashishi, iqlimi, iqtisodiy, intellektual salohiyati, maʼnaviyati, madaniyati, milliy xususiyatlari va boshqa oʻziga xos omillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, madaniy, maʼrifiy, huquqiy va shu kabi sohalarida alohida yoki bir necha soqalarida bir yoʻla islohotlar qilinishi mumkin. Islohotlar vaziyatga qarab tadrijiy tarzda, bosqichma bosqich amalga oshirilsa muvaffaqiyatli boʻladi. Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, jamiyat hayotining hamma sohalarida tub oʻzgarishlar boshlandi. Jumladan, bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga yoʻnaltirilgan islohotlar xalqning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgandir
166.Siyosiy institutlar.
siyosiy institutlar Ular mamlakat yoki mintaqaning siyosiy birgalikda yashash me'yorlarini ishlab chiquvchi, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi organlardir. Ushbu institutlardan kelib chiqadigan davlat xizmati jamiyat uchun oddiy xatti-harakatlar va urf-odatlarni ta'minlashga qaratilgan.Siyosiy institutlarning asosiy funktsiyalari qatoriga ijtimoiy tartibni tartibga soluvchi tuzilmalar va mexanizmlarni yaratish kiradi. Bular antropologiya, sotsiologiya, falsafa, psixologiya, siyosatshunoslik va iqtisod kabi ijtimoiy fanlarning yondashuvlari va nazariyalari bilan oziqlanadi.

167.Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish usullari.


Амалий социологик тадқиқот жараёнини 4 асосий босқичга бўлиб қўрсатиш мумкин. Бу босқичларнинг ҳар бири ўзига хос хусусиятларга ва муҳим жиҳатларга эгадир. Булар қуйидагилардан иборат:1. БОСҚИЧ. Социологик тадқиқотни тайёрлаш ва ташкил қилиш:Амалий социологик вазифани белгилаш ва тадқиқот предметини танлаш.Социологик тадқиқот ўтказиш бўйича бюртма қабул қилиш ва уни ўтказиш бўйича шартнома тузиш.Бажариладиган ишлар бўйича календаръ режа, техник вазифаларни ва бюджет (сарф қилинадиган харажатлар сметасини) тузиш.Дастур ишлаб чиқиш.Тадқиқот услубияти, техникаларни ва воситаларини ишлаб чиқиш.2. БОСҚИЧ. Асосий босқич бўлиб, амалий тадқиқот ишлари олиб бориш жараёнини ўз ичига олади:2.1. Социологик тадқиқот танловини ўтказиш.2.2. Пилотаж.2.3. Дастлабки социологик маълумотларни йиғиш.2.4. Эмпирик маълумотларнинг сифат ва аниқлик даражасини назорат қилиш.3. БОСКИЧ. Эмпирик маълумотларни қайта ишлаш:Олинган эмпирик маълумотларни гуруҳларга ажратиш.
168.So’rov usuli va uning turlari.
Ushbu metodni ishlab chiqish XVIII asrdan boshlanib ketgan edi. hozirgi vaqtda bu metod keng tarqalgan va ko‗p qo‗llaniladigan metod hisoblanadi. So‗rov metodining quyidagi turlarini ko‗rsatishimiz mumkin:1. Anketalashtirish yozma shakldagi so‗rov bo‗lib, texnikasiga ko‗ra, tarqatiladigan (anketa tadqiqotchi tomonidan tarqatiladi va yg‗ib olinadi) matbuot orqali (anketani gazeta va jurnallarda chop ettirish), telefon yoki telesko‘p orqali, ya'ni texnik vositalari bilan (televizor yoki telefonga oid qo‗shimcha sifatida) amalga oshiriladigan So‗rov turidir. 2. Suhbatlashish (Intervyu) — suhbat o‗tkazuvchilarni (intervyuer) bir qanchasini talab qiluvchi, og‘zaki Sarovturidir. Bu So‗rov klinik (respondentning sub'ektiv dunyosini samimiyligi) bir nuqtaga qaratilgan (o‗rganish uchun bir asosiy savolni ajratib olish) So‗rovlarga bo‗linadi. 3. Sotsiometrik So‗rov—guruhdagi shaxslararo munosabatlarning yaxshi ko‗rish, yoqtirmaslik, do‗stlik, adovat, qismat va boshqa jihatlarini o‗rganishga qaratilgan. Amerikalik sotsial psixolog J.Moreno tomonidan ushbu So‗rov metodi ishlab chiqilgan. Bu metod guruh, to‗planishiga zarurat tug‗ilganda, liderni aniqlashda, kollektivda psixologik klimatni aniqlashda va boshqa yo‗llarda qo‗llaniladi.

169.Sorokinning sotsial mobillik nazariyasi


Jamiyatni tashkil etuvchi sotsial guruhlar, individlar, tabaqalar, qatlamlarning harakatlarini sotsial dinamikaning sotsial mobillik (lotincha
mobilis-harakatchan, o‗zgaruvchan) va sotsial o‗zgarishlar deb ataladigan ko‗rinishlarni ifodalaydi. Sotsial mobillik tushunchasini sotsiologik tadqiqotlar doirasiga P.Sorokin kiritgan edi. Sotsial mobillik kishilarning muayyan ijtimoiy guruh va tabaqalardan boshqalariga o‗tishlarini (sotsial o‗zgarishlar), shuningdek, ayni bir sotsial tabaqa doirasida mashg‗ulotlarning almashtirishini anglatadi. Sotsial mobillik tushunchasi guruhlar va bir butun jamiyatlar «ochiqligi» yoki «yopiqligi»ni tavsiflash uchun ishlatiladi. Intergeneratsion (avlodlar orasidagi) va integeneratsion (avlodichidagi) sotsial mobillik ajratiladi. Sotsial holatning otadan o‗g‗liga (kamdan-kam hollarda onadan qiziga) o‗tishi generatsion sotsial mobillikka, sotsial ko‗tarilish yoki sotsial pasayish bilan bog‗liq, individual belgilar esa intrageneratsion sotsial mobilikka misol bo‗ladi. O‗zgarishlar yo‗nalishiga qarab vertikal (ko‗tarilish va pasayish) va gorizontal sotsial mobillik farqlanadi. Sotsial mobillikning empirik ko‗rsatkichi bo‗lib o‗zgaruvchanlik-mobillik barqarorlik-stabillik indeksi xizmat qiladi.

170.Sotsial institutlarning turlari.


Sotsial institut turlari: oila, siyosat, din, iqtisod, ta’lim, huquq va boshqalar. Sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari mavjud:1. Oila - jamiyatning muhim institutlaridan biri.2. Ijtimoiy-madaniy institutlar.Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Bu o’zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek normaning buzilishi sharoitida ham bo’lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo’ysunmaydigan anomik hodisalar bo’lishi tabiiydir.

171.Sotsial bashorat samaradorligi.


Ижтимоий жараёнларни башорат қилиш ва бошқариш қуйидаги асосий вазифаларни кўзлайди:Истиқболни баҳолаш, жамият ижтимоий тараққиётининг муҳим кўрсаткичларини аниқилаш ва унга оқилона етишишнинг самарали воситаларини белгилаш.Меъёрларни аниқлаш, истиқболдаги асосий ижтимоий талаб ва уни қондириш имкониятларини белгилаш.Таҳдидларни тахминлаш, жамият ижтимоий тараққиётига акс таъсир этиш мумкин бўлган ўзгаришларни аниқлаш ва таҳлил этиш.Ижтимоий башорат турлари:Истиқболдаги ҳолатларни башорат қилиш: ўтган, ҳозирги ва келгуси замон ҳамда истиқбол анъаналарини башорат этиш.Меъёрий башорат - ижтимоий ҳаётга мос меъёрларни топиш, аниқлаш.Таҳдидлар башорати - ижтимоий тараққиёт издан чиқиш ҳолатининг таҳлилига асосланилади.Ижтимоий башорат 4 ўзаро мантиқий боғланган босқичларда амалга оширилади :

172.Sotsial bashorat –sotsial boshqaruvning mustaqil elementi sifatiida.


Ижтимоий жараёнларни башорат қилиш ва бошқариш қуйидаги асосий вазифаларни кўзлайди:Истиқболни баҳолаш, жамият ижтимоий тараққиётининг муҳим кўрсаткичларини аниқилаш ва унга оқилона етишишнинг самарали воситаларини белгилаш.Меъёрларни аниқлаш, истиқболдаги асосий ижтимоий талаб ва уни қондириш имкониятларини белгилаш.Таҳдидларни тахминлаш, жамият ижтимоий тараққиётига акс таъсир этиш мумкин бўлган ўзгаришларни аниқлаш ва таҳлил этиш.Ижтимоий башорат турлари:Истиқболдаги ҳолатларни башорат қилиш: ўтган, ҳозирги ва келгуси замон ҳамда истиқбол анъаналарини башорат этиш.Меъёрий башорат - ижтимоий ҳаётга мос меъёрларни топиш, аниқлаш.Таҳдидлар башорати - ижтимоий тараққиёт издан чиқиш ҳолатининг таҳлилига асосланилади.Ижтимоий башорат 4 ўзаро мантиқий боғланган босқичларда амалга оширилади :Биринчи босқич - башорат объекти бўйича маълумотлар манбаини ва кўрсаткичларини аниқлаш, башорат дастурини ишлаб чиқиш, башорат мақсади масалаларини белгилаб олишдан иборат бўлади.

173.Sotsial boshgqaruv belgilari.


Ҳозирги даврда ташкилот ва корхоналарни (давлатники ёки хусусий бўлишидан қатъий назар) унумли бошқариш давр талабидан келиб чиқиб, самарали бошқарув механизмларини яратишни ва жорий этишни тақозо қилади. Зеро, кучайиб бораётган интерграцион жараёнлар ва ахборотлар тизимининг халқаро даражага етиб бориши, рақобатнинг кучайиши ва бошқалар ижтимоий бошқарувга бўлган муносабатни фойдали томонга кескин ўзгартиради ва бошқарув тизимида ижтимоий ўзгаришларга бўлган мослашувни тезлаштиради.Ижтимоий бошқарувнинг такомиллашув истиқболлари Ўзбекистонда барча ислоҳотларни янада тезроқ ва самаралироқ амалга ошириш, демократик жараёнларни чуқурлаштириш, ўз-ўзини бошқариш тизимларини такомиллаштириш ва охир-оқибатда аҳолининг турмуш даражасини ошириш имконини яратади.Ахборотларнинг инсон томонидан тез ўзлаштирилиши ва унинг янги шароитларга мойиллик қобилиятларини ошириб бориши ҳар қандай бошқарув тизимининг долзарб вазифаларидан бири бўлиб, «инсон омили»ни доимо ва аниқ ҳисобга олишни тақозо қилади.

174.Sotsial dinamika va sotsial statika


O.Kont sotsiologiyasida sotsial dinamika jamiyat hodisalarini o‗rganishdagi muayyan yovdashuvni bildiradi. Aslida, dinamika mexanikaning jismlar harakatini va harakat bilan uni yuzaga keltiruvchi kuch o‗rtasidagi bog‗lanishlarni o‗rganadigan bo‗limidir. Umumiy ma'noda dinamika harakat holatini, narsa-hodisalarning o‗sish, o‗zgarish, rivojlanish jarayonini anglatadi. Sotsiologiyani fiziologiyaning bevosita davomi yoki «sotsial fizika» deb hisoblagan Kont ijtimoiy voqelikni tabiiy qonunlarini topishga harakat qilgan edi. Ana shu vazifani amalga oshirish uchun ijtimoiy voqelik ikki yo‘nalishda — sotsial statika yo‗nalishida va sotsial dinamika yo‗nalishida ko‗rilishi lozim. Sotsial statika ijtimoiy elementlarning o‗zaro muvozanatini, mavjudlik qonunlarini o‗rganadi. Ijtimoiy elementlarining o‗zaro uyg‗unligini, ularning

175.Sotsial g nazorat tushunchasi


Sotsial nazorat - jamiyatning sog’lom ijtimoiy tartibni ta’minlash maqsadida individ hatti-harakati va xulq-atvoriga maqsadli ta’siri, individ ijtimoiylashuvining omili. Ijtimoiy nazorat shakllari: oddiy (majburlovchi) sanktsiyalar (tazyiqlar); jamoatchilik fikri; ijtimoiy institutlar. Ijtimoiy nazorat mexanizmi: 1) jismoniy tazyiqlar (individni guruh me’yorlarini buzganlik uchun jazolash); 2) iqtisodiy tazyiqlar (“qo’rqitish”, “jarima”); 3) ma’muriy tazyiqlar.

176.Sotsial gerontologiya atamasining mohiyati va mazmuni.


Gerontologiya (yun. geron, gerontos —keksa, kari va ... logiya) —tirik organizmlar, jumladan, odamning qarish jarayonini oʻrganadigan fan; tibbiyot va biol. fanlarining bir boʻlimi. Yoshi kashtan organizm kasalliklarining xususiyatlari haqidagi taʼlimot —geriatriya, keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigiyenasi haqidagi taʼlimot —gerogigiyena, keksalar psixikasi va feʼl-atvorini oʻrganadigan taʼlimot — gerontopsixologiya G.ning asosiy tarkibiy qismidir. Infeksion kasalliklardan nobud boʻlishning hamda bolalar oʻlimining kamayishi va b. omillar umr uzayishiga yordam beradi. Qarish sabablari haqida bir necha nazariya ilgari surildi. I. I. Mechnikov fikricha, ichakda yashaydigan bakteriyalarda moddalar almashinuvi mahsulotlari va organizmning oʻzida azotli moddalar almashinuvining mahsulotlari (siydik kislota) kishi organizmini zaharlab, qarishga sabab boʻladi. Hoz. G. qarish sabablari va mexanizmlarini molekula va hujayradan tortib to butun organizm darajasida oʻrganmoqda.
177.Sotsial gerontologiyaning ob’ekti va predmeti.
Gerontologiya (yun. geron, gerontos —keksa, kari va ... logiya) —tirik organizmlar, jumladan, odamning qarish jarayonini oʻrganadigan fan; tibbiyot va biol. fanlarining bir boʻlimi. Yoshi kashtan organizm kasalliklarining xususiyatlari haqidagi taʼlimot —geriatriya, keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigiyenasi haqidagi taʼlimot —gerogigiyena, keksalar psixikasi va feʼl-atvorini oʻrganadigan taʼlimot — gerontopsixologiya G.ning asosiy tarkibiy qismidir. Infeksion kasalliklardan nobud boʻlishning hamda bolalar oʻlimining kamayishi va b. omillar umr uzayishiga yordam beradi. Qarish sabablari haqida bir necha nazariya ilgari surildi. I. I. Mechnikov fikricha, ichakda yashaydigan bakteriyalarda moddalar almashinuvi mahsulotlari va organizmning oʻzida azotli moddalar almashinuvining mahsulotlari (siydik kislota) kishi organizmini zaharlab, qarishga sabab boʻladi. Hoz. G. qarish sabablari va mexanizmlarini molekula va hujayradan tortib to butun organizm darajasida oʻrganmoqda.
178.Sotsiologiya va huquqshunoslik.
Huquqiy davlatni shakllantirib, uni yanada rivojlantirishda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, huquqiy munosabatlarni tartibga solish katta ahamiyatga ega. Huquqiy tashkilotlarga faoliyatini yangi davr talablariga mos ravishda tashkil etish, ularning ijtimoiy munosabatlar sohalaridagi ta’sirini takomillashtirishga e’tiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Sir emaski, keyingi vaqtda jinoyatchilik ortdi. Jinoyatga qarshi kurash va uning oldini olish - davlat ahamiyatidagi masala hisoblanadi. Unga qarshi kurash jinoyat sodir etilgandan so’ng emas, balki unga qadar olib borilmog’i lozim. Jinoyatchilikning oldini olish, uning tub mohiyatini, motivi va keltirib chiqarayotgan sabablarning o’rganishda sotsiologik tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyatga ega. Demak, huquq fanlarining rivojlanishida ham sotsiologiyaning o’rni kattadir

179.Sotsial guruh turlari.


Sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, inguruh va autguruh, referent guruhlar va boshqalar. Guruhlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo’linadi. Sotsiologiya va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruhlar o’zining aniq ta’rifiga ega emas. Umuman katta sotsial guruh deganda, a’zolar soni ko’p bo’lgan kishilar guruhlari tushuniladi. Katta sotsial guruhlarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:1. a’zolar sonining ko’pligi;2. yagona hududning mavjud emasligi;3. a’zolar o’rtasidagi aloqalarning asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o’rnatilishi;4. guruh tuzilishining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko’p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o’z ichiga oladi.Katta guruhlar ikki turga bo’linadi.1. Tasodifiy, stixiyali paydo bo’ladigan va qisqa vaqt mavjud bo’ladigan guruhlar. Bularga olomon, xaloyiq (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.2. Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlari tizimida ma’lum o’ringa ega bo’lgan birliklar. Bu turdagi guruhlarga sotsial sinflar, turli etnik guruhlar (ellat, xalq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar (yoshlar, ayollar, keksalar) va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.

280.Sotsial guruh turlari: sinflar, millatlar, demografik birlashmalar, jamoalar va boshqalar.


Sotsial guruhlar ko’plab xususiyatlarga ko’ra tasniflash va turlarga ajratish mumkin. Shulardan biri miqdor ko’rsatkichidir. Sotsiologiyada mazkur ko’rsatkich asosida guruhlar asosan katta va kichik sotsial guruhlarga bo’lib o’rganiladi. Ammo o’rta sinf tushunchasi tarafdorlari ham bor.Katta guruhlar paydo bo’lish shakliga ko’ra, tasodifiy tashkil topgan va tarixiy rivojlangan turlarga ajratilishi mumkin.Tasodifiy ravishda paydo bo‘ladigan sotsial guruhlar asosan stixiyali kayfiyatgatga ega bo’lib, qisqa vaqt oralig’ida mavjud bo’ladi. Ularga olomon, omma (publika), auditoriya kabi guruhlarni kiritish mumkin.Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan sotsial guruhlar ijtimoiy munosabatlar sistemasida ma’lum o‘ringa ega bo‘lgan birliklar sifatida shakllanadi. Jamiyatning tarixiy rivojlanishi natijasida hosil bo’lgan sotsial sinflar, turli etnik guruhlar (elat, xalq, millat), kasbiy guruhlar, jinsiy va yoshga oid guruhlar (yoshlar, ayollar, keksalar) mazkur turdagi guruhlarga misol bo’ladi.
181.Sotsial guruh va uninnng asosiy belgilari
Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari. Kishilar o’z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar masalasi nafaqat sotsial psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar, asosan sotsial guruhlar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko’p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat yuzasidan, goho majburiylikdan, ba’zan o’zi hohlamagan holatda yuqorida ta’kidlangan guruhlarga a’zo bo’ladi va ularning vakili bo’lib qoladi. Guruh - bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo’lgan, boshqa birliklardano’z xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog’langan kishilar yig’indisidan iborat bo’lgan sotsial birlikdir.

182.Sotsiologiya va tarix.


Sotsiologiya va tarix. Sotsiologiya va tarix fanlari jamiyat hayotini izchil, sistemali tarzda o’rganadi. O’tmish tariximizni yaratishda mutafakkirlar sotsiologiya usullaridan keng foydalanganlar. Chunonchi, tarixiy ma’lumotlarni, manbalarni to’plash, ularning haqqoniyligini aniqlash, tarixiy shaxslar esdaliklaridan, tarixiy voqealar guvohlarining xotiralaridan keng foydalanilgan. Masalan, At-Termiziy, Imom Al Buxoriy kabi hadisshunoslar, Abu Rayhon Beruniy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Xondamir, Xerman Vamberi kabi buyuk mutafakkir olimlar o’zlarining tarixga oid qimmatli asarlarini yaratishda sotsiologiya usullaridan unumli foydalanganlar.Tarixiy voqealarga boy bo’lgan bugungi kunimiz ertangi kelajagimiz uchun o’tmish sahifalariga aylanadi. Shunday ekan, hayotimizning keng qamrovli sohalarining ilmiy sotsiologik tadqiqotlari va tahlili natijalari tarix fani uchun xizmat qilishi tabiiy.

183.Sotsial guruhlarning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni.


Kishilar hayot faoliyat davomida o’zaro bir-birlariga nisbatan ijobiy (simpatiya) yoki salbiy (antipatiya) tuyg’ularga ega bo’ladilar. Har qanday kichik ijtimoiy guruh, tashkilot va muassasaning faoliyati uning a’zolari o’rtasidagi munosabatlar xarakteriga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ularda ijtimoiy muhit qanchalik musaffo bo’lsa; ijtimoiy tizim faoliyati ham shunchalik muvaffaqiyatli boradi. Aks holda, kichik guruhlar va ulardagi kishilar hayoti shunchalik qiyin va og’ir kechadi. Sotsiometriya esa shu qiyinchiliklarni, nomuvofiqlilarni bartaraf etishga xizmat qiladi.Jamiyat rivojlanishi, undagi kishilar hayoti ham butun olam tortishish qonuniga bo’ysunadi. Xuddi tabiatdagidek, jamiyatda ham kishilar o’zaro gravitatsion (o’zaro tortishishga asoslangan) munosabatda bo’ladi. Tabiatdagidan farq qilib, jamiyat hayotida bu qonuniyat o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Aql kuchi, bioquvvat, xarakter, temperament, mayl, ta’b, odat, tarbiya, did, e’tiqod va shu kabi ijtimoiy-ruhiy omillar kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning murakkab gravitatsion asosini tashkil qiladi. Ular asosida kishilar o’zaro yaqin «tortiladilar», do’stona, samimiy bo’ladilar yoki bir-biridan uzoqlashadilar, adovatda bo’ladilar. Sotsiometriya shu jarayonlarni miqdoriy jihatdan o’rganadi. O’z navbatida miqdoriy o’lchovlar sifatiy ko’rsatkichlarni farqlashga xizmat qiladi.

184.Sotsial harakatchanlik belgilari


Sotsial harakatchanlik belgilari. Ijtimoiy o’zgaruvchanlik tushunchasi: Ijtimoiy o’zgaruvchanlik sotsiologik tushuncha bo’lib, demografik va ijtimoiy faoliyatlarda qo’llaniladi. Shaxsning bir sinfdan ikkinchi bir sinfga, bir ijtimoiy guruhdan ikkinchi bir ijtimoiy guruhga o’tishi, jamiyat ijtimoiy tarkibida tutgan o’rnini, o’zgarishini bildiradi. UchShaxs misolida go’dak bola, o’smir, yoshlik, o’rta yoshlik, qarilik. Ma’lumot, olai, hunar o’rganadi, kasb egallaydi. Uning jamiyatda tutgan o’rni o’zgarib boradi. O’quvchi edi, ishchi bo’ldi, yo student bo’ldi, nafaqaxo’r va boshqa.Jamiyat misolida. Jamiyat asosini tashkil etgan insonlar hayotida ijtimoiy o’zgaruvchanlik jarayoni sodir bo’ladi. Sinflar paydo bo’lishida, sinflarning bir ko’rinishdan ikkinchi bir ko’rinishga o’tishida, jamiyat sinfiy strukturasida, undagi ishlab chiqarish kuchlari joylashishida, taraqqiyotida, fan, texnika, madaniyat, sa’nat taraqqiyotida o’z aksini topadi. Masalan, qul, krestiyan, ishchi, sovxozchi, pomeshchik, kapitalist, fermer
185.Sotsial infrastruktura tushunchasi.
Ijtimoiy hayotning barcha sohalari shu jumladan Ijtimoiy maishiy sohada inson hayoti va faoliyatini oqilona tashkil etishni taʼminlovchi moddiy elementning mustahkam majmui
186.Sotsial inqiloblar va ularning salbiy oqibatlari.
Inqilob, revolyutsiya — tabiatning biron-bir hodisasi, jamiyat yoki ongning rivojlanishida roʻy beradigan chuqur sifat oʻzgarishi (masalan, ijtimoiy Inqilob, shuningdek, geologik, sanoat, fan-texnika, madaniyat, fizika, falsafa va hokazo dagi Inqilob). Inqilob soʻzi koʻpincha ijtimoiy-siyosiy tuzumni qoʻqqisdan, zoʻrlik bilan oʻzgartirish maʼnosida ishlatiladi, u asta-sekin, evolyusion tarzda oʻzgartirishlarning aksidir.[1]
187.Sotsial institularning turlari va fueksiyalari.
Sotsial institut turlari: oila, siyosat, din, iqtisod, ta’lim, huquq va boshqalar. Sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari mavjud:1. Oila - jamiyatning muhim institutlaridan biri.2. Ijtimoiy-madaniy institutlar.Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Bu o’zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek normaning buzilishi sharoitida ham bo’lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo’ysunmaydigan anomik hodisalar bo’lishi tabiiydir.Sotsial institutning asosiy vazifalari. Har bir sotsial institut:1) o’z faoliyatining ma’lum darajada aniq shakllangan maqsadlariga;2) individlarga belgilangan ijtimoiy mavqe va rollarning to’plamiga;3) individlarning xulq-atvorini nazorat qiladigan sanktsiyalar tizimiga;4) ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan konkret xususiy vazifalarga ega (istalgan sotsial institut bulardan tashqari doim yana bir vazifaga ega bo’ladi - bu harakat qilayotgan individlar o’rtasidagi hamjihatlikni ta’minlash).

188.Sotsial institut belgilari.


Sotsial institut belgilari. Sotsial institutga quyidagi belgilar xos:1) u xulq-atvorning to’g’ri turlarini belgilovchi ijtimoiy me’yorlar va yo’lyo’riqlarning to’plami sifatida mavjud bo’ladi;2) u jamiyat mafkurasi va qadriyatlar tizimi bilan chambarchas bog’liq;3) harakatlarning institutsional turlari jamiyat tomonidan nazorat qilinadi, institutning o’zi esa individlarning xulq-atvorini nazorat qiladi;4) sotsial institut zarur moddiy vositalar va zahiralarga ega bo’lib, ular tufayli institut asosida yotuvchi me’yorlar va yo’l-yo’riqlar u yoki bu darajada muvaffaqiyatli bajariladi.

189.Sotsial institutlar


Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut (lotinchainstitutum, ruscha lugaviy ma’nosi- ustanovleniya, o’zbekcha ma’nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to’plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi). Sotsial institut - bu inson faoliyatining turli sohalarini tartibga soluvchi va ularni rollar va mavqelar tizimiga kirituvchi rasmiy va norasmiy qoidalar, me’yorlar tamoyillari, yo’l-yo’riqlarning turg’un majmuidir. Shunday qilib, biz sotsial institutni ikkita usul yordamida ifodalashimiz mumkin: bir tomondan me’yorlar yig’indisi, ikkinchi tomondan - rollar va mavqelar yig’indisi. Yuqorida qayd etilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu ikkita ta’rif bir-biriga zid emas, aksincha, ular bir-birini to’ldiradi va bitta hodisaning turli tomonlariga urg’u beradi. Sotsial institut butun jamiyat nomidan harakat qiladi. Institutsional aloqalar bir paytning o’zida me’yoriy ham hisoblanadi, chunki ular jamiyat tomonidan o’z a’zolarining u yoki bu ehtiyojlarini qondirish uchun o’rnatiladi. Sotsial institutning mazmuniy va rasmiy tomonlarini ajratish mumkin. Mazmuniy tomondan sotsial institut u yoki bu ijtimoiy mavqe egalari xulq-atvoriining andozalari tizimi hisoblanadi. Rasmiy tomondan sotsial institut aniq ijtimoiy vazifani bajarish uchun moddiy vositalarga ega bo’lgan shaxslarning yig’indisi sifatida qaralishi mumkin. Sotsial institutlar yoki institutsional
190.Sotsial institutlarning asosiy vazifalari
Sotsial institutning asosiy vazifalari. Har bir sotsial institut:1) o’z faoliyatining ma’lum darajada aniq shakllangan maqsadlariga;2) individlarga belgilangan ijtimoiy mavqe va rollarning to’plamiga;3) individlarning xulq-atvorini nazorat qiladigan sanktsiyalar tizimiga;4) ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan konkret xususiy vazifalarga ega (istalgan sotsial institut bulardan tashqari doim yana bir vazifaga ega bo’ladi - bu harakat qilayotgan individlar o’rtasidagi hamjihatlikni ta’minlash).Institutsional sotsiologiyada sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:a) jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish, qaytadan tiklash;b) sotsializatsiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo’lgan qadriyat va normalarni etkazishning turli xil shakllari);v) ishlab chiqarish va taqsimot;g) tartibga rioya qilish va ahloqni saqlab turish

191.Sotsial institutlarning rivojlanishi.


Jamiyat taraqqiyotning har bir bosqichi unga mos bo’lgan muayyan sotsial institutlar amal qilishini taqazo etadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo’lgan sotsial institutlar shakllanishi jarayoni ro’y bermoqda. Bular iqtisodiy sohada - bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar, siyosiy sohada - demokratik hokimiyat turli bo’g’inlari faoliyatini ta’minlovchi sotsial institutlar, jamiyat barcha jabhalariga yangi jamiyat tarziga hozirlovchi turli xil sotsial institutlardir. Prezident I.A.Karimov izchil tadbiq qilayotgan konseptsiyaga muvofiq, yangi sotsial institutlar an’anaviy sotsial institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo’yilmasdan, balki jamiyatimizning o’tmishi, hozirgi va kelajagi vorisligini ta’minlashga xizmat qiladigan, jamiyatdan begonalashmagan, mamlakatimiz mintaqasiga mos keladigan sotsial institutlar faoliyatiga yo’l ochib berilmoqda.

192.Sotsial jarayonlar va ularning globallashuvi.


Ijtimoiy struktura ijtimoiy tuzum qatlamlari orasidagi mavjud bo’lgan bir maromdagi munosabatlarni, o’z mavqei bilan boshqalardan ajralib turuvchi individual yoki jamoaviy pozitsiyalarning tashkilotini bildiradi. Ijtimoiy struktura ijtimoiy tizimning normal ishlashini, uning turg’unligini ta’minlab beruvchi jamiyatning ichki tuzilmasidirKishilik jamiyati tarixida sotsial struktura muammosining talqini. Insoniyat jamiyatlarining barcha turlarida tengsizlik mavjuddir. Hatto insonlar o’rtasida iqtisodiy farqlanish deyarli yo’q bo’lgan ibtidoiy jamiyatlarda ham shaxslar o’rtasida erkak va ayollar, yoshlar va keksalar o’rtasida tengsizlik mavjud. Ijtimoiy tengsizlikni ta’riflar ekan, sotsiologlar ijtimoiy stratifikatsiya haqida gapiradilar. Stratifikatsiya guruhlar o’rtasidagi strukturaviy farqlar deya ta’riflanishi mumkin. Tushunarli bo’lishi uchun, stratifikatsiyani geologik qatlamlar ko’rinishida faraz qilish mumkin. Jamiyatlar ham ierarxik tartibda joylashgan qatlamlardan iborat bo’lib, imtiyozga ega bo’lganlar cho’qqiga yaqin. Ega bo’lmaganlar esa quyida joylashadi.

193.Sotsial kommunikatsiya tushunchasining mazmun-moxiyati.


Aloqa (lotincha: communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan K.lar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondoshiladigan K.ni aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanali boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy K. turi bor: "inson-inson", "inson-mashina", "mashina-inson", "mashina-mashina". Texnikaviy darajadagi K. jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan K. guruh yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi.

194.Sotsial konfliklarning funksiyasi va sub’ektlari.


Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. Konflikt epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, lirik asarlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Drama konfliktni harakatni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga egaKonfliktda yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" konfliktga keng oʻrin beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi, "ichki" konfliktda esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni, yoʻnalishi nuqtai nazaridan konfliktning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa turlari mavjud.

195.Sotsial konfliktlarning ro‘y berish bosqichlari.


Konflikt (lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. Konflikt epik asarlarga nisbatan qoʻllanadi, lirik asarlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar qahramonlarining birbirlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Drama konfliktni harakatni rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga egaKonfliktda yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" konfliktga keng oʻrin beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi, "ichki" konfliktda esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni, yoʻnalishi nuqtai nazaridan konfliktning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va boshqa turlari mavjud.
196.Sotsial me’yor turlari
Sotsial me’yor turlari: huquqiy, diniy, an’anaviy va ahloqiy. Ijtimoiy meh’rning xulqiy, ahloqiy, diniy hamda urf odatlariga oid turlari mavjud. Ijtimoiy meh’rning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan moslashtirib borilgan shaxslar ko’pchilik tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi.Ma’lumki, ijtimoiy me’yor va ulardan chekinishlar haqidagi qarashlar insonning ijtimoiylashuv jarayoni bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun qoidalaridagi ahloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Ushbu «Qonunlar»da barcha huquqlar insonga xudolar tomonidan beriladi va qonun buzuvchilarni xudolar jazolaydi, deb hisoblangan

197.Sotsiologik tadqiqotning dasturi.


Sotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Empirik so’zi qadimiy yunoncha bo’lib, tajriba ma’nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to’grisida olingan empirik ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik sotsiologik tadqiqotda ijtimoiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to’plash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real ijtimoiy voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma’lumotlarga aytiladSotsiologiya fanini empirik sotsiologik tadqiqot jarayonisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Empirik so’zi qadimiy yunoncha bo’lib, tajriba ma’nosini anglatadi. Empirik sotsiologik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda ijtimoiy hayot hodisa va jarayonlar to’grisida olingan empirik ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
198.Sotsial me’yorlar va sotsial rollar.
Jamiyatda insonlar faoliyati hatti-harakatlari va xulq atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor- jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo’lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir.O’rta asrlarda aholi me’yorlari diniy qarashlar tahsiri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai-nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo’lsa, Sharq dunyosida ahloqiy huquqiy me’yorlar va ular haqidagi tahlimotlar islom falsafasi tahsirida rivojlandi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yoriy va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Monteskgpe, Russo, Bekkorio, Gelgpvetsey, Didro, Golgpbax, Morelli va Furgpelar o’z ilmiy izlanishlaridan ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlarini topishga intildilar.

199.Sotsial mobillik


Sotsial mobillik deb ayrim shaxs yoki guruhlarning jamiyat tarkibidagi o’z o’rnini, mavqeini o’zgartirishiga aytiladi.Sotsial mobillik ijtimoiy rivojlanish qonunlarining amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, ayrim shaxs va guruhlarning ijtimoiy mavqeining quyiga yoki yuqoriga o’zgarib borishini ifodalaydi.Sotsial mobillik konseptsiyasiga ko’ra, demokratik tuzum sharoitida kishilar o’zlarining shaxsiy qiziqishlari, tirishqoqliklari bilan jamiyat ijtimoiy tarkibidagi mavqelarini yaxshilab borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Jamiyat taraqqiyotida uning tarkibiy tuzilishi, funktsional aloqadorlik o’zining «tabiiy qonunlari», evolyutsion rivojlanishi, ijtimoiy sohalarining bir maromdagi mutanosibligi asosidagina rivojlanib borishi zarurligini hayot ko’rsatadi. Endilikda sotsial revolyutsiyalar davri o’tdi. Insoniyat yuqori intelektual taraqqiyot bosqichiga qadam qo’ymoqda. Ijtimoiy taraqqiyotning bu bosqichi yangi, o’ziga xos qonuniyatlar asosida borishi turgan gap

200.Sotsial munosabat turlari.


Sotsial munosabat turlari: hamfikrlik, kooperatsiya, konfliktlar, kurash, begonalashuv, befarqlik, krizis, kamsitish, notenglik. Ijtimoiy munosabatlar: («ijtimoiy» sistema elementi - kishilar).Ijtimoiy munosabatlar - kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o’zaro munosabatlar. Ular turli jamoalar ijtimoiy guruhlar, sinflar va ularni tashkil qilgan kishilar o’rtasidagi munosabatlar bo’lib, ularni bir butun sotsial organizm qilib bog’laydi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan paydo bo’ladi.Ijtimoiy ishlab chiqarishning paydo bo’lishi jamiyat taraqqiyotida chorvachilik paydo bo’lishi, dehkonchilik, savdoning yuzaga kelishi bilan boglik. Ijtimoiy munosabatlarning turlari: hamfikrlilik, kooperatsiya, konfliktlar, kurash, befarqlik, begonalashuv, krizis, kamsitish, tengsizlik.Ijtimoiy munosabatlar o’z mohiyatlari bilan jamiyat tarakqiyotiga ijobiy ham salbiy ta’sir etadi.Ijobiy munosabatlar ta’siri: hamfikrlilik, kooperatsiya, kurash.

201.Sotsial munosabatlar tizimidagi plyuralizm


Sotsial munosabatlar tizimidagi plyuralizm. Ijtimoiy munosabatlar sistemasida plyuralizm (lot. ko’plik katta ahamiyatga ega. Plyuralizm konseptsiyasiga ko’ra borliq asosini bir necha yoki juda ko’p bir-biri bilan bog’lanmagan substantsiyalar tashkil etadi. Plyuralizm atamasi nemis filosofi Volf tomonidan kiritilgan.Substantsiya (lot. mohiyat) narsa va hodisalarning asosini tashkil etuvchi omil. Substantsiyaning ham materialistik ham idealistik qarashlari bor

202.Sotsial munosabatlar turlari


Sotsiologiya nazariyasida barcha ijtimoiy tizimlar 2 xil munosabatda mavjud bo’ladi:1. Sotsietal munosabatlar2. Ijtimoiy munosabatlar Sotsietal munosabatlar sistemasiga: jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Ular bir-birlari bilan uzviy aloqador tizimga ega. Sotsietal sistemasida ierarxik qaramlik mavjud. Ya’ni bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo’ladi. Ijtimoiy munosabatlar - kishilarning faoliyati jarayonida yuzaga kelgan o’zaro munosabatlar. Ular turli jamoalar ijtimoiy guruhlar, sinflar va ularni tashkil qilgan kishilar o’rtasidagi munosabatlar bo’lib, ularni bir butun sotsial organizm qilib bog’laydi. Ijtimoiy munosabatlar jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan paydo bo’ladi.Ijtimoiy ishlab chiqarishning paydo bo’lishi jamiyat taraqqiyotida chorvachilik paydo bo’lishi, dehkonchilik, savdoning yuzaga kelishi bilan boglik. Ijtimoiy munosabatlarning turlari: hamfikrlilik, kooperatsiya, konfliktlar, kurash, befarqlik, begonalashuv, krizis, kamsitish, tengsizlik.Ijtimoiy munosabatlar o’z mohiyatlari bilan jamiyat tarakqiyotiga ijobiy ham salbiy ta’sir etadi.Ijobiy munosabatlar ta’siri: hamfikrlilik, kooperatsiya, kurash.Salbiy ta’sirli munosabatlar: befarklik, kamsitish, konfliktlar, begonalashuv, krizis, tengsizlik.

203.Sotsial munosabatlar tushunchasi, strukturasi, mohiyati..


Sotsial munosabatlar tushunchasi. Sotsiologiyada ijtimoiy munosabatlar ham alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabatlar - kishilar, ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o’rtasidagi munosabatlar va ularning ichki iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy va madaniy sohalardagi faoliyatini tashkil qiladi. Alohida olingan inson-jamiyatning ijtimoiy munosabatlarining boshlangich unsuri hisoblanadi. o’z mohiyatiga kura ijtimoiy munosabatlar moddiy va ma’naviy, ustkurmaviy mazmunda bo’ladi. Moddiy ijtimoiy munosabatlarga iqtisodiy, ishlab chiqarish munosabatlari kiardi. Ma’naviy munosabatlarga ahloqiy, mafkuraviy, diniy va boshqa munosabatlar o’z aksini topadi. Ustkurmaviy munosabatlar siyosiy, huquqiy munosbatlarni o’z ichiga oladi. Jamiyat rivojlanishi ijtimoiy munosabatlar rivoji bilan belgilanadi.

204.Sotsial nazorat hatti-harakatlarini tartibga solish mexanizmi sifatida.


Sotsial nazorat kishilar hatti-harakatini tartibga solish mexanizmi sifatida. Shaxsning ijtimoiylashuvi jarayoni jamiyatning va atrofdagi odamlarning qat’iy nazorati ostida amalga oshadi. Insonlar bolalarni faqat o’rgatibgina qolmasdan xulq atvor me’yoriy talablarining to’g’ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi.Agar nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu individual tavsifga ega bo’ladi va agar butun bir jamoa, oila, do’stlar, maktab, mahalla tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo’ladi. hamda ijtimoiy nazorat deyiladi.Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning Eng muhim vositasi bo’lib, diviant xulqatvorining oldini olishda ham ushbu jamoalarning o’rni katta bo’ladi.Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu - oiladir. Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog’lom oila muhitning o’rni beqiyosdir.

205.Sotsial nazoratning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni va roli.


Jamoatchilik fikri sotsial nazoratning shakli sifatida. Jamoatchilik fikri tushunchasi ma’no mazmuni nuqtai nazardan “jamoa”, “jamoatchilik”, “fikr” so’zlarining mantiqiy maqsadli uyg’unlashuvi mahsulidir. Jamoatchilik fikrini teran va to’g’ri anglamoq uchun yuqoridagi tarkib yasovchi so’z terminlar mohiyatini avval boshdan anglab olmoq muhimdir. Hozir va o’tmishda, vatanimiz yohud Horijiy mamalakatlar tadqiqotlari bu terminlar mazmuniga turlicha talqin berishib, ularga maqsaddan kelib chiqadigan ma’no yuklatib kelingan. Xususan, aksariyat tadqiqotlarda jamoatchilik fikrining tarkibiy qismi bo’lgan “fikr” tushunchasi “tasavvur”, “muhokama”, “qarashlar”, “mulohazalar”, “ishonch”, “e’tiqod”, “lafz”, “fikr bildirish”, “plyuralizm” va hokazo terminlarga sinonim tushuncha sifatida ham talqin etiladi. Fikr tushunchasining bunday har yoqlama talqini jamoatchilik fikrini tushunishda muayyan murakkabliklar tug’dirishi tabiiydir.

206.Sotsial o‘zgarishlar strukturasi va mexanizmlari.


Ijtimoiy o`zgaruvchanlik quyidagicha turlanadi:1. Rеproduktiv.2.Statusli — xizmat pillapoyalaridan yuksalish, hayot darajalarining farovonlashuvi.3. Xududiy — qishlokdan shaharga, davlatdan davlatga ko`chishlar.4. Ma'naviy qadriyatlar, fikrlar, tushunchalar, goyalar, his-tuyg`ularning o`zgarishi.5. Jamiyatning siyosiy-ijtimoiy idora etilishi mohiyatiga ko`ra o`zgarishlar.6. Ilmiy-tеxnikaviy o`zgarishlar. Ustuvor taraqqiyot mеzoni sifatida yuksak tеxnologiyalar, informatsion boshqaruv sohalarining tobora mustahkamroq o`rin tuta boshlashi.

207.Oila ijtimoiy insitut sifatida.


Oila sotsiologiyasi oilaning tabiiy biologik, nikoh, qarindoshlik, ma'naviy iqtisodiy va huquqiy munosabatlar asosida insonlarni biriktiruvchi jamiyatniig kichik bir bo‗lagi sifatida o‗rganar ekan, uning jamiyat bilan o‗zaro bog‗liqligini asosiy e'tiborini qaratadi. Chunki jamiyat tashkil topishida uning davomiyligini ta'minlashda oila asosiy ijtimoiy, demografik manba hisoblanadi.Insonning dunyoga kelishi, yangi avlod paydo bo‗lishi — avlodlar almashuvi asosan oilada sodir bo‗ladi. Farzand tug‗ilib, kamolga etib, shaxs sifatida shakllangunga qadar lozim bo‗lgan barcha ta'lim, tarbiya oila muhitida beriladi. Insonning ota-ona, qarindosh-urug‗iga, qariyalarga, atrof-muhitga va tabiatga bo‗lgan munosabatlari dastlab oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila urf-odatlarini, qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi sotsial institut hisoblanadi.Oila asosini erkak bilan ayol o‗rtasidagi nikoh birligi tashkil etadi. Oila faqatgina erkak bilan ayol munosabatini emas, er bilan xotin, otaonalar bilan bolalar munosabatini ifodalaydi.

208.Sotsial status to’g’risida tushuncha.


Status (Maqom )– sotsiologiyada keng iste’molda bo’lgan tushuncha bo’lsada uning tabiati, mazmun-mohiyati borasida yaxlit ta’rifi ishlab chiqilmagan. XIX asrda ingliz tarixchisi va huquqshunos G.D.S.Meyn ushbu tushunchaga ilk bor sotsiologik mazmunni taqdim etdi.Ayrim sotsiologlar uchun maqom bu – belgilab qo’yilgan me’yorlar bo’lsa, ayrimlari uchun – institutsional tizimda madaniy me’yorlar tomonidan belgilangan o’rin, joydir. M.Veber sotsial maqomni nufuz kesimida tahlil qilgan va uni individning jamiyat egallagan yuqori o’rni sifatida taqin qilgan.Oksford sotsiologik lug’atida G.Marshall yozishicha sotsiologiyada ushbu tushunchani ta’riflashda ikki yondashuv shakllangan1. Keng ma’noda maqom individ tomonidan sotsial strukturada egallangan joy o’rin anglansa, tor ma’noda guruhlar yoki stratalar siyosiy-huquqiy va madaniy mezonlar asosida tartiblangan sotsial stratifikatsiya shakli tushuniladi. Status uni egallab turgan individlarning turmush tarzi bilan begilanadi va uni egallash uchun rasmiy tayyorgarlik talab etadi. Jamiyatning maqomlar tizimini muqimligini ta’minlashda maxsus mexanizmlar va tajriba talab etiladi. Aynan bir xil maqomli o’rinni egllab turgan kishilar yig’indisi maqomli guruhlarni tashkil etadi. Statusli guruhlar bir-biri bilan monopol imtiyozlarga egalik qilishda raqobatga kirishadi va hayotiy zahiralarni boshqarishda yot kishilarni ishtirokiga to’sqinlik qiladi. Sotsial strukturada guruhlarning qaysi turi hukmronlik qilishi M.veber ta’rifiga ko’ra jamiyat ikki turga bo’linadi: stastuli va sinfiy.

209.Sotsial status va rollar.


Sotsiologiya prеdmеtining asosiy tushunchalari sotsial status va sotsial rol hisoblanadi.Status dеb insonning guruhdagi yoki jamiyatdagi pozitsiyasi, o`rniga aytiladi. Guruhda lidеr bo`lish norasmiy yoki shaxsiy statusni bildiradi. Injеnеr, erkak, er, o`zbеk, rus, provoslav,musulmon,biznеsmеn bo`lish rasmiy statusni bildiradi.Sotsial status rol orqali amalga oshiriladi.O`qituvchi bo`lish “o`qituvchi”statusiga ega bo`lish va o`qituvchilik rolini bajarishni anglatadi. Har qanday status huquq va majburiyatlar majmuasidan tashkil topgan.Ma'lum statusga birlashtirilgan rasmiy xuquq va majburiyatlarga mos kеluvchi hatti-harakat modеli sotsial rol dеb ataladi. Inson,odatda bir statusda bo`lib bir rolni bajarishi mumkin

210.Sotsial straptifikatsiyaning o‘lchinishi: daromad, hokimiyat, tizim, prestij.


Ijtimoiy tеngsizlikni tushuntirish uchun ijtimoiy sotsiologiyada stratifikatsiya atamasi ishlatiladi. Stratifikatsiya so`zi gеologiya sohasidan olingan bo`lib, “qatlam” dеgan ma'noni anglatadi. Ushbu atamani fanga amеrikalik sotsiolog Pitirim Sorokin kiritgan.Ijtimoiy stratifikatsiya ijtimoiy qatlamni tartibga solishni va muayyan bir mеzon (hokimiyat, boylik, kasbiy, sulolaviy va h.) ga ko`ra tabaqalash, tasniflashni anglatadi.Jamiyat tarkibida sinflar, ijtimoiy guruhlarning bo`lishi, turli xil tabaqalar tuzish, millat va toifalarga ajratish hamda shu orqali boshqarish tajribasi insoniyat tarixidan ma'lum. Qadim Turonda aholi urug`-qabilaviy kеlib-chiqishi, kasbiy mansubligi, diniy-e'tiqodiy qarashlari, sulolaviy kеlib chiqishiga qarab tasnif etilgan. Bu esa har bir ijtimoiy guruhning ijtimoiy-siyosiy o`rni va rolini ob'еktiv bеlgilashga, ulardan samarali foydalanishga va siyosiy boshqarishga imkon bеrgan.
211.Sotsial straptifikatsiyaning sotsial tizim bilan o‘zaro aloqasi.
Социал стратификация - социологик тушунча бўлиб, жамият ва унинг айрим қатламлари тузилишини, ижтимоий табақаланиш, тенгсизлик белгилари тизимини ифодалайди ёки бошқача айтганда: жамиятнинг мулк, мақом ва ҳокимият муносабатларидан келиб чиқадиган тизими бўлиб, у ижтимоий роллар ва вазифаларни ўзида акс эттиради. Социал стратификация жамиятдаги меҳнат тақсимотида турли гуруҳларнинг ижтимоий дифференциациясидан (табақаланишуви), шунингдек у ёки бу фаолиятнинг аҳамиятини ва ижтимоий тенгсизликни қонунийлаштирувчи қадриятлар ва маданий намуналар (стандартлар) тизимининг хусусиятидан келиб чиқади. Ижтимоий стратификациянинг асосий вазифаси-турли фаолият хиллари учун рағбатлантирувчи тизим ёрдамида ижтимоий ролларни мос равишда идрок этиш ва бажаришни таъминлашдир.Социал стратификация: маълумот, маиший шароит, машғулот даромад, руҳий, дин ва шу каби белгилар асосида жамият «юқори», «ўрта» ва «қуйи» синфлар ҳамда страт (қатлам)ларга (2 дан 6 гача) бўлинади. Тенгсизлик ҳар қандай жамиятда бор. Социал стратификация тизимида кишиларнинг ўз қобилиятлари ва куч-ғайратларига мувофиқ мақомларни ўзгартиришлари (социал мобиллик) эса жамиятнинг барқарорлигини таъминлайди ва синфий курашни «ортиқча» қилиб қўяди (Марксистик тадқиқотлар ижтимоий синфлар назариясига асосланиб келинган).

212.Sotsial straptifikatsiyaning tarixiy turlari: quldorlik, kastalar, tabaqa, sinflar.


Stratifikatsion tizimlar: qullik, kasta, klan va sinf. Stratifikatsiya kishilik jamiyatining paydo bo’lishi, tugilishi bilan yuzaga keladi.1. Kuldorlik - kishilarni qaram qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy shaklidir. Tengsizlik darajasining ko’rinishidir.2. Kastalar (lat. Partugal. guruh, toifa, tabaqa) - odam tugilganidan boshlab a’zo bo’lib qoladigan ijtimoiy guruhlar (stratlar) dir.3. Tabaqalar - taomillar yoki huquq, qonunlari bilan mustahkamlangan nasldan-naslga o’tuvchi huquklar va burchlarga ega bo’lgan ijtimoiy guruhlar.4. Sinflar - sinflar paydo bo’lishi XVIII-X1X asr bilan bog’liq AQSH - o’rta sinflar jamiyati. AQSHda 4 ta asosiy sinflar bor:

213.Sotsial stratifikatsiya


Stratifikatsiya (lot stratum - qatlam va fatsio - bajaraman) - jamiyat tuzilmasi, alohida qatlamlari, ijtimoiy tabaqalanish belgilari tizimi va tengsizlikni ifoda etuvchi sotsiologik tushunchadir.Sotsial stratifikatsiya - sotsiologik tushuncha bo’lib, jamiyat va uning ayrim qatlamlari tuzilishini, ijtimoiy tabaqalanish, tengsizlik belgilari tizimini ifodalaydi. yoki boshqacha aytganda: jamiyatning mulk, maqom va hokimiyat munosabatlaridan kelib chiqadigan tizimi bo’lib, u ijtimoiy rollar va vazifalarni o’zida aks ettiradi. Sotsial stratifikatsiya jamiyatdagi mehnat taqsimotida turli guruhlarning ijtimoiy differentsiatsiyasidan (tabaqalanishuvi), shuningdek u yoki bu faoliyatning ahamiyatini va ijtimoiy tengsizlikni qonuniylashtiruvchi qadriyatlar va madaniy namunalar (standartlar) tizimining xususiyatidan kelib chiqadi. Ijtimoiy stratifikatsiyaning asosiy vazifasi - turli faoliyat xillari uchun ragbatlantiruvchi tizim yordamida ijtimoiy rollarni mos ravishda idrok etish va
bajarishni ta’minlashdir

214.Sotsial stratifikatsiyaning sotsial tizim bilan o‘zaro aloqasi.


Социал стратификация - социологик тушунча бўлиб, жамият ва унинг айрим қатламлари тузилишини, ижтимоий табақаланиш, тенгсизлик белгилари тизимини ифодалайди ёки бошқача айтганда: жамиятнинг мулк, мақом ва ҳокимият муносабатларидан келиб чиқадиган тизими бўлиб, у ижтимоий роллар ва вазифаларни ўзида акс эттиради. Социал стратификация жамиятдаги меҳнат тақсимотида турли гуруҳларнинг ижтимоий дифференциациясидан (табақаланишуви), шунингдек у ёки бу фаолиятнинг аҳамиятини ва ижтимоий тенгсизликни қонунийлаштирувчи қадриятлар ва маданий намуналар (стандартлар) тизимининг хусусиятидан келиб чиқади. Ижтимоий стратификациянинг асосий вазифаси-турли фаолият хиллари учун рағбатлантирувчи тизим ёрдамида ижтимоий ролларни мос равишда идрок этиш ва бажаришни таъминлашдир.Социал стратификация: маълумот, маиший шароит, машғулот даромад, руҳий, дин ва шу каби белгилар асосида жамият «юқори», «ўрта» ва «қуйи» синфлар ҳамда страт (қатлам)ларга (2 дан 6 гача) бўлинади. Тенгсизлик ҳар қандай жамиятда бор. Социал стратификация тизимида кишиларнинг ўз қобилиятлари ва куч-ғайратларига мувофиқ мақомларни ўзгартиришлари (социал мобиллик) эса жамиятнинг барқарорлигини таъминлайди ва синфий курашни «ортиқча» қилиб қўяди (Марксистик тадқиқотлар ижтимоий синфлар назариясига асосланиб келинган).

215.Sotsial struktura itushunchasining zamonaviy g‘oyalari.


Sotsial institutlar singari sotsial struktura amal qilishini ta’minlaydigan ijtimoiy strukturaning asosiy “xujayra”laridan biri sotsial tashkilotlardir. Sotsial institutlardan farqli ravishda, sotsial tashkilotlar odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushiniladi. Tashkilot a’zosi bo’lgan odamlarning manfaatlari umumiyligi tashkilotning ideal xoliga ega, tashkilotning maqsadi uning barcha a’zolari maqsadi bilan muvofiq kelishi ko’zda tutiladi. Sotsial tashkilotni boshqa sotsial guruhlashuvlardan farqi - uni tashkil etuvchi individ qat’iyravishda muayyan sotsial ro’l va pozitsiyalarni ijro etishlaridadir. Jamiyat sotsial tashkilotlarni turli xildagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g’oyaviy maqsadlarga erishish vositasi deb qaraydi. Sotsial tashkilotlar individlarning extiyoj va manfaatlarini ma’lum bir qat’iyme’yorda qondirilishiga xizmat qiladi. Bu me’yor odamning mazkur sotsial tashkilotda qabul qilingan sotsial norma va qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy maqomi bilan belgilangan bo’ladi.
216.Sotsial struktura nazariyalari.
Sotsial struktura to’g’risidagi antik davr mutafakkirlarining ta’limotlari.Sokratning buyuk shogirdi Platon ijtimoiy taraqqiyot va inson mavqei xususida bebaho fikrlar bayon etgan. Uning fikricha, davlat tuzumini uch xil strata (ijtimoiy tabaqa) - hukmdorlar va ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnatkashlar donishmand boshqaruvchi guruh rahbarligida garmonik tuzumni tashkil etadilar.Platon akademiyasining yetuk tolibi, jahon ijtimoiy tafakkur olamiga katta hissa qo’shgan mutafakkir Aristotel hisoblanadi.Aristotel o’z davridagi mavjud stratifikatsion (ijtimoiy tabaqalashuv) tartiblarni qo’llab-quvvatlaydi. U komil inson, komil fuqaro, adolatli davlat xususidagi qarashlarni ilmiy asoslashga intildi. Har qanday mamlakatdagi ijtimoiy tartibsizliklar, inqirozlar va davlat to’ntarishlari ijtimoiy tenglikning buzilishidan kelib chiqadi.Arastu fikricha, har bir shaxs nafaqat mavjud davlat tuzulishiga, balki o’z ijtimoiy tabaqasiga ham sodiq qolishi hamda o’z kasb-kori, xizmat sohasi doirasida kamolotga intilishi lozim.

217.Sotsial tashkilot strukturasi va asosiy elementlari .


Sotsial institutlar singari sotsial tizim amal qilishini ta’minlaydigan ijtimoiy strukturaning asosiy “xujayra”laridan biri sotsial tashkilotlardir. Sotsial institutlardan farqli ravishda, sotsial tashkilotlar odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushiniladi. Tashkilot a’zosi bo’lgan odamlarning manfaatlari umumiyligi tashkilotning ideal xoliga ega, tashkilotning maqsadi uning barcha a’zolari maqsadi bilan muvofiq kelishi ko’zda tutiladi. Sotsial tashkilotni boshqa sotsial guruhlashuvlardan farqi - uni tashkil etuvchi individ qat’iyravishda muayyan sotsial ro’l va pozitsiyalarni ijro etishlaridadir. Jamiyat sotsial tashkilotlarni turli xildagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g’oyaviy maqsadlarga erishish vositasi deb qaraydi. Sotsial tashkilotlar individlarning extiyoj va manfaatlarini ma’lum bir qat’iyme’yorda qondirilishiga xizmat qiladi. Bu me’yor odamning mazkur sotsial tashkilotda qabul qilingan sotsial norma va qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy maqomi bilan belgilangan bo’ladi.

219.Sotsial guruhlar va sotsial tashkilotlar.


Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari. Kishilar o’z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar masalasi nafaqat sotsial psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar, asosan sotsial guruhlar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko’p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat yuzasidan, goho majburiylikdan, ba’zan o’zi hohlamagan holatda yuqorida ta’kidlangan guruhlarga a’zo bo’ladi va ularning vakili bo’lib qoladi. Guruh - bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo’lgan, boshqa birliklardano’z xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog’langan kishilar yig’indisidan iborat bo’lgan sotsial birlikdir.

220.Sotsial tashkilotlar haqida umumiy tushuncha


Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari. Kishilar o’z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar masalasi nafaqat sotsial psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar, asosan sotsial guruhlar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko’p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat yuzasidan, goho majburiylikdan, ba’zan o’zi hohlamagan holatda yuqorida ta’kidlangan guruhlarga a’zo bo’ladi va ularning vakili bo’lib qoladi. Guruh - bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo’lgan, boshqa birliklardano’z xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog’langan kishilar yig’indisidan iborat bo’lgan sotsial birlikdir.

221.Sotsial tengsizlik”, “sotsial stratifikatsiya”, “strata”, tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi.


Notenglik – tengsizlik. Kishilarning jamiyatda tutgan o‘rni va hayot sharoitlaridan qatiy nazar, ma’naviy-axloqiy talablar hammaga bir xil bo‘lishiga asoslanmaydigan ma’naviy-axloqiy tamoyillarga zid tushuncha.Sotsial munosabatlar bevosita barqarorlik bilan bog‘liq.Barqarorlik ( ijtimoiy , ma’naviy ) – jamiyatda hukm surayotgan tinch- totuvlik , birdamlikni asrab- avaylash va mustahkamlashga asoslangan tinch shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar , gurux va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjixatlik ; davlat , jamoat tashkilotlari , fuqarolar o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik qaror topgpnligini anglatadigan tushuncha7 . Xitoy donishmandi Konfutsiy “ Farovonlikka erishish- orzu , islohotlar unga yetishish vositasi , barqarorlik , bu maqsadga erishishning asosiy shart- sharoitidir” ; deya bejiz ta’kidlamagan.

222.Sotsial struktura tushunchasining mazmun mohiyati


Jamiyatning sottsial strukturasi-aloqalar va munosabatlarning majmuasi,uning tarkibiga sottsialguruhlar va ularning hayot faoliyatiga ko’ra insonlar jamoalari kiradi.

223.Sotsial va Shaxsiy statuslar ortasidagi farqlar.


Kundalik hayotdagi maqom tushunchasi shaxsning iqtisodiy kapitali, ijtimoiy obro'si va hayotning muayyan sohalarida ta'sir qilish imkoniyati bilan bog'liq bo'lgan xususiyatlari bilan tenglashtiriladi. Shu bilan birga, ushbu kontseptsiyaning sotsiologik talqini shaxsning huquq va majburiyatlarining o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan guruh yoki jamiyat ichidagi shaxsning alohida ijtimoiy pozitsiyasidan kelib chiqadi. Maqom har qanday shaxsni aniqlash, uni har qanday guruhga kiritish va jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga kirish imkonini beradi. Maqomlarga misollar har xil bo'lishi mumkin: ruhoniy, rahbar, ayol, bola, mijoz, professor, mahbus, ota, hokim va boshqalar. Har bir inson o'z maqomini shakllantirishda erkindir, lekin u o'zining moliyaviy ahvoli, ijtimoiy munosabatlari va umuman milliy madaniyati bilan chegaralanadi

224.Sotsial voqelik,sotsial harakat tushunchalarning mazmun mohiyati.


Voqelik — tabiiy va ijtimoiy-tarixiy hodisalarni ifodalovchi obʼektiv reallik. Keng maʼnoda mavjud olamni, dunyoni, borliq mazmunini ifodalasa, tor maʼnoda tayin predmet, hodisa, jarayonlarni anglatadi. Falsafa tarixida V. turlicha talqin etilgan. Xususan oʻrta asr falsafasida ilohiyot bilan bogʻlab tushuntirilgan: 16—17-asr faylasuflari (T. Gobbs, R. Dekart) V.ni fazo va vaqtda" mavjud moddiylik sifatida talqin etdilar. V.ni mantiqiy bilishning muhim bosqichi deb hisoblagan Gegel, V. — oʻz-oʻzini anglashga intilgan mutlaq gʻoyaning muayyan holati, mohiyat va mavjudlikning birligidir, deb tushuntiradi. V.ka dialektik yondashish, uni bir butunlikda, umumiy va oʻzaro aloqadorlikda tekshirish undagi muhim yoʻnalish, bogʻlanishlarni anglashga imkon beradi. V.ni haqiqiy baholash, undan toʻgʻri xulosalar chiqarish V.ni oʻzgartirishning garovi sanaladi. Hayot jarayonlarini sinchkovlik bilan kuzatish va oʻrganish orqali V. mohiyatini toʻgʻri tushunish, uning rivojlanish tendensiyasini aniqlash, kelajakni oldindan koʻra olish mumkin.

225.Sotsialogik tushunchavlarni yaratish.

226.Sotsilogiya va ijtimoiy fanlarning o’zaro aloqadorligi.
Ижтимоий ва гуманитар фанлар тизимида социология алоҳида ўринни эгаллайди. Бу бир нечта ҳолатлар билан белгиланади:У жамият ҳақидаги, унинг ҳодисалари ва жараёнлари ҳақидаги фан ҳисобланади.У ўз ичига умумий социологик назарияларни ёки ҳамма ижтимоий- гуманитар фанларнинг назария ва методологияси ҳисобланган жамият назариясини олади.У жамият ва инсон ҳаётий фаолиятининг турли томонларини ўрганувчи ижтимоий-гуманитар ва социал соҳани ўз ичига олади. Яъни, социология - ҳаётнинг у ёки бу соҳасини тадқиқ этувчи қонуниятлардир.Инсон ва унинг фаолияти, техник ва услубий жиҳатдан ўтказилган социологик тадқиқотлар, гуманитар ва ижтимоий фанлар томонидан зарурий жиҳатдан ўрганилади ва ҳисобга олинади.

227.Sotsiologik tadqiqotda gipoteza.


Gipoteza bu ob'ektni o‗rganilayotgan xususiyatlari haqidagi ilmiy tahlil gipoteza tushuntiruvchi, ta'riflovchi va oldindan aytib beruvchi, ya'ni gipoteza-prognozlarga bo‗linadi. Ta'riflovchi gipotezalar bu ob'ektni tuzilmasi va elementlari haqidagi tahlilni komponentlarni miqdoriy bog‗liqligi elementlararo aloqalar turi va xarakteri haqida ma'lumot beradi. Masalan: shunday gipoteza: Mehnat motivi tuzilmasi, ish haqiga emas balki mehnat mazmuniga bog‗liq bo‗ladi. Bu misolimizda quyidagi gipoteza to‗g‗ri bo‗ladi: Dindorlikni ustun tipi — progmatik va milliy tip.Tushuntiruvchi gipoteza — juda murakkab bo‗lgan sabab aloqalarihaqidagi tahminidir.Sabab aloqalari ijtimoiy jarayonlarda ko‗p omillik.Sababiyot ko‗p darajalilikdir: individual shaxs, institutsional, ijtimoiy-siyosiy. Masalan: talabalar dindorligining sababi — haqiqiy ma'naviy prientirlarning va professional faoliyat istiqbolining mavjud emasligidadir.Gipoteza — prognoz jarayonni rivojlanishi haqida tasavvur beradi. U rivojlanish tendensiyasi va yo‗nalishlarini aniqlovchi, barqaror mexanizmlarni ochib beradi.Gipoteza — empirik metod yordamida tekshirilishi mumkin bo‗lgan, tadqiqotdagi eng asosiy xususiyatlarni aniqlovchi muhim bilish instrumentidir. Gipotezani bor yoki yo‗qligi tadqiqot darajasini xarakterlaydi, qolgan barcha
228.Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish usuli va uning turlari.
Kuzatish -- dastlabki empirik ma’lumotlarni yig’ish usuli bo’lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o’ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo’ladi. Bu usuldan foydalanishning o’ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borilayotgan obyektidan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlar obyektiv, xolis va hayotiy bo’lishi bilan o’zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda subyektiv jihatlar ham bo’lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va qay yo’sinda tavsiflashi asosida boradi.Kuzatish usulining yana bir muhim jihati uning muayyan darajada chegaralanganligi bo’lib, ko’pincha tadqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish imkoniyati bo’lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini qiziqtirgan savolga kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha faqat so’z bilan ifodalanadi. Ammo, ba’zi xulqiy-ehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so’z orqali ifodalash qiyin bo’ladi.

229.Sotsiologik tadqiqot o’tkazish va ma’lumotlarni tahlil yigish.


Sotsiologik dastur bo’lajak tadqiqot materiallarini to’plash, qayta ishlash va ma'lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga oladi. Dastur tadqiq etiluvchi ijtimoiy muammo mohiyatini aniqlash, tadqiqot ob'ekti va predmetini belgilash, maqsad va vazifalarini xarakterlab berish, ish farazi (ilmiy taxmin)ni belgilash, usullarini aniqlash, ma'lumotlarni to’plash va taxlil etish sxemasini chizib olish kabi qismlarni o’zida mujassamlashtiradi. Shunday qilib, dastur, asosan ikki katta bo’lim, ya'ni metodologik-nazariy va amaliy-uslubiy bo’limlardan iborat
230.Sotsiologik tadqiqotda ma’lumotlar yig‘ish metodlari.
Sotsiologiyada m a’lumotlar to’plash metodlarining umumiy tasnifi: so’rov, kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o’rganish metodlari, ularning o’ziga xosligi. Sotsiologik m a’lumotlarni yig’ish usullari.Ilmiy bilishning metodlarini falsafa va sotsiologiyada 3 turga bo’lib o’rganiladi:1. Ilmiy bilishning eng umumiy-ilmiy metodi (ongli amaliy va nazariy faoliyat).Sotsiologiyada m a’lumotlar to’plash metodlarining umumiy tasnifi: so’rov, kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o’rganish metodlari, ularning o’ziga xosligi. Sotsiologik m a’lumotlarni yig’ish usullari.Ilmiy bilishning metodlarini falsafa va sotsiologiyada 3 turga bo’lib o’rganiladi:1. Ilmiy bilishning eng umumiy-ilmiy metodi (ongli amaliy va nazariy faoliyat).2. Ilmiy bilishning empirik darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.3. Ilmiy bilishning nazariy darajasiga oid umumiy ilmiy metodlar.Dastur tarkibi uslubiy qismining muhim jihati - empirik tadqiqot uslubiyati, texnika jarayoni va usullarini asoslashdan iborat.Sotsiologik tadqiqot uslubiyati - xususiy sotsiologik usullar majmui bo’lib, undan empirik materiallarni to’plash va tizimlashtirish maqsadida foydalaniladi. Metod tushunchasi keng ma’noda bilimlar tizimini yuzaga keltirish va asoslash uchun vositachi demakdir. Sotsiologiyaning usulsifatidagi umumsotsiologik pirintsiplari: ijtimoiy voqealikdagi jarayonlar, hodisalarni bilishdagi xususiy printsiplar va konkret usullar - matematikstatistik usullar, sotsiologik axborotni yig’ish usullari: kuzatish, so’roq, eksperiment va boshqalardan iboratdir.

231.Sotsiologik tadqiqotlarda hujjatlar bilan ishlash usuli.


Hujjatlarni o’rganish metodi. Hujjatlarni o’rganish ham sotsiologik ma’lumotlar yig’ishda o’ziga xos o’ringa ega. Hujjatlarni o’rganish metodlarini ikki katta guruhga ajratish mumkin: an’anaviy va formallashtirilgan. O’z navbatida, an’anaviy metodlar ham ikki guruhga bo’linadi: umumiy (tushunish, intuitsiya, anglab etish) va maxsus (manbalarga asoslanish, psixologik, yuridik metodlar). Formallashtirilgan metodlarga kontent-analizni kiritish mumkin. Kontent-analiz (tarkibiy analiz) metodi hujjatda ma’lum bir asosiy tushunchalarning qanchalik ko’p ishlatilishiga asoslanib xulosa chiqarishdan tashkil topadi

232.Sotsiologik tadqiqotning metodikasi va texnikasi.


Sotsiologik tadqiqot texnikasi - maxsus usullarning birligini anglatib, u yoki bu usuldan unumli va o’z o’rnida foydalanishni ifoda qiladi. Sotsiologik tadqiqot jarayoni tadqiqotni tashkil etish usuli, vositasi, barcha bilish va tashkiliy faoliyatning batartib borish jarayonini anglatadi.

233.Sotsiologiya fanini iqtisodiy fani bilan aloqadorligi.


Iqtisod fanlari bilan sotsiologiyaning dialektik aloqadorligi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol jarayonlarini o’rganishda namoyon bo’ladi. Ayniqsa, hozirda bozor munosabatlariga o’tish, mehnatga yangicha munosabat shakllanishi jarayonida uning ahamiyati juda kattadir. Iqtisodiyot sotsiologiyasi, mehnat sotsiologiyasi kabi sotsiologiyaning maxsus sohalari iqtisodiyotga bog’liq masalalarni o’rganadi va unga bog’liq bo’lgan barcha muammoni hal etishga xizmat qiladi. Shu jihatdan sotsiologiya jamiyatda va uning iqtisodiy hayotida o’ta muhim vazifalarni o’taydi. Sotsiologiya iqtisod fanlari bilan, ularning o’rganish obyekti bilan uzviy bog’liqdir. Iqtisodiy nazariyaning ilmiy g’oyalari yuqorida tilga olingan sotsiologiya sohalari uchun metodologik asos bo’lib xizmat qilsa, o’z navbatida, shu sohalarda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari iqtisodiyot muammolarini hal etishga xizmat qiladi.

234.Sotsiologiya fanining vazifalari.(rol,mavqe, )


Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydigan eng qulay variantlarini, ijtimoiy-madaniy modellarini topishdan iboratdir. Bular jamiyat va insonning o‗z-o‗zini takomillashtirishining qonunlaridir.Sotsiologiyaning vazifasi murakkab sotsial dunyoni tashkil etuvchi o‗zaro birkuvchi va harakat kiluvchi tuzilma va mehanizmlarni anshutashdan iboratdir. Buning uchun sotsiologiyadagi tanqidiy nazariya, falsafiy germenevtika, yangncha tus berilayottan katuralizidan foydalanish kerak, ularnn yangicha talqin qilish kerak deb kursatadi. Sotsiologiya predmeti muammosini hal qilishdagi uchinchi tendentsiya deb gumanistik rivojlanishini e'tirof etish mumkin.Социологияда Америкалик Д.Ж.Мид ва Г.Р.Минтонлар томонидан асос солинган шахснинг роли назарияси ҳам диққатга сазовордир. Кейинчалик бу назария Г.Мертон ва Т.Парсонс, Ғарбий Германия социологи Г.Дарендорфлар томонидан янада ривожлантирилган. Бу назария икки асосий тушунчалар: шахснинг ижтимоий мавқеи ва ижтимоий роли орқали тушунтирилади. Унга кўра, ҳар бир инсон муайян ижтимоий тизимда бир неча ўринни эгаллаши мумкин. Ҳар бир эгалланган ўрин ижтимоий мавқе деб аталади. Шахс ўз ҳаёти давомида бир неча ижтимоий мавқега эга бўлиши мумкин. Бинобарин, бу ўринлардан қайси биридир унинг асосий ижтимоий мавқеини белгилайди. Бош мавқе шахснинг эгаллаб турган мансаби (масалан, директор, раис, профессор каби) билан белгиланади.

235.Sotsiologiya fanining vujudga kelishida g’oyaviy-nazariy shart- sharoitlar.


XVIII-XIX asrlardagi ko’pgina Yevropalik mutafakkirlar, jumladan, Volter, Didro, Kant, Gegel, Gobbs, rasmiy tarzdagi sotsiologiya fani paydo bo’lishidan ancha oldin insonlarning fe’l-atvori, ijtimoiy ahloq va an’analari, xalqlarning xarakteri, ijtimoiy tipajlarning xulq-atvori to’g’risida yozishgan.«Sotsiologiya» atamasi faqat XIX asr boshida - 1838 va 1840 yillar oralig’ida paydo bo’ldi. Uni frantsuz olimi Ogyust Kont (1798-1857) yaratdi. Birinchidan, uni eng kuchli va samarali falsafiy yo’nalishlardan biri, ya’ni pozitivizmning asoschisi sanashadi. Ikkinchidan, u qudratli empirik fan - sotsiologiyaning otasi hisoblanadi. O.Kont unga nom berdi, uning predmeti va metodlarini belgiladi. XIX asrda jamiyat to’g’risidagi tajribali, empirik fanning vujudga kelishi tasodif emas, balki muayyan gnoseologik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga ega edi. O.Kont yangi fanni yaratar ekan, taxminan quyidagicha fikr yuritgan: «jamiyatni uning turli-tuman namoyon bo’lish jihatlarida anglash uchun falsafaning o’zi etarli emas. Jamiyatni boshqa masalalar bilan bir qatorda emas, balki maxsus tarzda faqat unga e’tibor bergan holda o’rganadigan maxsus fan kerak. Jamiyat to’g’risidagi yangi fan mustaqil bilim sifatida shakllanishi uchun u bilishning falsafiy metodini rad etishi va o’zining metodini o’ylab topishi kerak. Ammo hozircha uning o’z metodlari yo’q ekan, sotsiologiya tabiatshunoslikdan kuzatish, eksperiment va solishtirma tahlil kabi usullarni o’zlashtirishi lozim»

236.Sotsiologiya va aniq fanlarning aloqasi.(matematika, statistika).


Hozirgi zamon sotsiologiyasini matematikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Matematik usullarsiz sotsiologiya mavhum bir qarash bo’lib qoladi. Ayniqsa, uning empirik darajadagi tadqiqot o’tkazishdagi o’rni katta.Hozirgi zamon g’arb sotsiologiyasi kibernetik usullardan, axborot nazariyasi bilan muvaffaqiyatli rivojlantirilgan. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida sotsiologiya va texnika fanlar aloqadorligi tabiiydir. Chunki, “inson - texnika”, “jamiyat-texnika”, “maishiy turmush - texnika” kabi tizimlarni ilmiy o’rganish ular zimmasiga yagona vazifani yuklaydi. Inson yaratgan barcha texnika faqat inson va jamiyatning ijobiy taraqqiyotiga xizmat qilsin. Ammo, doimo kutilgan natija bo’lavermaydi. Ularni o’rganishda esa sotsiologiya fanining roli beqiyosdir. Jamiyat hayoti va inson faoliyatining turli jihatlarini o’rganish jarayonida yuqorida nomi tilga olingan fanlar tarkibida ijtimoiylik yo’nalishi mavjud bo’ladi. Shu jihatdan, o’z navbatida ularning sotsiologiya fani rivojlanishidagi ahamiyati kattadir.

237.Sotsiologiya fanining muammolari.

238.Sotsiologiya fanining tadqiqot ob’ekti.
Социологиянинг илмий мақомини асослашнинг моҳияти унинг объекти ва предмети ўртасидаги фарқдан келиб чиқади.Объектни билиш – тадқиқот объекти нимага йўналтирилганлиги ва объектив воқелик сифатида унга нима қарама-қарши турганлигини англатади.Ҳар қандай ҳодиса, жараён ёки объектив воқеликнинг ўзаро муносабати турли фанларнинг (физика, химия, биология, психология, иқтисодиёт, социология ва ҳоказолар) объекти бўлиши мумкин.Предмет объект каби объектив воқеликнинг бир қисми ёки унинг элементлари йиғиндиси бўлиб, умумий ёки ўзига хос хусусиятларга эга. Ҳар бир фан ўз навбатида предмети нуқтаи назаридан фарқ қилади.Ижтимоий хусусиятларга эга бўлган кишилараро алоқалар, ўзаро боғлиқликлар мажмуаси - социология фанининг объекти вазифасини ўтайди.Объект ва предмет ҳамма вақт бир-бири билан узвий боғлиқ бўлади. Чунки, объект моҳиятни тўғри тушуниш, илмий тадқиқот йўналишини холис белгилай олиш имконини беради.Демак, социологиянинг объекти жамиятни бошқарувчи тафаккур қонуниятлари, рационал воситаларидир.

239.Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar.


XVIII-XIX asrlardagi ko’pgina Yevropalik mutafakkirlar, jumladan, Volter, Didro, Kant, Gegel, Gobbs, rasmiy tarzdagi sotsiologiya fani paydo bo’lishidan ancha oldin insonlarning fe’l-atvori, ijtimoiy ahloq va an’analari, xalqlarning xarakteri, ijtimoiy tipajlarning xulq-atvori to’g’risida yozishgan.«Sotsiologiya» atamasi faqat XIX asr boshida - 1838 va 1840 yillar oralig’ida paydo bo’ldi. Uni frantsuz olimi Ogyust Kont (1798-1857) yaratdi. Birinchidan, uni eng kuchli va samarali falsafiy yo’nalishlardan biri, ya’ni pozitivizmning asoschisi sanashadi. Ikkinchidan, u qudratli empirik fan - sotsiologiyaning otasi hisoblanadi. O.Kont unga nom berdi, uning predmeti va metodlarini belgiladi. XIX asrda jamiyat to’g’risidagi tajribali, empirik fanning vujudga kelishi tasodif emas, balki muayyan gnoseologik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga ega edi. O.Kont yangi fanni yaratar ekan, taxminan quyidagicha fikr yuritgan: «jamiyatni uning turli-tuman
namoyon bo’lish jihatlarida anglash uchun falsafaning o’zi etarli emas.

240.Sotsiologiya fanlar tizimida


Sotsiologiya predmetiga Vesbsterov lug’atida « .. .sotsilogiya insonlarning sotsial guruhlarning vakili sifatida, birgalikdagi hayotining tarixi, rivojlanishi, tashkil topishi va muammolarini o’rganuvchi fan», deb berilgan. Turli sotsiologik ta’limot va yo’nalishlar vakillari sotsiologiya fani predmeti to’g’risida turlicha fikrlar bildirganlar. Jumladan, sotsiologiya fani asoschisi O. Kont sotsiologiyani jamiyat to’g’risidagi pozitiv fan deb hisoblagan. Amerikalik sotsiolog Dj. Smelzer o’zining "Sotsiologiya" darsligida sotsiologiya jamiyat to’g’risidagi fan ekanligini ta’kidlaydi. E. Dyurkeym esa sotsiologiya predmetini ijtimoiy ma’lumotlardan iborat deb bilgan. U sotsiologiya buyuk falsafiy ta’limotlardan yuzaga kelganligini e’tirof etadi va doimo qandaydir falsafiy yondashuvlarga suyanganligini ta’kidlaydi. Sotsiologiya - deb yozadi Dyurkgeym - allaqachon mustaqil fan bo’lib shakllangan, o’z predmetiga ega va shu tufayli o’z ishi bilan shug’ullanishikerak. Sotsiologiya, sotsial dalillar haqidagi fan bo’lib, uning ostida siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy va boshqa g’oyalar, qoida va qadriyatlar yotadi, deydi u.

241.Sotsiologiya institutlari.


Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut (lotinchainstitutum, ruscha lugaviy ma’nosi- ustanovleniya, o’zbekcha ma’nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to’plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi). Sotsial institut - bu inson faoliyatining turli sohalarini tartibga soluvchi va ularni rollar va mavqelar tizimiga kirituvchi rasmiy va norasmiy qoidalar, me’yorlar tamoyillari, yo’l-yo’riqlarning turg’un majmuidir. Shunday qilib, biz sotsial institutni ikkita usul yordamida ifodalashimiz mumkin: bir tomondan me’yorlar yig’indisi, ikkinchi tomondan - rollar va mavqelar yig’indisi. Yuqorida qayd etilganlardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu ikkita ta’rif bir-biriga zid emas, aksincha, ular bir-birini to’ldiradi va bitta hodisaning turli tomonlariga urg’u beradi. Sotsial institut butun jamiyat nomidan harakat qiladi. Institutsional aloqalar bir paytning o’zida me’yoriy ham hisoblanadi, chunki ular jamiyat tomonidan o’z a’zolarining u yoki bu ehtiyojlarini qondirish uchun o’rnatiladi. Sotsial institutning mazmuniy va rasmiy tomonlarini ajratish mumkin. Mazmuniy tomondan sotsial institut u yoki bu ijtimoiy mavqe egalari xulq-atvoriining andozalari tizimi hisoblanadi. Rasmiy tomondan sotsial institut aniq ijtimoiy vazifani bajarish uchun moddiy vositalarga ega bo’lgan shaxslarning yig’indisi sifatida qaralishi mumkin. Sotsial institutlar yoki institutsional sotsiologiya maxsus nazariy yo’nalishdir.

242.Sotsiologiya jarayonlari bosqich va davrlari


Sotsiologiya fani bugungi kunda muxim va tеzkor rivojlanish bosqichida turibdi. Mazkur fanning turli muommalari faylasuflar, tarixchilar, pеdagoglar, iqtisodchilar va kеng jamoatchilik tomonidan atroflicha o`rganila boshladi. Bunday qiziqish mustaqillikni mustaxkamlashning xozirgi bosqichida turli ijtimoiy siyosiy masalalarni yangicha baxolash yuzasidan sotsiologiya fani imkoniyatlariga bo`lgan ijtimoiy extiyojlarning kеskin ortishi bilan izoxlanadi.Ijtimoiy-iqtisodiy voqеlikni chuqur idrok etish istiqbolni rеjalashtirishdan ilg`or yo`nalishlarni ilmiy asosda ishlab chiqish bugungi kun dolzarb masalalari darajasiga chiqarilmoqda. Zеro, O`zbеkiston xalqi tеz o`sayapti. Kеlajakni o`ylash kеrak, bir yil oldinni emas, 10-20 yil oldini o`ylashimiz kеrak.

244.Sotsiologiya metodlari


Социологиянинг методлари:Социология фанининг мураккаб вазифаларини назарий ҳал этишга хизмат қиладиган ўзига хос методлари ҳам мавжуд бўлиб, уларни қуйидагича таснифлаш мумкин. 1. Функционал методология (жамиятдаги ҳодисаларнинг аҳамиятини аниқлашга интилади).2. Феноменологик методология (жамият аъзоларининг мавқеини аниқлашга ҳаракат). Таснифлаш методологияси (бу қўлланишига кўра классификация, гуруҳлаш, таққослаш, турлаш, системалаштиришларни ўз ичига олади). Шунингдек, социология фани муайян ижтимоий муносабатларни тадқиқ этиш асносида умумий, махсус ҳамда эмпирик методология тамойилларига ҳам таяниб иш тутади. Социология объектини турлича тушуниш натижасида методологиянинг 3 асосий тури шаклланган:

245.Sotsiologiya strukturasi


Struktura bu fandagi asosiy elementlar ularning joylashishi, munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasn va uning elementlariga bog‗liqdir. Fanning rivojlanib borishi davrida uniig elementlari bir tizimga tushlanib, bu sistema orqali esa bilimlarni tashkil qilish vositaligi ta'inlanadi. Buning natijasida esa nazarny, metodologik, metodik va boshqa elementlar o‗rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit ko‗rinishda aks ettiradilar. Fan bir tizim sifatida, qachonki umumiy asoslar, kategoriya va tushunchalarni ishlab chiqgandagina va bilishning har hil darajalari va shakllari orasida mantiqiy bog‗lanish bulsagina yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda fanning turli hil rivojlanish yunalishlari bilimning shakllangan tizimi bilan muvofiqlashadi. Agarda sotsiologiya haqida gapiradigan bulsak, u hali stuk birlashgan ilmiy tizimi sifatida shakllangani yo‗q yosh va rivojlanayotgan fan sifatida sotsiologiya har-hil ilmiy tizimlariing tupllami sifatida kuzga tashlanyapti.Sotsiologiyaning strukturasini xar xil taxlil qilish mumkin. Ayniqsa, bu strukturani aniqlash nazariy sotsiologiya, metodologiya va empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan kupincha yuzaga keladi.ko‗rinishda aks ettiradilar. Fan bir tizim sifatida, qachonki umumiy asoslar, kategoriya va tushunchalarni ishlab chiqgandagina va bilishning har hil darajalari va shakllari orasida mantiqiy bog‗lanish bulsagina yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda fanning turli hil rivojlanish yunalishlari bilimning shakllangan tizimi bilan muvofiqlashadi.
246.Sotsiologiya va aniq fanlarning aloqasi.
Hozirgi zamon sotsiologiyasini matematikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Matematik usullarsiz sotsiologiya mavhum bir qarash bo’lib qoladi. Ayniqsa, uning empirik darajadagi tadqiqot o’tkazishdagi o’rni katta.Hozirgi zamon g’arb sotsiologiyasi kibernetik usullardan, axborot nazariyasi bilan muvaffaqiyatli rivojlantirilgan. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti asrida sotsiologiya va texnika fanlar aloqadorligi tabiiydir. Chunki, “inson - texnika”, “jamiyat-texnika”, “maishiy turmush - texnika” kabi tizimlarni ilmiy o’rganish ular zimmasiga yagona vazifani yuklaydi. Inson yaratgan barcha texnika faqat inson va jamiyatning ijobiy taraqqiyotiga xizmat qilsin. Ammo, doimo kutilgan natija bo’lavermaydi. Ularni o’rganishda esa sotsiologiya fanining roli beqiyosdir. Jamiyat hayoti va inson faoliyatining turli jihatlarini o’rganish jarayonida yuqorida nomi tilga olingan fanlar tarkibida ijtimoiylik yo’nalishi mavjud bo’ladi. Shu jihatdan, o’z navbatida ularning sotsiologiya fani rivojlanishidagi ahamiyati kattadir.

247.Sotsiologiya va huquqshunoslik


Huquqiy davlatni shakllantirib, uni yanada rivojlantirishda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, huquqiy munosabatlarni tartibga solish katta ahamiyatga ega. Huquqiy tashkilotlarga faoliyatini yangi davr talablariga mos ravishda tashkil etish, ularning ijtimoiy munosabatlar sohalaridagi ta’sirini takomillashtirishga e’tiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Sir emaski, keyingi vaqtda jinoyatchilik ortdi. Jinoyatga qarshi kurash va uning oldini olish - davlat ahamiyatidagi masala hisoblanadi. Unga qarshi kurash jinoyat sodir etilgandan so’ng emas, balki unga qadar olib borilmog’i lozim. Jinoyatchilikning oldini olish, uning tub mohiyatini, motivi va keltirib chiqarayotgan sabablarning o’rganishda sotsiologik tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyatga ega. Demak, huquq fanlarining rivojlanishida ham sotsiologiyaning o’rni kattadir

248.Sotsiologiya va pedagogika


Milliy pedagogika hozirda sotsiologik tadqiqotlarga muhtoj. Bu tadqiqotlarning natijalari qanchalik beshafqat bo’lmasin, ulardan to’g’ri xulosalar chiqarish va amaliy tadbirlar ishlab chiqish davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masaladir.Sotsiologiyada jamiyat ijtimoiy tarkibiy tuzilishining ijtimoiy-demografikmunosabatlari ham muhim o’rin tutadi. Bu munosabatlar, asosan, aholining jinsiy tuzilishi, yoshi, oilaviy va genetik jihatlarini o’z ichiga oladi.Har qanday davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiga demografik siyosat ham kiradi. Demografik munosabatlarga mamlakat aholisining barcha qatlamlari mansub. Ijtimoiy-demografik tarkibga statistik jihatdan o’rganiladigan aholi o’rtasida tug’ilish, o’lim, nikoh, oilaviy qo’ydi-chiqdilar, shahar va qishloq aholisining migratsiyasi, hududiy migratsiya kabilar kiradi

249.Sotsiologiya va psixologiya


Kishilarda halovatlik, asabiylik ortmoqda. Odamlardagi asabiylikning ortishi xuddi yuqumli virus kabi tez tarqalib, ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Ushbu muammolarni o’rganish va hal etish borishda sotsiologiya bilan psixologiya fanlarining hamkorligi muhimdir.Bozor munosabatlariga o’tishning dastlabki qadamlari, ayniqsa ta’lim-tarbiya jarayonida juda katta ta’sir ko’rsatmoqda. O’quvchi yoshlar dunyoqarashida keskin o’zgarishlar yuz bermoqda. Nafaqat o’quvchi - yoshlarda, balki pedagogo’qituvchilar tarkibida ham jiddiy muammolar kelib chiqmoqda. O’quvchilar ongida ilmdan qaytish, fanga e’tiborsizlik, engil mehnat evaziga yaxshi yashash, ko’p pul topish «instikti» kuchaygan

250.Sotsiologiya va Shaxsning rivojlanishi


Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼlatvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.

251.Sotsiologiya va siyosatshunoslik.


Sotsiologiya fani siyosatshunoslik fani bilan uzviy aloqada bo`ladi. Sotsiologiya siyosatshunoslik uchun jamiyatda mavjud bo`lgan guruhlar o`rtasidagi munosabatlarga doir ko`plab ma`lumotlarni tayorlaydi va ynga etkazib beradi. Sotsiologiya o`zining 2 yo`nalishi orqali siyosatshunoslik fani bilan yanada bog`lanadi: a)Sotsiologiya va siyosat b)Sotsiologiya va siyosat munosabat Siyosiy sotsiologiya tushunchasi bizga ijtimoiy siyosatni, ijtimoiy hayotning siyosiy oqimini, ichki siyosatining ijtimoiy yo`nalganligini anglatadi. Sotsiologiya sistemasida siyosat sotsiologiyasi, davlat sotsiologiyasi , hokimiyat sotsiologiyasi , siyosiy munosabatlar sotsiologiyasi kabi yirik predmetlarning alohida predmeti sifatida mavjudligi bejiz emas. Sotsiologiya va siyosatshunoslik fani ham siyosatning ijtimoiy muhitga qiladigan ta`sirini o`rganadi. Ammo siyosatshunoslik fanidan sotsiologiyaning farqi siyosiy sotsiologiya jamiyat a`zolarining ijtimoiy hayotida yuz beradigan o`zgarishlarga qanday munosabatda bo`lishini hamda mehnat jamoalari, aholi turli qatlamlarinig fikir mulohazalarini umumlashtirish asosida xulosalar qiladi.Siyosiy sotsiologiyada qilingan xulosalar asosida amaliy ko`rsatkichlarga,matematik hisob –

252.Sotsiologiya va statistika


Sotsiologiya fani statistika fani bilan ayniqsa yaqin aloqada rivojlanadi. Har bir sotsiolog muayyan mavzuda sotsiologik tadqiqot o’tkazishni maqsad qilib qo’yar ekan,u albatta shu sohadagi predmetning konkret holatini, real voqelik manzarasini statistik manbalardangina topa oladi. Keng ko’lamdagi konkret sotsiologik tadqiqotlarning sotsiolog tomonidan statistik idoralar xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilishi ijobiy samaralar berishi shubhasizdir.

253.Sotsiologiya va tabiiy fanlar


Asrimizning keyingi bosqichida jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi munosabatning keskinlashuvi - sotsiologiyaning tabiatshunoslik fanlari bilan aloqadorligini kuchaytiradi. Insonning tabiatiga, tabiiy muhitga ta’siri ortib bormoqda. Ekologik, demografik vaziyatning keskinlashuvi sotsiologiya fanini bevosita ushbu muammolarni hal etishga jalb qiladi.

254.Sotsiologiya vujudga kelishining taraxiy sharoitlari, XIX asr boshlarida kapitalizm rivojlanishi.


XVIII-XIX asrlardagi ko’pgina Yevropalik mutafakkirlar, jumladan, Volter, Didro, Kant, Gegel, Gobbs, rasmiy tarzdagi sotsiologiya fani paydo bo’lishidan ancha oldin insonlarning fe’l-atvori, ijtimoiy ahloq va an’analari, xalqlarning xarakteri, ijtimoiy tipajlarning xulq-atvori to’g’risida yozishgan.«Sotsiologiya» atamasi faqat XIX asr boshida - 1838 va 1840 yillar oralig’ida paydo bo’ldi. Uni frantsuz olimi Ogyust Kont (1798-1857) yaratdi. Birinchidan, uni eng kuchli va samarali falsafiy yo’nalishlardan biri, ya’ni pozitivizmning asoschisi sanashadi. Ikkinchidan, u qudratli empirik fan - sotsiologiyaning otasi hisoblanadi. O.Kont unga nom berdi, uning predmeti va metodlarini belgiladi. XIX asrda jamiyat to’g’risidagi tajribali, empirik fanning vujudga kelishi tasodif emas, balki muayyan gnoseologik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga ega edi. O.Kont yangi fanni yaratar ekan, taxminan quyidagicha fikr yuritgan: «jamiyatni uning turli-tuman namoyon bo’lish jihatlarida anglash uchun falsafaning o’zi etarli emas.

255.Sotsiologiyada asosiy tushunchalar.


Iqtisodiyot: odamlarning sharoiti, sifati va turmush tarzi, ijtimoiy taranglikning old shartlari, korxona va muassasalarning samaradorligi, ijtimoiy xizmatlar sifati, kommunal xizmatlar faoliyati, marketing tadqiqotlari. Siyosat: kuch va muxolifat, jamiyat va davlat, saylovlarni o'rganish. Ijtimoiy-madaniy soha: millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar, oilaviy farovonlik va tarbiya, oiladagi zo'ravonlik, ajralish sabablari va dinamikasi, ta'lim, yoshlarni kasbga yo'naltirish, sog'liqni saqlash. Media sohasi: ommaviy axborot vositalarining aholining turli guruhlariga ta'siri, zamonaviy axborot manbalarining jamoatchilik ongiga o'rni va ta'siri, davriy nashrlarning tarqatilishi.
256.Sotsiologiyada sotsial munosabatlar.
Sotsiologiya fanining tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o‗rin kasb etadi. Chunki u orqali jamiyat a'zolari bir-birlari bilan ma'lum bir muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiyadagi bu maxsus soha o‗zining o‗ta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar tomonidan to‗liq ilmiy va sistemali ravishda o‗rganilmagan va ilmiy adabiyotlarda etarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy yo‗lning asosiy sabablaridan birinchisi, sobiq Ittifoq falsafiy — sotsiologik adabiyotida bu masalani bir yoqlama talqin qilinishi bo‗lsa. Ikkinchisi ilg‗or g‗arb adabiyotining ushbu sohasi bo‗yicha tadqiqotlarining to‗liq ma'lumotlarini bizda yo‗qligidir.Sotsial munosabatlar tushunchasini o‗zi hali sotsiologiya fanida aniq va ilmiy ta'rifini hozircha topa olgani yo‗q. Avvalambor shuni ta'kidlash zarurki, sotsial munosabatlar ko‗pincha ijtimoiy munosabatlar tushunchasi bilan tenglashtiriladi yoki sotsial munosabatlar ijtimoiymunosabatlarlarning bir xususiy ko‗rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud adabiyotlarni chuqurroq tahlil qilinadigan bo‗lsa shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqorida ko‗rsatilgan fikrlarda qimmatli asos borligini bilish mumkin.

257.Sotsiologiyada sotsializasiya jarayoni.


Insonning tashqi dunyo bilan o'zaro ta'sirida rivojlanish jarayoni sotsializatsiya deb ataladi.Amerikalik sotsiolog N.Smelser sotsializatsiyani "individlarning ijtimoiy rollariga mos keladigan malakalari va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirish jarayoni" deb ta'riflaydi. Polsha sotsiologi Y.Shchepanski sotsializatsiyani “shaxsni jamiyat hayotida ishtirok etishga bog‘laydigan, madaniyatni tushunishga, o‘zini guruhlarda tutishga, o‘zini namoyon qilishga va turli ijtimoiy rollarni bajarishga o‘rgatuvchi butun muhitning ta’siri” deb tushunadi.
Ko'pgina pedagogik faoliyat bolalar rivojlanishining barcha tomonlarini qamrab olmaydi, chunki o'qituvchilar hali nazariya va amaliyotni bog'lash va ilg'or kurslarda o'rganilgan tushunchalarni sinab ko'rish imkoniyatiga ega emaslar. Shuning uchun o'qituvchilar psixologiya, pedagogika va sotsiologiyaning nazariy va kontseptual hissasi bilan tashkil etish va rivojlanishning kundalik ehtiyojlari o'rtasidagi vositachilik rolining ahamiyatini bilishlari kerak. ta'lim faoliyati ichida Kundalik hayot muassasalar. Tanamachining fikricha, bu, xususan, zarur
258.Sotsiologiyada tadqiqot o’tkazish metodlari.
Anketa (so’rov varaqasi) so’rov metodining markaziy elementi sifatida.Anketa orqali so’rov o’tkazish eng keng tarqalgan so’rov turi hisoblanadi. Chunki, anketa savollari orqali respondentlardan olinadigan javoblarni umumlashtirib, guruhlashtirish bilan tadqiq etilayotgan ijtimoiy muammo to’g’risidagi jamoatchilik fikri oydinlashadi. Olingan ma’lumotlarning qanchalik to’g’ri, obyektiv va hayotiy ekanligi esa tadqiqotchilar tomonidan tuziladigan anketa savollarining qanchalik mohirona va savodli ekanligiga bog’liq bo’ladi. Anketaga kiritilgan savollar sodda, tushunarli va javob berishga qulay tuzilishi shart. Unda respondent xarakteri, yoshi, kasbi, ma’lumot darajasi va ruhiy jihatlari hisobga olinmog’i lozim. Aks holda, anketa so’rovi o’rganilayotgan muammo to’g’risida ishonchli, obyektiv ma’lumotlar bermasligi mumkin. Kuzatish dastlabki empirik ma’lumotlarni yig’ish usuli bo’lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o’ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo’ladi. Bu usuldan foydalanishning o’ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borilayotgan obyektidan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlar obyektiv, xolis va hayotiy bo’lishi bilan o’zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda subyektiv jihatlar ham bo’lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va qay yo’sinda tavsiflashi asosida boradi.

259.Sotsiologiyada tarmoq va maxsus yo’nalishlar


Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo’nalishlar. Sotsiologiyaning rivojlanish jarayonida sekin-asta maxsus va tarmoq yo’nalishlar vujudga kela boshladilar. Maxsus deb institutsional sotsiologiyani, shaxs sotsiologiyasini, guruh, jamiyat, sotsial harakat va sotsial munosabatlar sotsiologiyasini e’tirof etamiz. Bundan tashqari, yana shakllanib bo’lgan deb taraqqiyot sotsiologiyasi, o’zaro harakat, sotsial struktura va boshqalarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin. Institutsional sotsiologiya o’zaro harakatning mustahkam shakllarini tadqiq qiladi. Taraqqiyot sotsiologiyasi jamiyat taraqqiyotining manbasi shakli, yo’nalishlari va uning tarkibiy qismlarini o’rganadi. Sotsial harakat nazariyasi esa insonning sotsial faoliyatini sabablari, turlari va ahamiyatini aniqlashga harakat qiladi.Sotsiologiyadagi maxsus yo’nalishlar sotsial reallikni sotsiologiyaning obyekti sifatida qabul qilishda nazariy mushohada qilishlik va bir obyektning asosiy elementlarini aniqlash asosida vujudga keladi. Ayrim nazariyalar sotsiologiyaning asoschilar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lsada, ammo tadqiqot yo’nalishi sifatida XX asrning birinchi yarmida, neopozitivizm negizida yaratiladi.

260.Sotsiologiyada universallik va o‘ziga xoslik.


Sotsiologiyani o'rganadigan narsalarning aksariyati har qanday odam uchun mavjud, chunki biz tug'ilgan paytdan boshlab jamiyat haqida bilim olishni boshlaymiz. Shu ma’noda biz hammamiz o‘ziga xos sotsiologmiz, chunki yoshi ulg‘aygan sari ko‘pchiligimiz turli ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lamiz va jamiyat haqidagi bilimlarimizni kengaytiramiz. Biz jamiyat haqidagi bilimlarni nafaqat shaxsiy tajribamizdan, balki gazeta, radio, televidenie va internetdan ham olamiz. Shunday qilib, ko'pchilik odamlar jamiyat haqida ma'lum mulohazalar va qarashlarga ega, chunki ular jamiyatda yashaydilar. Shuningdek, ular jamiyatda nima yaxshi yoki yomon, vaziyatni yaxshilash uchun nima qilish kerakligi haqida o'z fikrlariga ega. Odamlarning bunday tasavvurlari kundalik ong darajasida jamiyat haqidagi sog'lom fikr yoki bilim deb ataladi.Oddiy ijtimoiy bilimlar - bu shaxsning shaxsiy tajribasidan yoki turli xil ommaviy axborotmanbalaridan - gazetalar, radio, televidenie va Internetdan olingan jamiyat haqidagi ego bilimi.Sotsiologik bilimlar jamiyat haqidagi kundalik bilimlardan farq qiladimi? Sotsiolog odamlarga jamiyat haqida o'zlari erisha olmaydigan bilimlarni bera oladimi? Sotsiologiya umuman fan ekanligini aniqlash uchun bunday savollarni berish kerak.
261.Sotsiologiyada devaint xulq-atvor muammosini o‘rganish.
Deviant xulq-atvor muammosini o’rganish sotsiologiyadagi ilmiy yo’nalish sifatida. Deviant so’zi - lotincha “deviatio” so’zidan olingan bo’lib, chekinish, buzilish degan ma’noni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o’rnatilgan ahloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyatyoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir.Ma’lumki, zamonaviy G’arb sotsiologiyasida deviant xulq-atvorga turlicha qarashlar mavjud. Deviant xulq-atvorning eng ko’p tarqalgan va jamiyatda yaqqol namoyon bo’lish turi jinoyatchilik bo’lib, ijtimoiy me’yorning buzilishi sifatida ushbu xodisa fanda juda qadimdan o’rganilgan.XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib. pozitivistik maktab shakllanishi bilan., jinoyatchilikni ham sababiylikda o’rganuvchi ta’limotlar paydo bo’la boshladi. Jumladan, italiyalik psixiatr Ch. Lombrozo Italiya qamoqxonalaridagi 14 ming maxbus ustida tekshirish olib borib, “jinoyatchilar tug’ma bo’lishadi” degan xulosaga kelishadi. Uning shogirdi E.Ferri jinoyatchilik sotsiologiyasi asarida ushbu omilga qo’shimcha ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillarni ham ko’rsatadi. Keyinchalik ushbu ta’limotlar turli tanqidlarga uchragan bo’lsada, hozirgi kungacha ham G’arb sotsiologiyasining ba’zi namoyondalari ushbu ta’limotning u yoki bu yo’nalishlarini rivojlantirib kelishmoqda. Ularning ta’limotlariga ko’ra ichki sekretsiya bezlari, aqliy rivojlanganlik darajasi, xromosomalarning tuzilishi va irsiy sabablar jinoyatchilik va shu kabilarni tug’ma yoki biologik omillarni shakllanishiga ta’sir qiladi

262.Sotsiologiyada gender muammosi.


Gender tenglik mavzusi ko‘p yillar davomida muhokamalar, tortishuvlar, munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Afsuski, o‘tgan o‘n-yigirma yillar davomida gender tenglik masalasi, ayollarning muammolari, orzu-umidlari, jamiyatdagi roli va o‘rni faqat tilda hamda hisobotlarda yozilib kelinardi. Bu odatiy holatga ham aylanib ulgurgandi, desak ham bo‘ladi. Ayollarimiz, ayniqsa, qishloqdagi xotin-qizlarimizni asosan paxta dalalarida — mehnatda ko‘rish mumkin edi. Xotin-qizlarimizga faqat uy yumushlari, ro‘zg‘or yurituvchi, farzand tarbiyalovchi sifatida qaralib, ayollarga munosabat shu bilan cheklanib qolinardi. Boshqaruvda yoki rahbarlikka ayollarni tayinlash o‘ta murakkab masala edi.

263.Sotsiologiyada guruh tushunchasi.


Kishilar o’z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar masalasi nafaqat sotsial psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar, asosan sotsial guruhlar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko’p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat yuzasidan, goho majburiylikdan, ba’zan o’zi hohlamagan holatda yuqorida ta’kidlangan guruhlarga a’zo bo’ladi va ularning vakili bo’lib qoladi. Guruh - bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo’lgan, boshqa birliklardano’z xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog’langan kishilar yig’indisidan iborat bo’lgan sotsial birlikdir.

264.Sotsiologiyada kishilarga ijtimoiy madaniy me’yorlarni singdirish va sotsial rollarni o‘zlashtirish sifatida.

265.Sotsiologiyada metod va metodologiya tushunchalari.
Bolgariyalik sotsiolog Nikola Stefanov tanlaganidek, fan tarixida bir an'ana borki, u orqali har qanday yangi paydo bo‘lgan fan avvalambor metod nuqtai nazardan baholanadi. Bu tasodif emas, chunki faninng amaliyligi metod orqali namoyon bo‗ladi va metod fanning yutuqlaridan amaliy foydalanishlik uchun hurmat qiladi. Metod bu ma'lum bir bilim vositalarni (fikrlashlik, predmetlik, belgichilik) konsepsial qo‘lash bo‗lib, uning asosiy vazifasi yangi bilimlarga erishishni ta'minlashdir. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda metod bu bilishda kerakli natijalarga erishish vositasi yoki voqelikni tubdan o‘zgartirish vositasidir. Har bir metod o‗zida bilib olingan qonuniyatlar, xususiyatlar va aloqalarni mujassamlashtirgan bo‗lib, ular uning ob'ektiv tomonini tashqil qiladilar. Ular asosida shakllangan usul, vosita va qoidalar sub'ektiv tomon deb ataladi

266.Sotsiologiyada tadqiqot o‘tkazish metodlari.


Anketa (so’rov varaqasi) so’rov metodining markaziy elementi sifatida.Anketa orqali so’rov o’tkazish eng keng tarqalgan so’rov turi hisoblanadi. Chunki, anketa savollari orqali respondentlardan olinadigan javoblarni umumlashtirib, guruhlashtirish bilan tadqiq etilayotgan ijtimoiy muammo to’g’risidagi jamoatchilik fikri oydinlashadi. Olingan ma’lumotlarning qanchalik to’g’ri, obyektiv va hayotiy ekanligi esa tadqiqotchilar tomonidan tuziladigan anketa savollarining qanchalik mohirona va savodli ekanligiga bog’liq bo’ladi. Anketaga kiritilgan savollar sodda, tushunarli va javob berishga qulay tuzilishi shart. Unda respondent xarakteri, yoshi, kasbi, ma’lumot darajasi va ruhiy jihatlari hisobga olinmog’i lozim. Aks holda, anketa so’rovi o’rganilayotgan muammo to’g’risida ishonchli, obyektiv ma’lumotlar bermasligi mumkin. Kuzatish dastlabki empirik ma’lumotlarni yig’ish usuli bo’lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o’ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo’ladi. Bu usuldan foydalanishning o’ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borilayotgan obyektidan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlar obyektiv, xolis va hayotiy bo’lishi bilan o’zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda subyektiv jihatlar ham bo’lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va qay yo’sinda tavsiflashi asosida boradi.

267.Sotsiologiyaning asosiy kategoriyalari.


Iqtisodiyot: odamlarning sharoiti, sifati va turmush tarzi, ijtimoiy taranglikning old shartlari, korxona va muassasalarning samaradorligi, ijtimoiy xizmatlar sifati, kommunal xizmatlar faoliyati, marketing tadqiqotlari. Siyosat: kuch va muxolifat, jamiyat va davlat, saylovlarni o'rganish. Ijtimoiy-madaniy soha: millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar, oilaviy farovonlik va tarbiya, oiladagi zo'ravonlik, ajralish sabablari va dinamikasi, ta'lim, yoshlarni kasbga yo'naltirish, sog'liqni saqlash. Media sohasi: ommaviy axborot vositalarining aholining turli guruhlariga ta'siri, zamonaviy axborot manbalarining jamoatchilik ongiga o'rni va ta'siri, davriy nashrlarning tarqatilishi.

268.Sotsiologiyaning ijtimoiy fanlar kesimidagi o’rni.(Tarix, falsafa, psixologiya).


Sotsiologiya falsafa fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Sotsial falsafa qonun va kategoriyalari bevosita umumsotsiologik nazariya va konseptsiyalarni o’z ichiga oladi. Maxsus sotsiologik nazariyalar uchun esa nazariy va metodologik asos bo’ladi. Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariyalarning rivojlanishi o’z navbatida mazkur davr ijtimoiy fikrini shakllantiradi, unga nazariy va amaliy manba bo’lib xizmat qiladi. Sotsiologik tadqiqot empirik ma’lumotlar, eksperimentlar yordamida ijtimoiy falsafiy ta’limotlarning qanchalik to’g’ri, mazkur ijtimoiy davr mazmuniga mos yoki ularning eskirib, ijtimoiy taraqqiyot talabiga javob bera olmay qolganligini aniqlab berish imkoniyatiga ega. Ammo, sotsiologiya har qanday siyosiy va idealogik tizimdan holi bo’lsagina, uning yuqorida ko’rsatilgan ilmiy qimmati saqlanadi.Kishilarda halovatlik, asabiylik ortmoqda. Odamlardagi asabiylikning ortishi xuddi yuqumli virus kabi tez tarqalib, ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Ushbu muammolarni o’rganish va hal etish borishda sotsiologiya bilan psixologiya fanlarining hamkorligi muhimdir.Bozor munosabatlariga o’tishning dastlabki qadamlari, ayniqsa ta’lim-tarbiya jarayonida juda katta ta’sir ko’rsatmoqda. O’quvchi yoshlar dunyoqarashida keskin o’zgarishlar yuz bermoqda. Nafaqat o’quvchi - yoshlarda, balki pedagogo’qituvchilar tarkibida ham jiddiy muammolar kelib chiqmoqda. O’quvchilar ongida ilmdan qaytish, fanga e’tiborsizlik, engil mehnat evaziga yaxshi yashash, ko’p pul topish «instikti» kuchaygan

269.Sotsiologiyaning nazariy asoslari


Sotsiologiya boshqa ijtimoiy fanlarga o’xshab ma'lumotlar to’plash va tahlil qilish usullariga, nazariyalarni isbotlar va mantiqiy dalillar asosida baholash usullariga ega bo’lgani uchun ham fan hisoblanadi.Sotsiologiya bizning turmushimizga juda ko’p amaliy ta'sir o’tkazadi. Sotsiologik tafakkur va tadqiqotlarning amaliy siyosat va ijtimoiy islohotlarga o’tkazadigan ta'siri bir necha yo’nalishda bo’ladi. Eng bevosita ul – ijtimoiy vaziyatni aniq bo’lishidir.Endi bevosita sotsiologiyaning fan darajasiga ko’tarilishi, uning asoschisi, ob’ekti va predmeti to’g’risida kengroq to’xtalib o’tamiz.Mamlakatimizda sotsiologiya fanining taraqqiy topishida milliy istiqlol g’oyasining mohiyat va mazmuni muhim dastur vazifasini o’taydi. Milliy istiqlol g’oyasi sotsiologiya fanining rivojlanishida mamlakatimiz Konstitusiyasi milliy va umuminsoniy qadriyatlari, demokratik tamoyillarga tayanishi, xalqiimizning yuksak ma'naviyati, o’lmas merosi, yurt tinchligi, vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qilishni taqazo etadi

270.Sotsiologiyaning ob’ekti va predmeti.


Социологиянинг илмий мақомини асослашнинг моҳияти унинг объекти ва предмети ўртасидаги фарқдан келиб чиқади.Объектни билиш – тадқиқот объекти нимага йўналтирилганлиги ва объектив воқелик сифатида унга нима қарама-қарши турганлигини англатади.Ҳар қандай ҳодиса, жараён ёки объектив воқеликнинг ўзаро муносабати турли фанларнинг (физика, химия, биология, психология, иқтисодиёт, социология ва ҳоказолар) объекти бўлиши мумкин.Предмет объект каби объектив воқеликнинг бир қисми ёки унинг элементлари йиғиндиси бўлиб, умумий ёки ўзига хос хусусиятларга эга. Ҳар бир фан ўз навбатида предмети нуқтаи назаридан фарқ қилади.Ижтимоий хусусиятларга эга бўлган кишилараро алоқалар, ўзаро боғлиқликлар мажмуаси - социология фанининг объекти вазифасини ўтайди.Объект ва предмет ҳамма вақт бир-бири билан узвий боғлиқ бўлади. Чунки, объект моҳиятни тўғри тушуниш, илмий тадқиқот йўналишини холис белгилай олиш имконини беради.Демак, социологиянинг объекти жамиятни бошқарувчи тафаккур қонуниятлари, рационал воситаларидир.

271.Sotsiologiyaning asosiy metodlari


Anketa (so’rov varaqasi) so’rov metodining markaziy elementi sifatida.Anketa orqali so’rov o’tkazish eng keng tarqalgan so’rov turi hisoblanadi. Chunki, anketa savollari orqali respondentlardan olinadigan javoblarni umumlashtirib, guruhlashtirish bilan tadqiq etilayotgan ijtimoiy muammo to’g’risidagi jamoatchilik fikri oydinlashadi. Olingan ma’lumotlarning qanchalik to’g’ri, obyektiv va hayotiy ekanligi esa tadqiqotchilar tomonidan tuziladigan anketa savollarining qanchalik mohirona va savodli ekanligiga bog’liq bo’ladi. Anketaga kiritilgan savollar sodda, tushunarli va javob berishga qulay tuzilishi shart. Unda respondent xarakteri, yoshi, kasbi, ma’lumot darajasi va ruhiy jihatlari hisobga olinmog’i lozim. Aks holda, anketa so’rovi o’rganilayotgan muammo to’g’risida ishonchli, obyektiv ma’lumotlar bermasligi mumkin. Kuzatish dastlabki empirik ma’lumotlarni yig’ish usuli bo’lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o’ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo’ladi. Bu usuldan foydalanishning o’ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borilayotgan obyektidan mustaqil bo’ladi va unga bo’ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlar obyektiv, xolis va hayotiy bo’lishi bilan o’zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda subyektiv jihatlar ham bo’lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi va qay yo’sinda tavsiflashi asosida boradi.

272.Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari


Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviynazariy shart-sharoitlar. XVIII asr oxiri-XIX asr boshlarida Yevropadagi sotsiologik dunyoqarash xarakteri va mazmuni mazkur jamiyatdagi ijtimoiy o’zgarishlar bilan izohlanadi. Jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotida yangi shaklli tuzilmalar paydo bo’ldi. Eski bilimlar o’rnini yangi nazariyalar egallab, falsafiy bilimlarda yangicha yondoshuvlar kuchaya boshladi. Xarakterli tomoni shundaki, sotsiologiya yangi pozitiv falsafa tamoyillarini asoslab beruvchi fan sifatida maydonga chiqdi. Jamiyat tuzilishi to’g’risidagi mavjud falsafiy-sxolastik g’oyalar tanqidga uchrab, uning o’rniga tabiiy fanlar metodlariga mos keluvchi ijtimoiy tadqiqotlar taklif etila boshlandi. Sotsiologiya mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi yarmida vujudga keldi. Bu jarayon ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va ilmiy bilimlarning tabaqalanishi tufayli yuzaga kelib, sotsiologiyaning falsafadan ajralib mustaqil fan sifatida faoliyat ko’rsatishiga imkon berdi. Natijada sotsiologiya ijtimoiy munosabatlarni nazariy tahlil qilishni ijtimoiy faktlarni empirik tadqiq qilish bilan qo’shib olib boruvchi mustaqil fanga aylandi. Sotsiologiya lotincha ”societas” - jamiyat va yunoncha “logos” - tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatib, jamiyatning tarkibiga kiruvchi alohida institutlar, tizimlar, guruhlar va ularning o’zaro aloqadorligini o’rganuvchi fandir. Demak, sotsiologiya umumiy ma’noda jamiyat to’g’risidagi fandir.

273.Sotsiologiyaning ijtimoiy fanlar kesimidagi o‘rni.


Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi tutgan o’ziga xos o’rni. Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan uzviy aloqada rivojlanishi, eng avvalo o’sha fanlarga oid ma’lumotlardan u yoki bu tarzda foydalanishi bilan izohlansa, o’z navbatida sotsiologiyaga oid xulosalardan foydalanib boshqa fanlar ham rivojlanadi.Sotsiologiya o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy fandir. Jamiyatning rivojlanishi, kishilar o’rtasidagi munosabatlar yangidan - yangi sifatlar bilan boyib borishi, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyalarining yanada takomillashib borishi va boshqa ko’pgina faktorlar bugunki kunda sotsiologiyani mavqeini yanada oshirmoqda, ijtimoiy fanlar ichida etakchi o’rin egallashiga imkon bermoqda. O’z navbatida sotsiologiya fani jamiyat taraqqiyotiga amaliy xulosalari bilan ta’sir etadi. Buni rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham bilish mumkin. Bu mamlakatlarda sotsiologiya fani ham nazariy, ham amaliy jihatdan yuksak darajada rivojlanib, sotsiologik tadqiqotlar markazlari, mutaxassis kadrlar tayyorlashdagi alohida e’tibor, ishlab chiqarishdagi sotsiologik xizmat zaruratini yanada oshirdi.

274.Sotsiologiyaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni va roli.

275.Sotsiologiyaning maqsadi va vazifalari.
Sotsiologiyaning vazifasi jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydigan eng qulay variantlarini, ijtimoiy-madaniy modellarini topishdan iboratdir. Bular jamiyat va insonning o‗z-o‗zini takomillashtirishining qonunlaridir.Sotsiologiyaning vazifasi murakkab sotsial dunyoni tashkil etuvchi o‗zaro birkuvchi va harakat kiluvchi tuzilma va mehanizmlarni anshutashdan iboratdir. Buning uchun sotsiologiyadagi tanqidiy nazariya, falsafiy germenevtika, yangncha tus berilayottan katuralizidan foydalanish kerak, ularnn yangicha talqin qilish kerak deb kursatadi. Sotsiologiya predmeti muammosini hal qilishdagi uchinchi tendentsiya deb gumanistik rivojlanishini e'tirof etish mumkin.

276.Sotsiologiyaning strukturasi va uning tarkibiy qismlari.


Sotsiologiyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari. Sotsiologiyaning strukturasini har xil tahlil qilish mumkin. Ayniqsa, bu strukturani aniqlash nazariy sotsiologiya, metodologiya va empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan ko’pincha yuzaga keladi.Lekin bu sotsiologiyaning komponentlarini ajratib olish umumiyroq ma’noga ega, natijada esa fanning murakkab va har xil ko’rinishga ega bo’lgan strukturasining mazmuni kashf etilmaydi. Shuning uchun to’laroq va har tomonlama xususiyatga ega bo’lish bilangina sotsiologiyani strukturasini ko’rsatib berish lozim. Sotsiologiya strukturasida fundamental va amaliy yo’nalishlarni, nazariy va empirik tadqiqotlarni, mahsus va tarmoq sohalarni ajratib ko’rsatish darkor. Ular bir-birlari bilan juda murakkab o’zaro dialektik aloqadorlar. Ayrim hollarda bir-birlariga qo’shilib ketadilar, boshqa holatlarda esa bir-birlarini inkor etadilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo’lishligi uchun sotsiologiya strukturasini bu elementlarini alohida tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz

277.Sotsiologiyaning tarkibiy qismlari


Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda (Platon, Aristotel va boshqalar) paydo boʻldi, tarix falsafasida davom etdi. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sotsiologik tasavvur va qarashlar 19-asrning 1-yarmida O. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasida fan darajasiga koʻtarildi va qariyb 200 yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Turli davrlarda sotsiologiyaning mohiyati turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan

278.Sotssiologiya tushunchasining mohiyati.


Социология (лотинча societas – жамият ва юнонча Logos – таълимот) – сўзларидан келиб чиққан бўлиб, жамият ҳақидаги фан маъносини англатади. Аниқроқ қилиб айтганда, у яхлит тизим сифатидаги жамият, алоҳида институтлар, ижтимоий гуруҳлар, жамият тузилмалари ва уларда юз берадиган ижтимоий жараёнларни ўрганувчи фан. «Социология» ҳақидаги тушунча биринчи маротаба XIX асрнинг 30 - йилларида француз файласуфи Огюст Конт томонидан илмий истеъмолга киритилган. Унинг тушунишича социология жамиятга тааллуқли бўлган ҳамма нарсаларни ўз ичига олган жамиятшунослик билан бир қаторда турган.Социология – инсониятнинг тарихий тараққиёти давомида яратилган маданиятнинг таркибий қисмидир. У ХVIII асрда кишилик жамияти ва унинг қонуниятларини ўрганувчи мустақил фан сифатида тарих фалсафасида шаклланди. Ижтимоий ҳаётнинг мураккаблашуви ва илмий билимларнинг табақаланиши социологиянинг фалсафадан ажралиб, мустақил фанга айланишини муқаррар қилиб қўйди.

279.Spenser sotsialogiyasida jamiyat organizm sifatida.


G.Spenser sotsiologiyadagi organizmga oid maktabning asoschisi hisoblanadi. U o’zining organizmga oid nazariyasini va sotsial evolyutsiya tushunchasini “Ilmiy, siyosiy va falsafiy tajribalar” asarida atroflicha bayon etgan.G.Spenser jamiyatni tabiiy, eng avvalo biologik qonunlar asosida rivojlanuvi organizm sifatida qaragan. U jamiyatni jonli biologik organizmga o’xshatadi. Ushbu fikrni asoslash maqsadida u quyidagi dalillarni keltiradi:1. Jonli organizm sifatida har qanday jamiyat ham o’sish va rivojlanish jarayonida o’z massasida ortib boradi;2. U va boshqalari murakkablashadi;3. Uning qismlarining tobora bir-biriga bog’liqligi kuchayib boradi;4. Uni tashkil etgan birliklar goho paydo bo’lib va yo’q bo’lib turishiga qaramay, bir butun holda yashashni davom ettiradi.

280.Spenserning sotsiologiya faniga qo‘shgan hissasi.


. Г. Спенсернинг асосий асари «Синтетик фалсафа тизими» бўлиб, унда табиий ва социал воқеаларнинг тарихий ривожланиши ҳақидаги чуқур қарашларини баён этган. Г. Спенсер социологиядаги организмга оид мактабнинг асосчиси ҳисобланади. У ўзининг организмга оид назариясини ва социал эволюция тушунчасини «Илмий сиёсий ва фалсафий тажрибалар» асарида атрофлича баён этган. Г. Спенсер жамиятга табиий, энг аввало биологик қонунлар асосида ривожланувчи организм сифатида қараган. У жамиятни жонли биологик организмга ўхшатади. Ушбу фикрни асослаш мақсадида у қуйидаги далилларни келтиради:Жонли организм сифатида ҳар қандай жамият ҳам ўсиш ва ривожланиш жараёнида ўз массасида ортиб боради.У ва бошқалари мураккаблашади.Унинг қисмларининг тобора бир-бирига боғлиқлиги кучайиб боради.

281.Stratifikasiya va stratifikatsion jarayonlar


Stratifikatsiya (lot. stratum toʻshama, qatlam, va facio — bajaraman) — 1) oʻsimliklar urugʻ (danak) lari unib chiqishini tezlashtirish uchun nam muhitda saqlash, urugʻlarga ekishdan oldin ishlov berish usuli. Asosan, mevali, manzarali, oʻrmon daraxtlari, butalari, ayrim dorivor oʻsimliklar urugʻlari (danaklari) uchun qoʻllaniladi. S. uchun qum, qipiq, torf uvoqlari va boshqa ishlatiladi. Maxsus chuqur yoki yashiklarda urugʻ (danak) lar nam qum bilan aralashtirilib 3—5° haroratda saqlanadi. Olma va nok urugʻlari 120—130, yongʻoq, pista va bodom 45—60, behi urugʻi 60—70, shaftoli va oʻrik danagi 90—100, togʻolcha danagi 150—200, olcha va gilos danagi 200—250 kun S. qilinadi. Olma, nok, behi, bodom, yongʻoq va boshqa meva urugʻlari oktabr—noyabrda ekilganda, bahorgacha S. davrini yerda oʻtkazib, yaxshi unib chiqishi ham mumkin. Togʻolcha, olcha, gilos va boshqa mevali daraxt danaklari esa S. davrini toʻliq oʻtkazishi uchun mevadan ajratilgach, qumlanib, kuzgacha saqlanadi; 2) atmosferadagi muvozanat shartlarini belgilovchi havo temperaturasining vertikal boʻyicha taqsimlanishi; havoning vertikal siljishi ortishiga yoki kamayishiga yordam beradi. Noturgʻun S.da balandlik oshishi bilan temperatura pasayadi, bu atmosfera konvensiyasiga imkon beradi.

282.Stratifikatsione tizimlar: qullik , kasta, klan va sinf.


Stratifikatsion tizimlar: qullik, kasta, klan va sinf. Stratifikatsiya kishilik jamiyatining paydo bo’lishi, tugilishi bilan yuzaga keladi.1. Kuldorlik - kishilarni qaram qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy shaklidir. Tengsizlik darajasining ko’rinishidir.2. Kastalar (lat. Partugal. guruh, toifa, tabaqa) - odam tugilganidan boshlab a’zo bo’lib qoladigan ijtimoiy guruhlar (stratlar) dir.3. Tabaqalar - taomillar yoki huquq, qonunlari bilan mustahkamlangan nasldan-naslga o’tuvchi huquklar va burchlarga ega bo’lgan ijtimoiy guruhlar.4. Sinflar - sinflar paydo bo’lishi XVIII-X1X asr bilan bog’liq AQSH - o’rta sinflar jamiyati. AQSHda 4 ta asosiy sinflar bor:- oliy;- o’rta;- ishchi;- quyi sinflar.Hozirgi kunda O’zbekistonda tabaqalanishda sinflar: boylar, o’rta, kambagallar mavjud. Stratifikatsiyaning aralash tipi bor. Hozir bizda mulkdorlar sinfi shakllanmoqda.

283.Stratifikatsiya tiplari.


Социал стратификациянинг тарихий типлари. Стратификация (лот стратум - қатлам ва фацио – бажараман) - жамият тузилмаси, алоҳида қатламлари, ижтимоий табақаланиш белгилари тизими ва тенгсизликни ифода этувчи социологик тушунчадир.Социал стратификация - социологик тушунча бўлиб, жамият ва унинг айрим қатламлари тузилишини, ижтимоий табақаланиш, тенгсизлик белгилари тизимини ифодалайди ёки бошқача айтганда: жамиятнинг мулк, мақом ва ҳокимият муносабатларидан келиб чиқадиган тизими бўлиб, у ижтимоий роллар ва вазифаларни ўзида акс эттиради. Социал стратификация жамиятдаги меҳнат тақсимотида турли гуруҳларнинг ижтимоий дифференциациясидан (табақаланишуви), шунингдек у ёки бу фаолиятнинг аҳамиятини ва ижтимоий тенгсизликни қонунийлаштирувчи қадриятлар ва маданий намуналар (стандартлар) тизимининг хусусиятидан келиб чиқади. Ижтимоий стратификациянинг асосий вазифаси-турли фаолият хиллари учун рағбатлантирувчи тизим ёрдамида ижтимоий ролларни мос равишда идрок этиш ва бажаришни таъминлашдир.
284.Strukturaviy sotsial harakatchanlik.
Strukturaviy sotsial harakatchanlik. Sotsial stratifikatsiya - Sotsiologlar sotsial harakatchanlikni stratalarga (qatlamlarga) bo’lingan jamiyatning o’ziga xos xususiyati deb biladilar va uni gorizontal hamda vertikal harakatchanlikka ajratadilar. Kishilarning aynan bir tabaqa ichida harakati, masalan, ish joyini yoki turar joyini o’zgartirish gorizontal harakatchanlikni anglatadi. Vertikal harakatchanlik esa quyi tabaqalardan yuqori tabaqalar tomon va aksincha qilingan harakatni bildiradi. Amerikalik sotsiolog Seymur Lipsetning fikricha, jamiyatda stratifikatsiya tizim sotsial zinaning quyi pogonasida turganlarga norozilik manbai sifatida ta’sir qiladi, shuning uchun ham stratifikatsiya tizimi ajralishning manbaidir, ammo shu bilan birga u kishilarni turli lavozimlarga tayinlashning va ularni o’z vazifalarini ado etishga ragbatlantirishning asosiy mexanizmidir. Amerka sotsiologiyasida U.Uortner Amerika jamiyatining sotsial tabaqalanish modelini ishlab chiqdi. Bu modelga oltita sotsial sinfning tabaqalanish tartibi berilgan. Uortnerga ergashgan holda K. Deyvs, U. Mur, V. Koleman, L. Reyuoter, E.Shoyx, T. Gayger, R. Darendorf kabi olimlar o’zlarining stratifikatsiya sxemalarini ishlab chiqdilar

285.Ta’lim sotsial institut sifatida.


Таълим социологияси – жамиятнинг таълим тизими тўғрисидаги махсус социологик назария бўлиб, уни нисбатан мустақил ижтимоий институт сифатида жамият ҳаётидаги ўзига хос функционал ва ривожланиш қонуниятлари, даражасини, унинг бошқа ижтимоий ташкилотлар ва муносабатлар билан ўзаро алоқадорлигини ва шу соҳадаги давлат сиёсатини ўрганади. Таълим тизимининг жамият ривожига таъсири беқиёсдир. У ҳар қандай давлатнинг жамият маънавий ҳаётини, ижтимоий ва касбий таркибини бошқаришдаги муҳим восита бўлиб хизмат қилади.Таълим социологияси - мактаб, ўқув юртлари ва муассасалари фаолияти, улардаги педагогик мутахассисларнинг сифати, ёшларни ўқитиш ва тарбиялаш вазифалари каби масалаларни ўрганишда муҳим аҳамиятга эга. Ҳозирда таълим тизими ижтимоий сиёсат тарзида ривожланмоқда. Таълим социологияси эса бу сиёсатнинг ўзига хос жиҳатларини, унинг амалий натижаларини ўрганишга хизмат қилади

286.Ta’lim tizimidagi islohotlar: tajriba va istiqbol.


Таълимнинг ижтимоий самарадорлиги таълим муассасаларининг сони, уларда таълим олаётган ўқувчиларнинг миқдори, жамият аъзоларининг билим даражаси ва сифати билангина белгиланмайди, балки унинг ижтимоий фаолиятида, амалиётда ҳамда меҳнат фаолиятида қандай даражада татбиқ қилиниши билан ҳам изоҳланади. Шу жиҳатдан, мустақилликнинг дастлабки йилларида янги ижтимоий-иқтисодий муносабатларнинг шаклланиши ва бозор иқтисодиёти сиёсатининг амалга оширилиб бориши шароитида, республикада кўплаб мутахассис кадрларнинг ўз мутахассислиги бўйича ишлашдан манфаатдор бўлмай ёки ишлаш имкониятларига эга эмасликлари сабабли, яхшироқ тирикчилик ўтказиш мақсадида ўз мутахассисликларидан бошқа соҳаларга ўтиб кетиш тенденцияси кучайган эди. Социология «тили» билан айтганда жамият аъзоларининг социал мобиллиги ҳам вертикал, ҳам горизонтал тартибда ўзгариши кескин ортиб бормоқда. Ачинарлиси шуки, бу жараён, айниқса, таълим тизимининг ўзида бошқа соҳаларга нисбатан кўпроқ содир бўлиши кузатилди. Таълим социологиясининг ҳозирги шароитидаги асосий вазифаларидан бири ҳам, юқорида кўрсатилган муаммоларни эмпирик жиҳатдан тадқиқ қилиб, илмий-амалий ва назарий хулосалар чиқаришдан иборат. Кўриниб турибдики, ўзининг моҳият-эътибори билан ушбу масала фавқулодда

287.Tabiat va jamiyat qonunlari.


Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat – bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog‘langan yaxlit borliqning ikki bo‘lagini tashkil etadi.Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o‘ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va ongi tabiat qonunlariga bo‘ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo‘nalishlarda doim muloqotda bo‘ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog‘laydi. Insonni yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiayatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo‘ladi.Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida uning tabiatga bo‘lgan munosabati o‘zgarib brogan. Ibtidoiy jamoa tuzumida insoniyat tabiatga sezilarli ta’sir o‘tkazmagan. Quldorlik tuzumida dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi tabiatga ta’sirning keskin kuchayishiga olib keldi. Feodalizm tuzimida mehnat vositalarinig takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va sur’ati o‘sib brogan. Kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzum qaror topishi bilan fan va texnika rivoji, sanoat, transportning vujudga kelishi, tabiiy boyliklarning tezkor o‘zlashtirilishi tabiatga ta’sirning yuqori darajasiga yetkazdi. Atrof muhitning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi muammosi kelib chiqdi.

288.Tashkilotlar sotsiologiyasi


Sotsial tashkilotlar odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushuniladi. Tashkilot a'zosi bo‗lgan odamlarning manfaatlari umumiyligi tashkilotning ideal holiga ega, tashkilotning maqsadi uning barcha a'zolari maqsadi bilan muvofiq, kelishi ko‗zda tutiladi. Sotsial tashkilotni boshqa sotsial guruhlashuvlardan farqi - uni tashkil etuvchi individ qat'iy ravishda muayyan sotsial rol va pozitsiyalarni ijro etishlaridadir. Jamiyat sotsial tashkilotlari turli xildagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‗oyaviy maqsadlarga erishish vositasi deb qaraydi. Sotsial tashkilotlar individlarning ehtiyoj va manfaatlarini ma'lum bir qat‘iy me'yorda qondirilishiga xizmat qiladi. Bu me'yor odamning mazkur sotsial tashkilotda qabul qilingan sotsial norma va qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy maqomi bilan belgilangan boʼlad

289.Tashkilotlar tuzilishining asosiy belgilari.


Sotsiologiyada tashkilotni tahlil etishda uch asosiy yondashuvni ajratib ko‗rsatish mumkin: ratsional, tabiiy va neoratsional yondashuvlar. Ratsional yondashuv nuqtai nazaridan tashkilot «asbob» aniq qo‗yilgan maqsadlarga erishish vositasi deb qaraladi. Tashkilot bu holda bir-birlarini almashtirishlari mumkin bo‗lgan, lekin bu bilan tashkilotning butunligini, yaxlitligini dahl etmaydigan alohida mustaqil bo‗laklar yig‗indisi, majmui deb qaraladi. Ratsional yondashuv ko‗p hollarda tashkilotda mavjud bo‗lgan norasmiy munosabatlarni inobatga olmaydi.Ratsional yondashuvdan farqli o‗laroq, tabiiy yondashuv tarafdorlari tashkilotni «tabiiy butunlik», o‗ziga xos organizm sifatida o‗rganadilar. Bu organizm uchun tabiiy o‗sish, o‗z mavjudligini davom ettirish va tizim muvozanatini saqlab qolishga intilishga xosdir. Bu nuqtai nazarga ko‗ra tashkilot qo‗yilgan maqsadlariga erishgandan keyin ham o‗z mavjudligini ettirishi mumkin. Asosiy vazifa tashkilotdagi muvozanatni ta'minlashdir. Tashkilotga tabiiy yondashuvda norasmiy munosabatlarga ko‗proq e'tibor beriladi.

290.Tashkilotning rasmiy va norasmiy strukturasi.


Sotsiologiyadagi maxsus yo‗nalish sotsial tashkilotlar nazariyasiga ko‗ra ikki xil rasmiy va norasmiy tashkilotlar ajratiladi, har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma'muriy apparatga ega bo‗ladi. Bu ma'muriy apparatning asosiy vazifasi — tashkilot mavjudligini ta'minlash uchun uning a'zolari faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Bunday tashkilot a'zolari vazifa (funksiya)ni bajarish nuqtai nazaridan qaraladi. Bunday individ birinchi navbatda shaxs emas, balki maxsus sotsial rolni ijro etuvchi tashkilotning bo‗lagidir. Tashkilot nechog‗lik murakkab va katta bo‗lsa ma'muriy apparat ham shu darajada murakkab vazifalarni bajaradi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo‗ladi. Tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma'muriy muammolarni hal qilish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadiga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miqdorlarining nisbatiga bog‗liqdir. Ayrim hollarda ma'muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlarini mutlaqo chetlashtirishlari ham mumkin. Bunday holni tashkilotn jamiyatga emas, balki, o‗z-o‗ziga xizmat qilishga «beparvolikka» olib keladi.

291.Uyushgan jinoyatchilik


Uyushgan jinoyatchilik. Uyushgan jinoyatchilik oddiy biznesga o’xshagan faoliyat bilan bog’liq, biroq uning mazmuni qonunga xilof bo’ladi. Tashkiliy jinoyatchilik - qudratli biznes bo’lib, uni iqtisodiy faoliyatning har qanday yirik sohasi, masalan avtomobil sanoati bilan qiyoslash mumkin. Milliy va lokal jinoiy tashkilotlar ommaviy iste’molchilarga qonun tomonidan man etilgan tovarlar va xizmatlarni taklif etishadi. Ba’zi kriminal tuzilmalar esa transnatsiolnal hisoblanishadi. Uyushgan jinoyatchilik o’z ichiga boshqalar bilan bir qatorda, qimor o’yinlari, fohishabozlik, yirik miqyosdagi o’g’irliklar, va reket kabilarni qamrab oladi.

292.Xujjatlarni o‘rganish metodlari.


Bu metod sotsiologiyada keng tarqalgandir. Sotsiologiyada xujjatlar deganda nimani tushunasiz? Sotsiologiyada xujjatlar deganda tekstlardagi bosma va qo‗lyozma shaklida yozilgan informatsiyalarni, magnit lentasiga, foto va kinoplenkalarga yozilgan iiformatsiyalarni tushunamiz. Xujjatlar bir necha asoslarga bo‗linadi: informatsiyaning qo‗lyozma, bosma, kino, foto, magnitafon lentalariga yozish shakllari qayd etiladi; gavdalantirish, ya'ni jonlashtirish darajasiga ko‗ra shaxsiy va o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lmagan bo‗ladi; status darajasiga ko‗ra rasmiy va norasmiy bo‗lib, o‗ziga xos guruhlarni ommaviy axborot vositalarining (ro‗znoma, jurnal, radio, televideniya) ko‗p sonli materiallari tashkil etadi.Xujjatli manbalarning ko‗rinishlari, belgilari, maqsadlari, tadqiqot tekstlar, informatsiyalar, ma'lumotlarni analiz qilish usullarini aniqlaydi. Statistik xujjatlar, guvohnomalar, protokollar, hisobga olish ma'lumotlari, statistik tendensiya va aloqalarni aniqlashning umumlashgan ko‗rsatmalarini olish maqsadida o‗rganiladi. Shaxsiy xujjatlar: avtobiografiya, xotiranomalar, xat, protsesslarning sub'ektiv tomonini tadqiq qilish uchun shaxsiy ishlar, fikrlar, qadriyatlar, shaxsiy sifatlar kiradi. Ijtimoiy informatsiyani tashkil qiluvchi ommaviy axborot vositalarining tekstlari kontent-analizni keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib, xujjatlarni o‗rganish metodini quyidagilarga bo‗lish mumkin: 1 statistik. 2 avtobiografik. 3 kontent-analiz.

293.Yoshlar sotsiologiyasi


Ёшлар социологияси XX асрнинг 20-йилларида Гермонияда, АҚШда ва Францияда шаклланди. 1928 йилда К.Мангеймнинг «Авлод муаммоси» асари босилиб чиқди. Бу асар ёшларнинг социологик муаммолари илмий асосда ўрганилган дастлабки асарлардан эди.XX асрнинг 60-йилларидан ёшлар муаммоларини таҳлил қилишга ва ечишга қаратилган асарлар кўплаб чоп этила бошланди. Гермонияда ёшлар социологияси бўйича Г.Шелъскийнинг «Скептик авлод» (1957), Ф.Тенбрукнинг «Ёшлар ва жамият» (1962); Венадаги социологик институт директори Л.Розенмайрнинг «Эмпирик социал тадқиқот бўйича қўлланма» (1969), Америка социологи Д.Кемпбеллнинг «Социализация бўйича справочник» (1969), Америка социологи С.Эйзенштадтнинг «Авлоддан авлодга» (1966) асарлари ёшлар социологиясининг кенг ривожланишига таъсир кўрсатди.

294.Zamonaviy jam iyatda madaniyatning sotsial roli va ahamiti.


Маданият» (арабча «маданият» — мадиналик, шаҳарлик, таълим-тарбия кўрганлик) — кишиларнинг табиатни, борлиқни ўзлаштириш ва ўзгартириш жараёнида яратган моддий, маънавий бойликлар ҳамда бу бойликларни қайта тиклаш ва бунёд этиш йўллари ва усуллари мажмуи. «Мадина» сўзи мусулмонларнинг азиз тутадиган жойи – Мадина шаҳри номидан келиб чиққан, чунки илк мусулмонлар таълим-тарбияни асосан Мадинада олганлар. Маданият моддий ва маънавий ишлаб чиқариш, ижтимоий ва ўзаро муносабатлар, сиёсат, оила, ахлоқ, хулқ, ҳуқуқ, таълим, тарбия, ижод, илм-фан, хизмат кўрсатиш, турмуш тарзи кабилар билан бирга ривожланади, жамиятнинг тараққиёт даражасини акс эттиради.Маданият тушунчаси кенг ва тор маъноларда ишлатилади. Кенг маънода – маданият тушунчаси инсониятнинг бутун тарихий тараққиёт жараёнида яратган барча моддий ва маънавий бойликларининг йиғиндисини акс эттиради. Тор маънода – маданият тушунчаси жамиятнинг маънавий-эстетик турмуши даражасини ифодалаш учун қўлланилади.

295.Zamonaviy jamiyat hayotida sotsial kommunikatsiyaning o‘rni va roli.


Aloqa (lotincha: communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan K.lar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondoshiladigan K.ni aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanali boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy K. turi bor: "inson-inson", "inson-mashina", "mashina-inson", "mashina-mashina". Texnikaviy darajadagi K. jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan K. guruh yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi K., asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka K.da inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi K. uchun shu guruh yoki tashqilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan K. qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli; 2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. Yer osti tarmoqlari koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy kollektordan oʻtkaziladi, natijada K.ni taʼmirlash vaqtida yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat qolmaydi; Z) hayvonlarda birbiri bilan "muloqot qilish"dagi "signalli" usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun "oʻziga xos" K. "signallari" boʻladi.[

296.Zamonaviy O‘zbekistonda sotsial stratifikatsiya masalalari tahlili.


Ijtimoiy tеngsizlikni tushuntirish uchun ijtimoiy sotsiologiyada stratifikatsiya atamasi ishlatiladi. Stratifikatsiya so`zi gеologiya sohasidan olingan bo`lib, “qatlam” dеgan ma'noni anglatadi. Ushbu atamani fanga amеrikalik sotsiolog Pitirim Sorokin kiritgan.Ijtimoiy stratifikatsiya ijtimoiy qatlamni tartibga solishni va muayyan bir mеzon (hokimiyat, boylik, kasbiy, sulolaviy va h.) ga ko`ra tabaqalash, tasniflashni anglatadi.Jamiyat tarkibida sinflar, ijtimoiy guruhlarning bo`lishi, turli xil tabaqalar tuzish, millat va toifalarga ajratish hamda shu orqali boshqarish tajribasi insoniyat tarixidan ma'lum. Qadim Turonda aholi urug`-qabilaviy kеlib-chiqishi, kasbiy mansubligi, diniy-e'tiqodiy qarashlari, sulolaviy kеlib chiqishiga qarab tasnif etilgan. Bu esa har bir ijtimoiy guruhning ijtimoiy-siyosiy o`rni va rolini ob'еktiv bеlgilashga, ulardan samarali foydalanishga va siyosiy boshqarishga imkon bеrgan.Jamiyatning rivojlanishi bilan birga uni o`rganish tamoyillari ham o`zgarib boradi. Sovеt tuzumi davrida ijtimoiy taraqqiyotning sababini sinfiy kurashda dеb hisoblanganligi sababli jamiyatdagi muammolarga umumiy nuqtai nazardan yondoshilgan. Ijtimoiy guruhlardan tabiiy amal qilish holati bo`lgan muammo va ziddiyatlarning sinflararo ziddiyatlarga ko`chishi, ziddiyatlarning ijtimoiylashuvi, sinflararo, davlatlararo urushlarga olib kеlgan. Bunday yondoshuv kishilarning voqеlikning o`zgarish mohiyatini bilishga imkon bеrmasdan, ijtimoiy mulkka nisbatan yulg`ichlik, boqimandalik kayfiyatini tarkib toptirdi.

297.Zamonaviy o’zbek jamiyati hayotida din institutining o’rni.


Zamonaviy dunyoda dinning roli hali ham katta ekanligi 20-asrda mashhur bo'lgan sekulyarizatsiya nazariyasini rad etadi, unga ko'ra dinning roli taraqqiyot rivojlanishiga teskari proportsionaldir. Bu nazariya tarafdorlari 21-asrning boshlariga kelib ilmiy-texnikaviy taraqqiyot faqat kam rivojlangan mamlakatlarda yashovchi odamlarning yuqori kuchlarga ishonchini saqlab qolishlariga amin edilar. 20-asrning ikkinchi yarmida sekulyarizatsiya gipotezasi qisman tasdiqlandi, chunki aynan shu davrda ateizm va agnostitsizm nazariyasining millionlab tarafdorlari tez rivojlanib, 20-asr oxiri - asrning boshlarini topdilar. 21-asr dindorlar sonining tez o'sishi va bir qator dinlarning rivojlanishi bilan ajralib turdi.Zamonaviy jamiyatning dinlariGloballashuv jarayoni diniy sohaga ham o'z ta'sirini o'tkazdi, shuning uchun zamonaviy dunyoda ular tobora ko'proq vaznga ega bo'lib, etnik dinlarning tarafdorlari tobora kamayib bormoqda. Buning yorqin misoli Afrika qit'asidagi diniy vaziyat bo'lishi mumkin - agar 100 yildan sal ko'proq vaqt oldin Afrika davlatlari aholisi orasida mahalliy etnik dinlarning tarafdorlari ustunlik qilgan bo'lsa, endi butun Afrikani ikki zonaga bo'lish mumkin - musulmonlar. (materikning shimoliy qismi) va xristian (materikning janubiy qismi). Zamonaviy dunyoda eng keng tarqalgan dinlar jahon dinlari deb ataladigan dinlar - buddizm, nasroniylik va islom; bu diniy oqimlarning har biri bir milliarddan ortiq tarafdorga ega. Hinduizm, iudaizm, daosizm, sikxizm va boshqa e’tiqodlar ham keng tarqalgan.

298.Zamonaviy siyosiy tizimlar va jarayonlarni tahlil qilish uchun yaangi o’lchovlar.


Jamiyatning siyosiy tizimi — davlat sifatida tashkil topgan jamiyatning muayyan siyosiy vazifalarni amalga oshiruvchi ijtimoiy muassasalari majmui. Davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar, shuningdek, siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi barcha tashkilot va harakatlarni oʻz ichiga oladi. Jamiyatning siyosiy tizimining bosh bugʻini davlatdir. Davlat jamiyatning ijtimoiy muassasalari huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Siyosiy tizim — davlat ichki tuzilishi jihatlarining oʻzaro aloqalari va taʼsirining eng muhim, doimiy xususiyatlarini ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi ham boʻlib, siyosiy hokimiyatni, umuman davlat muassasalari tizimini va ularning asosiy tashkiliy shakllarini belgilab beradi. Siyosiy tizim har bir mamlakatning mavjud shart-sharoitlari bagʻrida shakllanadi, odatda, mamlakat konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyiladi. Jamiyat demokratlasha borgan sari siyosiy tizimning xilma-xil koʻrinishlari oʻz faoliyatini namoyon eta boradi. Xalqning keng qatlami va turli yosh, kasb hamda soha vakillarining bu tizimda ishtirok etish imkoniyati kuchayadi.

299.Zamonaviy sotsial tashkilotning tavsifi.


Sotsiologiyadagi maxsus yo‗nalish sotsial tashkilotlar nazariyasiga ko‗ra ikki xil rasmiy va norasmiy tashkilotlar ajratiladi, har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma'muriy apparatga ega bo‗ladi. Bu ma'muriy apparatning asosiy vazifasi — tashkilot mavjudligini ta'minlash uchun uning a'zolari faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Bunday tashkilot a'zolari vazifa (funksiya)ni bajarish nuqtai nazaridan qaraladi. Bunday individ birinchi navbatda shaxs emas, balki maxsus sotsial rolni ijro etuvchi tashkilotning bo‗lagidir. Tashkilot nechog‗lik murakkab va katta bo‗lsa ma'muriy apparat ham shu darajada murakkab vazifalarni bajaradi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo‗ladi. Tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma'muriy muammolarni hal qilish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadiga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miqdorlarining nisbatiga bog‗liqdir. Ayrim hollarda ma'muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlarini mutlaqo chetlashtirishlari ham mumkin. Bunday holni tashkilotn jamiyatga emas, balki, o‗z-o‗ziga xizmat qilishga «beparvolikka» olib keladi.

300.Zamonaviy sotsiologiya va uning taraqqiyot istiqbollari.


Zamonaviy Sotsiologiya juda ko'p ham bor, hozirgi bosqichda sotsiologik nauki.Opredeleny sotsiaologii mohiyatini tushuntiradi, har bir o'z yo'lida qaysi mnozhetsvo ilmiy maktablar va individual mashqlar o'z ichiga oladi. eng keng tarqalgan kabi ta'riflar ham bor "uzatish qonunlari va ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy jamoalarning rivojlanishi ilm-fan, inson va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar mexanizmi", "rivojlanish qonunlari hamda jamiyat va ijtimoiy munosabatlarni mavjudligi shakllantirish fan."uning predmeti ataluvchi jamiyat yoki alohida-alohida ijtimoiy hodisa sifatida Zamonaviy sotsiologiya. Sotsiologiya nafaqat hodisalar o'zlarini o'rganish, lekin vaqt, boshqa tomonidan qoplanmaydi eng keng tarqalgan xususiyatlari , ijtimoiy fanlar (tarix, falsafa, psixologiya, siyosiy iqtisod, huquq nazariyasi).ijtimoiy hodisalarni umumiy qonunlari va ularning ota-bobolarining xususiyatlari alohida fan - bu munosabat bilan, u zamonaviy sotsiologiya, degan xulosaga mumkin. Sotsiologiya tadkikotlar shunchaki asosida emas empirik tajribasi, balki uning nazariyasini sarhisob qilmoqda.Sotsiologiya tadqiqotlar faqat umuman odam va uning mavjudligi dunyoni, tekshirmoqda emas , ijtimoiy muhit, shu jumladan bo'lgan ijtimoiy, ijtimoiy tarmoqlar, turmush tarzi, ijtimoiy faoliyati. Sotsiologiya bir tizim sifatida dunyoni ko'radi. Bunday tizim uni funktsiyasi va rivojlantirish kabi, balki inqiroz sifatida nafaqat hisoblanadi. Zamonaviy Sotsiologiya inqiroz sabablarini o'rganish va undan chiqib mumkin yo'llarini topishga harakat va jamiyat uchun kamida alamli va eng istiqbolli bo'ladi, bir maqsad qilib qo'ygan.
Download 114.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling