1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Biologik xilma-xillikni saqlashga zamonaviy yondashuvlar


Download 0.58 Mb.
bet1/17
Sana10.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1087365
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma


1-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Biologik xilma-xillikni saqlashga zamonaviy yondashuvlar.
Mashg’ulotning ilmiy maqsadi: O’quvchilarga biologik xilma-xillikni saqlashga zamonaviy yondashuvlar mavzusida ilmiy bilimlarni berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va fanga bo’lgan qiziqishini orttirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:O’quvchilarni darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikmalarini oshirish.
Material va jihozlar:biologik xilma-xillikni saqlashga doir rasmlar va jadvallar, taqdimotlar, testlar, nazorat savollari, kompyuter, videoproyektor va darsliklar.
Uslubiy ko’rsatmalar:O’qituvchi mavzuni va ishlash tartibini, texnika xavfsizligi shaxsiy profïlaktika qoidalariga amal qilish kerakligini tushuntiradi, talaba esa 1)Mavzuni sinchiklab o’qib chiqadi va u bilan tanishadi. 2)Amaliy mashg’ulotdan olingan natijalarni daftariga yozib oladi kerakli rasmlarni chizadi.
Uslub: Kichik guruhlarda ishlash.
Nazariy qism: Bioxilma-xillik – bu yerdagi turli tuman hayotning xilma- xilligidir. Bioxilma-xillik deganda ko`z oldimizga o`simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning boy va xilma-xil turfa olami keladi. Bioxilma-xillik o`z ichiga quyidagilarni oladi: 1. Genetik xilma-xillik; 2. Turlar xilma-xilligi; 3. Ekotizimlarning xilma-xilligi.
Genetik xilma-xillik – yer sayyorasidagi tarqalgan organizmlarning genetik axborot hajmini o`z ichiga oladi.
Turlar xilma-xilligi – yer sayyorasidagi tirik organizm turlarning turli-tumanligini o`z ichiga oladi.
Ekotizimlarning xilma-xilligi – biosferadagi yashash muhitlari va biotik jamoalarni turli tumanligini, kechayotgan ekologik jarayonlar xilma-xilligini o`z ichiga oladi.
O`simliklar va hayvonot bioxilma-xillik yerdagi barcha hayotning xilma-xilligini hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar, ularning genlari va ekotizimlarini anglatadi. “Bioxilma-xillik” terminida ma’lum bir organizm to‘g‘risida biologik ma’lumot emas, balki biologik dunyoning barcha qismlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat o‘z aksini topadi. Birgalikda bu darajalar bioxilma-xillikning tarkibiy qismlarini shakllantiradi. Bioxilma-xillik jamiyatning iqtisodiy, ekologik va madaniy estetik ehtiyojlarini qondirishning dolzarb va salohiyatli resursi hisoblanadi[ D.O. Azimova, D.Sh. Yodgorova, L.Sh. Egamberdiyeva, B.T. .Jabborov ,,Bioxilma-xillik va uning muhofazasi’’ Toshkent-2019 5-bet].
1992- yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Atrof-muhit va rivojlanish" bo‘yicha Xalqaro anjumanida "Biologik xilma-xillik to‘g‘risida Konvensiya" qabul qilingan. Bioxilma-xillik to‘g‘risida Konvensiyaning maqsadi sayyoramizda bioxilma-xillikni saqlash, uning tarkibiy qismlaridan va genetik resurslaridan barqaror, adolatli va teng foydalanishdir.O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashda qonun muqofazasi ostida olingan tabiiy hududlar alohida muhim o‘rin tutadi. 2004 -yil 3- dekabrda "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning vazifasi - tipik, noyob, qimmatli tabiiy ob'ektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi oldini olish, tabiiy jarayonlarni o‘rganish, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borish, ekologik ma'rifat va arbiyani takomillashtirishdan iboratdir. 1998 -yil 1 – aprelda O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga qo‘shilgan bo‘lib bu borada hukumatimiz tomonidan Biologik xilma-xillikni saqlash Milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, Konvensiyaning muhim tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi (26.12.1997y.), "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi (26.12.1997y.) hamda boshqa qonunlarida o‘z aksini topgan[To'laboeva.D ,,Bioxilma-xillikni saqlash bo'yicha milliy stratyegiyasi’’ mavzusidagi referat 5-bet].

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling