1. Chebishev tengsizligi. Markov tengsizligi. Chebishev teoremasi


Download 86.25 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi86.25 Kb.
#185382
  1   2   3
Bog'liq
19-Ma`ruza.


19-ma’ruza. Katta sonlar qonuni. Chebishev tengsizligi, teoremasi.

Reja:

1.Chebishev tengsizligi.

2.Markov tengsizligi.

3. Chebishev teoremasi.

4.Bernulli teoremasi.

5.Katta sonlar qonuni uchun zarur va yetarli shart.

Tayanch so`z va iboralar: Tasodifiy miqdor ,matematik kutilma ,dispersiya, tasodifiy miqdorlarning bog`liqsizligi,nisbiy chastota,hodisa ehtimolligi.

Adabiyotlar

Sh.Q.Farmonov. Ehtimollar nazariyasi. Darslik.Toshkent-2014.(117-119 betlar)

Ross, Sheldon M. A first course in probability.Pearson Edication Inc.2010.(388-390 betlar)



Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari deb nomlanuvchi qator tasdiq va teoremalarni keltiramiz. Ular yetarlicha katta sondagi tajribalarda tasodifiy miqdorlar orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Limit teoremalar shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh teoremalar katta sonlar qonunlari(KSQ) deb nomlanadi. Ular o‘rta qiymatning turg‘unligini ifodalaydi: yetarlicha katta sondagi tajribalarda tasodifiy miqdorlarning o‘rta qiymati tasodifiyligini yo‘qotadi. Ikkinchi guruh teoremalar markaziy limit teoremalar(MLT) deb nomlanadi. Yetarlicha katta sondagi tajribalarda tasodifiy miqdorlar yig‘indisining taqsimoti normal taqsimotga intilishi shartini ifodalaydi. KSQ ni keltirishdan avval yordamchi tengliklarni isbotlaymiz.

Chebishev tengsizligi


Teorema(Chebishev). Agar X tasodifiy miqdor DX dispersiyaga ega bo‘lsa, u holda uchun quyidagi tengsizlik o‘rinli:

(1)

(1) tengsizlik Chebishev tengsizligi deyiladi.



Isboti. ehtimollik X tasodifiy miqdorning oraliqqa tushmasligi ehtimolligini bildiradi bu yerda . U holda



,

chunki integrallash sohasini ko‘rinishda yozish mumkin. Bu yerdan ekanligi kelib chiqadi. Agar integrallash sohasi kengaytirilsa, musbat funksiyaning integrali faqat kattalashishini hisobga olsak,

.

Chebishev tengsizligini quyidagi ko‘rinishda ham yozish mumkin:



(2)

Chebishev tengsizligi ihtiyoriy tasodifiy miqdorlar uchun o‘rinli. Xususan, X tasodifiy miqdor binomial qonun bo‘yicha taqsimlangan bo‘lsin, . U holda va (1) dan

; (3)

n ta bog‘liqsiz tajribalarda ehtimolligi , dispersiyasi bo‘lgan hodisaning chastotasi uchun,

. (4)

X tasodifiy miqdorni oraliqga tushushi ehtimolligini baholashni Markov tengsizligi beradi.

Teorema(Markov). Manfiy bo‘lmagan, matematik kutilmasi MX chekli bo‘lgan X tasodifiy miqdor uchun da

(5)

tengsizlik o‘rinli.



Isboti. Quyidagi munosabatlar o‘rinlidir:

.

(5) tengsizlikdan (1) ni osongina keltirib chiqarish mumkin.



(5) tengsizlikni quyidagi ko‘rinishda ham yozish mumkin:

. (6)

1-misol. X diskret tasodifiy miqdorning taqsimot qonuni berilgan:



Chebishev tengsizligidan foydalanib, ehtimollikni baholaymiz. X tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalarini hisoblaymiz: ; .

Chebishev tengsizligiga ko‘ra:

Ehtimollar nazariyasi va uning tadbiqlarida ko‘pincha yetarlicha katta sondagi tasodifiy miqdorlar yig‘indisi bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Yig‘indidagi har bir tasodifiy miqdorning tajriba natijasida qanday qiymatni qabul qilishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Shuning uchun katta sondagi tasodifiy miqdorlar yig‘indisining taqsimot qonunini hisoblash burmuncha qiyinchilik tug‘diradi. Lekin ma’lum shartlar ostida yetarlicha katta sondagi tasodifiy miqdorlar yig‘indisi tasodifiylik xarakterini yo‘qotib borar ekan. Amaliyotda juda ko‘p tasodifiy sabablarning birgalikdagi ta’siri tasodifga deyarli bog‘liq bo‘lmaydigan natijaga olib keladigan shartlarni bilish juda muhimdir. Bu shartlar “Katta sonlar qonuni” deb ataluvchi teoremalarda keltiriladi. Bular qatoriga Chebishev va Bernulli teoremalari kiradi.



tasodifiy miqdorlar o‘zgarmas son A ga ehtimollik bo‘yicha yaqinlashadi deyiladi, agar uchun



munosabat o‘rinli bo‘lsa. Ehtimollik bo‘yicha yaqinlashish kabi belgilanadi.

tasodifiy miqdorlar ketma-ketligi mos ravishda matematik kutilmalarga ega bo‘lib, son uchun da



munosabat bajarilsa, tasodifiy miqdorlar ketma-ketligi katta sonlar qoniniga bo‘ysunadi deyiladi.


Download 86.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling