1-ma’ruza (2 soat) geodeziya fani vazifalari, rivojlanish tarixi; yer shakli va o’lshamlari


Download 0.68 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1503350
  1   2   3
Bog'liq
lekciya 1


1-ma’ruza (2 soat)
GEODEZIYA FANI VAZIFALARI, RIVOJLANISH TARIXI; YER SHAKLI VA O’LSHAMLARI
Reja:

  1. Geodeziya fani va uning vazifalari

  2. Geodeziya fanining qisqacha tarixi

  3. Geodeziyaning xalq xo‘jaligi rivojlanishidagi o‘rni

  4. Erning shakli va kattaligi.



  1. Geodeziya fani va uning vazifalari


Geodeziya fanining asosiy vazifalari ilmiy va ilmiy texnik masalalarini echishdan iborat. Erning shakli va o‘lchashlarini aniqlash, uning gravitatsiya maydonini o‘rganish, geodeziya fanining asosiy ilmiy vazifasi hisoblanadi. Erning ichki tuzilishi, er qobig‘ini gorizontal va vertikal deformatsiyasi, okean va dengizlarning qirg‘oqlarini o‘rganish, dengizlar suv sathlarining balandliklar farqini aniqlash, er qutblarini o‘zgarishi kabi masalalarni echishda geodeziya fanining ahamiyati katta. YUqoridagi masalalarni echishda astronomiya, geologiya, geofizika, geomorfologiya va boshqa Er to‘g‘risidagi fanlar bilan birgalikda tadqiqot va o‘lchash ishlari olib boriladi.
Er sun’iy yo‘ldoshlari, kosmik kemalarni uchirilishi, yangi o‘lchash va kuzatish asboblarini yaratilishi Erning, oyning va boshqa planetalarning shakli, kattaliklarini, gravitatsiya maydonlarini o‘rganishda sifat jihatdan katta o‘zgarishlarga olib keldi. Erning shaklini aniqlash bilan birga materiklardan Dunyo okeanlaridagi orollarga koordinatalarni uzatishda, er yuzasida bajariladigan asosiy geodezik ishlarni yagona sistemaga birlashtirishda ham foydalanilmoqda. Buning natijasida kosmik geodeziya deb o‘qitiladigan fan vujudga keldi.
Geodeziya qator ilmiy va ilmiy texnik fanlarga bo‘linadi.
Oliy geodeziya. Er shakli va kattaligini aniqlash, uni tashqi gravitatsiya maydonini o‘rganish, geodezik tayanch tarmoqlarini barpo etish, yuqori aniqlikda nuqtalarni aniq koordinatalarini aniqlash oliy geodeziyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Bundan tashqari Quyosh sistemasidagi planetalarning shakl va kattaliklari, gravitatsiya maydonini o‘rganish masalalari ham bu fanning vazifasiga kiradi.
Topografik karta, plan va profillar tuzish maqsadida bajariladigan geodezik ishlar nazariyasi va amaliyoti bilan topografiya (geodeziya) fani shug‘ullanadi. Topografiyada Erning quruqlik qismidagi o‘lchash ishlari o‘rganiladi.
Okeanlar, dengizlar, ularning qirg‘oqlari va tubini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan gidrografiya deb nomlanadi. Topografik karta va planlar tuzishda erdan, (aviaatsiyadan) kosmosdan olingan fotosuratlarni keng ishlatilishi natijasida geodeziyada fototopografiya va aerofototopografiya degan sohalar vujudga keldi. Fotosuratlar orqali suratga olingan ob’ektlarni o‘zaro holatini aniqlash va suratga olish va fotosuratlarda o‘lchashlarni bajarish usullari va asboblarini o‘rganadigan fanga fotogrammetriya deyiladi.
Er osti inshootlarini (shaxta, tunel, metro) qurishda er bag‘ridagi o‘lchash ishlarini o‘rganish va bajarish bilan shug‘ullanadigan geodeziya sohasi marksheyderiya deb yuritiladi. Marksheyderiya geodeziyaning tog‘ ishlarida qo‘llanilishidir.
Geodeziyaning ilmiy texnik va amaliy vazifalari haddan tashqari turli bo‘lib, umumlashtirgan holda quyidagilarni keltirish mumkin:

  • tanlangan koordinata sistemasida er yuzasidagi ayrim nuqtalarning holatini aniqlash;

  • turli maqsadlar uchun joyning karta va planlarini tuzish;

  • loyihalash, qurilish, injenerlik inshootlaridan foydalanish, Er yuzasi va uning qa’ridagi qazilma boyliklardan foydalanish maqsadidagi er yuzasida va uning ostidagi o‘lchash ishlarini bajarish;

  • harbiy maqsadlardagi geodezik ma’lumotlarni tayyorlash va h. k.

YUqoridagilardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin, geodeziya – erning shakli va kattaligini o‘rganishda, er yuzasidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan holatini aniqlashda, er yuzasining karta, plan va profillarini tuzishda hamda injenerlik inshootlarini barpo qilishda va ulardan foydalanishda bajariladigan o‘lchashlar nazariyasi va amaliyoti haqidagi fandir.
Er yuzasida chiziqlar uzunligi, chiziqlar va yo‘nalishlar orasidagi gorizontal va vertikal burchaklar, nuqtalarning bir-biriga nisbatan balandliklari o‘lchanadi. Bu o‘lchashlarga geodezik o‘lchashlar deyiladi va ular hilma-xil geodezik asboblar yordamida bajariladi. Geodezik o‘lchashlardan foydalanib, amaliy yoki ilmiy masalani echishda o‘lchash natijalari matematik jihatdan qayta ishlab chiqiladi.
Fan va texnikaning taraqqiyoti natijasida geodeziya fani rivojlanib bordi va hozirda ko‘p tarmoqli fanga aylandi:

  • inshootlarni loyihalash uchun zarur bo‘lgan geodezik materiallarni olish maqsadida dalada bajariladigan geodezik o‘lchash va hisoblash grafik ishlari;

  • loyiha asosida quriladigan inshootni bosh va asosiy o‘qlarni, xarakterli nuqtalarni joydagi holatini aniqlash;

  • qurilish jarayonida inshoot o‘lchamlarini (geometriyasini) loyihaga mosligini ta’minlash;

  • maxsus jihozlar, dastgohlarni geometrik shartlarni bajargan holda o‘rnatish va sozlash;

  • qurilayotgan inshootlarning o‘lchamlarini loyihada berilgan o‘lchamlarga mosligini aniqlash maqsadida ijroiy s’yomkani bajarish;

  • inshoot qurilishi va undan foydalanilishi jarayonida turli omillar, unga ta’sir etuvchi kuchlar (yuklar), antropogen omillar oqibatida inshootda va uning asosidagi deformatsiyalarni o‘rganish bilan shug‘ulanadigan geodeziyaning yana bir sohasiga injenerlik geodeziyasi deb ataladi. Umumlashtirgan holda aytishimiz mumkin, injenerlik geodeziyasi turli injenerlik-qidiruv ishlarida, injenerlik inshootlarini loyihalash va qurishda, ulardan foydalanishda geodezik ishlarni tashkil qilish va bajarish bilan shug‘ullanadi.

YUqorida qayd etilgan barcha geodeziyaga oid fanlarni amaliyotda foydalanish nazariyasi va amaliyotini o‘rganuvchi fanga amaliy geodeziya deb ataladi, injenerlik geodeziyasi uning bir bo‘limi hisoblanadi.
Geodeziya juda ko‘p fanlar, jumladan astronomiya, matematika, fizika, elektronika, geografiya, geologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘z faoliyatida bu fanlarning yutuq va natijalaridan keng foydalanadi. O‘z navbatida astronomiya, geologiya, geografiya, geofizika va boshqa fanlar geodeziya fanining tadqiqot va natijalaridan foydalanadi.
  1. Geodeziya fanining qisqacha tarixi


Geodeziya grekcha so‘z bo‘lib, geo (geo) –Er, deziya (dazio) bo‘lish, ya’ni erni bo‘lish degani*. Bu so‘z geodeziyani kelib chiqishini ko‘rsatadi, lekin uning hozirgi vaqtdagi mazmun va mohiyatini ifodalamaydi. Erni kichik bo‘laklarga bo‘lish maqsadida bajarilgan o‘lchash ishlari odamlarga qadim zamonlardan ma’lum. Qadimgi Misrda, Nil daryosi vodiysida dehqonchilik juda rivojlangan, lekin suv toshqini sababli er uchastkalarining chegaralarini o‘zgarib turganligidan misrliklar chegaralarni qaytadan belgilash, unumdor erlarni qismlarga bo‘lish bo‘yicha er o‘lchash ishlari bilan tez-tez shug‘ullanganlar. Tigr va Efrat daryolarini vodiylarida sug‘orish ishlarini amalga oshirish maqsadida katta ishlar amalga oshirilgan, bunday ishlarni geodezik ishlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Qadimiy ulkan inshootlarni qurilishi ham geodezik o‘lchashlarsiz amalga oshirib bo‘lmasligi aniq. Harbiy masalalarni echishda ham qadimdan geodezik o‘lchashlardan foydalanilgan. Eramizgacha bo‘lgan uchunchi asrlardan boshlab geodeziya oldida Er o‘lchamlari (kattaliklari) va shaklini aniqlash bo‘yicha ilmiy masalalar qo‘yildi.
Qadimgi grek olimi Pifagor (eramizdan oldingi 580-500 yillar) Er sharsimonligini taxmin qilgan. Filosof Aristotel (eramizdan oldingi 384-322 yillar) Er sharsimon va o‘lchamlari katta emas degan fikrni bildirgan. Er sharining kattaligini aleksandriyalik (Misr) olim Erastosfen (eramizdan oldingi 276-195 yillar) aniqlagan.

Ulug‘ o‘zbek olimi Abu Rayxon Beruniy (973-1057 yillar) Er shari kattaligini aniqlashda IX asrning oxirlarida yashagan Abu Toyib Sind Ali usuli bilan balandligi ma’lum bo‘lgan tog‘ tepasidan turib quyoshning ufqda botish (gorizont pasayish) burchagini o‘lchash yo‘li bilan Er shari radiusini hisobladi. Beruniy tomonidan 32o shimoliy kenglikdagi Nandanada tekisligida qad ko‘tarib turgan tog‘ tepasidan gorizont pasayish burchagi   o‘lchangan, h tog‘ balandligi ham aniqlangan, u xolda 1 –shaklidan Er shari radiusi

ga teng bo‘ladi. Beruniy o‘lchovlariga ko‘ra 32o shimoliy kenglikda Er shari radiusi R=6321,5 km, 1o meridian yoyining uzunligi S=110,275 km ga teng. Hozirgi hisoblarga ko‘ra 32o shimoliy kenglikda R=6356,18km, S=110,88 km dir.
Gollandiyalik olim V. Snellius (1580-1626 yillar) uzoq masofalarni o‘lchashda triangulyasiya usulini qo‘lladi. 1669-1670 yillarda fransuz olimi En Pikar (1620-1682 yillar) Parij va Am’en shaharlari orasida triangulyasiya o‘tkazib, Er shari radiusi 6371, 62 km ekanligini aniqladi.
1680 yilda I. Nyuton (1643-1727 yillar) o‘zining butun dunyo tortishish qonuniga asoslanib, Er shakli shar emas, sferiod (ellipsoid) shaklida ekanligini nazariy jihatdan isbotladi, amaliyotda geodezik o‘lchashlar yordamida ko‘p olimlar Er o‘lchamlari va shaklini aniqlashda Nyuton fikrini to‘g‘riligini ta’kidlaydilar.


  1. Geodeziyaning xalq xo‘jaligi rivojlanishidagi o‘rni


Erni shakli va kattaligi haqidagi ma’lumotlar insoniyat uchun zarurdir. Bu ma’lumot ESYini o‘chirish, televidenie, geologiya, radio, geografiya, geofizika uchun zarurdir.
Er yuzasini o‘rganish, o‘zlashtirish, xamda er yuzasini injener inshootlarini barpo qilish bilan shug‘ullanadigan barcha mutaxassislar uchun topografik karta ko‘z bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun undan foydalanishni yaxshi bilish kerak.
Geodezik ishlar sanoat qurilishi, yo‘l qurilishida ham muhim ahamiyatga ega yangi shaxar va qishloqlarni bunyod etish, axoli yashaydigan punktlarini planlashtirish kabi muxim ishlarni geodezik ishlarsiz va topografik kartalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Har qanday bino, uy va yo‘l qurilishining samaradorligi, qurilish narxi, ulardan foydalanish iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asosan geodezik ishlarning qanchalik aniq bajarilganligiga va geodezik ma’lumotlardan qanchalik to‘g‘ri foydalanilganligiga bog‘liq.
YAngi shaxar va qishloqlarni barpo etish, aholi yashaydigan punktlarni planlashtirish, ularni obodonlashtirish va qayta qurish loyixalarini tuzish kabi muxim masalalarni geodezik ishlarsiz amalga oshirib bo‘lmasligi turgan gap.
Geodezik o‘lchash ishlari, topografik kartalar va aerofotos’emka materiallari mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish vositalaridan biridir.
Topografik karta va aerosuratlardan taktik, strategik masalalarni hal qilishda, hamda boshqa harbiy ishlarda keng foydalaniladi.
Umuman, geodeziya mamlakatimiz xo‘jaligini barcha tarmoqlarini rivojlantirishda va mudofaa qobiliyatini oshirishda juda katta axamiyatga ega.

4.Erning shakli va kattaligi.


Er o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida unga markazdan qochma zarralarini o‘zaro tortishish kuchlari ta’sirida umumlashtirilgan holda sferoid (qutblari bo‘yicha siqilgan shar) shaklini oladi.
Erning fizik sathi murakkab bo‘lib, uni biron bir matematik formula bilan ifodalab bo‘lmaydi, shu sababli quyidagi ketma-ket yaqinlashishdan foydalaniladi. Birinchi navbatda, Er fizik sathi geoid shakli bilan, geoid unga yaqin bo‘lgan aylanma ellips – ellipsoid bilan va u o‘z navbatida referens ellipsoid bilan almashtiriladi
Erning shakli juda murakkab va o‘ziga xos xususiyatga ega. Erning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, tog‘lik va tekislik, tizma tog‘ va vodiylardan iborat. Erning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Erning shakli deganda, uning tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat uni matematik shakli tushuniladi. Ana shu matematik shakllardan erning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir.



Erning shakli juda murakkab va o‘ziga xos xususiyatga ega. Erning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, tog‘lik va tekislik, tizma tog‘ va vodiylardan iborat. Erning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Erning shakli deganda, uning tabiiy shakli e’tiborga olinmaydi, faqat uni matematik shakli tushuniladi. Ana shu matematik shakllardan erning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir.
Geoid oddiyroq bo‘lgan biron-bir matematik tenglama bilan ifodalanmaydi, shuning uchun geoid unga yaqin bo‘lgan soddaroq sath bilan almashtiriladi.
Geoidga eng yaqin bo‘lgan geometrik shakl, bu kichik o‘qi atrofida aylantirish natijasida hosil bo‘lgan aylanma ellips Er ellipsoidi hisoblanadi. Har bir Davlatda geodezik ishlar uchun ma’lum kattalikdagi er ellipsoidi qabul qilingan bo‘lib, bu ellipsoid geoid ichida undan eng kichik og‘ishni ta’minlaydigan qilib orientirlangan (joylashtirilgan) bo‘ladi, bunga referens – ellipsoid deyiladi.
Geoid – okean suvi tinch turgan paytda satxi bo‘yicha okeanni quruq ostidan satxiy yuza o‘tkazilganda hosil bo‘ladigan yumaloq shakldir. Er yuzasidagi har bir nuqtadan satxiy yuza o‘tkazish mumkin. Satxiy yuza o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning barcha nuqtalarida shovun chizig‘i perpendikulyar yo‘nalgan bo‘ladi. Bu shakl er shakli deb qabul qilingan. Erning shakli deyilganda quruqlikdagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi. CHunki er yuzining ko‘p qismi 71% okean va dengiz, oz qismi 29% quruqlik tashkil etadi. Erni geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa er bag‘ridagi jinslarni joylanishi va zichligiga bog‘liq. Erning ichki tuzilishi bir xil bo‘lsa, er yuzasi silliq bo‘lardi. Erning ichki qismi har xil jinslardan tashkil topganligi uchun geoid yuzasi to‘lqinsimon bo‘ladi..
Hozirgacha geoid shakli matematik formula bilan ifodalangan emas. Lekin olib borilgan geodezik ishlar geoidni aylanma ellipsoidga yaqinligini ko‘rsatdi. Geoid bilan ellipsoidni bir-biridan farqi (er yuzining ba’zi nuqtalarida) 150 m dan oshmaydi. Bu farq erning umumiy kattaligiga nisbatan juda kichikdir. SHuning uchun geodeziyada er shakli aylanma ellipsoid shaklida deb qabul qilingan. Er ellipsoidini o‘lchamlari quyidagicha:

,
a – katta yoki ekvatorial yarim o‘q (radius).
V – kichik yoki qutbiy radius
L – qutblar ortiqligi.
Er ellipsoidi kichik va katta radiuslari bir-biridan farqi juda kichikdir. SHuning uchun katta aniqlik talab qilinmaydigan geodezik va kartografik ishlarda er shar shaklida deb qabul qilingan.
Geoid oddiyroq bo‘lgan biron-bir matematik tenglama bilan ifodalanmaydi, shuning uchun geoid unga yaqin bo‘lgan soddaroq sath bilan almashtiriladi (approksimatsiyalanadi).
Geoidga eng yaqin bo‘lgan geometrik shakl, bu kichik o‘qi atrofida aylantirish natijasida hosil bo‘lgan aylanma ellips Er ellipsoidi hisoblanadi. Har bir Davlatda geodezik ishlar uchun ma’lum kattalikdagi er ellipsoidi qabul qilingan bo‘lib, bu ellipsoid geoid ichida undan eng kichik og‘ishni ta’minlaydigan qilib orientirlangan (joylashtirilgan) bo‘ladi, bunga referens – ellipsoid deyiladi.
Er ellipsoidining o‘lchamlari geodezik o‘lchash natijalaridan foydalanib, bir qancha mamlakat olimlari tomonidan hisoblab chiqarilgan, ularning ba’zilari 1.1-jadvalda keltirilgan.
1680 yilda I. Nyuton (1643-1727 yillar) o‘zining butun dunyo tortishish qonuniga asoslanib, Er shakli shar emas, sferiod (ellipsoid) shaklida ekanligini nazariy jihatdan isbotladi, amaliyotda geodezik o‘lchashlar yordamida ko‘p olimlar Er o‘lchamlari va shaklini aniqlashda Nyuton fikrini to‘g‘riligini ta’kidlaydilar.
Er sharini kattaligini aniqlash bilan juda qadimdan shug‘ullanganlar. Eramizdan avval yashagan Pifagor asarlarida er shar shaklida bo‘lsa kerak degan fikrni uchratish mumkin. Aristotel asarlarida esa erni shar shaklida ekanligi haqida dalillar keltirilgan. Erni kattaligini aniqlash metodini eramizdan oldingi Erotosfer asarlarida uchratish mumkin. Er shari kattaligini aniqlashni geodezik usuli gradus o‘lchash usulidir.
S – meridianni 1* eyi uzunligi
R – meridian aylanmasining radiusi.
Gradus o‘lchash usuli ikki qismdan iborat:

  • Meridianda joylashgan 2 nuqtani oralig‘idagi masofani geodezik usulda o‘lchash.

  • SHu nuqtalarni geografik kengligini o‘lchash natijasida 2 nuqta orasidagi joyni grafik nuqtasini o‘lchashdan iborat.

Er ellipsoidini elementlari gradus o‘lchash natijalariga asoslanib hisoblab chiqariladi. Fransuz olimi Delamber (1800) hisoblab chiqargan er ellipsoidi hozir faqat tarixiy ahamiyatga ega.
MDHda 1946 yilgacha geodezik ishlarda nemis astronomi F. V. Bessel (1841) hisoblab chiqargan er ellipsoidi elementlaridan foydalanilar edi. Keyingi yillarda olimlar Bessel ellipsoidi MDH territoriyasida geoid shakldan ancha farq qilishini aniqlashdi.
Amerikalik olim Xeyford er ellipsoidini elementlarini hisoblashda AQSHda o‘tkazilgan gradus o‘lchash natijasiga asoslandi. 1924 yilda Xalqaro geodeziya va geofizika jamiyati bu ellipsoidni xalqaro ellipsoid deb qabul qilishni taklif etdi.
1940 yilda Krasovskiy er ellipsoidini elementlarini hisoblab chiqdi. Bu ellipsoidga Krasovskiy referens-ellipsoidi deb nom berildi. Krasovskiy ellipsoidi erni haqiqiy shakli geoidga yaqin.
Er ellipsoidi qutblari siqiqligi: 1:298,3. Radiusi 6371,11 km.
Fan texnika rivojlanib Er sun’iy yo‘ldoshlari uchirila bashlagach Er ellipsoidining o‘lchamlari yanada aniqroq aniqlandi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling