1-ma’ruza: Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish. Flash dasturida interfaol manbalar yaratish. Reja
Download 28.04 Kb.
|
1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat te-fayllar.org
1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish 1-ma’ruza: Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish. Flash dasturida interfaol manbalar yaratish. Reja: 1. Flash dasturida taqdimot yaratish. 2. Flash dasturida nazorat testlari yaratish. 3. Flash dasturida interfaol manbalar yaratish. Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo‘lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- saxifalarga qo‘shish mexanizmlarini birlashtirish o‘rtasida eng qulay yechimni topishgan. SWF ni qo‘shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo‘lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin. Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlar yaratish imkoniyati SWF formatini Web-dizaynerlar o‘rtasidagi mashhurligini oshishiga imkon berdi. Shuning uchun bu format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi tomonidan ikki asosiy tarmoq brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi.Bu esa, o‘z navbatida SWF ni Internetda yana xam keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu brouzerlar yaratuvchilari SWF formatini o‘z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yo‘lni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi ) xam tutishdi. Yana bir bor aytish kerakki: agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va qulay instrumentlar bilan ta’minlamaganda bu format shunchalik ko‘p muxlis orttirmagan bo‘lardi. Shuni aytish kerakki, xozirgi vaqtda ushbu instrumentlarni bir kancha to‘liq to‘plamlari mavjud. Shunday qilib Flash-texnologiyalar quyidagilardan iborat: • vektorli grafika; • animatsiyani bir kancha turlarida ishlash imkoniyati; • interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati; • sinxron ovoz qo‘shish imkoniyati; • HTML formati va boshka Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga eksportini ta’minlash; • platformali mustaqillik; • Flash-filmlarni avtonom rejimda ham ,Web-brouzer yordamida ham ko‘rishni imkoniyati mavjud; • vizual yaratish instrumentlari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini ko‘plab murakkab operatsiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik aspektlarni o‘rganish zarur bo‘lmaydi. Flash interfeysi Adobe firmasi dasturlari(masalan, Photoshop) interfeysiga o‘xshash bo‘lib, nuqtali grafika bilan ishlashga mo‘ljallangan. U qulay va yaxshi ishlangan. Chapda chizish uchun mo‘ljalalangan asboblar paneli joylashgan. Ular yordamida asboblar tanlanishi, shuningdek ishchi sohani boshqarish, ob`ektlarni o‘zgartirish va ranglar tanlash mumkin. O‘ng tomonda asboblarni sozlash, rang, matn, kadrlar xususiyati va ob`ektlar palitralari joylashgan. O‘rtada ishchi soha, uning ustida esa vaqt diagrammasi (Timeline). Siz ishchi sohada alohida grafik va matnli elementlar yaratasiz. Ishchi soha ostida xususiyatlar palitrasi (Properties) joylashgan bo‘lib, u turli ob`ektlar xususiyatlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Flash ishlari natijasini (fayllar, animatsiya, sahifalar) –multfilmlar, kliplar, videofragmentlar, roliklar va animatsiyalar deb atash qabul qilingan (umumiy termin mavjud- movie). Download 28.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling