1-mavzu. Biznes jarayonlarini loyihalash” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari. Biznes jarayonlarini loyihalashning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy asoslari reja


Download 62.01 Kb.
bet1/13
Sana04.04.2023
Hajmi62.01 Kb.
#1326270
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-maruza


1-MAVZU. BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH” FANINING DOLZARBLIGI, MAQSADI VA VAZIFALARI. BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASHNING IJTIMOIY, IQTISODIY, HUQUQIY ASOSLARI


REJA

  1. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy ravnaqida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni. «Biznes jarayonlarini loyihalash” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari.

  2. Biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchasi, maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi.

  3. Biznes-jarayonlari to‘g‘risida asosiy tushunchalar.

  4. Biznes faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari.

  5. Biznes muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar.




  1. «Biznes jarayonlarini loyihalash” fanining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari.

O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi raqobatchilikni rivojlanishiga iste’mol bozorini tovarlar va xizmat ishlari bilan to‘ldirishga yangi ish joylarini yaratish, katta miqdordagi mulk egalari va tadbirkorlarni shakllanishiga xizmat qiluvchi Respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy isloxatlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikni ko‘llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttaasil rivojlanishi, xo‘jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy maqsadlarni ta’minlashi zarur. Bo‘lardan tashqari bunday davlat yordami iqtisodiy-siyosiy vazifalarni hal etishi respublikaning barcha xududlarida siyosiy mo‘tadillikni mustaxkamlashi, tadbirkorlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi, unga aholining aktiv qismini jalb etishi ishsizlikni, infunlyatsiya va boshqa negativ, salbiy ijtimoiy holatlarni oldini olishi lozim.
Bo‘lardan ko‘rinib turibdiki kichik biznes va tadbirkorlik fanini o‘qitilishi davr talabining taqozosi, bozor munosabatlariga o‘tishning obyektiv zaruriyatidan kelib chiqqan. Shu tufayli bu fanni o‘qish, o‘rganish yoshlarimizni, talabalarni va shunday faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchilarni bilimini oshiradi, to‘ldiradi, ularning tadbirkorlik sohasidagi qobiliyati, tashabbusi va foydali xatti - harakatlarini oshiradi. Demak, fanning maqsadi - zamonaviy biznes yo‘nalishlarini taxlil qilish. o‘rganish, uning rivojini ta’minlash yo‘llarini ko‘rsatish va unga taaluqli bo‘lgan nazariy bilimlar bilan, biznes sohasida qo‘lga kiritilgan tajriba va yutuqlar bilan tanishtirish, ularni o‘rganish hisoblanadi.

Download 62.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling