1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/99
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1786120
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
1 mavzu Psixologiyaning predmeti



O’zdekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI 
 
 
 
UMUMIY PSIXOLOGIYA 
Fanidan 
 
NAMANGAN - 2015 
 
 


1 - mavzu: Psixologiyaning predmeti 
Reja: 
1. Psixologiya nimadan bahs etadi? 
2. Psixologiya tarixi. 
3. Psixikaning fiziologik mexanizmlari. 
4. Psixikaning aks ettirish va boshqaruvchilik vazifalari. 
5. Ong xossalari haqida tushuncha. 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
Assotsiatsiya - psixik hodisalar o`rtasidagi aloqa bo`lib, u aniq qonunlar asosida shakllanadi. 
Assotsiativ psixologiya – XVII - XIX asrlarda Angliyada vujudga kelgan yo`nalish bo`lib, assotsiatsiyani 
asos qilib ish olib borgan. 
Bixeviorizm - XX asr boshlarida AQSHda vujudga kelgan yo`nalish bo`lib, asoschilari 
D.Uotson va e.Torndayk. 
Vyurtsburg maktabi - XX asr boshlarida nemis psixologlari tomonidan tuzilgan maktab. Ular tafakkurni 
tadqiqot ob`ekti qilib olgan. Asoschilari Byuler, Ax va boshqalar. 
Geshtal’t psixologiya - nemischa “shakl” degan ma`noni bildiradi. Asoschilari Vertgeymer, V. Keler, K. 
Koffka. SHakl-fenomen, idrok va murakkab psixik hodisalarni yaxlit holda o`rgangan. 
Introspektiv psixologiya – introspektsiya (o`z - o`zini kuzatish) metodini psixologiyaning asosiy metodi 
qilib olgan oqim. 
Psixologiya - psixik faktlar va uning mexanizmlari haqidagi fan. 
Psixika - ruxiy jarayonlar, bilish faoliyatlari, individual psixologik xususiyatlarni aks 
ettiruvchi va boshqaruvchi xossa. 
Parapsixologiya - idrok qilish shakllarini tadqiq qilgan soha bo`lib, u hozirgacha muammolidir. 
Freydizm (psixoanaliz) - XX asrda paydo bo`lgan, asoschisi avstriyalik psixiatr Z.Freyd. Predmeti 
instinktiv mayllar. Ongning rolini inkor qiladi. 
Funktsional psixologiya - psixika va shaxsni alohida psixik funktsiya sifatida o`rgangan yo`nalish. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling