1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya imperiyasi Reja


Download 70.17 Kb.
bet1/6
Sana02.02.2023
Hajmi70.17 Kb.
#1146846
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya davlati


1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya imperiyasi
Reja:
1. Varvarlarning ijtimoiy tuzumi.
2. Varvar qirolliklarining tashkil topishi.
3. Franklar davlati.
4. Buyuk Karl davlati.
5. Vizantiya imperiyasi


Tayanch so’z va iboralar: varvarlar, gеrmanlar, franklar, Xlodvig, Buyuk Karl, Vizantiya.


Adabiyotlar.
1. Salimov T. O'rta asrlar tarixi. –Toshkent, 2006.
2. Semenov V.P. O’rta asrlar tarixi. –T., “O’qituvchi”. 1973.
3. Kurbangaliyeva R.R. O'rta asrlar tarixi. O'quv metodik qo'llanma. T., Uchpedgiz. 1991.
4. Tilеukulov S.T., Abdazimov A. O`rta asrlar tarixi. O`quv qo`llanma. T., 2007.
5.Агибалова Е.В., Донской Г.М. История средних веков. М., 1997.
6.Древние германцы. Сборник документов. М., 1987.
7.Лебек С. Происхождение франков. V – IX века. М., 1993.
8.Нефёдов С. История средних веков. М., «Владос», 1996.
9.Поляк Г.Б., Маркова А.Н. Всемирная история. М., «Вече», 2001.
10.Тодд М. Варвары. Древние германцы. Быт, религия, культура. М.: Центрполиграф, 2005.


1. Varvarlarning ijtimoiy tuzumi. Italiyadan shimolga juda ko`p varvar qabilalari yashagan ular 3 ta katta guruhga – keltlar, germanlar va slavyanlarga bo`lingan edi. Varvarlarning ijtimoiy tuzumi Rim quldorlik tuzumiga butunlay qarama-qarshi edi. ularda hali ijtimoiy sinflar tarkib topmagan edi. Bu qabilalar aholisining asosiy ommasi erkin kishilardan iborat edi.
Rimda varvarlar deb yunon va lotin tiliga va madaniyatiga begona bo’lgan xalqlarni ataganlar. Rim chegarasiga tutash hududlarda yashagan varvarlarning yirik etnik guruhlariga keltlar, germanlar va slavyanlar kiradi. Keltlar Shimoliy Italiyada, Galliyada, Ispaniyada, Britaniyada va Irlandiyada yashaganlar. Shuningdek, Germaniyaning Odra daryosigancha bo‘lgan hududlarida ham tarqalishgan. Rim davlati Shimoliy Italiya, Galliya va Ispaniyani istilo qilganidan keyin ularning aholisi rimliklar bilan qo‘shilib bir xalq bo‘lib ketadilar (gall-rim va gall-ispan). Rimliklar tomonidan Britaniya istilo qilinganidan keyin u yerda yashovchi keltlarning katta qismi bo‘ysundirilgan bo‘lsa-da, rim madaniyati ta’siri Britaniyada unchalik tarqalmaydi. Britaniyaning kelt aholisi bu vaqtda ibtidoiy munosabatlar yemirilib ilk sinfiy jamiyatga o‘tish bosqichidagi patriarxal tartiblarni boshidan kechirayotgan edi. Rim imperiyasi tomonidan istilo qilinmagan Irlandiya va Shotlandiyaning kelt aholisi o‘ziga xosligini yanada ko‘proq saqlab qolgan edi.
Keltlar ingliz, fransuz va ispan xalqlarining etnogenezida, G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi ijtimoiy munosabatlar va moddiy madaniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Irlandiyaliklar va shotlandiyaliklar keltlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avlodlari hisoblanadi.
Keltlardan sharqdagi hududlarda germanlar joylashgan edilar. German qabilalari eramiz boshlarida ga’rbiy chegarasi Reyn va Sharqda Visla daryolari, Janubda Alp tog‘lari va Dunay, Shimolda esa Shimoliy va Boltiq dengizi bo’lgan hududda yashaganlar. Ular Skandinaviyaning janubida ham yashaganlar. Arxeologik va lingvistik ma’lumotlarga ko‘ra, germanlar o‘z taraqqiyotining bronza davrida Skandinaviyada, Shimoliy va Boltiq dengizining janubiy qirg‘oqlarida istiqomat qilganlar. Mil. avv. III asrda ularning manzilgohlari Dunaygacha borib yetadi. Qadimgi germanlar tarixi u yoki bu darajada bizga mil.avv. I asr o‘rtalariga oid rim manbalari orqali yetib kelgan. Yuliy Sezarning «Gall urushi haqida yozishmalar» asari va Korneliy Tatsitning milodiy I asri oxirlarida yaratilgan, tarixiy-etnografik materiallarni o‘z ichiga olgan «Germanlarning kelib chiqishi va joylashishi»(«Germaniya») asari ular orasida eng muhimlari hisoblanadi. Ushbu muallifning «Annallar» va «Tarix» asarlarida ayrim german qabilalari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. Germanlar haqida yana qo‘shimcha ma’lumotlarni Pliniy Kattaning «Tabiiy tarix» asaridan va Strabonning «Geografiya» asaridan olish mumkin. Shuningdek, arxeologik ma’lumotlar ham qadimgi germanlar tarixi haqida muhim manba bo‘lib, ular antik mualliflarning ma’lumotlarini aniqlab olish va to‘ldirish uchun yordam beradi.
Tatsit germanlarni o`zlari yashab turgan hududning avtoxton aholisi deb hisoblaydi. Germanlarning o‘zlarining rivoyatlariga ko‘ra, ularning haqiqiy vatani Skandinaviya hisoblanadi.
Sezar va Tatsit ma’lumotlariga ko‘ra, germanlarning asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. Dehqonchilik yordamchi xo‘jalik sifatida mavjud bo‘lgan. Biroq, arxeologik ma’lumotlar eramizdan avvalgi oxirgi asrlarda Germaniyaning katta qismi va Yutlandiya yarim orolida dehqonchilik madaniyati ancha rivojlanganligidan guvohlik beradi. Ekish oldidan yerni yengil plug bilan yoki so‘qa bilan ikki marta haydashgan1.
Sezarning svevlar haydaladigan yerlarni har yil almashtirib turadilar degan ma’lumotlariga qarshi o‘laroq, olimlar germanlarni tuproq va tosh devorlar bilan o‘rab olingan yerlaridan uzoq vaqt foydalanishganini aniqladilar. Germanlar so‘li, bug‘doy, arpa, tariq, zig‘irpoya ekkanlar. Dehqonchilik madaniyati ularda ancha sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Ammo bog‘dorchilikni hali bilmaganlar. Germanlarning o‘rmonli va botqoqli yerlarda yashagan qabilalari faqat chorvachilik va yovvoyi hayvonlarni ovlab tirikchilik qilganlar(ko‘chmanchi emas, o‘troq chorvachilik).
Chorvachilik germanlarning asosiy boyligi va qiymat o‘lchovi bo‘lib xizmat qilgan.
Tatsitning yozishicha, germanlarning qishloqlari tarqalib yotgan bo‘lib, uylari yog‘ochdan qurilgan va loy bilan suvalgan. Bu bir necha o‘n metrlik uzun uylar ko‘rinishida bo‘lgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yerto‘lalarda saqlashgan.
Germanlarda shahar ko‘rinishidagi turar joylar bo‘lmagan. Biroq himoya maqsadida tuproq va yogochdan devorlar ko‘targanlar.
Baliqchilik va termachilik ham germanlar xo‘jaligida muhim o‘rin tutgan(dengizbo‘yi qabilalarida esa dengiz bilan bog‘liq hunarlar va qahrabo terish). Germanlar hayoti natural xo‘jalikka asoslangan edi. Har bir urug‘ jamoasi yoki katta oila o‘ziga kerakli mehnat qurollari, harbiy qurollarni, kiyim, xo‘jalik buyumlarini o‘zlari tayyorlar edi. Hali hunarmandchilik alohida tarmoqqa aylanmagan edi.
Tatsitning ta’kidlashicha, germanlar temir olishni va undan mehnat va harbiy qurollar tayyorlashni bilganlar. Lekin temir kam bo‘lgani uchun yuqori darajada qadrlangan. Shuningdek, germanlarda kumush, qalay va mis iste’molda bo‘lganligi arxeologik materiallarda aks etadi.
Germanlarda kulolchilik va to‘qimachilik ancha rivojlangan edi. Matolarga o‘simliklardan olinadigan bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan. Sohil bo‘yida yashovchi qabilalarda kemasozlik rivojlanganligi bronza davri oxirlariga oid qoyatasvirlarda aks etgan. Svionlar(shvedlar), frizlar, sakslar mohir dengizchilar bo‘lishgan.
Sezar germanlarning diniy e’tiqodlari juda soda bo‘lganligini yozadi: ular quyosh, oy, olovga e’tiqod qilishgan. Tatsit germanlarning diniy e’tiqodlarini nisbatan batafsil yozib qoldirgan. Ko‘plab xudolari orasida Vodan, Donar, Siu, Idis oliy ma’budlar hisoblangan (Donar – chaqmoq xudosi, Siu – urush xudosi va h.).
Faqat mil. avv. II asrdan boshlab rimliklar germanlarni gallardan farqlay boshlaganlar. Rimliklarning germanlar bilan turli munosabatlari shu vaqtdan boshlanadi. Mil. avv. 113-101 yillarda germanlarning birinchi ommaviy yurishlari boshlanib, kimvrlar va tevtonlar shimoliy Italiya va Galliyaga hujum qilishadi, lekin rim sarkardasi Gay Mariy tomonidan tor-mor keltiriladi. Undan keyin svevlarning sharqiy Galliya yerlarini bosib olishga urinishi ham mag‘lubiyat bilan tugallanadi. Sezar svev yo’lboshchisi Ariovistga zarba berib, varvarlarni Reynning narigi tomoniga uloqtirib tashlaydi. Avgust zamonida Rim sarkardalari Agrippa, Druz, Tiberiy(Tiberiy keyinchalik imperator ham bo‘lgan) Germaniyaning Vezer daryosidan Elbagacha bo‘lgan qismini Rim davlatiga bo‘ysundiradi.
Milodimiz boshlarida Vezer daryosi bo‘ylarida rimliklarga qarshi qabilalar ittifoqi tuzilib, u xerusklar yo‘lboshchisi Arminiy tomonidan boshqarilgan. Bu vaqtda rimliklarga qarshi isyonlar boshlanib ketgan. Rim sarkardasi Kvintiliy Var boshchiligidagi qo‘shin ularni bostirishga urinadi, lekin qamalda qolib 9- yilda Tevtoburg o‘rmonidagi jangda qirib tashlanadi. Shunday qilib, Reyn ortida rimliklar hukmronligiga barham beriladi. Bundan keyin imperiya germanlar hujumidan himoyaga o‘tadi. Shimoliy dengiz sohillaridan Dunayning quyilish joyigacha bo‘lgan masofada mudofaa liniyasi barpo etiladi. Reynning yuqori oqimi va Dunay bo‘ylab 500 km.dan iborat tuproq qo‘rg‘on(val) qurilib, u rim qo‘rg‘oni deb ataldi(Maynsdan Regensburggacha bo‘lgan oraliqda). Bu tadbirlar rimliklarga bir necha asr mobaynida germanlar hujumini to‘xtatib turishga imkon berdi. Shu bilan birga germanlar bilan diplomatik va savdo munosabatlari yo‘lga qo‘yilishi, harbiy boshliqlarning sotib olinishi, varvarlarni Rim imperiyasiga xizmatga yollash ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Miloddan oldingi I asr o‘rtalaridan boshlab rimliklarning germanlar bilan savdo munosabatlari qizg‘inlashib boradi. Reyn va Dunay bo‘ylaridagi Rim manzilgohlari – Kyoln, Trir, Augsburg, Regensburg, Vena asosiy savdo markazlari bo‘lgan. Shu vaqtda rimliklar germanlar bilan chegaralarda yo‘llar tizimi barpo etganlar. Germanlar rimliklardan bronza buyumlar, shisha, qurollar, mehnat qurollari sotib olishgan. Rimliklar germanlardan qullar, chorva, qahrabo, teri, muyna, o‘simlik bo‘yoqlari olib ketishgan. Arxeologik manbalar(rim tangalari) rim savdogarlarining Germaniyaning ancha ichkari hududlariga kirib borishganini ko‘rsatadi.
Germanlarning Rim viloyatlariga hujumi borgan sari kuchayib boradi. Lekin germanlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar, aholi soni o‘sgan sari qabilalarning ichida sinfiy tabaqalanish jadallashib, (oqsuyaklar va ularning drujinalari kopayib, ularga faqat yergina emas, balki ishchi kuchi va har turli o‘ljalar ham kerak edi) varvarlarning imperiyaga tazyiqi tobora kuchayib bordi. Reyn ortida Rim mudofaa devorlarini yorib o‘tib boy hududlarni egallashni maqsad qilgan qabilalar ittifoqi paydo bo‘ladi. 165-180 yillarda Markoman urushi bo‘lib o‘tadi. Unda varvarlarning katta to‘dalari – markomanlar, kvadlar, vandallar, germundurlar ishtirok etib, Retsiya, Norik, Pannoniya, Dakiya, Illiriyaga bostirib kiradilar va shimoliy Italiyagacha yetib keladilar. Ammo Mark Avreliy tomonidan tor-mor keltiriladi. Bu urush rimliklarning oxirgi yirik g‘alabasi bo‘ldi. Keyingi yillarda varvarlar bilan kelishish yoki hududlarni yon berishga to‘gri keldi. Imperatorlar germanlarga imperiyaning chegara hududlariga ittifoqchi(federat) sifatida ko‘chib kelib joylashishga ruxsat beradilar. Rim hukumati ularga Reynning yuqori oqimi bilan Dunayning yuqori oqimi o‘rtasidagi, Rim qo‘rg‘onining berigi tarafidagi yerlarni ajratib berishga majbur bo‘ldi. Bu yerlar ushur dala degan nom oldi (varvarlar to‘laydigan soliqning nomidan olingan bo‘lsa kerak).
Varvarlarning ko‘chib kelishi o‘z navbatida Rim chegara viloyatlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Erkin dehqon aholisining miqdori ortib, qul mehnatining ahamiyati kamayadi.
Rimliklar orasida yashab germanlar ular moddiy va ma’naviy hayotining ko‘p jihatlarini o‘zlashtirib oladilar. Bu germanlarda urug‘-jamoa munosabatlarining yemirilishiga, rim huquq me’yorlarining kirib kelishiga, xususiy mulkchilikning qaror topishi yoki mustahkamlanishiga olib keladi2.
Imperiyaning harbiy tuzilishi ham o‘zgaradi, ya’ni ittifoqchi(federat) varvarlardan tuzilgan qo‘shinning ahamiyati ortib boradi. Rim xizmatidagi german sarkardalari imperatorlarni o‘z xohishlariga ko‘ra almashtirib turardilar, ularning saroy hayoti bilan bog‘liq ishlarga aralashishi va imperiyaning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib boradi. Shunday qilib bir-biri bilan bog‘lanib ketgan ikki jarayon yuz beradi: rim imperiyasining chegara viloyatlariga ko‘chib kelib joylashgan varvarlarning romanlashuvi va Rim imperiyasining varvarlashuvi. Ikkala holat ham varvarlarning foydasiga xizmat qilishi rim viloyatlarining istilo qilinishini yengillashtirdi.

Download 70.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling