1-son davolash ishi 125-a guruh talabasi eshqobilov lazizbekning tibbiy biologiya va genetika fanidan tayyorlagan


Download 1.15 Mb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1486815
  1   2
Bog'liq
LAZIZBEK 4 BIOLOGIYA MUSTAQIL ISH

1-SON DAVOLASH ISHI 125-A GURUH TALABASI ESHQOBILOV LAZIZBEKNING TIBBIY BIOLOGIYA VA GENETIKA FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
MAVZU:A’ZOLAR ONTO-FILOGENEZI
REJA:
FILOGENEZDA A’ZOLAR VA SISTEMALAR O’ZGARISHLARINING UMUMIY QONUNIYATLARI
QOPLOVCHI ORGANLAR ONTO-FILOGENEZI
ONTO-FILOGENEZNING AHAMIYATI
Filogenez (yun. phylon — avlod, qabila va ... genez), filogeneya — tirik organizmlar hamda ular taksonomik guruxlari: olam, tip (boʻlim), sinf, turkum (tartib), oila, avlod (turkum, urugʻ) va turlarning tarixiy taraqqiyoti. "F." termini nemis olimi E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan (1866). Biol.ning F. vauning qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi filogenetika deyiladi. F.ni tadqiq qilish evolyutsiyaning umumiy nazariyasini rivojlantirish, organizmlarning tabiiy sistemasini tuzish uchun zarur. 
Solishtirma anatomiya turli organizmlar tuzilishidagi umumiylik va farqlar darajasini aniqlaydi. Organizmlarning qarindoshligi qancha yakin bo'lsa, ularning tuzilishi shunchalik o'xshash bo'ladi. Shuning uchun bitta sistematik guruhga kiruvchi odam va unga yaqin turgan boshqa sinf vakillari ni tayanch harakat sistemasini a'zolarini qiyosiy anatomik solishtirib chiqsak ularning ko'pchiligi gomologik ekanligini ko'rishimiz mumkin. Antropogenez jarayonida odam skeleti bilan o'ziga xos shunday o'zgarishlar yuzaga keldiki, bunday o'zgarishlar faqat odamlarga xos bo'lib, bu ularning turt oyoqlab yurishdan, tik yurishga o'tishi bilan bog'liqdir.
Odamlarda anaboliya va deviatsiya xarakterika ega bo'lgan qo'yidagi o'zgarishlar yuzaga keldi:
oyoqlarida ro'y bergan o'zgarish-bosh barmog'ini boshqa barmoqlarga qarshi qo'ya olish xususiyatini yo'qolishi, narsalarni mahkam ushlab olish xususiyatini yo'qolishi va yurish vaqtida amortizatsiya bo'lib xizmat qiladigan, oyoq kaft yuzasida gumbazni hosil bo'ldi; - umurtqa pog'onasini o'zgarishi- S – cimon egilmalarni paydo bo'lishi, vertikal holatda to'rishni va plastik harakatlanishni ta'minladi;
- miya qo'tisini o'zgarishi-yuz qismini kichrayishi va miya qismini kattalashishi, katta ensa teshigini oldinga siljishiga, so'rg'ichsimon o'simtani kattalashishiga va bo'yin musukllari birikadigan ensa relьefini silliqlanishiga olib keldi;
- oldingi oyoqlarini differentsiatsiyasi, qo'lni muhim ishlarni bajaradigan mehnat a'zosiga aylanishiga olib keldi. Odamni tana massasini 7% dan 9% gacha bo'lgani qo'lga, oyoqlariga esa 32-38 % i, odamsimon maymunlarda esa oldingi oyoqlariga 14-16 %, orqa oyoqlariga 18 % igina to'g'ri keladi;

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling