1-topshiriq. Dinshunoslik fani sohalarining mazmun-mohiyatini jadval asosida to‘ldiring


Download 48.5 Kb.
bet1/4
Sana29.07.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1663579
  1   2   3   4
Bog'liq
dinshunoslik


1-topshiriq. Dinshunoslik fani sohalarining mazmun-mohiyatini jadval asosida to‘ldiring. (Jadval to‘liq va aniq to‘ldirilishi kerak)

Din fenomenologiyasi

Din sosiologiyasi

Din psixologiyasi

Din falsafasi

din fenomenologiyasi hodisani o'rganish diniy va uni tasvirlaydi. Uning mohiyatini ajratib olishga harakat qiling. ... Iudeo-xristianlik misolida, Xudoga o'xshash narsa (haqida gap bor dinlar ilohiylik yo'q, lekin bu erda bittasi bor). Inson Xudo bilan, Xudo esa inson bilan bog'lanadi.

Din sotsiologiyasi- din-jamiyatmunosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqea-hodisalarni o‘rganadi. Shu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea- hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din sotsiologiyasining mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi ko‘rinishlari bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan. Boshqacha qilib aytganda, bu ilm sohasi, tarix bo‘yicha xususiy va mushohadaga suyanuvchi din va jamiyat tadqiqotlarini, dinning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlarini o‘rganadi. Din sotsiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi[1].

Din psixologiyasi - bu tushunchani birinchi marta Shleyermaxerning “Psixoloiya” (1862) kitobida uchratish mumkin. Unda boshqa dinga sig‘inishga o‘tganlarning ichki xis-hayajonlari bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan bo‘lib, tavba-tazarru, gunoh, diniy kitob amrlariga bo‘ysunish va boshqalar tadqiq etilgan. Dinga sig‘inish kayfiyati jamiyatda sodir bo‘ladigan keskin o‘zgarishlar, inqiroziy vaziyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da din psixologiyasi nisbatan jiddiy emotsional xolatlarsiz ham o‘zini namoyon etishi mumkin. Din psixologiyasi negizida katarsis (poklanish) yotadi. Poklanishning birinchi bosqichida ruhiy inqiroz, hayotdan qoniqmaslik, axdoqiy va dunyoqarashga doir izlanishlar ro‘y beradi. Ikkinchi bosqichda his-tuyg‘uda to‘satdan “burulish” - qalb ravshanlanib,individ xudoga yaqinlashgandek bo‘ladi. Uchinchi bosqichda qizg‘in his-hayajon o‘rnini xotirjamlik, o‘z fe’l-atvoridan qoniqish ruhi egallab, ichki dunyo ziddiyati o‘rnini diniy iymonga asoslangan uyg‘unlik egallaydi[1]

Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din, uning mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida shakllangan xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar va tushunchalar apparatini ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil fanni anglatadi.




Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling