1. U. Petti g‘oyalari. U. Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi. Kantellion g‘oyalari


Download 156 Kb.
bet1/19
Sana18.06.2023
Hajmi156 Kb.
#1581353
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-Mavzu (1)


3-Bob: Makroiqtisodiyotning yuzaga kelishi: Klassik maktab vakillarining iqtisodiy qarashlari.


Reja:
1. U.Petti g‘oyalari.
2. U.Petti: xalqlar boyligi konsepsiyasi.
3. Kantellion g‘oyalari.
4. Kene qarashlari.
5. Adam Smit
6. Klassik iqtisodchilar, Rikardo, Maltus, Xyum
7. Utopiklar, Marks va Radikallar

1. U.Pettining iqtisodiy ta'limoti
Uilyam Petti (1623-1687) - Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisi sanaladi. K.Marks so‘zi bilan aytganda, U-Petti-tfS'iyosry iqtisodning otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak bilim sohibi odam bo‘lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida hunarmand-matochi oilasida tug‘ildi. 0‘n to‘rt yoshida ota kasbini egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada yollanma dengizchi (yunga) bo‘lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o‘tgach, taqdir taqozosi bilan oyog‘i lat egan U.Petti Fransiya hududidagi bir qirg‘oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o‘lkalarda lotin tilini bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida moddiy jihatdan ta'minlandi. Kollej unga ffansuz va grek tillarini, matematika, astronomiyani o‘rganishga imkoniyat yaratib berdi. U.Petti 1640-yili kollejni bitirib, Londonga qaytib keldi. Keyinchalik, Oksford universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi.
1650-yili 27 yoshida U.Petti fizika bo‘yicha doktorlik darajasini oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo‘lib ishladi. U.Petti iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan «Soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida traktat» (1662-y), «Donishmandlarga so‘z» (1665-y), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672-y), «Siyosiy arifinetika» (1683-y) va boshqa asarlami yozdi. U.Petti dastlab, o‘z asarlarida merkantilistlaming ijobiy savdo balansi g‘oyasini va sanoatni rag‘batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab-quwatladi. Ammo
U.Petti asta-sekin tadqiqot obyektini o‘zgartirdi va asosiy e’tibomi savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi.



Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling