1. Virtual mashinaga ta’rif bering va uning asosiy vazifalarini tushuntiring


Download 59.43 Kb.
bet1/11
Sana22.12.2022
Hajmi59.43 Kb.
#1041251
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kiber 1


1.Virtual mashinaga ta’rif bering va uning asosiy vazifalarini tushuntiring
Virtual mashina bu – oddiy kompyuter kabi ishlaydigan kompyuter fayli bo’lib, u kompyuterda yana bir kompyuter yaratish imkoniyatini beradi. Boshqa har qanday dastur kabi, u alohida oynada ishlaydi. Shunday qilib, foydalanuvchilar virtual mashinada kompyuterlarning asosiy operasion tizimidagi kabi bir xil ish sharoitiga ega bo’ladi.Virutal mashina tizimning qolgan qismidan ajratilgan, ya’ni uning ichidagi dastur asosiy kompyuter tizimiga ta’sir qilishi yoki uni boshqarishi mumkin emas. Bu boshqa operasion tizimlarni, shuningdek, beta versiyalarni sinovdan o’tkazish,viruslarni tahlil qilish, operasion tizimlarning zaxira nusxalarini yaratish, asosiy operasion tizimdan farq qiluvchi operasion tizim va uning dasturiy vositalarini ishlatish uchun ideal muhit hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida bir nechta virtual mashinalar yagona fizik kompyuterda ishlashi mumkin. Serverlar uchun bir nechta operasion tizim ularni boshqarish uchun foydalaniladigan maxsus dasturiy ta’minot (gipervizor deb ataladi) bilan ishlaydi. Shaxsiy kompyuterlarda esa odatda bir operasion tizimdan boshqa bir operasion tizimni yuklash oddiy dasturiy ta’minot kabi amalga oshiriladi
2.Tizimlar arxitekturasining asosiy fundamental prinsiplarini ayting vaularni tushuntiring.
Tizimlar arxitekturasi - bu murakkab tizimlarni tavsiflash va loyihalashda konseptual va amaliy qiyinchiliklarga yechimdir.
Tizimlar arxitekturasi quyidagi 9 ta fundamental prinsipga asoslanadi:
1. Haqiqat obyektlari tizim sifatida modellashtiriladi. Masalan, mobil telefon - bu ovoz va tugmalar orqali kiritish hamda ovoz va display orqali chiqarish tizimi hisoblanadi
2. Tizim o’zidan kichik bo’lgan tizimlarga qism tizim sifatida bo’linishi mumkin.
3. Tizim boshqa tizimlar, ya’ni, uning muhiti bilan o’zaro bog’langan bo’lishi mumkin
4. Tizim butun hayotiy sikli davomida ko’rib chiqilishi kerak.
5. Tizim boshqasiga interfeys orqali ulanishi mumkin.Bu esa ulanish xususiyatlarini modellashtiradi.
6. Tizimni turli abstraksiya darajalariga ko’rib chiqish mumkin va bu faqat tegishli xususiyatlar va xatti-harakatlarni hisobga olishga imkon beradi.
7. Tizimni bir qancha qatlamlar bo’yicha qarab chiqish mumkin
8. Tizim berilgan semantika bilan o’zaro bog’liq bo’lgan modellar orqali tasvirlanishi mumkin
9. Tizimga aloqador turli ishtirokchilarga mos keladigan nuqtai nazarlar
orqali tizimni tasvirlash mumkin

Download 59.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling