1. Yuksak ma’naviyat madaniyatning bir bo’lagi sifatida. Bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini shakllantirish masalalari


Download 62.49 Kb.
bet1/5
Sana25.03.2023
Hajmi62.49 Kb.
#1295155
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

Ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviyatini shakllantirish

Ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviyatini shakllantirish

Reja:

1.Yuksak ma’naviyat madaniyatning bir bo’lagi sifatida.

2.Bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini shakllantirish masalalari.

3.Milliy istiqlol g’oyalari asosida talabalar ma’naviyatini shakllantirish texnologiyalari

4.Sharq allomalarining fikrlari asosida o‘quvchilar ma’naviyatini oshirish.

Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar,xususan dunyoning ayrim mintaqalarida tobora kuchayib ildiz otib borayotgan ma’naviy inqiroz xavfi xalqimiz ma’naviyatini asrash barobarida uni yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan himoya qilishni talab qilmoqda. Qolaversa, jahonning qaysidir burchagida bo‘lmasin, ma’naviyatga qarshi qandaydir tahdidning paydo bo‘lishi o‘zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o‘ylab yashayotgan har bir ongli inson, har bir xalqni tashvishga soladi.Albatta. bunday ma’naviy tahdid va mafkuraviy hurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishi, ulardan ayniqsa, farzandlarimiz ko‘proq aziyat chekishi mumkinligi, yoshlarda mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlik ruhini yanada kuchaytirish lozimligini taqozo etmoqda. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ko‘p yillik hayotiy tajribalari natijasida yuzaga kelgan “Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch” nomli asarida yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, balki bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi ekanligi, hal qiluvchi kuch esa engilmas, engilmas kuch yuksak ma’naviyatli shaxs timsolida namoyon bo‘lishi har jihatdan asoslab berildi.Ayni zamonda, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli,dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz,bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga o‘zbo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”ligi xavfining oldini olish choralari aniq ko‘rsatib berildi.


Download 62.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling