10-sinf Tarix Javoblar: 1-bilet
Download 298.18 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-Tarix-2018
10-sinf Tarix Javoblar: 1-BILET 1. Parij tinchlik konferensiyasi. Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21- yanvarga-cha 27 davlat vakil lari ishtirokida tinchlik konferen siya si bo‘lib o‘tdi. Konferen siyada hal qiluvchi rolni «Katta uchlik» – Buyuk Britaniya va Fran siya bosh vazir lari Devid Lloyd Jorj, Jorj Kleman so va AQSH prezi-denti Vudro Vilson o‘ynadi. Kon-ferensiya jarayo nidagi uzoq tor ti-shuv dan so‘ng Germaniya bilan sulh shartlari kelishildi. 1919-yil 28-iyunda Germa niya Versal tinch lik shartnomasini imzoladi. Shartno maga ko‘ra, Germaniya Bi rinchi jahon urushining bosh lanishi uchun yagona javobgar deb e’lon qilindi. U g‘olib dav latlar foydasiga juda katta – 132 mlrd. marka reparatsiya (tovon) to‘lashi lozim edi. Keyin Germaniya ning itti foq chilari bo‘lgan boshqa mag‘lub davlatlar – Avstriya, Bol gariya, Vengriya va Turkiya bilan ham shunday shartnomalar im zolandi. 2. Fevral inqilobi va uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri. Insoniyat tarixi-da shunday voqealar bo‘ladiki, ular butun-butun davlatlar va mamlakatlarda yashovchi yuzlab xalqlarning keyingi taqdirini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Ana shunday voqealardan biri 1917-yil 27-fevralda (yangi hisob bilan 12-martda) bo‘lgan Rossiyadagi Fevral inqilobidir. Petrogradda Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va sol-dat deputatlari Soveti saylandi. 1-mart kuni Moskvada, mart oyida butun mam-lakatda yangi hokimiyat o‘rnatildi. Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov (1917-yil mart – iyul) va Aleksandr Kerenskiy (1917-yil iyul – oktyabr) boshchilik qilishdi. 3. Fashizm (birlashma) – Italiyada paydo bo‘lgan siyosiy oqim. Hokimiyat tepasiga kelgach, fashistlar zo‘ravon likning ashaddiy shakllarini qo‘llovchi va jamiyat ustidan yalpi nazorat o‘rnatuvchi terroristik diktaturani barpo etdilar.
Download 298.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling