11-sinf Informatika va


Download 401.91 Kb.
bet1/42
Sana03.12.2023
Hajmi401.91 Kb.
#1806760
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
11 sinf informatika bilet...


11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


1-BILET

  1. Axborot.Axborotning ko`rinishlari, xususiyatlari va turlari.


«Informatsiya» so`zi turli tillarda ishlatilib, ma‘nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so`zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma‘nolarni anglatadi.O`zbek tilida informatsiya so`zi axborot deb tushuniladi.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi a‘zolarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta‘sirini, bog`liqlik darajasini tushunamiz. Inson Axborotni hayotdan har xil ko`rinish yoki shakllarda oladi: rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovush; har xil to`lqinlar; elektr va nerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta‘m; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo. Axborotning quyidagi xususiyatlar bor: axborotning qimatli bo`lishi; axborotning to`liq bo`lishi; axborotning ishonchli bo`lishi. Axborotning bu 3 ta asosiy xususiyatidan tashqari boshqaxususiyatlari ham bo`lib, axborot tushunarli, qisqa yoki batafsil ifoda etilishi zarurligini ta‘kidlab o`tish joiz. Axborot quyidagi tulari mavjud; uzlukli ko`rinishli (diskret axborotlar) va uzluksiz axborotlar.
  1. Kompyuter grafikasi guruhlari va turlari.


Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi: 1) 2D (inglizeha two dimension - ikki oTchamli jumlasidan olingan). 2) 3D (inglizcha three dimension - uch oTchamli jumlasidan olingan). Ikki o`lchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar bo`lib, ularga misol sifatida printerda qog`ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus mato)da chizilgan rasmlami keltirish mumkin.
Uch o`lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan o`mi mayda kublar bilan to`ldiriladi. Agar bu kublar yetarlicha kichik bo`lsa, inson ko`zi ulami ilg`amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko`z o`ngimizda gavdalanadi. Ikki o`lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi: 1) rastrli grafika; 2) vektorli grafika; 3) fraktal grafika.


  1. Download 401.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling