12-amaliy: Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar


Download 39.24 Kb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi39.24 Kb.
#1434952
  1   2   3   4
Bog'liq
8-9-Amaliy. zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar


12-AMALIY: Zilzilabardosh zaminlar va poydevorlar

Zilzila-tabiiy ofat bo‘lib, undan yer sharining juda ko‘p xududlari zarar ko‘radi. Kuchli zilzilalar quruqlikda tog‘larning yemirilishi va o‘pirilishiga olib kelib, butunlay yo‘qolib ketishiga va ularning o‘rniga yangidan-yangi ko‘llar, botqoqliklar hosil bo‘lishiga, daryo o‘zanlarini tubdan o‘zgarishiga va hokazo olib kelsa, dengiz va okeanlarda esa kuchli to‘lqinlar hosil qilib atrof quruqliklarni yuvib ketadilar.


O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunday ofat natijasida ko‘plab qo‘l mehnati bilan bunyod etilgan boyliklar yo‘qolib, eng xavflisi minglab insonlar halokatga yuz beradilar.
Zilzilaning eng xavfli tomoni, uning to‘satdan yuz berib ko‘pincha halokatli tugashidir. Bu halokat asosida bino va inshootlarning buzilishi yotadi.
Zilzila xavfini yo‘qotishga hozircha erishilmagan ekan, uning ta’sirini kamaytirish yo‘llaridan biri zilzilaga chidamli bino va inshootlar qurishdan iboratdir.
Zilzila yuz beradigan xududlarda quriladigan bino va inshootlar kelajakda ta’sir etishi mumkin bo‘lgan seysmik kuchlarga hisoblangan bo‘lishi kerak.
Hisoblashlarda zilzila kuchi quyidagicha ifodalanadi
(1)
bunda αmax-seysmik tebranish, mm ks2;
g-jismning erkin tushish tezlanishi mm ks2.
Rixtr shkalasi bo‘yicha ball shkalasi, o‘lchav birligi magnituda
Zilzila kuchini ifodalovchi 12 ballik seysmik shkala ko‘rsatkichi mavjud bo‘lib, 6 balldan kichik ta’sir inshoot qurilishida hisobga olinmaydi, 9 balldan yuqori zilzila bo‘ladigan joylarda qurilish ishlarini olib borilishi man etiladi.
Zilzila kuchlari inersiya holatida bo‘lib, u yuz bergan vaqtida yer ustki qismining tebranishi natijasida vujudga keladi. Zilzila o‘chog‘i nihoyatda murakkab sharoitda yer qatlamining chuqur joylarida yuz beradigan surilishlar va siljishlar markazi (gipotsentr) odatda, 20-50 km va undan ortiq chuqurlikda joylashadi.
Ma’lum chuqurlikda yuz beradigan siljishlar, yer qatlami bo‘yicha siqilib cho‘ziluvchan bo‘ylama va ko‘ndalang egiluvchan to‘lqinlar hosil qiladilar. Bu to‘lqinlarning taralishi tezligiga uning turiga bog‘liq bo‘lib, ularning o‘rtacha qiymatlari, o‘ta namli qumlar uchun-150-20 m/sek; yirik sochiluvchan tosh, shag‘allar uchun-600-800 m/sek; loyli gruntlar uchun 1400-1800 m/sek; yaxlit tog‘ jinslari uchun-250-4000 m/sek va hokazodan iborat.
Tirgovich devorlarni va poydevorlarni loyihalashda seysmik kuchni hisobga olish.
Hisoblashlarda seysmik ta’sirning yer usti qurilmalarga ta’siri va inersiya kuchini yer osti qurilmalariga ta’siri hisobga olinadi.
Tirgovich devorga ta’sir etadigan qac va qpc jiddiy va passiv bosimlar seysmik ta’sirni hisobga olib amalga oshiriladi.
( 2 )
( 3 )
bunda Ks-seysmiklik koeffitsenti yer qimirlash kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 7 ball-0,025; 8 ball-0,05; 9 ball-0,10;
φ1 - gruntni turg‘unlikka hisoblashdagi ichki ishqalanish burchagi;
σa, σp-statik holdagi jiddiy va passiv bosimlar.
To‘lqin o‘tishi natijasida gruntda qo‘shimcha gorizontal normal σh urinma τh kuchlanish hosil bo‘ladi, bularni quyidagicha aniqlash mumkin:
(4)
bunda γs - gruntning solishtirma og‘irligi;
Sp, Ss - bo‘ylama va ko‘ndalang tarqalish tezligi;
T0-yer tebranishlarining eng ko‘p bo‘lgandagi tebranish davri.
Bundan tashqari seysmik kuchni ham hisobga olinadi:
(5)
bunda Qk-K nuqtaga qo‘yilgan yukning qiymati;
mi -1 dan 1,5 gacha o‘zgaradigan va imoratning javobgarlik sinflariga bog‘liq koeffitsent;
-keltirilgan dinamik koeffitsent. Tirgovich devor uchun Tebranish shaklini hisobga oladi.

Download 39.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling