13-mavzu: Strategik va indikativ rejalashtirish Reja


Download 37.12 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi37.12 Kb.
#1506535
  1   2
Bog'liq
13 мавзу. (1)


13-mavzu: Strategik va indikativ rejalashtirish
Reja:

  1. Hududiy strategiyani roli.

  2. Hududiy strategiyani tarkibi va tuzilishii.

  3. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muqobil strategiyani izlash.

Tayanch so’z va iboralar: Hududiy innovatsion strategiya, hududiy ilmiy-texnik faoliyat, innovatsion rivojlanish, hududiy strategiyalar, mehnat potentsiali, takror ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, ilmiy-texnika resurslari, ilmiy-texnik jihozlash, mahsulotlar hajmi.
1-savol bayoni: Hududiy–innovatsion strategiya makro va mikroinnovatsion strategiyalari oralig’idagi strategiya hisoblanadi. Uning roli shundan iboratki, har qanday ishlab chiqarish va innovatsion jarayon o’zining hududiy joylashuviga egadir.1 Davlat darajasidagi makrostrategiya markazlashgan resurslarni aniq, hududdagi korxona va tashkilotlarga joylashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu korxona va tashkilotlar mahalliy ashyolar, ishlab chiqarish va mehnat resurslar, ishlab chiqaradi, ilmiy infratuzilmalardan foydalanadilar. Agar ko’rsatilgan elementlardan birontasi etarli darajada rivojlangan bo’lmasa, unda mazkur hududda makroinnovatsion strategiyani amalga oshirish chegaralanib qoladi.
Makrodarajadagi hududiy muommolarni hisobga olishni zaruriy qirralaridan biri bu-har qanday davlatki alohida hududlarni rivojlantirishga ahamiyat berishidir.
Hududiy strategiyani shakllantirish va amalga oshirish zarurligini muvofiqlashtiruvchi to’rtta asosiy omilni ajratish mumkin:
-makroinnovatsion strategiyalarni hududiy aspekti;
-hududni rivojlantirishni davlat siyosati;
-hududlar rivojlanishini shahsiy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik maqsadlari;
-korxonalarni mikroinnovatsion strategiyalari;
Hududiy rivojlanish darajasi va ilmiy-texnik komplekslar funktsiyasi:
-ilmiy-texnik parklar texnopolislarni qurish va moliyalashtirish, joylashtirish rejalarini ishlab chiqadi;
-ilmiy-texnik faoliyatni hududiy boshqaruv organlariga rahbarlik qiladi.
Yangilik kiritish kompleksi vazifalari va tuzilishiidagi farqlar ko’proq hududni ilmiy-texnik rivojlanish darajasiga bog’liq buladi. Hududlarni bu belgilarga ko’ra shartli ravishda 3 ta guruxga bo’lish mumkin: yuqori, o’rta va kuchsiz rivojlagan.
Yuqori darajadagi hududlarni ilmiy-texnik strategiyasi avvalo ilmiy potentsialdan foydalanishga yo’naltirilgan. Boshqa yo’nalish esa ilmiy-texnik qarorlarni shakllantirish va ekologik vaziyatni yaxshilashdan iboratdir. Chunki yaxshi rivojlangan hududlarda ekologik vaziyat talabga javob bermaydi. O’rta darajada rivojlangan hududlar eng avvalo o’zini ilmiy-texnik sohalarini va sanoatini ko’tarish, rivojlantirishdan manfaatdordirlar. Bu hududlar eng muvofiq strategiyalar birikmasini topishlari kerak:
-texnologik sanchish;
-yuqori darajadi rivojlangan hududlarda samarasiz hisoblanadigan, lekin bozorda barqaror talabga ega bo’lgan ishlab chiqarishni oraliq sinfini o’zlashtirish.
Kuchsiz rivojlangan hududlar o’zini strategiyasi mavjud tabiiy resurslardan, iqlimiy xususiyatlardan ishga qaratiladi. Asosiy vazifa - shuning asosida malakali kadrlar va mehnat resurslar bilan ta’minlash. Agar hududda mehnat resurslari kerakli darajadan ortiq bulsa, bunda qo’shimcha ish joylarini tashkil etish va ko’p ishchi talab etiladigan korxonalarni barpo etish vazifasi vujudga keladi. Oxirgi vazifa yuksak darajada rivojlangan hududlardagi korxona filiallarini rivojlantirish hamda litsenziya va patentlardan foydalanish hisobiga hal qilinishi mumkin.

Download 37.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling