13-mavzu. Turizmning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi prognoz qilish reja


Download 38.68 Kb.
bet1/5
Sana28.02.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1237173
  1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu


13-MAVZU. TURIZMNING IJTIMOIY - IQTISODIY RIVOJLANISHI PROGNOZ QILISH
Reja:

  1. Pandemiya sharoitida turistlar oqimi, uni tarkibini rekreatsion imkoniyatini va turizmni siyosiy sharoitida rivojlanishini prognoz qilish.

  2. Turizmni rivojlantirishga mablag’ sarflashni prognoz qilish.

  3. Turizmni soliq sistеmasi, bank opеratsiyalari sistеmasi va bojxona sistеmasi bilan aloqalarini rivojlantirishni prognoz qilish.

  4. Turizm tizimini rivojlangan mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar orqali prognoz qilish.

  5. Davlat siyosati va uning turizmni rivojlanishiga ta'sirini prognoz qilish.



Prognozlashtirishning bosqichida turizmni rivojlantirish siyosati ishlab chiqiladi va jismoniy strukturaviy prognoz tayyorlanadi. Siyosat va prognozni shakllantirishda eng oqilona yondashuv - bu rivojlanishning muqobil variantlarini baholash hisoblanadi. Kamdan-kam holatlarda faqat bitta har
tomonlama bekamu-ko‘st dastur va prognozlar paketi bo‘lishi mumkin. Balki zarar va foyda har tomonlama hisoblab ko‘rilgan bir qancha optimal variantlar yaratish mumkin.

Muqobil dasturlar va prognozlar bir qator kriteriylar bo‘yicha baxolanadi. Bunday kriteriylar jumlasiga rivojlantirish vazifalarining echimi, iqtisodiy foydani optimallashtirish, ekologik va ijtimoiy-madaniy ta’sirlarning salbiy tomonlarini kamaytirish va ijobiylarini oshirish, shuningdek raqobatchi turistik markazlar bilan samarali raqobatda bo‘lish kiradi. Ushbu baholash asosida siyosat va prognozning eng asosiy yunalishlari tanlab olinadi va ularga aniqlik kiritiladi. Siyosat va prognozlar nazorat komissiyasi hamda manfaatdor bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqiladi.
Institugion elementlarni tadqiq qilish, tahlil qilish va baholash asosida xulosalar qilish va tavsiyalar ishlab chiqish mumkin. Tavsiyalarning ko‘pgina turlariga nisbatan turli xil variantlarni tahlil qilib chiqish kerak. Bundan keyingina maqsadga muvofiq eng oqilona variant tanlanadi. Balki bu elementlardan ba’zilariga o‘zgartirish kiritish talab etilmas, yoki buni ham e’tiborga olish lozim. Ba’zi hollarda muqobil tavsiyalar ishlab chiqiladi va ular ham maqbul hisoblanadi. Keyinchalik xukumat yoki hususiy sektor vaziyatga karab qaysi yo‘lni tanlashni belgilaydilar, shuningdek, institsion tavsiyalarni ishlab chiqish jarayonida nazorat komissiyasi va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etishlari lozim.
Prognozlashtirish jarayonining oxirgi bosqichi uni bajarish usullarini belgillashdir. 2-bobda ko‘rsatilgani kabi, prognozni bajarish vositalari butun prognozlashtirish jarayoni davomida, ayniqsa siyosat, prognoz va boshqa tavsiyalarni ishlab chiqish jarayonida, o‘rganib boriladi. Bu esa uzil-kesil prognoz va tavsiyalar real bajariladigan bo‘lishlari uchun zarur. Bunday prognoz va tavsiyalarni bajarish vaqtida va bajarib bulingandan keyin, uning siyosat vazifalari va tavsiya etilgan yo‘nalishlariga muvofiqligini nazorat qilib borish kerak. Bunday nazorat yuzaga keladigan muammolarni Aniqlashda yordam beradi. Bu esa bunday muammolar jiddiy oqibatlarga olib kelmasdan ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilishga imkon beradi.
Turizmni rivojlantirish kompleks prognozining elementlari. Turizmni rivojlantirishning kompleks va keng qamrovli milliy hamda hududiy prognozlari ko‘plab turli xildagi elementlarni o‘z ichiga oladi. 4-ilovada turizmni rivojlantirishning namunaviy prognozsiga kiritilishi kerak bo‘lgan elementlar ro‘yxati berilgan. Bu prognozni tayyorlash jarayonida barcha kerakli eementlarni hisobga olish uchun orientir bo‘lib xizmat qiladi.

Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling