14-mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimizning qayta uyg‘onishi va yuksalishi


Download 44.5 Kb.
bet1/15
Sana27.01.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1132949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik 14-amaliy mashg\'ulot


14-mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimizning qayta uyg‘onishi va yuksalishi (XIII asr oxirgi choragi - XVI asr boshlari)
Reja
1. Mo‘g‘ullarning yurtimizda taxminan bir yarim asr davom etgan istilosidan so‘ng madaniy-ma’naviy hayot jonlanishi
2. Amir Temur va temuriylar davrida ma’naviy hayot
3. Temur faoliyatining bosh g'oyasi “Kuch - adolatda” hikmatining umuminsoniy ahamiyatga egaligi
4. Temuriylar davrida fan, madaniyat, adabiyot va san’atning rivojlanishi.


XIII asrning 20-yillarida Markaziy Osiyo mo'g'ul istilosiga tushib qoldi:

  • Mo'g'ullarga qarshilik ko'rsatgan shaharlar to'liq buzib tashlandi, aholisi esa bitta qo'ymay so'yildi.

  • Samarqand, Xiva kabi poytaxt shaharlar, qator katta-kichik boshqa shaharlar yer bilan tekislandi.

  • Ko'plab alloma shaxslar o'ldirildi, yoki qul qilib olib ketildi, yurtimizdan muhojirlikka ketib qolgan ijodkorlar ham talaygina. Masalan, buyuk faylasuf Aziziddin Nasafiy, atoqli shoir Kamol Xo'jandiy Eronga, shoirlar Muhammad Avfiy, Badriddin Chochiy, buyuk shoir Xusrav Dehlaviyning ota-bobolari Hindistonga ketib qoldilar. Ular va ularning farzandlari o'sha yerlarda ijodlarini davom ettirdilar. Jaloliddin Rumiyning otasi Balxdan Rumga (Turkiyaga) ko'chib o'tdi.

Ijodiy hayot mo'g'ullardan keyin yarim asr muzlab, qotib qoldi, madaniyat, ma'rifat va ma'naviyat chuqur inqirozni boshdan kechirdi. Lekin o'tgan yarim asr biz uchun kulfat, qabohat davri bo'lsa-da, bosqinchilar uchun «madaniylashish», aksariyati uchun ma'rifatga, ziyoga jalb etilish, islomiylashish davriga aylandi. XIII asrning 70-yillaridan madaniy-ma'naviy hayot yana asta-sekin jonlana boshladi. Mo'g'ul istilosi yurtimizda taxminan bir yarim asr davom etdi. Yuqorida nomlari qayd etilgan ijodkorlardan tashqari, bu davrda Pahlavon Mahmud, Nosiriddin Rabg'o'ziy, Muhammad Roziy, Umar Juzjoniy, handasa (geometriya) ilmining atoqli namoyandasi Sayid Shamsiddin Muhammad ibn Ashraf al-Husayniy as-Samarqandiy, mashhur falakiyotchi olim va tabib xorazmlik Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag'miniy ijod qildilar.
Mo'g'ul istilosi iqtisodiyotimiz va madaniyatimizni vayron etib, ma'naviyatimizni inqirozga uchratsa-da, uning dunyoqarash va e'tiqod asoslarini o'zgartira olmadi. Mo'g'ullar bunga intilganlari yo'q. Mo’g’ullar o'zlari bilan, arablarga o'xshab, yangi din va e'tiqod, yangi falsafa va ijodga rag'bat olib kelganlari yo'q, Mo'g'ul istilosi davrida ma'naviyatimizda, ijtimoiy ongda tushkunlik kayfiyati, irratsionalizm va diniy mistikaga moyillik kuchaydi. Bu keyinchalik ma'naviy madaniyatimiz, umuman jamiyatimiz rivojlanishiga ancha salbiy ta'sir ko'rsatdi. Asta-sekin ma'naviy hayotimizda xurofot unsurlari ustunlik qila boshladi. Jamiyatning taraqqiyot yo'nalishi (XVI asrdan) yuqoriga qarab emas, pastga qarab og'di.
Mo'g'ul istilosi abadiy davom etishi mumkin emas edi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach, jarohatlar bitib, yangi avlod yetishib chiqdi. Bu avlod o'zini mo'g'uldan kam bilmas, ota-bobolaridan farqli, urushda bevosita mo'g'ullardan yengilmagan, ulardan qo'rqmas edi. Bu vaqtga kelib mo'g'ullarning ko'pchiligi turkiylashgan, ancha madaniylashgan, islomni qabul qilgan edi. Ammo hokimiyat ular qo'lida bo'lgani uchun, mamlakatni idora etish, mulkiy munosabatlar Chingizxon belgilab ketgan qonun-qoidalar asosida olib borilardi. Qo'shin mahalliy aholi daromadlarining bir qismini tortib olish hisobiga kun ko'rar, unga g'aznadan maosh to'lanmas edi. Bundan tashqari, markaziy hukumatga har yili katta miqdorda soliq – o'lpon (xiroj) jo'natilardi. Ilm-fan, adabiyot va san'at, madaniyat yetarlicha rag'batlantirilmas edi.

Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling