15-mavzu: while operatori va uning umumiy ko‘rinishi. While operatori
Download 15.99 Kb.
|
15-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy savollar 1. While operatorining umumiy ko‘rinishi va vazifasi 2. While operatorining turlari va ishlash jarayoni Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
15-mavzu: while operatori va uning umumiy ko‘rinishi. While operatori Shart oldi takrorlanuvchi jarayonlar bajarilish holati har bir takrorlanish oldidan shart tekshirilib keyin takrorlanish tanasidagi operatorlar bajariladi. Agar takrorlanish holati boshidan shart yolg‘on qiymat qabul qilsa, takrorlanish bir marta ham bajarilmaydi. Shart oldi takrorlanuvchi operatorlarning python dasturlash tilida ifodalash uchun while operatori yordamida tasvirlanadi. Takrorlash strukturasi bir ifoda yoki operatorlarni ma'lum bir shart to‘g‘ri (true) bo‘lishi davomida qaytarish imkonini beradi. Qaytarilayotgan ifoda shartga ta'sir ko‘rsatishi kerak. Ma'lum bir vaqt o‘tgandan keyin shart false ga o‘zgartilishi kerak. Bo‘lmasa while (davomida) ish jarayoni tugatilmaydi va cheksiz bajarilib qoladi, bu esa mumkin emas. While faqat o‘zidan keyin kelgan ifodaga ta'sir qiladi. Agar biz bir guruh amallarni qaytarmoqchi bo‘lsak, : dan keyin enter bilan operatorlarni yozishimiz kerak. Shart takrorlanishning boshida tekshirilganligi sababli, agar shart noto‘g‘ri bo‘lib chiqsa, takrorlanish bajarilmasligi ham mumkin. Ta’rif: Agar shartli takrorlanuvchi jarayonlar tarkibidagi shart takrorlanishdan oldin tekshirilsa, shart oldi takrorlanuvchi jarayonlar deyiladi. Takrorlanuvchi operator tarkibiga beriladigan shart tahlil qilinib yozilish kerak, chunki shart hech qachon yolg‘on qiymat qabul qilmasa, dastur cheksiz ishlashga to‘g‘ri keladi. Takrorlanish hech qachon cheksiz bo‘lishi mumkin emas, aks holda algoritmning diskretlik hossasi buziladi.Shart oldi takrorlanish operatori yani while operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha. while operatorlar Agar shart chin qiymat qabul qilib tursa operatorlar bajarilaveradi, qachonki shart yolg‘on bo‘lgandagina takrorlanish o‘z ish faoliyatini to‘xtatadi. While operatori tarkibidagi shart yolg‘on qiymat qabul qilganda operatorlar bajarilmasdan qoladi, agar shart chin qiymat qabul qilganda operatorlar bajariladi. Ba’zi hollarda shart takrorlanish boshidan yolg‘on qiymat qabul qiladi, bunda takrorlanish bir marta ham bajarilmaydi. Shart chin qiymat qabul qilib, lekin takrorlanish tanasida shart tarkibi o‘zgartirilmasa, takrorlanish cheksiz bo‘lib qoladi. Nazariy savollar? 1. While operatorining umumiy ko‘rinishi va vazifasi? 2. While operatorining turlari va ishlash jarayoni? Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar Sportsmen birinchi kuni 10 km yugurib boshladi. Keyingi kunlari bir oldingi kunga nisbatan P foiz ko‘p yugurdi (0 N va M butun musbat sonlari berilgan (N>M). N sonini M soniga bo‘lib butun va qoldiq qismlarini bo‘lish va qoldiqni olish amallarini ishlatmasdan topuvchi dastur tuzilsin. N butun soni berilgan (N>0). Bo‘lib butun va qoldiq qismlarini aniqlash orqali, berilgan son raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin. A va B butun musbat sonlari berilgan. Berilgan sonlarning eng kata umumiy bo‘luvchisini aniqlovchi dastur tuzilsin. Download 15.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling