1I-22 guruh talabasi Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan


Download 136.13 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi136.13 Kb.
#1438467
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyot kurs ishi




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI



Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti
Raqamli iqtisodiyot kafedrasi
1I-22 guruh talabasi
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan



Kurs ishi


Tayyorladi: Bozorov Behruz
Qabul qildi: Isayev Otabek

Denov 2023


MAVZU: IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Reja:
Kirish
I BOB Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari
1.1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. Iqtisodiy faoliyat.

1.2. Iqtisodiy resurslar, uning turlari va cheklanganligi.
1.3. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo’nalishlari.
II BOB Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar
2.1 Iqtisodiy kategoriyalar
2.2 Iqtisodiy qonunlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz bundan yigirma uch yil oldin o‘z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu yillar davomida bosib o‘tgan murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, O‘zbekistonning o‘tgan davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish borasida erishgan marra va natijalarini xolisona baholash zarurati mavjud ekanini har bir sog‘lom fikrlaydigan inson chuqur anglaydi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq birinchi Prezident Islom Karimov ko‘rsatib bergan jamiyatda aniq siyosiy va xo‘jalik strategiyasi, islohotlarning ishlay oladigan yaxlit dasturi zarur ekanligidan kelib chiqib, aynan shunday davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dastur taraqqiyotning «O‘zbek modeli» bo‘lib, ushbu modelning asosini mashhur beshta asosiy prinsip tashkil etdi: iqtisodning siyosatdan ustunligi; davlat bosh islohotchi ekanligi; qonun ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosat; islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Ushbu asos bo‘luvchi prinsiplar, Prezidentning g‘oyalari va qoidalari O‘zbekiston taraqqiyoti va milliy mafkurasining tamal toshi ekanligini ayni zamonda ijtimoiy hayotning o‘zi isbotladi. Darhaqiqat, samarali iqtisodiyot bizning nafaqat bugungi, balki ertangi hayotimiz, hozirgi va kelajakdagi farovonligimizdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh qoidasi markazdan turib rejalashtirishga asoslangan, ma’muriy-buyruqbozlik usulidagi taqsimlash tizimidan, totalitarizmdan, ya’ni bizga mo‘rt, zaif, biryoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz foydalanish asosiga qurilgan siyqa iqtisodiyotdan mustaqillikka, harakatchan bozor iqtisodiyotiga o‘tishga, yangi milliy sivilizatsiyani shakllantirishga yo‘l ochdi. Prezident Islom Karimov rahbarligida mamlakatimiz o‘zining eski munosabatlaridan bosqichma-bosqich qutula boshladi. Ijtimoiy taraqqiyot shakli sifatida liberallashtirish o‘zining bir qator muhim tarkibiy qismlari bo‘lishini talab etadi. Liberallashtirish mamlakat taraqqiyotining sifat jihatdan yangi bosqichidir. Mamlakatimizning muayyan sharoitlaridan kelib chiqib, bunday tarkibiy qismlar sirasiga siyosiy, iqtisodiy hamda davlat va jamiyat qurilishi sohalarini erkinlashtirish kiritilgan. Bunda jamiyatni erkinlashtirishning faqat strategik ustuvor yo‘nalishlari nazariy jihatdan belgilanib qolmasdan, balki uning xususiy mulkni rivojlantirish va shu asosda mulkdorlar sinfini, real raqobatchilik muhitini shakllantirish kabi asosiy tarkibiy qismlari ham belgilab berilgan. Ayni paytda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, moliya va bank tizimining faoliyat ko‘rsatishini takomillashtirish, butun tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, valuta bozorini erkinlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantirishlarni mustahkamlash, kafolatlar va imtiyozlar doirasini kengaytirish, faol investitsiya faoliyati uchun qulay muhitni shakllantirish, har xil tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlarning korxonalarning xo‘jalik faoliyatlariga asossiz aralashuvlarini cheklash, bankrotlik institutining rolini oshirish, xo‘jalik sudlari faoliyatini faollashtirish ham nazarda tutilgan edi. Iqtisodiy islohotlarning voqeliklari va liberallashtirishning yangi vazifalaridan kelib chiqib, eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jalik tizimiga faol kirishini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar aynan birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, bugungi murakkab davrda, garchand hozir ham jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, O‘zbekistonda uning yengil kechishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Download 136.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling