2- oraliq nazorat. Savol – javob. 1-savol. Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?


Download 49.61 Kb.
bet1/16
Sana28.02.2023
Hajmi49.61 Kb.
#1236892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-oraliq nazorat


2- oraliq nazorat .
Savol – javob.
1-savol.
Bosh skeleti nechta bo’limdan iborat ?
Bosh skeleti yoki kalla suyagi ( Cranium ) 2 bo’lim , 15 xil , 23 ta suyakdan ibora:



  1. Kallaning miya bo’limi - Cranium cerebrale yoki neurocranium –

4 ta toq va 2 ta juft suyakdan tashkil topgan.
Jami: 6 xil ,8 ta suyak
Kallaning miya bo’limi - Cranium cerebrale yoki neurocranium – topografik jihatdan nisbiy ravishda 2 qismga bo’linadi:

  1. Tom qismi ( calvaria ) yoki gumbaz qismi ( fornix )

  2. Asos qismi ( basis cranii )



  1. Kallaning yuz bo’limi – Cranium viscerale yoki splanchnocranium yoki cranium viscerale

3 ta toq , 6 ta juft suyakdan tashkil topgan.
Jami: 9 xil , 15 ta suyak

2-savol.
Kallaning miya bo’limi nechta suyakdan tashkil topgan ?

4 ta toq , 2 ta juft suyakdan tashkil topgan.


Jami: 6 xil ,8 ta suyak

Toq suyaklar:
1.Os occipitale – ensa suyagi
2.Os sphenoidale – ponasimon yoki asosiy suyak
3.Os frontale – peshona suyagi
4.Os ethmoidale – g’alvir suyagi

Juft suyaklar:
1.Os parietale – tepa suyagi
2.Os temporale – chakka suyagi

3-savol.
Kallaning yuz bo’limi nechta suyakdan tashkil topgan ?

3 ta toq , 6 ta juft suyakdan tashkil topgan.


Jami: 9 xil ,15 ta suyak

Toq suyaklar:

  1. Vomer – dimog’ suyagi

  2. Mandibula – pastki jag’

  3. Os hyoideum – til osti suyagi

Juft suyaklar:
1.Maxilla – yuqori jag’
2.Os palatinum – tanglay suyagi
3.Os zygomaticum – yonoq suyagi
4.Os nasale – burun suyagi
5.Os lacrimale – ko’z yoshi suyagi
6. Concha nasalis inferior – pastki chig’anoq


Download 49.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling