2-mavzu: pulning funksiyalari va roli. Pulning (funksiyalari) vazifalari


Download 75.44 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi75.44 Kb.
#1151526
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu.


2-mavzu: PULNING FUNKSIYALARI VA ROLI.
Pulning (funksiyalari) vazifalari

Pul qiymat oʻlchovi. Uzoq tarixiy davrlardan boshlab pul oʻzining boshlang’ich besh funksiyasining xususiyatlarini bajarib kelgan, qiymat oʻlchovi, muomala vositasi, toʻlov vositasi, jamg’arma toʻplash va jahon puli. Ular doimiy rivojlanishda boʻlgan. Ularning mohiyatlari tarixiy davrlarda goh koʻtarilib gohida tushib turgan (ayrim hollarda to “0” darajagacha).


Pulning boshlang’ich vazifalaridan (funksiyalaridan) eng asosiylari qiymat oʻlchovi va muomala vositasi boʻlgan.
Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda pulning vazifalari toʻg’risida turli qarashlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar pulning 5 ta vazifasini tan olsalar, ayrimlari 4 tasini, boshqalari esa faqat 3 tasini e’tirof etadilar. Biz esa pulning barcha vazifalari qiymat oʻlchovi, muomala vositasi, toʻlov vositasi, jamg’arma toʻplash va jahon puli toʻg’risida toʻxtalib oʻtamiz.
Pulning qiymatini bilmoqchimisan? qarz berib koʻr.1
Avval ta’kidlaganimizdek, har qanday tovar mehnat mahsuli natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat miqdori uning qiymatini belgilaydi. Pul esa barcha tovarlarning qiymatini belgilash va ularning bahosini aniqlashda vositachi boʻlib xizmat qiladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho yoki narx deyiladi. Ana shu sababli turmushda u yoki bu tovarning qiymati deyilmaydi, balki bahosi yoki narxi deb aytiladi. Tovar qiymati qancha yuqori boʻlsa, uning bahosi shuncha qimmat va aksincha, qancha past boʻlsa, bahosi shuncha arzon boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar bahosi uning qiymati asosida shakllanadi, ya’ni, tovar bahosi uning qiymatiga teng boʻlishi kerak. Ammo tovar bahosiga uning qiymatidan tashqari juda koʻp omillar, shu jumladan, bozordagi talab va taklif, raqobat, tovarning foydaliligi kabilar ta’sir etadi, ya’ni,:

4-chizma Tovarning qiymatiga ta’sir etuvchi omillar
Bu omillarning biri tovar bahosini koʻtarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan, qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi esa uni qimmatlashtiradi. Foydalilikning yuqori boʻlishi baland narxni taqozo etsa, raqobat kurashi hamda taklifning koʻpayishi uni pasaytiradi.

Download 75.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling